O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix06.06.2020
ölçüsü0,71 Mb.
#31573
1   2   3   4   5   6   7
boshlangich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil yetish texnologiyasi


Ertak  

Qiziqarli, sehrli. 

Ertak tinglash yoqimli. 

Ertaklar- insonlarni yaxshilikka yetaklar! 

Cho'pchak, mаtal. 

Tarbiyaviy ishlarda sinkveyn metodidan foydalanish natijasida o'quvchilar bilimi 

faollashadi, ularning tadbirga qiziqishi yanada ortadi. 

Pedagogik  texnologiyaning  samarali  metodlaridan  biri  bu  -  klasterdir.  «Klaster»  so'zi 

“g'ujum”,  “bog'lam”  ma'nosini    anglatadi.  Bu  usul  ko'p  variantli  fikrlashni  o'rganilayotgan 

tushuncha  (hodisa,  voqea)lar    o'rtasida  aloqa  o'rnatish  malakalarini  rivojlantiradi.  Klasterlar 

asosan  yangi  fikrlarni  uyg'otish,  mavjud    bilimlarga  yetib  borish  strategiyasi  bo'lib,  muayyan 

mavzu  bo'yicha  yangicha  fikr  yuritishga    chorlaydi.  Klaster  tuzishda  guruhdagi  barcha 

o'quvchilarning  ishtirok etishi lozim bo’ladi. 

 

Shuningdek, tarbiyaviy ishlar jarayonida davralar metodidan foydalanish ham mumkin. 



Ushbu  metod  haqida  pedagog  olima  T.  G‘afforovaning  “Boshlang‘ich  ta’limda  zamonaviy 

pedagogik  texnologiyalar”  nomli  o‘quv  qo‘llanmasida  quyidagicha  fikrlar  bildirilgan:  “Bunda 

о‘quvchilar  davra  qurib  o‘tirib,  taklif  etilgan  savolni  galma-gal  izohlab  chiqishadi.  Har  bir 

o‘quvchi  o‘z  fikrini  bayon  qilib,  muhokamaga  foydali  ulush  qo‘shish  imkoniga  ega  bo‘ladi, 

chunki  barcha  qatnashchilarning  fikrini  bilish  muhim.  Lekin  qatnashchilar  o‘z  ixtiyori  bilan 

navbatini o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, bu – tamomila odatdagicha hol. Ba‘zan qanday bo‘lmasin 

biror  savol  yoki  topshiriq  davra  bo‘ylab  o‘tkaziladi  va  uni  olgan  o‘quvchi  o‘z  fikrini  aytish 

huquqiga ega bo‘ladi”

4



 



Davra  metodida  hamma  teng  huquqlidir.  Bunda  hamma  bir-birini  ko‘rib  turishi, 

ishtirokchilar  so‘zlayotgan  kishining  gaplarini  diqqat  bilan  tinglashi  lozim  bo’ladi.  Davrani 

tashkil  etishning  muhim  shartlaridan  biri  ishtirokchilar    bir-birini  ko‘rib  tura  oladigan  joy 

tanlanishi,  shuningdek,  so‘zga  chiqmaganlar  diqqat  bilan  boshqalarni  tinglab  borishlari, 

aytilayotgan gaplarga izoh bermasliklari lozim bo’ladi.  

 

Shuningdek,  ushbu  qo‘llanmada  akvarium  metodi  quyidagicha  izohlanadi:  “Guruhdan 



ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki “baliq”, 

qolganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10– 

                                                 

4

 G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar



Qarshi. Nasaf.: 2009, -115 b. 



 

 

13 



 

 

15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining 



to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri  javoblarini  yozib  borishlari  kerak.  Avval  “baliqlar”  g‘oyasi  taklif  etiladi, 

uni  kuzatuvchilar  muhokama  qilishadi,  keyin  kuzatuvchilar  o‘z  g‘oyalarini  taklif  etishadi,  shu 

g‘oyalardan  eng  yaxshisining  muallifi  o‘z  g‘oyasini  taklif  etmagan  o‘quvchi  o‘rniga  kichik 

guruhga o‘tadi”

5

.  


 

 “Akvarium” metodining afzalliklari quyidagilardan iborat: 

- mavzu barcha ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinadi

-  metodni  bajarish  jarayonida  mavzu  qismlarga  ajratiladi,  o‘quvchilar  bilimini  tekshirish 

imkoniyati yuzaga keladi; 

-mashg‘ulot o‘yin ko‘rinishida tashkil etilishi bois, qiziqarli o‘tadi; 

-barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi ta’minlanadi. 

 

“Ruchka stol o‘rtasida” metodi haqida ham qo‘llanmada quyidagi fikrlar keltirilgan. 

Butun guruhga topshiriq beriladi. Har bir o‘quvchi bitta javob variantini bir varaq qog‘ozga 

yozib, uni qo‘shnisiga beradi, o‘z ruchkasini esa, stolning o‘rtasiga surib qo‘yadi. 

 

Topshiriqqa misol: 



 

O‘qituvchining guruhga beradigan topshirig‘ini hayotiy misollar bilan sharhlab berish. 

 

Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko‘proq sonda javob variantlari 



berishi  kerak.  Bir  varaq  qog‘ozga  yozilgan  topshiriq  bir  o‘quvchidan  ikkinchisiga  uzatiladi. 

O‘quvchi  javobni  yozib,  qog‘ozni  keyingi  o‘quvchiga  uzatadi,  ruchkasini  esa,  o‘ziga  ro‘baro‘ 

qilib, stolga qo‘yib qo‘yadi. Javobni bilmaydigan o‘quvchi qog‘ozni keyingi o‘quvchiga uzatadi-

yu,  lekin  ruchkasini  qo‘lida  olib  qoladi.  Bu  metodikaning  yana  bir  sharti:  bitta  variantni  ikki 

qayta  berish  mumkin  emas,  boshqacha  aytganda,  qaytariqlar  bo‘lishiga  bu  o‘rinda  yo‘l 

qo‘yilmaydi. 

Topshiriq  bajarildi.  Javob  variantlari  yozilgan  qog‘oz  o‘qituvchida.  U  o‘sha  variantlarni  sanab 

o‘tadi. 


 

Variantlar sanab o‘tilar ekan, ularning har biri bir yo‘la muhokama qilib boriladi:  

 

“Ruchka stol o‘rtasida” metodining bir qancha afzalliklari bor: 



 

-o‘qituvchi mashg‘ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko‘rib turadi; 

 

-mashg‘ulotga tayyorlanmagan o‘quvchi og‘zaki muhokama paytida ko‘rib chiqilayotgan 



mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin; 

 

-bu guruhda olib boriladigan ish bo‘lib, o‘quvchilar intizomini mustahkamlaydi va ularni 



jipslashtiradi,  chunki  o‘z  varianti  ustida  juda  uzoq  o‘ylab  o‘tiradigan  o‘quvchi  butun  guruhga 

ajratilgan  vaqtni  sarflaydi.  Shuningdek,  o‘quvchi  mashg‘ulotga  tayyor  bo‘lmasa,  bunda  ham  u 

guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo‘ladi; 

                                                 

5

 O’sha kitob -118 b. 



 

 

14 



 

 

 



- o‘quvchilar o‘z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og‘zaki muhokama vaqtida 

tahlil qilib chiqishadi. 



 

Tarbiyaviy  ishlarda  “MUNOZARA”  metodidan  ham  foydalanish  maqsadga  muvofiq. 

Munozara  –  bu  ikki  yoki  bundan  ko‘proq  kishilarning  keskin  chegaralangan  qoidalar  doirasida 

og‘zaki  ravishda  o‘zaro  olib  boradigan  bahsi,  munozarasi,  masala  talashuvidir.  Uning  asosida 

kamdan-kam hollarda yashirin mo‘ljal pinhon yotadi, bu o‘rinda faqat nazariy qiziqish va oqillik 

bilan keltirilgan dalil yordamida opponentdan ustun kelish ishtiyoqi bo‘ladi. Munozara nazariya 

yoki  g‘oyalarni  targ‘ib  qilish  maqsadida  emas,  balki  mamnun  bo‘lish  va qatnashchilarga  bilim 

berish  maqsadida  olib  boriladi.  Munozara  mavzui  hamisha  taklif  ko‘rinishida  maydonga 

qo‘yilishi kerak, gap namalar to‘g‘risida ketayotgani juda ham aniq-ravshan bo‘lishi uchun esa 

jumlalarni sinchiklab tuzib olish lozim. Munozarada, hech bo‘lmaganda, ikki nafar so‘zlovchi va 

rais  qatnashadi.  Qatnashchilarning  biri  taklifni  qo‘llab  quvvatlab  chiqsa  (munozarani  ochuvchi 

kishi),  ikkinchisi  –  bu  taklifga  qarshi  bo‘lib  chiqadi  –  opponent  bo‘ladi.  Munozaralarda 

boshqalar ham biror tomon tarafdori bo‘lib so‘zga chiqishi mumkin. 

 

Munozara  ochuvchi  kishi  va  opponent,  shuningdek  qo‘shimcha  ravishda  so‘zga 



chiqadiganlar  o‘z  so‘zlarini  oldindan  tayyorlab  olishlari  kerak.  Har  bir  kishi  muayyan  vaqt 

davomida,  odatda,  15  daqiqa  so‘zlaydi,  har  qaysi  tomondan  qo‘shimcha  ravishda  so‘zga 

chiquvchilar  ko‘p  deganda  2  kishi  bo‘lishi  va  ularning  so‘zlash  vaqti  5  daqiqadan  ortmasligi 

kerak.  Munozara  ochilishidan  oldingi  yarim  soat  davomida  guruhning  har  bir  a‘zosi  uning 

mavzui yuzasidan fikr bildirishi – unga qo‘shilishi yoki qarshi chiqishi mumkin. Bunga 3 daqiqa 

beriladi,  ikki  marta  so‘zga  chiqish  ruxsat  etilmaydi.  So‘zga  chiquvchilarning  hammasi  raisga 

murojaat qilishadi, uning qarori uzil-kesil bo‘lib hisoblanadi. 

So‘zga chiqish tartibi quyidagicha: 

- munozarani ochuvchi; 

-opponent; 

- munozarani ochuvchining yordamchilari, agar ular bo‘lsa; 

-opponent yordamchilari; 

-sinfdagilarning so‘zga chiqishi; 

- munozarani ochuvchi. 

 

Raisning  asosiy  vazifasi  munozara  tartibiga  qattiq  amal  qilinishi  va  so‘zlovchilarning 



munozara mavzuidan chetga ketmasligini kuzatib borishdan iborat. 

Boshlang’ch sinf tarbiyaviy tadbirlarida “blits– o‘yin ” texnologiyasidan foydalanish ham 

yaxshi  samara  beoadi.  Blits–  o‘yin  texnologiyasi  o‘quvchilarni  mantiqiy  fikrlashga, 

o‘rganayotgan narsa va predmet asosida xilma-xil fikrlardan to’g’risini tanlab olishga o‘rgatadi. 

O’yin  davomida  o‘quvchilar  o‘zlari  to’g’ri  deb  bilgan  javobni  boshqalarga  o‘tkazish 


 

 

15 



 

 

imkoniyatiga  ega  bo’ladilar,  chunki  o’yinning  muhim  shartlaridan  biri  ham  shudir.  Ushbu 



texnologiya  ko’p  bosqichlarda  amalga  oshiriladi.  Boshlang’ch  sinf  o’quvchilari  uchun 

texnologiya shartlarini soddalashtirish, o’quvchilarning  yoshiga mos holda o’yinni tashkil etish 

mumkin.  

Yuqorida  keltirilgan  metodlardan  foydalanish  boshlang’ch  sinflarda  tashkil  etiladigan 

tarbiyaviy  ishlarning  samaradorligini  oshirib,  oquvchilarda  faollik,  ijodkorlik,  yaratuvchanlik, 

mustaqil  fikrlash  kabi  qobiliyatlarini  o’stiradi,  ularning  darslarda  olgan  bilimlarini 

mustahkamlashga xizmat qiladi.      

 

  1.2. Тarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari va turlari 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  istiqlolga  erishuvi  hamda  o‘z  mustaqil 



siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq  ta’limi  tizimida  ham  o‘sib  kelayotgan  

yosh  avlod ta’lim-tarbiyasi  bilan  borliq  jarayonini  qayta  ko‘rib  chiqishni  taqozo etmoqda. 

Hozirgi  paytda,  fan  va  madaniyatning  eng  so‘nggi  yutuqlari  asosida kelajagimiz  bo‘lgan  

yosh  avlodni  hayotga  tayyorlashning  samarali shakl  va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining «Ma’naviyat  va  ma’rifat» 

jamoatchilik    markazi    faoliyatini    yanada    takomillashtirish    va  samaradorligini    oshirish  

to‘g‘risida»gi    farmonida    ko‘rsatilganidek,  jamiyatda  yuksak  ma’naviy  fazilatlarni  kamol 

toptirish,  milliy  mafkurani  shakllantirish,    yoshlarni    boy    madaniy    merosimiz,    tarixiy  

an’analarimizga, umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat,  Vatanga  muhabbat,  istiqlol  g‘oyalariga 

sadoqat  ruhida  tarbiyalash  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  barcha islohotlarning hal 

qiluvchi omilidir. 

Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarning  samaradorligini 

oshirish  avvalo  komil  insonni  shakllantirishning  eng  zamonaviy  va  qulay 

yo‘nalishlarini  topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu 

maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr 

talabiga  javob  beradigan  holga  keltirish  uchun  tarbiyaning    asosi    bo‘lgan    barcha    g‘oyalar  

qaytadan    ko‘rib    chiqilishi,    asosiy  e’tibor    bola    shaxsiga    qaratilishi,    yillar    davomida  

to‘plangan  ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.  

Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va 

nodavlat  jamg‘armalar,  qo‘mitalar  va  tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  olib 

boriladi. 

 

Inson  shaxsining  kamol  topishi  juda  murakkab  va  uzluksiz  jarayon 



davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, 

 

 

16 



 

 

jamoat  tashkilotlari,  atrof-muhit,  ommaviy  axborot  vositalari,  san’at, 



adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Yuqoridagi  barcha  hayotiy  ehtiyojlarni  vujudga  keltirishda  o‘zaro 

hamkorlikning  ta’sir  doirasi  orqali  shaxsni  tarbiyalash  va  tarbiyaning birligini  ta’minlagan  

holda,  uni  shaxs  sifatida  shakllanishiga  salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish. 

Tarbiyaning    bosh    maqsadi  –    yosh    avlodni    ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  

boy    milliy,    ma’naviy-tarixiy    an’analarga,    urf-odatlari    hamda  umumbashariy  qadriyatlarga 

asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. 

Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, 

uning  qobiliyatlarini  har  tomonlama  ochish  uchun  imkoniyat  yaratishdir.  Buning    uchun:    –  

yoshlarni   erkin  fikrlashga  tayyorlash,  hayot   mazmunini  tushunib  olishiga  ko‘maklashish,  

o‘z-o‘zini    idora    va    nazorat    qila    bilishini  shakllantirish,  o‘z  shaxsiy  turmushiga  maqsadli 

yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; 

–  o‘quvchilarni  milliy,  umuminsoniy  qadriyatlar,  Vatanimizning  boy 

ma’naviy  merosi  bilan  tanishtirish,  madaniy  hamda  dunyoviy  bilimlarni 

egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish 

va estetik tushunchalarini shakllantirish

–  har  bir  o‘smirning  bilimdonligini  va  ijodiy  imkoniyatlarini aniqlab,  ularni  rivojlantirish.  

Inson  faoliyatini  turli  sohalarda  joriy qilib  ko‘rish.  Bolalar  jodkorligi,  iqtidorini  yuzaga  

chiqarish  va  yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash; 

–    insonparvarlik    odobi    meyorlarini    shakllantirish  (bir-birini  tushunadigan,    mehribonlik,  

shafqatlilik,  irqiy  va  milliy  kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari 

(nohaqlikka, yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‘lanishi lozim. 

–  vatanparvarlik,  dunyoviy  fikrlash,  jamiyatimizda  yashayotgan  odamlar 

bilan  o‘zaro  munosabat-muloqotni  o‘rganish,  o‘z  xalqiga,  davlatiga,  uning 

himoyasi uchun  hamisha shay bo‘lib  turish, O‘zbekiston Respublikasi  va boshqa 

davlatlarning  ramzlariga  hurmat  bilan  qarash,  yosh  avlodni  O‘zbekiston 

Konstitutsiyasiga,  Bayrog‘iga,  Gerbiga,  Madhiyasiga,  Prezidentiga  sadoqatli 

qilib tarbiyalash; 

–  qonuniy  jamoa  axloqi  va  turmush  qoidalariga  hurmat  bilan  qarashni 

tarbiyalash,  shaxsning  noyob  qirralarini  belgilovchi  fuqarolik  va  ijtimoiy 

mas’uliyat  hislarini  rivojlantirish,  o‘zi  yashayotgan  mamlakatning  ravnaqi, 

Insoniyat  taraqqiyotini  barqaror  saqlab  qolish  uchun  fidoyilik,  ekologik 

ta’lim-tarbiya; 

–  mustaqil  davlatimiz –  O‘zbekiston  Respublikasining  ichki  va  tashqi 



 

 

17 



 

 

siyosatiga  to‘g‘ri  va  xolisona  baho  berishga  o‘rgatish.  Uning  tinchliksevarlik, 



demokratiya  va  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik,  oshkora- 

ochiq  tashqi  siyosatiga  va  o‘z  xalqining  turmush  darajasini  oshirishga 

yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri 

tushuntirmoq kerak; 

–  turmushda  eng  oliy  qadriyat  hisoblangan  mehnatga  ijodiy  yondoshish 

fazilatlarini shakllantirish; 

–  sog‘lom  turmush  tarziga  intilishni  tarbiyalash  va  rivojlantirish

munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish; 

– yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish. 

Tarbiyaviy ishlarning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim : 

– tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, 

har  bir  bola,  o‘smir  va  yosh  yigit-qizning  betakror  va  o‘ziga  xosligini 

hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish; 

– yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror toptirish; 

– milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanish; 

–  shaxslararo  munosabatlarda  insonparvarlik,  pedagoglar  va  o‘quvchilar 

o‘rtasidagi  bir-biriga  hurmat  munosabatlari,  bolalar  fikriga  e’tibor 

qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish, 

Amalda  tarbiyaviy  jarayon  yaxlit  va  uzluksiz  ishiga  va  turli  yoshdagi, 

bolalarni  qamrab  olishga  alohida  ahamiyat  berish  lozim.  O‘smir    yigit    va    qizlar    nafaqat  

bo‘lg‘usi  katta  hayotga  tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. 

Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish 

va  ehtiyojlariga  suyangan  holda  ularning  darsdan  bo‘sh    vaqtlarida  o‘quv-tarbiya    jarayonini 

to‘ldiradi.  U o‘quvchilarning  ijodiy qobiliyatlarini,   tashabbuskorligani   oshirishga  imkoniyat  

yaratadi.  Sinfdan tashqari  ishlarning  o‘ziga  xosligi  shundaki,  to‘garak,  klub  dasturlarining 

rang-barangligi,  ular  mazmunidagi  yangiliklar  o‘smir  yigit-qizlarning  shaxs  sifatida 

shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 

Fuqarolik  faoliyati  o‘z  davlati  oldidagi  huquq  va  burchlarini  tan  olishni,  jamiyat 

belgilagan  yashash  va  axloq  meyorlariga  ongli  rioya  etishni,  mehnat  va  jamoada  faollikni, 

ma’naviy yetuklikni barqaror etadi: 

–    islohotlarning  taqdiri  va  samarasi  uchun  javobgar,  yurtimizning  ertangi    kuni    va    istiqboli 

uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati urituvchi; 


 

 

18 



 

 

– siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik,  ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini  tushunish  va 



idrok  qilish.  Vatanparvarlik  va  baynalmilallikni  his  etish,  ijtimoiy  siyosiy  hayotda  faol 

qatnashishga shay turish; 

–    xalq,  davlat  oldidagi  fuqarolik  burchi,  ya’ni  qonunchilik  tamoyillarini,  o‘zining    Vatan,  

mahalla, oila oldidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi.  

Maktabning o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari xilma xil 

ta’lim-tarbiya  ishlari  sindan  tashqari  ishlar  nomini  olgan.  Sinfdan  tashqari  ishlar  maktab 

ta’lim-tarbiya  jarayonining  tarkibiy  qismi  o‘quvchilarning  bo‘sh  vaqtlarini  yo‘lga  qo‘yish 

formalaridan  biridir.  Sinfdan  va    maktabdan  tashqari  ishlar  shaxsni  har  tomonlama    kamol 

toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun  keng imkoniyatga ega.  

Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida 

tashkil qilinadi. O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini 

qiziqtiradigan  mashg‘ulotlarni  tanlab  olishadi  va  ularda  mustaqil,  tashabbuskorona  ishtirok 

etishadi. 

Maktab  va  maktabdan  tashqari  muassasalarning  tashkiliy    ishlarini,  mazmuni    va  

maqsadini    belgilash  bugungi  kunimizning    barcha    qirralarini  hisobga  olishni  talab  etmoqda. 

Sinf  va  maktabdan  tashqari  mazkur  tarbiyaviy  ishlar    shaxs  kamoloti    bosqichlarini    belgilab  

olishga  qaratilganligi   bilan tavsiflanadi.  Mazkur muammoni ijobiy hal  etish  uchun sinfdan va 

maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim: 

–  pedagoglar  va  o‘quvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  xurmat  munosabatlarini 

shakllanganlikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish; 

–  ulg‘atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, 

har  bir  bola,  o‘smir  va  yosh  yigitning  betakror  va  o‘ziga  xosligini 

hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur. 

Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha xilda 

bo‘lishi mumkin: 

a) fan to‘garaklari; 

b) mohir qo‘llar to‘garaklari; 

v) duradgorlik to‘garaklari; 

g) sport to‘garagi; 

d) badiiy xavaskorlik to‘garagi. 

O‘rta  umumta’lim  maktablarida bu ishlarni  sinf  rahbari  va  tarbiyaviy 

ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak rahbarlarig yaqindan 

yordam  beradi.  Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a’zo 

bo‘lishga  chorlaydi.  Sinfdan    va    maktabdan    tashqari    tashkil    qilingan    ishlar    o‘quvchilar 



 

 

19 



 

 

hayotidagi    tarbiyaviy    faoliyatni    to‘ldiradi.    Ularni    dunyo    qarashini    to‘g‘ri  shakllanishiga,  



axloqiy    kamol    topishiga    ko‘maklashadi.    Nazariy  bilimlarni  amaliyot,  ishlab  chiqarish  bilan 

chambarchas bog‘lanishiga  zamin  yaratadi. 

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilar 

ning  vazifalari  ham  ko‘p  qirralidir.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari    tarbiyaviy    ishlar  

tashkilotchisining  vazifalariga  quyidagilar kiradi: 

–  darsdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarni  rejalashtirish  va  amalga 

oshirishni nazorat qilish

–  o‘quvchilarning  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ko‘p  qirrali  ishlarni 

pedagogik  jamoa,  o‘quvchilar  tashkilotlari  sinf  faollari  yordamida  yo‘lga 

qo‘yish; 

– sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik 

qilgan  holda,  o‘qituvchilar,  sinf  rahbarlari,  ota-onalar,  o‘quvchilar 

tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish; 

–  umummaktab  va  maktablararo  o‘tkaziladigan  eng  muhim  tarbiyaviy 

tadbirlarda qatnashish; 

–  o‘quvchilarning  bo‘sh  vaqtlarini  tashkil  qilishda  tarbiya  va  madaniyat 

muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; 

Bu  borada  tashkilotchilar  faolligini  uchta  asosiy  tomonini  ko‘rish 

mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.  Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda 

namoyon bo‘ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish 

mumkin: 

–  tarbiyaviy  ishlar  sohasida  erishilgan  yutuq  va  kamchliklarni  tahlil 

qilish; 

– tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; 

–  tarbiyaviy,  ommaviy-siyosiy  ishlarni  rejalashtirish  va  ularning 

mazmuni, shakl va usullarini aniqlash; 

–  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarni  guruhlashtirish

boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 

Maktabda  tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini 

aniqlamasdan,  ma’lum  bir  tizimga  solmasdan  turib  ko‘zda  tutilgan  maqsadga  erishish  qiyin. 

Sinfdan  tashqari  ishlarning  tarbiyaviy  ta’siri  ko‘p  darajada  o‘quv jarayonini  tashkil  etish  

saviyasiga    hamda    o‘quvchilar  jamoachining    xilma-xil  ishlarni    qanday    yo‘lga    qo‘yishga  

bog‘liqdir.  Sinfdan  tashqari  faoliyat majburiy  dastur  bilan  chegaralanmaydi,  balki  yoshlari  


 

 

20 



 

 

har  xil  o‘quvchilarni ihtiyoriy  ravishda  birlashtiradi.  Ularning  tashabbusi  asosida  ishlarni 



amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. 

Sinfdan    tashqari    ishlar    shaxsdagi    ijtimoiy    faollik,    ijtimoiy    ong  hamda    axloqiy  

odatlarni    tarkib    toptirishning    eng    muhim    omilidir.    Bu  faoliyat    ilmiy    jamoa,  adabiy  va 

maktab  teatrlarining  ishlari,  turli  mavzularda  o‘tkaziladigan  kitobxonlar  konferensiyasi  va 

munozaralar,  siyosiy,  axloqiy,    ilmiy-ommabop    va    mehnat    mavzularidagi    ma’ruza  va 

suhbatlar,  ijtimoiy-foydali    mehnat,    siyosiy    axborot,    bayoram    kechlari    va    ertaliklari, 

to‘garak  mashg‘ulotlarini  o‘z  ichiga  oladi.  O‘quvchilarning  sinfdan  tashqari  ishlari  o‘z  

mazmuniga ko‘ra tafakkur 

faoliyati  va  munosabat  vositasi  hisoblanadi.  Chunki  sinfdan  tashqari  ishlarda    olingan    axborot  

idrok    etiladi,  qayta    ishlanadi  va  shu  asosda  yangi  bilimlar  hosil  qilinadi.  O‘quvchilar 

maktabdan tashqari  ishlarda qatnashib, turli  kishilar bilan 

muayyan    munosabatga  kirishadi,  turli  vazifatlarga  duch  keladilar.  Shuning  uchun  ham 

o‘quvchilarning  maktabdan  tashqari  faoliyatlari  qanchalik  xilma  xil  bo‘lsa,    ularning  

munosabatlari  shunchalik  boy,  munosabat  doirasi  keng  va  ma’naviy  o‘sishi  samarali  bo‘ladi. 

Maktabdan  tashqaridagi  tarbiyaviy  ishlarda  o‘quvchilar    jamoada    ishlashni    o‘rganadilar  

ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab  chiqarish  mehnatiga  qo‘shiladilar, jamoatchilik  

fikriga  bo‘ysunishga,    jamoa    sharafi    uchun    kurashishga    odatlanadilar.  Maktabdan  tashqari  

faoliyat    unda    qatnashuvchilarning    ma’naviy    va    jismoniy  rivojlanishi    hamda    yosh 

xususiyatlariga  ko‘ra belgilanadi. Bu  jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning  sharoiti ham 

ta’sir  etadi.  Garchand  mamlakatimizdagi  barcha  maktablarning  vazifalari  bir  bo‘lsa-da,  o‘sha 

maktablarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bor  va  bu    xususiyatlr    madaniy  va  milliy  sharoitlarda 

yaqqol  ko‘rinadi.  Tarbiyachilar,  sinf    rahbarlarining  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  olib 

boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. 

1.  Og‘zaki  ish  usullari.  Turli  axborotlar,  majlislr,  ertalabki 

yig‘inlar,  maoruzalar,  kitobxonlar  konferensiyalari,  munozaralar, 

uchrashuvlar, og‘zaki gazetalar, radiojurnallar. 

2. Amaliy  ish  olib  borish usullari: turli  joylarga  sayyohtlar, sport 

musobaqalari,  olimpiada,  iztoparlar  ish  foaliyati,  yosh  tabiatshunoslar 

to‘garaklari, shanbaliklar. 

3.  Ko‘rgazmali  ish  usullari.  maktab muzeylari, mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar 

ko‘rgazmalari. 

Tarbiyaviy  ish  pedagogdan  butun  qolibiliyatini  ishga  solishni,  tinmay 

izlanishni  taqozo  etadi.  Chunki  kelajak  avlod  tarbiyalangan,  uyushgan,  ahil,  jonajon 

Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari lozim. 



 

 

21 



 

 

Jamoat tashkilotlari o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib 



boriladigan  xilmag‘xil  mashg‘ulotlarni  o‘qituvchilar  yordamida  tashkil 

qiladilar.  Sinfdan  tashqari  ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, 

ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi.            Sinfdan tashqari ishlar 

uch xil formada: ommaviy, to‘garak va individual formalarda tashkil qilinadi.  

1. Ommaviy formalar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko‘riklar, quvnoqlar  va  

topqirlar to‘garagi, sayr, sinf, maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari v hokazolar. 

2.  To‘garak  ishlari:  maktabdagi  har  bir  to‘garak  o‘zining  doimiy  ish  kunlari  va  soatlarig  ega 

bo‘lishi  lozim.  To‘garakda  qat’iy  intizom  bo‘lishi:  to‘garak  a’zolari  mashg‘ulotlariga 

kechikmasdan  kelishlari,  to‘garak    topshiriqlarini  batartib    bajarishlari,  to‘garakning  moddiy 

boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak. 

Sinfdan tashqari individual  ish: har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga 

yordam  beradi.  Bu  ishda  sinfdan  tashqari  o‘qish  katta  ahamiyatga  ega.  Maktabda  har  bir  sinf 

uchun sinfdan tashqari o‘qish dsturi bor. O‘quvchining  nima o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini 

qanday  idrok  qilayotganini  o‘qituvchi    bilishi  juda  muhim.  Shuning  uchun  o‘qituvchining 

sinfdan    tashqari    o‘qishga    rahbarligi  eng  yaxshi  kitoblarni  targ‘ib  qilish  va  o‘quvchilarda 

o‘qilgan  darsliklarni    to‘g‘ri,  chuqur  idrok  etishni  rivojlantirishdan  iborat.  Individual  

topshiriqlarning  turlari  juda  ko‘p  bo‘lib,  o‘simliklar  o‘stirish,  gullar,    sabzavotlar  yetishtirish 

ham    ana  shunday  topshiriqlar  jumlasiga  kiradi.  Individual  topshiriqlarda  har  bir  o‘quvchining 

imkoniyat va qiziqishlari hisobga  olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o‘stirishga 

yordam beradi. 

Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan  holda, ularni 

ihtiyoriy  ravishda,  aktiv  va  mustaqil  qatnashishlari  sharoitida  tashkil  qilinadi.  Rayon,  shahar, 

o‘lka  va  respublika  hamda  maktab  o‘quvchilari  saroylari  va  uylari  –  ancha    keng    tarqalgan 

maktabdan tashqari muassasalardir. Ular  xalq 

maorifi  organlari  rahbarligi  ostida  ishlaydilar.  Maktabdan    tashqari    muassasa    bolalar  

kutubxonasining  ishi  diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablar 

ning  I-VIII  sinflari  o‘quvchilariga,  shuningdek,  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  kitob  o‘qiy 

oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi  bola 

larga  yaxshi  tarbiya  berishga,  fan  asoslarini  o‘rganishda  o‘quvchilarga  yordamlashishga, 

bolalarda  o‘qish  madaniyatini  tarbiyalashga,  mustaqil  ravishda  bilim  olish  malakalarini  hosil 

qilish  va  mustahkamlashga  qaratilgan.  Ko‘pgina    maktabdan  tashqari  muassasalarning    ishlari  

misolida,  maktabdan    tashqari    muassasalar  o‘quvchilar  bilan  olib  boriladigan  t’lim-tarbiya 

ishida  maktab  va    oilaga    jiddiy    yordam    bermoqdalar    degan    xulosaga  kelish    mumkin. 


 

 

22 



 

 

O‘qituvchi    muayyan  aholi  yashaydigan  joyda  maktabda  qanday  muassasalar  borligini    bilib,  



ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqish 

larini    hisobga    olgan    holda,    ularni  to‘garaklarga  yo‘llaydi.  Maktab  bolalalari  bilan  olib 

boriladigan  tarbiyaviy  ishni    rejalashtirishda    maktabdan    tashqari    muassasalardan    olishi  

mumkin bo‘lgan   yordamni  ham  nazarda  tutadi.  Maktabning  tarbiyaviy ish rejasini bolalar  

muassasalarining rejasiga moslashtirish  zarur.  Maktab  tarbiyaviy ish rejasini o‘quvchilar bilan 

sinfdan  va  maktabdan    tashqarida  olib  boriladigan  ishlarning  forma  va  metodlarini,  ularni 

oqilona yo‘lga 

qo‘yishni o‘z ichiga oladi. 

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab  tarbiyaviy 

ishining umumiy  rejasini  tuzadi  hamda  o‘quvchilarga  har  tomonlama  tarbiya 

berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni  otaliqqa olgan 

tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. 

 


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin