O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix06.06.2020
ölçüsü0,71 Mb.
#31573
1   2   3   4   5   6   7
boshlangich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil yetish texnologiyasi


1.3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli 

Mustaqillikka  erishilgandan  keyin  ta’lim  tizimida  qo‘lga  kiritgan  eng  katta 

yutuqlarimizdan biri – bu milliy tarbiyaga e’tiborni kuchayganidir.  

Bunda shubhasiz umuminsoniy, milliy, ma’naviy va moddiy qadriyatlarni umumiy o‘rta 

ta’lim  o‘quvchilarig  shakl  va  ko‘rinishlarda  o‘rgatish  mumkin,  degan  muammo  ham  o’rtaga 

qo‘yildi.  Unda,  asosan,  milliy  qadriyatlardan  sharqona  tarbiya  mazmunini  tanlash,  tarbiyaviy 

mohiyatini  belgilash,  axloqiy  natijalariga  erishish  yo‘llarini  belgilash,  pedagogik  shart-

sharoitlarini aniqlashga e’tibor qaratilmoqda.  

Biz  boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishning  mavjud  ahvolini  bilish 

maqsadida  maktablarda  tarbiyaviy  ishlarni  qanday  tashkil  etilganligiga  e’tiborni  qaratdik.  

Asosiy  ma’lumotlar  Qarshi  tumanidagi  25-o’rta  umumta’lim  maktablarida  boshlang‘ich  ta’lim 

sinf  o’qituvchilaridan  olindi:  tadqiqotlarda  jami  8  nafar  o’qituvchi  va  63  nafar  o’quvchi 

qatnashdi.  Tadqiqotlar  o’quvchilar  ta’lim  olayotgan  davr,  ikki  yil  davomida  ham  o‘tkazildi. 

Tadqiqotlarni o‘tkazishda ekspertlar sifatida oliy o‘quv yurtlarining professor- o‘qituvchilari jalb 

etildi.  Tajriba-sinov  ishlari  avvalida  boshlang’ch  sinf  o’qituvchilarining  faoliyatini  kuzatdik. 

Ularning  tarviyaviy  ish  rejalari,  turli  sinfga  oid  hujjatlar  bilan  tanishdik  hamda  biz  tanlagan 

mavzuga  o’qituvchilarning  munosabatlarini  aniqlashga  harakat  qildik.  Tajriba-sinov  ishlari 

davomima  kuzatish,  og’zaki  so’rov,  test  kabi  ilniy  tadqiqot  metodlaridan  foydalandik.  Dastlab 

o’qituvchilar 

bilan 


og’zaki 

so’rovlar 

o’tkazib, 

ularning 

tarbiyaviy 

ishlarni 

texnologiyalashtirishga oid  tushunchalari,  bilimlarini aniqlashga harakat  qildik.  O’qituvchilarga 

quyidagi  savollar  bilan  murojaat  qildik.  (  Ilova-1)  Tashkil  etilgan  suhbat  natijalari  shundan 



 

 

23 



 

 

dalolat beradiki, o’qituvchilarning biz tanlagan mavzuga nisbatan munosabatlari ijobiy va unga 



qiziqishlari  yuqoridir.  Berilgan  savollarning  ayrimlariga  o‘qituvchilar  aniq  javob  berishga 

harakat  qilishdi.  Masalan,  “Tarbiyaviy  tadbirlarni  tashkil  qilishda  sizga  nimalar  manba  bo‘lib 

xizmat qiladi”, “Tarbiyaviy ish rejani tuzayotganda nimalarga ko‘proq e’tibor ahamiyat berasiz”, 

“Faoliyatingiz  jarayonida  kasbdoshlaringiz  tarbiyaviy  ishlarini  tahlil  qilganmisiz,  ularning 

kamchilik  va  yutuqlari  nimada  deb  o’ylaysiz?”,  “Tarbiyaviy  ishlarga  doir  faoliyatingizni  kim 

nazorat qiladi ?” kabi savollar shular jumlasidandir. Ammo biz tanlagan mavzuning eng dolzab 

savollaridan  bo‘lgan  “Tarbiyaviy  ishlarni  texnologoyalashtirish  deganda  nimani  tushunasiz?”, 

”Pedagogik  texnologiyalar    tushunchasiga  ta’rif    bering?”  savollariga  o‘qituvchilar  aniq  javob 

qaytara olishmadi. Vaholanki, o‘qituvchilar pedagogik texnologiyalarning ko‘plab turlarini dars 

jarayonida  qo‘llab  kelmoqdalar.  Ammo  kuzatish  va  javoblardan  ma’lum  bo‘lishicha 

o‘qituvchilar  tarbiyaviy  tadbirlarda  pedagogik  texnologiyalardan  muntazam  foydalanmaydilar. 

Shu bois  ular bu savollarga aniq  javob qaytara olishmadi. “Bir o’quv  yilida necha marta tadbir 

tashkil  etasiz?”    savoliga  o‘qituvchilarning  ayrimlari,  bir  marotaba-degan  javobni  qaytarishgan 

bo‘lsa,  “O’quvchilaringiz    bilan  sayohatlar  tashkil  etasizmi,  uhda  ko’proq  nimalarga  e’tibor 

qaratasiz?”  savoliga  o‘qituvchilarning  ba’zi  birlari  umuman  sayohatlar  tashkil  etmasligini, 

ayrimlari esa ikki yilda bir marotaba –degan javobni qaytarishdi.    

Yuqoridagi javoblar tahlilidan ko‘rish mumkinki, ayniqsa tarbiyaviy ishlarda pedagogik 

tehnologiyalardan  foydalanish  bugungi  kunning  dolzarb  muammolaridan  biridir.  Zero, 

pedagogik texnologiyalar nafaqat tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiradi, balki o‘qituvchilarni 

ijodkorlik sari chorlaydi. Shuningdek, bizningcha boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy tadbirlarning 

turli  shakllaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo‘lib,  ularda  o‘quvchilar  zo‘r  ishtiyoq  va 

qiziqish  bilan  ishtirok  etishadi.  Shu  bois  tadbir  turini  tez-tez  yangilab  borish  yoki  uning 

mazmunini  boyitib  borish  darkor  bo‘ladi.  Bir  hil  mazmundagi  tadbirlar  ham  o‘quvchilarda 

zerikish  holatlarini  paydo  qiladi.    Alohida  ta’kidlab  o‘tishimiz  joizki,  maktablarda  tarbiyaviy 

tadbirlarning  eng  oqsayotgan  turi  -  bu  sayohatlardir.  O‘qituvchilar  bilan  sayohatlar  yuzasidan 

olib borilgan suhbat ham bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tishimiz joizki, sayohatlar sinf 

rahbarlari  tomonidan  bir  o‘quv  yilida  kamida  bir  marotaba  tashkil  etilishi  lozim  edi. 

O‘qituvchilar bu masalaga o‘z foliyatlari jarayonida suskashlikka yo‘l  qo‘ymoqdalar. Ayniqsa, 

tarixiy  obidalar,  o‘lkashunoslik  muzeylari,  tabiat  qo‘yniga  uyushtiriladigan  sayohatlar  shular 

jumlasidandir.  Bunda  o‘qituvchilar  ayrim  sabablarni  ko‘rsatdilar,  to‘g‘ri  o‘qituvchilarning  bu 

borada  imkoniyatlari  ham  cheklangandir,  ammo  Qarshi  shaharidagi  maktab  o‘quvchilarini  

sayohatlarga  olib  chiqishning  to‘la  imkoniyati  mavjud.  Shahar  ichida  joylashgan  tarixiy  obida, 

madrasa  va  masjidlarni  o‘quvchilarga  ko‘rsatish  va  ularning  tarixini  so‘zlab  berish  bizningcha 

har  tomonlama  foydalidir.  Qishloq  joylaridagi  maktablarda  ham  o‘qituvchilar  maktab 



 

 

24 



 

 

ma’muriyati,  ota-onalar  bilan  kelishgan  holda  sayohatlarni  tashkil  qilishlari  mumkin.  



O‘qituvchilar  bilan  olib  borilgan  og‘zaki  suhbat  tahlili  natijasida  shunday  xulosaga  kelish 

mumkinki,  biz  tadqiqot  olib  borayotgan  maktablarda  tarbiyaviy  ishlarni  sinf  rahbarlari  baholi 

qudrat  tashkil  etib  kelmoqdalar.  Ularning  tarbiyaviy  ish  rejalari  va  uning  muddati,  mas’ul 

shaxslar  qayd  etilgan  bo‘lim  misolida  buni  ko‘rish  mumkin.    Ammo  alohida  ta’kidlashimiz 

joizki,  sinf  rahbarlari  pedagogik  texnologiyalarning  tadbirga  mos  turlarini  tanlab,  ulardan 

foydalansalar nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.   

Biz  tajriba-sinov  ishlarini  davom  ettirib,  tanlagan  maktablarning  4-sinf    o‘quvchilariga 

test savollari bilan murojat qildik. Albatta bunda biz o‘quvchilarni qanday tarbiyaviy tadbirlarga 

qiziqishlari  yuqori  ekanini  bilishga  qiziqdik.  Test  savollari  quyidagicha  edi.  (Ilova-2).  Test 

natijalari  tahlili  natijalaridan  ko’rish  mumkinki,  o’quvchilar  tarbiyaviy  tadbirlarda  ishtirok 

etishni  juda  hohlaydilar  va  ulardan  katta  zavq  oladilar.  1-test  savoliga  o’quvchilarning 

ko’pchiligi  sayohatlarni  belgilashgan.  Bundan  ko’rinadiki,  maktablarda  sayohatlar  kam  tashkil 

etiladi,  shu  bois  o’quvchilar  sayohatlarda  qatnashishni  hohlaydilar.  2-test  savoliga  esa 

o’quvchilar barchasi(g) javob variantini belgilashgan. Demak, milliy bayramlarimizning barchasi 

o’quvchilarga birdek manzur, desak xato bo’lmaydi.  3-savolga o’quvchilarimizning ko’pchiligi 

navro‘z qanday bayram  ekanini to’g’ri belgilashgan. Umuman olganda test natijalarining tahlili 

ijobiy. Ammo tarbiyaviy ishlarning ba’zi turlariga maktablarga kam e’tibor berilmoqda. Sayohat, 

ko’rik-tanlov shular jumlasidandir.  

 

Amaliyotdagi holat natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktablarda tarbiyaviy 



ishlar  qoniqarli  ahvolda,  ammo  ularni  zamon  talablari  darajasida  tashkil  etishga  kam  e’tibor 

berilmoqda.  Ayniqsa,  tadbirlarda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish 

samaradorligi  past  darajada  ekanligi  kuzatildi.  Bu  borada  o’qituvchilarning  mas’uliyati  va 

ijodkorligini  o’stirish  davr  talabi  ekanligi  ham  ma’lum  bo’ldi.  Shuningdek,  o’qituvchilarni 

pedagogik  texnologiyalardan  foydalanishga  oid  nazariy  va  amaliy  bilimlar  bilan  qurollantirish 

zaruriyati  ham  mavjuddir.  Keyingi  boblarda  ushbu  muammolarni  bartaraf  etish  chora-tadbirlari 

haqida fikr yuritamiz.            

          

            BIRINCHI  BOB  BO‘YICHA  XULOSA 

1.  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturida  ta’lim  muassasalari  mustaqilligini  ta’minlash,  

o‘qitishning ilg‘or metod va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, bu jarayonni 

demokratlashtirish,  o‘quvchi  shaxsiga  yo‘naltirish  nazarda  tutilgan.  Shuningdek,  tarbiyabiy 

ishlarga    shaxs  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqaruvchi  vosuia  sifatida  qarash,  uning  mazmunini 

milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish, ayniqsa uni texnologiyalashtirish davr talabiga 

aylandi. Bugungi kunga kelib bu yondashuv tarbiyaviy ishlarning bosh maqsadini belgilamoqda.  


 

 

25 



 

 

2.  Amalga  oshirgan  tahlillarimiz  shuni  ko‘rsatdiki,  o’qituvchilarning  biz  tanlagan 



mavzuga nisbatan qiziqishlari yuqori bo’lib, ularni kerekli metodik bilimlar bilan qurollantirish 

zaruriyati mavjud. 

3. Mavjud manbalar va pedagogik vaziyat tahlillaridan ayon bo‘ldiki, boshlang‘ich sinflar 

tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan izchil pedagogik tizimni yaratish va uni 

amaliyotga tadbiq etish didaktikaning muhim vazifalaridan biri sifatida o‘z yechimini kutmoqda.  

II-BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLAR TARBIYAVIY ISHLARINI 

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 

 

 

2.1. Ertaliklar –boshlang’ch sinf tarbiyaviy ishlarining asosiy shakli sifatida 

 

Mamlakatimiz  kelajagi  bo‘lmish  yoshlarni  barkamol  insonlar  qilib  tarbiyalashda  ta’lim-



tarbiyaning  uzluksizligini  ta’minlash  va  uni  tizim  shaklida  tashkil  etish  asosiy  masalalardan 

biridir.  Shuningdek,  boshlang‘ich  maktablarda  tashkil  etiladigan  darsdan  va  sinfdan  tashqari 

mashg‘ulotlarga  e’tiborni  kuchaytirish  bilan  ham  ta’lim  va  tarbiya  jarayonining  uzluksizligiga 

salmoqli hissa qo‘shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari  tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat 

bolalarni  band  qilish  emas,  balki  ancha  murakkab,  ya’ni  ularning  darslarda  olgan  bilimlarini 

mustahkamlash,  milliy  qadriyatlarimizga  nisbatan  qiziqishini  uyg‘otish,  qolaversa,  ularning 

hayotini  zavq  va  shavqqa  to‘ldirishdir.  Xuddi  dars  jarayonida  bo‘lgani  kabi  tarbiyaviy  ishlarni 

tashkil qilishda ham  sinf o‘qituvchisining vazifasi  mas’uliyatli  va ahamiyatlidir. Bu mas’uliyat 

ulardan doimiy ravishta o‘z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab  qiladi. 

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini  tashkil qilishga  yunaltirilgan sinfdan tashqari 

tarbiyaviy  tadbirlarning  asosiy  xususiyati-  o‘quvchi  kundalik  hayotining  namoyon  bo‘lishidir. 

O‘quvchi  kundalik  ishlarining  davomi  sifatida  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarda  bevosita 

ishtirok  etadi,  turli  mazmundagi  suhbatlar,  savol-javoblarda  qatnashadi,  kechalarni  tashkil 

qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma’naviy dunyosi boyib 

boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini 

ustirish  maqsadida  tashkil  qilinadi.  Har  qanday  sinfdan  tashqari  mashg‘ulot  oldiga    turli 

tarbiyaviy  vazifalar  qo‘yiladi.  Ularning  har  biri  o‘zga  xos  belgilarni,  bir-biridan  farq  qiluvchi 

shakllarni,  vositalarni,  ijodiy,  mehnatni  talab  qiladi.  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar 

o‘qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko‘rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo‘lishi 

lozim.  Boshlang‘ich  sinflarda  tashkil  etiladigan  tarbiyaviy  tadbirlar  o‘quvchilar  hayoti  bilan 

ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kunlaridan boshlanadi.Mustaqillik bayrami, 

2-sentabr,  Kuz  bayrami,  Konstitutsiya  kuni,  Alifbo  bayramlari,  Yangi  yil,  Harbiylar  kuni, 

mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari, 8-mart, Navro‘z bayrami, gullar bayrami kabilar.Mana 


 

 

26 



 

 

shunday tadbirlar bevosita o‘quvchilarda vatanga e’tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog‘liq holda 



olib  boriladi.  Bu  tadbirlarga  material  tanlashda  eng  qimmatli  manba  bo‘lib  milliy  qadriyatlar 

namunalari hisoblanadi. 

O‘qituvchi    tarbiyaviy  tadbirlarni  uyushtirishda  quyidagi  pedagogik  talablarga  amal  qilish 

lozim: 


   -tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi;     

   -tarbiyaviy tadbir o‘quvchining yoshi, ruhiy holatiga mos  bo‘lishi; 

   -har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi; 

  -tadbir  orqali  boshlangich  sinf  o‘quvchilarida  jamoatchilik,  uyushqoqlik,  o‘zaro  yordam 

kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib borilishi darkor. 

Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 

1.  Tadbirni rejalashtirish; 

2.  Tadbir yuzasidan  o‘quvchilarga tushuncha berish; 

3.  Tadbirni  tashkil  qilish  jarayonida  sinf  o‘quvchilarining  barchalarini  ishtirok  etishini 

ta’minlash;  

4.  O‘quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taqsimlash;  

5.  Tadbirni amalga oshirish; 

6.   Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.   

Bosqichlarning har biri o‘qituvchi tomonidan oldindan chuqur o‘rganilgan bo‘lishi lozim. 

Yuqoridagi  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  yordam  beradigan  quyidagi  metodik 

tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik: 

1.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  sinfdan  tashqari  tadbirlariga  rahbarlik  qilishda,  avvalo 

milliy  qadriyatlarga,  ularning  ahamiyatiga,  ijtimoiy  xarakteriga  e’tibor  berish  kerak  (masalan, 

ertak  va  maqollar  vositasida;  tarixiy  mavzular  yoki  milliy  bayramlar:  “Navro‘z”,  “Mustaqillik 

kuni”, “Bilimlar kuni” va shu kabilar); 

2.  Yaxshi  ishtirok  etgan  o‘quvchilarni,  sinfni  maktab  jamoasi  oldida  moddiy  va  ma’naviy 

jihatdan rag‘batlantirish; 

3. Darsdan tashqari tadbirlar orqali o‘quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yo‘llarini  

izlash; 


4. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta’siri vositasida ba’zi 

o‘quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish

5.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bunday  tadbirlarda  zur  ishtiyoq  bilan  qatnashadilar.  Ba’zan 

hamma o‘quvchilar ham birdek talabga javob bera olmaydilar, shu sababdan ularning ishtirokiga 

asta-sekinlik bilan erishish. 


 

 

27 



 

 

Mazkur  ishlarni  amalga  oshirishda  har  bir  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisi  eng  avvalo, 



tashkil  qilinadigan  tarbiyaviy  tadbirlarning  mazmunini  chuqur  o‘rganishi,  uning  natijalariga 

jiddiy  e’tibor  berishi  va  bu  bilan  o‘quvchi  shaxsiga  ijobiy  ta’sir  etishga  intilmog‘i,  vatanga 

e’tiqod,  milliy  g‘urur,  vatan  ravnaqi  uchun  xizmat  qilish,  qolaversa,  ona  tabiatni  asrash  kabi 

sifatlarni yanada rivojlantirish yo‘llarini izlamog‘i lozim. 

Milliy  qadriyatlar  orqali  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  vatanga  e’tiqod  ruhida 

tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar bilan chuqurroq 

tanishtirish,  ularning  darsda  olgan  bilimlarini  amalda  isbotlash  maqsadida  turli  ertaliklar, 

kechalar, bellashuvlar o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb bildik. 

 Buning  uchun,  avvalo  milliy  qadriyatlar,  bayramu-sayillar  va  urf-odatlar  haqida 

bolalarda tushuncha hosil qilish, vatan hakidagi she’rlarni  yod oldirish, o‘quvchilarning o‘zlari 

chizgan  vatan  manzarasi  tasvirlangan  suratlar  namoyishini  tashkil  qilish,  milliy  urf-odatlar  aks 

etgan ko‘rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik ko‘riladi. 

Milliy  bayramlarni  boshlangich  sinf  o‘quvchilari  bilan  birgalikda  nishonlash,  avvalo 

o‘quvchilarda  ona-vatanga,  tabiat  va  jonzotlarga  nisbatan  mehr-muhabbat,  g‘urur  va  iftixor 

hissini tarbiyalaydi. Bu kabi  tarbiyaviy ishlarning natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 

lug‘at  boyligi  oshadi,  dunyoqarashi  kengayadi,  asosiysi  darsda  olgan  bilimlarini 

mustahkamlanadi,  xotirasida  uzoq  vaqt  saqlanib  qoladi.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek, 

o‘quvchilar birdamlikka, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. 

Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlangich sinf o‘quvchilarda tarbiyalab borishda ertaliklarning 

o‘z o‘rni bor. 



 

Ertaliklar  bolalar  uchun  juda  qiziqarli,  tarbiyaviy    jihatdan    ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  tarbiya  vositalaridan  biridir.  Ertaliklarda  deyarli  barcha  sinf  o‘quvchilari  ishtirok 

etadilar.  Ularga  tayyogarlik  ko‘rishning  o‘ziyoq  bolalarda  qiziqishni  uyg‘otadi.  Bolalar  ertalik 

munosabati  bilan  she’r,  qo‘shiqlar  yodlashi,  raqs  tushishi  va  albatta  milliy  qadriyatlarimiz 

namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir. 

Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o‘tkazishga 

kam  e’tibor  beriladi,  ba’zi  sinflarda  umuman  o‘tkazilmaydi.  Bu  sohadagi  talab  va  istaklarni 

o‘rganib  chiqib,  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bilan  bir-necha  bor  ertaliklar  uyushtirdik. 

Bizningcha ertaliklar quyidagi tartibda o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi: 

-ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to‘plash; 

- ertalikning dasturini tuzish; 

- ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish; 

-ertalik o‘tkaziladigan joyni aniqlash va bezash; 

- ertalikni muvaffaqiyatli o‘tkazish va qatnashchilarni rag‘batlantirish. 



 

 

28 



 

 

  Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan   «Navro‘z bayrami»,  «Mehrjon bayrami»,  «Gullar 



bayrami»,  «Alifbo  bayrami»,  “Oltin  kuz”  va  boshqa  ertaliklarni  uyushtirish  mumkin.  Misol 

tariqasida  biz  “Gullar  bazmi”  ertaligi  syenariysini  keltirib  o‘tamiz.  Shubhasiz  bu  ertalikda 

pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bu  bilan  bolalarning 

tadbirda faol eshtirok etishiga erishamiz va tadbir natijasi oldindan kafolatlangan bo‘ladi.    



Ertalikning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quchilarida ona tabiat, atrof-muhitga nisbatan 

ijobiy munosabat hamda ma’naviy-axloqiy, estetik dunyoqarashni tarkib toptirish, go‘zallikni his 

etish ko‘nikmasini shakllantirish.            

(Sahna ko’rinishi. Maktab bog’i  tasviri. Bog’ning hamma joyida chiroyli, turfa xil gullar ochilib 

turibdi.  Atrof  yam-yashil  ko’rinishga  ega.  Sahna  atrofiga  gullarning  go’zalligi  aks  ettirilgan 

plakatlar ilingan) 



     Boshlovchi:  Gullarni  parvarishlash  maqsadida  Gulnoza  va  Rayxon  chelakda  suv  ko’tarib 

kirib kelishdi



Gulnoza – Voy, Rayxon gullarimizga qara, biram chiroyliki, ularga qaragan sari zavqing keladi. 

      Rayxon–  Ha, bu mehnatimiz samarasi.  Voy, mana bu joydagi  gullarni  kimdir uzib,  payxon 

qilibdi-mi? 



Gulnoza –Bechora gullar, bu kimning ishi ekan? 

Boshlovchi:  Shu  payt  uzoqdan  Soqivoy  ko’rinibdi.  U  gullarni  ayamay  uzar,  oyog’i  tagiga  olib 

yanchardi. 

( Qizlar baravariga )  

 

Hoy, nima qilyapsan? Axir ularning ham joni bor. Bechoralarga rahming kelmaydimi?  



Soqivoy: Qo’ysangizlarchi, bular oddiy gullar-ku!   

Qizlar: Nega endi? Bu gullar atrof-muhitni tozalaydi, ham o’zining go’zalligi bilan hamma joyni 

bezab turadi. Seni bu gullarni uzishga, ularga zarar yetkazishga haqqing yo’q. 



Soqivoy: nima uchun? Men xohlagan ishimni qilaman. Mana, mana. 

Boshlovchi: deb Soqivoygullarni uza boshlabdi.  

(Shunda  birdan  momaqaldiroq  bo’libdi.“Bahor  vasli”  musiqasi  yangrab,  davraga  Tabiat  momo 

kirib kelibdi)  

Boshlovchi: Tabiat momo Soqivoyga qarab:  

                          Gullarning ham joni bor, 

                          Ozor bersang og’riydi. 

                          Axir gullar ona yer  

                           Havosin tozalaydi. 

Soqivoy esa: 

     Ey, qo’ysangizchi Tabiat momo  



 

 

29 



 

 

     Endi shu gul uzishni ham qilmang muammo. 



  (Tabiat momo qo’lidagi sehrli tayoqchasi bilan gullarga jon kirita boshlabdi. Chiroyli musiqa 

yangraydi. Davraga turfa gullarni ifodalavchi kiyimlarda gullar raksi ijro etilib, gullar kirib 

keldi) 

Atirgul: 

                                Bu Soqivoy har kuni  

                                Gul bandimni uzadi. 

                                 Uzgani yetmaganday,  

                                 Barglarimni ezadi. 

Chinnigul: 

                               Soqijonning dastidan  

                               Holim bo’ldi juda tang. 

                               Ana ishonmasangiz  

                               Boshqa gullardan so’rang. 

Binafsha: 

                               Men Soqivoy dastidan,  

                               Turmayman hech ochilib. 

                               O’zi faqat bahorda,  

                               Kelaman mehmon bo’lib. 

( Boshqa gullar ham baravariga) 

                                Biz bezormiz Soqivoydan, 

                                 Kirmasin hech gulzorga. 

                                 Shunda bizlar yayrab- yashnab,  

                                  Aylanamiz chamanzorga. 



Tabiat momo.( jahli chiqib) 

                                 Ko’rmagandim bunday holni,  

                                 Bu Soqivoy qanday bola,  

                                 Ozor berib gullarga,  

                                 Nimalarni qilib hayol,  

                                  Botirman deb o’ylaganda,  

                                 Yoki kuchin ko’rsatganmi? 

                                 Bir g’alamis o’rgatganmi? 

(Gullar birgalikda) 

                                         Biz gullar bu zaminni, 

                                        Go’zallikka chulg’aymiz. 


 

 

30 



 

 

                                        Bizlarda bor ko’p xislat,  



                                       Dardga shifo bo‘lgaymiz.  

Boshlovchi: Soqivoy qilgan ishidan uyalib, yerga qaradi va: 

                                         Endi gulni uzmayman,  

                                         Yanchishga qo‘l  cho’zmayman.  

                                          Kechiring meni do’stlar,  

                                          Safingizga qo’shinglar 

 

                                Shu ondan yomonlikdan  



 

                                O’z-o’zimni tiygayman 

 

                                 Ezgu ish, yaxshilikni 



 

                                  Hozirdan boshlagayman. 



 Tabiat momo (xursand bo’lib)   Barakalla. 

Gullar: biz endi Soqivoyni o’zimizga do’st deb bilamiz. 

 Gulnoza –ko’rdingmi Soqivoy, gullarning ham joni bor.  

Rayxon – ham bizlarga foydasi bor. Kel, ularni qilmaylik xafa. 

Soqivoy  –Qizlar  aslida  men  xona  gullarini  o‘stirishni  hohlayman,  ammo  negadir  men  ekkan 

gullar  sira  o‘smaydi,  shu  bois  boshqalar  ekkan  gullarni  ochilib  turganini  ko‘rsam,  toqat  qila 

olmasdim.  Ayni  damda  qilgan  ishimning  xato  ekanligini  anglab  yetdim,  boshqalar  mehnatini 

qadrlashni, hurmat qilishni o‘rgandim. 



Gulnoza-  Soqivoy,  demak  senga    xona  gullarini  parvarish  qilish  haqida  ma’lumot  va 

ko‘rsatmalar kerak ekan



Rayxonunda seni gul sotuvchisi yoniga olib boramiz. 

Boshlovchi- shunday deya qizlar Soqivoyni gul dukoniga olib borishibdi. 

Rayxon, Gulnoza, Soqivoy –Assalomu-alaykum amakijon! 

Gul  sotuvchisi-  Vaalaykum-assalom  bolalar,  kelinglar  bizdan  qanaqa  xizmat.  Sizlarga  qanday 

xona gullari kerak? 



Soqivoy kechirasiz, amakijon, bizlarga xona gullarini parvarish qilish haqida ma’lumot kerak 

edi. 


Gul sotuvchisi – Bajonudil, bu savollaringizga javob berishga harakat qilaman. 

Boshlovchi-  Gul  sotuvchisi  bolalarni  xona  gullari  bilan  nomma-nom  tanishtirib,  ularni  qanday 

parvarish qilish haqida batafsil ma’lumot berdi. 



Gul sotuvchisixo‘p! bolalar men aytgan ma’lumotlar yodingizda qoldimi? keling bir takrorlab 

ko‘ringchi? gul parvarish qilishni qay darajada o‘zlashtirib olibsiz. Buning uchun men sizlarga 

gullarning nomi yashiringan krossvordni beraman, siz uni yechishga harakat qilib ko‘ringchi? 

Bolalar – biz tayyormiz. 


 

 

31 



 

 

 



 

 

 

 



 





 



 



 



 

 

 

Х 

 I  

T  

O  

Y  

A  

T  

I  

R  

G  

U  

L  

I  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Javoblar: 

1.  Yorongul 

2.  Sarsabil 

3.  Liliya 

4.  Begoniya 

5.  Aloye 

6.  Lola 

7.  Fikus 

Gul sotuvchisi  - xo‘sh, bolalar qanday xona gullari bor ekan, ularning nomlarini 

takrorlangchi? 



Bolalar- kaktus, begoniya, yorongul, fikus, kameliya, lola, fialka, xitoy atirguli, liliya, 

aloye, sansevara va boshqalar.( bolalar galma-gal sanashadi) 



Gul sotuvchi- qaysi donishmandlarimiz asarlarida xona gullari haqida ma’lumotlar 

keltirilgan? 



Rayxon- Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi allomalarimiz 

asarlarida xona gullarining nomlari, tasviri va shifobaxsh xususiyatlari haqida ma’lumotlar 

keltirilgan. 

Gul sotuvchi –xona gullari qanday yo‘llar bilan ko‘paytirilar ekan? 

Soqivoiy- begoniya, yorongul, fikus, kameliya qalamchalari orqali ko‘paytiriladi. 

Gulnoza- lola va liliyalar esa piyozboshidan ko‘paytiriladi. 

Gul sotuvchisi - barakalla  bolalar, endi,  kaktus haqida aytgan ma’lumotlarimni 

takrorlangchi? 



Soqivoy- bu gul quruqlikni yaxshi ko‘radi, uning vatani janubiy o‘lkadir ya’ni Amerika 

va Meksika hisoblanadi. Kaktuslar-kaktusdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik semiz poyali 

o‘simlik. 


 

 

32 



 

 

Rayxon- uning shakli turli xil ko‘rinishga ega bo‘lib, tashqi tomondan tikanak bilan 

qoplangan. U bir necha guruhlarga bo‘linadi: opunsiyalar-dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-

biriga birikib o‘sgan tanadan iborat.  



Gulnoza- sereuslar-tanasi yo‘g‘on, ustunsimon etdor, mamileyariyalar-so‘rg‘ichsimon, 

chiroyli gullaydi. Kaktuslarning bundan boshqa ham turlari mavjud bo‘lib ular suvni uncha 

xushlashmaydi. Kaktuslarni kompyuterlar oldiga nurlardan saqlanish uchun qo‘yiladi. Ularni 

yorug‘lik yaxshi tushadigan joylarda ustirish tavsiya etiladi. 



Gul sotuvchisi – xona gullarining yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun  eng zarur narsa 

nima ekan? 



Bolalar-  quyosh nuri va yorug‘lik, deya baravariga javob berishdi va sahna yanada 

yorug‘lashdi. ( “Quyoshjon”ashulasi yangraydi va sahnada boshlariga gulchambarlar taqqan 

qizaloqlar raqs ijro etishadi) 


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin