O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.06.2020
ölçüsü0,71 Mb.
#31573
1   2   3   4   5   6   7
boshlangich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil yetish texnologiyasi


Tabiat momo - barakalla qizlarim, ajoyib raqsingiz bilan dillarni xushnud qildingiz. Endi 

sizlarning zukkolik darajangizni ham sinab ko‘rsam qarshimasmisiz. 



Qizlar – yo‘q  aksincha, biz bundan juda xursand bo‘lamiz 

                         Ustozlardan olgan ilmni amalda sinab ko‘ramiz.  



Tabiat momo – Bolalar iltimos, elektron doskani olib kelinglar. 

(Boqivoy va qizlar sahnaga ikkita elektron doska olib keladilar. Tabiat momo doskalarga atirgul 

so‘zini  yozadi  va  sinkveyn  metodi  shartini  tushuntiradi.  Qizlar  ikki  guruhga  bo‘linib,  shartni 

bajarishga kirishadilar. Shart  quyidagicha bajarilishi mumkin.) 

Atirgul (ot) 

Xushbo‘y, chiroyli (sifat) 

Hid taratadi, kayfiyatni ko‘taradi, havoni tozalaydi (fe’l) 

Qizlar qizil atirgulga o‘xshaydi (ibora) 

Gul (sinonim) 

Tabiat momo -  rahmat sizlarga bolajonlar, bugun siz meni bilimdonligingiz, 

zukkoligingiz, donoligingiz, chiroyli raqs va qo‘shiqlaringiz va meni asrashga bo‘lgan 

ishtiyoqingiz bilan xursand qildingiz. 

 Endi sizlar bilan xayrlashadigan vaqtim keldi.   



 Boshlovchi: Aziz bolajonlar hamda hurmatli tadbir qatnashchilari shuning bilan birga 

bugungi “Gullar bazmi” nomli tadbirimiz o‘z poyoniga yetdi. Barchamiz Ona tabiatni asraylik, 

zero:  

           Tabiatning, go‘zalligi, sofligi, 



 Bizga kerak  qanchalar, 

 Insoniyat taqdiri                   



 

 

33 



 

 

 



 Bog‘liq erur shunchalar . 

 

 Shunday ekan biz barchamiz ona tabiat in’omlarini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim. 



Xayr sog‘ bo‘linglar! - deya tadbir yakunlanadi.  

Yoki buyuk allomalar tavallud kunlariga ham bag‘ishlab ko‘plab ertaliklarni uyushtirish 

mumkin.  (Ilova-2)  Ularda  ham  pedagogik  texnologiyalarning  turli  metodlaridan  foydalanish 

tadbir samaradorligini oshirib, bolalarning kelgusi tadbirga bo‘lgan qiziqishini yanada ortishiga 

sabab bo‘ladi. Bolalar bunday tadbirlarga zo‘r qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashadilar, darslarda 

olgan bilimlari yanada mustahkamlanadi.      



 

2.2. Boshlang’ch sinflarda ko’rik tanlov va sayohatlarni texnologiyalashtirish  

 

Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  ko‘lamini  kengaytirish  maqsadida  boshlang‘ich  sinf 

o‘quvchilarining  3-4-sinflari  o‘rtasida  savol-javob  kechalarini  o‘tkazish  maqsadga  muvofiq. 

Aynan 3-4 sinf o‘quvchilarini nazarda tutishimizdan maqsad, ular bu borada anchagina bilim va 

ko‘nikmaga  egalar.  Ayniqsa,  ular  o‘z  sinfi  «sha’nini»  himoya  qiladigan  darajaga  yetganlar. 

Darsdan  va  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar    jarayonida  bunday  tadbirlarning  o‘tkazilishi 

alohida  ahamiyatga  ega.  Bunda  birinchidan,  bolalarning  bo‘sh  vaqtlari  samarali  tashkil  etilsa, 

ikkinchidan,  ularning  dars  davomida  olgan  bilimlari  mustahkamlanadi.  Uchinchidan  esa, 

bolalarda  uyushqoqlik,  bilim  olishga  havas    yanada  ortadi.  Ana  shunday  bellashuvlardan  biri 

sifatida «Mening ona - vatanim»  nomli mavzuda o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda 

sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratib olinadi, ularning har taraflama tengligiga e’tibor beriladi. 

Bu  bellashuvni  birinchi  bosqichda  sinf    o‘rtasida,  keyinchalik,  sinflar  o‘rtasida,  maktablar 

o‘rtasida  ham  uyushtirish  mumkin.  Bu  tadbirni  tayyorlash  uchun  kamida  bir  oy  talab  qilinadi. 

Har  ikkala  tomon  kecha  o‘tkaziladigan  kunni  belgilab  olgach,  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari, 

maktab  direktori  va  yordamchilari  bilan  birgalikda  kechaning  shartlari  belgilab  olinadi.  Bu  

bellashuv shartlarini  quyidagicha  tuzish mumkin: 

1.  Sinflarning o‘zaro tabrigi. (tabrik tanlangan mavzu asosida tuziladi); 

2.  Ifodali o‘qish. (Mavzu yuzasidan shoirlarning she’rlarini ifodali o‘qib berish, har bir 

sinfdan bitta bola o‘qiydi); 

3.  Yosh  rassomlar  ko‘rigi.  (ma’lum  vaqt  davomida  har  bir  sinfning  bittadan  yosh 

rassomi tanlangan mavzu yuzasidan manzarasi aks etgan suratni chizib berishlari shart); 

4.  Guruh  ishtirokchilarning  o‘zbek  xalq  maqollari  aytishuvi  (bellashuv  tanlangan 

mavzu  asosidadagi  maqollardan  iborat  bo‘lishi,  unda  bellashuvda  guruhning  barcha 

ishtirokchilari qatnashadalar); 



 

 

34 



 

 

5.   Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarmiz aks etgan ko‘rinish (tanlangan mavzu vatanga, 



milliy  qadriyatlarga  nisbatan  hurmatni,  e’tiqodni  tarbiyalashga  qaratilgan  bo‘lishi  shart. 

Ko‘rinish  davomida  o‘zbek  xalq  laparlaridan,  allalaridan,  yor-yorlaridan  foydalanish  inobatga 

olinadi); 

6.  Savollarga  tez  javob  qaytarish  o‘yini.  (Savollar  tanlangan  mavzu  asosida  tuzilishi, 

masalan,    O‘zbekiston,  uning  tarixi,  boyliklari,  tabiati  to‘g‘risida  bo‘lsa,  quyidagi  savollardan 

foydalanish mumkin) 

-  O‘zbekistonning poytaxti qayer? 

-  O‘zbekistonda nechta viloyat bor? 

-   O‘zbekiston madhiyasi qachon va kim tomonidan yozilgan? 

-   O‘zbekiston madhiyasi musiqasini kim bastalagan? 

-   O‘zbekiston bayrog‘ida nimalar tasvirlangan va qanday ranglar mavjud? 

-   O‘zbekiston gerbida nimalar tasviri tushirilgan? 

-   Amir Temur kim bo‘lgan? 

-    Bulbul chamanni sevar,    

maqolining davomini ayting ? 

-   Alisher Navoiy qachon va qayerda tavallud topgan?  

-   Shiroq kim bo‘lgan? 

-    Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi? 

-    Qarshi shahridagi tarixiy obidalarni ayting? 

-    Nega ona – vatan deyiladi? 

-    Jaloliddin Manguberdi kim ? 

-   “Kamalak” bolalar tashkilotining vazifalarini ayting ? 

-     Imom Buxoriy kim bo‘lgan? 

-     Yurtimizdagi viloyatlarning nomini ayting? 

-    Navro‘z so‘zining ma’nosini ayting ? 

   7. Guruhlarning erkin sharti.  

Masalan  «Ona  yurtim  -  oltin  beshigim»  nomli  ko’rik-tanlovni  quyidagicha  tashkil  etish 

mumkin. (Ilova 3).  

Mana shunday bellashuv bohonasida o’quvchilar vatan, ona tabiat, buyuk allomalar, do’stlik, 

kattalarni  hurmat  qilish,  kichiklarga  izzat  ko’satish,  oliyjanoblik,  to’riso’zlik,  mehnatsevarlik  

to‘g‘risidagi  ko‘plab she’r va maqollarni yod oladilar, qo’shimcha manbalar bilan tanishadilar.  

Bu  kabi  bellashuv  orqali  o‘quvchilar  dars  jarayonida  olgan  bilimlarini  mustahkamlash 

bilan birga, yuqorida aytganlarimizdan tashqari, o‘zlariga nisbatan sinf oldidagi  ma’suliyatni his 

qiladilar. 



 

 

35 



 

 

Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  shartlar  guruh  a’zolaridan  astoydil  tayyorgarlik 



ko‘rishni,  vatanimiz  haqida  to‘la  ma’lumotga  ega  bo‘lishni,  savollarga  javob  berish  uchun  esa 

darslik  va  ko‘llanmalarga  murojaat  qilishni,  vatanga  nisbatan  e’tiqodni,  mehr-muhabbatni 

namoyon qilishlarini talab qiladi.               

Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bilan  bu  kabi  ishlarga  tayyorgarlik  ko‘rishda 

o‘quvchilarga  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalariga  murojaat  qilishlarini,  (albatta  o‘qituvchi  va  ota-

onalar  ko‘magida)  shoirlarning  vatan  haqidagi  she’rlarini  yod  olishlari,  o‘lkashunoslik 

muzeylariga  sayohat  qilishlarini  uyushtirish  shart.  Chunki,  mana  shu  ishlar  orqali 

o‘quvchilarning tassavvur dunyosi kengayib boradi.  

Maktab  sharoitida  tashkil  etiladigan  tarbiyaviy  ishlarning  barchasi  ham      o‘quvchilarda 

barkamollik  sifatlarini  shakllantirishga  qaratilgan  bo’lib,  ular  bir-biridan  mazmun-mohiyati, 

vazifasiga  ko’ra  farqlanadi.  Huddi  shunday    ekskursiyalarning  vazifasi  ham  ko’p  qirralidir. 

Ekskursiyalar – tarbiyaviy ishlarning ommaviy turi sifatida keng qo’llanilib kelinadigan usuldir. 

Ayniqsa,  bunda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bilan  tarixiy  o‘lkashunoslik  manbalariga 

uyushtiriladigan ekskursiyalarning ahamiyati katta. Sayohat davomida o‘quvchilar bevosita tarix 

bilan ro‘baru keladilar. Bolalar kuzatish jarayonida obyektning qaysi yillarda va kim tomonidan 

barpo etilganligi, uninig bugungi kundagi holati  haqida ma’lumotga ega boladi. Shubhasiz, shu 

kuzatish  jarayonida  bolalarda  vatanga  nisbatan  e’tiqod,  ona-tabiatni  asrash,  tabiat 

go‘zalliklaridan  bahramand  bo‘lish,  insonlar  mehnatini  qadrlash,  tarixiy  obidalarni  o‘rganishga 

qiziqish,  ularni  kelgusi  avlodlarga  meros  etib  qoldirish  ishlarida  qatnashish  ko‘nikmalari 

shakllanadi.  Ekskursiyalar  kunining  e’lon  qilinishiyoq  o‘quvchilarda  xursandlik  kayfiyatini 

uyg‘otadi.  Chunki,  ekskursiyalar  uyushtirish  orqali  bolalarda  dars  jarayonida  hosil  bo‘lgan 

zerikish,  toliqish  alomatlari  bartaraf  etiladi.  Bu  yoshda  bolalarning  tabiat  va  tevarak  –  atrofni 

o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari ustun bo‘ladi. Ularning bu ehtiyoj va qiziqishlari ekskursiyalar 

yordamida qondirib boriladi. 

Ekskursiyalarni  quyidagi  turlarga  ajratish  mumkin:  yon  atrof  bilan  tanishuv, 

o‘lkashunoslik manbalariga sayohat, muzey, tarixiy joylarga borish, kishilar mehnatini kuzatish 

va  boshqalar.  Birinchi  sinflarda  yon  atrof  bilan  tanishtirish  ya’ni  maktab  hovlisi,  maktab 

kutubxonasi,  oshxona,  sport  zali,  o‘qituvchilar  xonasi  va  boshqalar  bilan  tanishtiruv  amalga 

oshiriladi.  O‘qituvchi  ekskursiya  paytida  bolalarni  tartib-intizomga,  o‘zini  tutish  qoidalariga 

o‘rgatadi,  safda  yurish,  oshxona  va  sinf  xonasini  ozoda  tutish  kabi  ko‘nikmalarni  shakllantib 

boradi.  Asta-sekin  ekskursiyalarning  ko‘lami  kengayib  boradi.  Ikkinchi,  uchinchi  sinflarda 

muzeylarga, tarixiy joylarga, san’at koshonalariga ekskursiyalar uyushtiriladi. To‘rtinchi sinfda 

esa shahar va tumanlar, xotira maydonlarida tematik ekskursiyalar amalga oshiriladi. 


 

 

36 



 

 

Bu  jarayonda  asosiy  rolni  o‘qituvchi  bajaradi.  Chunki  o‘qituvchi  ushbu  ekskursiyalar 



natijasida  boshlangich  sinf  o‘quvchilarida  vatanga  e’tiqod  tuyg‘usini  shakllantira  olishi,  milliy 

qadriyatlarimizning  mazmun,  mohiyati  haqida  tushuncha  berishi  kerak  bo‘ladi.  Buning  uchun 

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmasidagi vazifalar quyidagilardan iborat ekanligini e’tirof 

etamiz: 


-o‘qituvchi o‘zi yashab turgan voha, shahar, qishloq haqida to‘liq bilimlarga ega bo‘lishi; 

-o‘qituvchi rahbarlikni qo‘lga olgan holda, o‘quvchilar diqqatini kuzatilayotgan obyektga 

qarata olishi; 

-ekskursiyaning maqsadi, rejasini ishlab chiqishi; 

-ekskursiya  davomida  o‘quvchilarni  milliy  qadriyatlarga  hurmatni,  g‘urur  va  iftixor 

tuyg‘ularini tarbiyalab borishi; 

-  uyushtirilayotgan  ekskursiya  orqali  Vatanga  muhabbat,  sadoqat,  ona-vatanni  asrash, 

vatanga e’tiqodni tarbiyalab borish ko‘zda tutiladi.               

Shu  bilan  birgalikda  tashkil  etilayotgan  ekskursiyaning  muddati  oldindan  belgilab 

qo‘yilishi  hamda  bundan  ota-onalar  xabardor  bo‘lishi  lozim.  Ekskursiyalar  uch  bosqichda 

amalga oshiriladi: 

1.  Tayyorgarlik ko‘rish; 

2.  Ekskursiyani o‘tkazish; 

3.  Taassurotlarni xulosalash, yakunlash. 

Ekskursiyalarni  tashkil  etishning  barcha  qonun-qoidalariga  amal  qilgan  holda 

o‘quvchilarning  o‘zlari  yashab  turgan  joylardagi  o‘lkashunoslik  manbalariga  sayohatni 

uyushtirish  mumkin.  Masalan    “Ona  shahrim  kecha  va  bugun”  mavzusiga  bag‘ishlab  sayohat 

uyushtirish maqsadga muvofiq. Bunda avvalo sayohatning maqsadi belgilab olinadi.  



 Sayohatning maqsadi: Shaharda bo‘layotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari, shahar  

aholisining  mehnatkashligi,  kishilarning  vatan  ichidagi  vatanni  ardoqlashi,  shu  bilan  birga 

kishilardagi  ko‘tarinkilik,  xursandlik  kayfiyatini  kuzatish,  tarixiy  obidalarning  qayta 

ta’mirlanganligi  hamda bu  yerlarda  go‘zal  manzaralarning chiroy ochib  turishini  o‘quvchilarga 

ko‘rsatish va bundan vatanparvarlik hissini tarbiyalashda unumli foydalanish. 

 Bunday sayohatdan bolalar zavq-shavqqa to‘ladilar. Qisqa vaqt ichida shaharlarimizning 

ta’mirlanishi  va  bunda  hukumatimiz  va  bunyodkor  xalqimizningning  roli  katta  ekanligi  haqida 

o‘quvchilar  ma’lumotlarga  ega    bo‘ladilar.  Shaharlarning  milliylik  bilan  zamonaviylikni 

uyg‘unlashtirgan  ko’rkam  maskanga  aylanganligini  kuzatgan  o‘quvchilarning  sayohatdan 

keyingi tassurotlari bir olam bo‘ladi. Shu bilan birgalikda bolalarning vatanga va xalqqa bo‘lgan 

muhabbati, g‘ururi, sodiqligi,  o‘lka tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va milliy qadriyatlarga 

bo‘lgan  hurmati  yanada  ortadi.    Ayniqsa,  tarixiy  obidalarning    qayta  ta’mirlanib,  chiroyli 



 

 

37 



 

 

ziyoratgoh  va  oromgohga  aylantirilgani  o‘quvchilarda  axloqiy-estetik  zavq  uyg‘otadi,  obidalar 



peshtoqining  naqshinkor  o‘ymakorlik  ishlarida    milliylikning  aks  etishi,  o‘quvchilarda  o‘zbek 

xalqi amaliy san’atiga nisbatan qiziqish va hurmat hissini tarbiyalaydi.  

Sayohat  tassurotlari  o‘qituvchilar  tomonidan  xulosalanadi.  Xulosalash  yakunida 

o‘qituvchi  o‘rganilgan  obyektning  ahamiyatiga  yana  bir  to‘xtaladi.  Ayniqsa,  o‘quvchilarda 

vatanparvarlikni  tarbiyalashga  alohida  e’tibor  beradi.  Ekskursiyada  faol  bo‘lgan,  jamoat 

joylarida o‘zlarini yaxshi tutgan bolalar rag‘batlantiriladi.  

O’qituvchi o’quvchilarning sayotdan olgan taassurotlarini bilish maqsadida o‘quvchilarga 

ular  kuzatgan  tarixiy  obidalar  to‘g‘risida  “Ona-shahrim”  nomli  insho  yozib  kelishlarini  uyga 

vazifa qilib beradi.  Inshoning rejasini quyidagicha tuzish mumkin: 

1.  Mening ona shahrim. 

2. Shahardagi tarixiy obidalar va bunyodkorlik ishlari. 

3.  Men vatanim uchun nima qila olaman.   



 

2.3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining 

ahamiyati 

 

Bizga ma'lumki, mustaqillikka erishganimizdan so'ng, yurtimizda ma’naviyat masalasiga 



alohida ahamiyat berila boshlandi. Chunki ma’naviyati yuksak darajada shakllangan xalq buyuk 

va  yengilmasdir.  U  har  doim  farovonlik,  tinchlik,  oliyjanoblik,  baxt  uchun  kurashadi. 

Ma’naviyati  yuksak xalq  boshqa millat  vakillari  qadriyatlarini hurmat qiladi,  o‘z qadriyatlarini 

ko‘z qorachig‘iday avaylaydi.  Uzoq tariximizga nazar tashlasak, xalqimiz barcha davrlarda ham 

ma’naviyat  sari  intilgan  va  shak-shubhasiz  uning  sohibi  bo‘lishga  erishgan.    Amur  Temur. 

Alisher Navoiy, Bobur, Ulug‘bekning bunyodkorlik ishlari, ma’naviy qavrashlari bunga yaqqol 

misol  bo‘la  oladi.  Bugungi  kunga  kelib  esa,  ma’naviyat  masalasi  har  doimgidan  ham  qudratli 

kuchga  aylanmoqda.  Chunki,  insoniyat  XXI  asr  axborotlar  asrida  yashamoqda.  Ma’lumotlarga 

ko‘ra  axborotlarning  ko‘lami,  tezligi,  masofaviy  ta’siri  har  qachongidan  ham  tez  va  oson 

tarqalmoqda.  Bizga  ma’lumki,  axborotlar  inson  ongiga  qanchalik  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatsa,  o‘z 

navbatida  shunchalik  salbiy  ta’sir  ham  ko‘rsatadi.  Mana  shunday  bir  davrda  yashayotgan 

ekanmiz,  yosh  avlod  ma’naviyati  pokligi  saqlash,  yuksaltirishda  maktb  ma’naviy-ma’rifiy 

ishlarining  ahamiyati  nihoyatda  kattadir.  Bu  ishlar  Prezidentimiz  g'oyalari,  O'zbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasi,  “Ta'lim  to'g'risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi, 

milliy istiqlol g'oyalari, jahonga mashhur allomalarimizning ilg'or fikrlari asosida tashkil etiladi. 

Maktab  ma'naviy-ma'rifiy  ishlarini  tashkil  etish,  yuqoridagi  g'oyalarni  targ'ib  qilish,    maktab 

jamoasiga  milliy  istiqlol  g'oyalarini  singdirishda  maktab  ma'naviy-ma'rifiy  ishlar  bo'yicha 


 

 

38 



 

 

direktor  o'rinbosari  faoliyatining  ahamiyati  katta  bo'lib,  bu  ishlar  undan  siyosiy  bilimdonlik, 



notiqlik, zukkolik kabi sifatlar egasi bo'lishni talab etadi.  

Direktor  o'rinbosari  o'quvchilarga  nisbatan  mehr  va  muhabbat,  pedagogik  jamoasiga  va 

ota-onalarga nisbatan talabchan bo'lgan holda ish tutishda va muntazam  o'z ustida ishlab, sabr-

bardoshli,  o'z  fikrlarini  puxta  bayon  qilib,  o'zgalarni  o'ziga  jalb  qila  oladigan  xislatlarni  o'ziga 

mujassamlaydi. 

Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident 

asarlarini  yaxshi  bilishi,  uni  o'quvchi-yoshlar  orasida  targ'ib  eta  olishi,  xalq  pedagogikasi 

an'analarini,  o'zbek  xalqi  milliy  urf-odatlari,  qadriyatlari,  allomalari  o'gitlarini  yaxshi  bilishlari 

lozim. 

– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o'z faoliyatida 



hisobga  olishi,  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishning  ilmiy  asoslari  hamda  yangicha  usul  va 

metodlarini yaxshi bilishi; 

– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so'nggi 

yangiliklardan boxabar bo'lishi hamda ularning mohiyatini o'quvchilarga etkaza olishi; 

– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o'tkaza bilishi; 

– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o'tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi; 

– maktabda o'quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar 

berib borishi; 

–  muntazam  ravishda  o'z  malakasini  oshirib  turishi,  o'z  sohasi  bo'yicha  o'tkaziladigan 

seminarlarda ishtirok etish. 

U  nizomda  belgilangan  vazifalar  bilan  bog'liq  ravishda  tegishli  pedagogik  xodimlarga 

ko'rsatma beradi. 

Xizmat  vazifasi  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlarni 

tashkil etish va yangi to'garaklarni ochish masalalarini hal qiladi. 

–  sinf  rahbarining  ta'lim-tarbiya  ishlari  bo'yicha  erishgan  yutuqlarini  hisobga  olib,  uni 

taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish; 

– sinf rahbarlarining o'z vazifasiga nisbatan mas'uliyatsizligi yoki suiiste'mol qilinganligi 

uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish

–  bolani  yaxshi  tarbiyalagan  ota-onalarni,  maktabga  yordam  bergan  mahalla  faollarini 

taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega. 

Direktor o'rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak: 

– sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash; 

–  maktabda  o'tkaziladigan  sport  musobaqalari  rejasini  direktor  bilan  hamkorlikda 

tasdiqlash; 



 

 

39 



 

 

– turli xildagi to'garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash. 



Maktab  va  maktabdan  tashqari  muassasalarning  tashkiliy  shakllari,  mazmuni  va 

maqsadini  belgilash  bugungi  kunimizning  barcha  qarorlarini  hisobga  olishni  talab  etmoqda. 

Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  mazkur  tarbiyaviy  ishlar  shaxs  kamoloti  bosqichlarini  belgilab 

olishga  qaratilganligi  bilan  tavsiflanadi.  Mazkur  muammoni  ijobiy  hal  etish  uchun  sinfdan  va 

maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo'lishi lozim:  

     -  ulg'ayayotgan  inson  shaxsini  tarbiyada  oliy  ijtimoiy  qadriyat  deb  tan  olish,  har  bir 

bolaning betakror va o'ziga hosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e'tiborda tutish lozim; 

- milliylikni o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish; 

pedagoglar va o'qituvchilar o'rtasida o'zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish; 

- maktabning jamoat tashkilot, otaliq qiluvchi korxonalar bilan aloqasini mustahkamlash

- bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish; 

- yashash joyi bo'yicha bolalarning bo'sh vaqtini tashkil etish; 

- o'quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda ularga yordam berish; 

-  yosh  avlodning  Vatanga,  jamiyatga  va  mehnatga,  o'ziga  va  odamlarga  munosabatini 

anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg'ularini tarbiyalash. 

Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tashkil  qilingan  ishlar  o'quvchilar  hayotidagi  tarbiviy 

faoliyatni  to'ldiradi.  Ularning  dunyoqarashini  to'g'ri  shakllanishiga,  ahloqiy  kamol  topishiga 

ko'maklashadi.  Nazariy  bilimlarni  amaliyot  ishlab  chiqarish  bilan  chambarchas  bog'lanishiga 

zamin  yaratadi.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlarga  rahbarlik  qiluvchi  tashkilotchining 

vazifalari ham ko'p qirralidir. 

Tarbiyaviy  ishlar  bolalarning  kundalik  hayotidan  olingan  aniq  dalillar  va  voqealarni, 

badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama 

qilish asosida o'tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarning o'zini ahloqiy xatti-

harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to'g'ri baho berishga o'rgatadi. 

Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  o'quvchilarning  darsdan  bo'sh 

vaqtlaridagi  o'quv  tarbiya  jarayonini  to'ldiradi  va  kengaytiradi,  o'quvchilarni  mustaqil  bilim 

olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. 

Shu  sababli  keyingi  davrda  o'quvchilarning  darsdan  tashqari  vaqtlarini  ko'ngilli 

uyushtirishga alohida ahamiyat bermoqda. 

Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tashkil  qilingan  tarbiyaviy  ishlar  o'quvchilar  hayotidagi 

tarbiyaviy  faoliyatni  to'ldiradi.  Ularni  ongli,  dunyoqarashini  shakllantiradi.  Sinfdan  va 

maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: 

 -darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish


 

 

40 



 

 

-o'quvchilarning  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ko'p  qirrali  ishlarni  pedagogik  jamoa, 



o'quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish; 

-sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar  yo'nalishiga  bevosita  rahbarlik  qilgan  holda, 

o'quvchilar tashkilotlari sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish; 

-umummaktab  va  maktablararo  o'tkaziladigan  eng  muhim  tarbiyaviy  tadbirlarda 

qatnashish; 

-o'quvchilarning  bo'sh  vaqtlarini  tashkil  qilishda  tarbiya  va  madaniyat  muassasalari 

hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. 

Sinf  jamoasi  bilan  olib  boriladigan  tarbiyaviy  ishlarning  hajmi,  asosiy  yo'nalishlari, 

mazmuni har bir yosh bosqichda o'quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. 

Tarbiyaviy  ish  pedagogdan  butun  qobiliyatini  ishga  solishni,  tinmay  izlanishni  taqozo 

etadi.  Chunki  kelajak  avlod  tarbiyalangan,  uyushgan,  ahil,  jonajon  Vatanimizning  haqiqiy 

fuqarolari bo'lishi kerak. 

Maktabda  bashlang'ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borish  uni  yo'lga  qo'yish  sinf 

rahbari  yoki  tarbiyaviy  ishlar  tashkilotchilari  tomonidan  uyushtiriladi  tarbiyaviy  ishning  asosiy 

yo'nalishlari:  o'quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash  asoslarini  shakllantirish,  ularni  milliy  istiqlol 

ruhida tarbiyalash;  o'quvchilarning ijtimoiy  foydali mehnatini  tashkil etish;  o'quvchilarda  ahloq 

madaniyatini,  ularning  o'z  xuquq  va  burchlariga  nisbatan  ongli  munosabatni  tarbiyalash; 

o'quvchilarda o'z-o'zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir. 

Boshlang'ich  sinf  o'quvchisi  va  sinf  rahbari  faoliyatining  asosiy  vazifalaridan  biri 

o'quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoani tashkil etishdir. 

Boshlang'ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan aloqasi 

doimiy  ravishda  amalga  oshiriladi,  umum  maktab  an'analari  saqlanadi.  Boshlang'ich  jamoa 

o'qituvchi-tarbiyachi  va  sinf  rahbari,  o'quvchilar  o'z-o'zini  boshqarish,  o'z-o'zini  boshqarish 

organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi. 

O'qituvchi va sinf rahbari sog'lom, ahil bolalar jamosini shakllantirish bilan birga doimiy 

bolalar  qiziqishlarini  qo'llab-quvvatlaydilar,  ularning  ijtimoiy  foydali  faoliyatini  yo'naltirib 

boradilar. 

Kichik  yoshli  o'quvchilar  juda  faol  va  harakatchan  bo'ladilar.  Faollikka  intilish  bu 

yoshdagi  bolalarning  organik  ehtiyoji.  Biroq  bunda  bolalar  hali  etarli  hayotiy  tajribaga  ega 

bo'lmaydi  va  kundalik  pedagogik  rahbarlikka  ehtiyoj  sezadi.  Boshlang'ich  sinf  o'qituvchisi 

bolaning  ilk  maktabdagi  qadamidanoq  tarbiyaviy  ishning  chinakkam  jamoatchilik 

munosabatlarini  yaratishga  zo'r  imkoniyat  beradigan,  bolalarda  bir-birlariga  g'amxo'r 

munosabatda  bo'lishni  tarbiyalaydigan,  individual  qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  qulay 

imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi. 



 

 

41 



 

 

O'qituvchi boshlang'ich sinflarda bolalarga o'zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga 



yordam  beradi.  Biroq  ko'pincha  kichik  yoshdagi  o'quvchilar  yosh  xususiyatlariga  ko'ra,  o'z 

hususiyatlarini to'g'ri baholay olmaydilar. 

Bolalarning  o'sishi  ularda  jamoatchilik  malaka  va  ko'nikmalarining  shakllanib  borishi 

bilan  o'qituvchi-tarbiyachining  bolalar  jamoasiga  rahbarlik  qilishidagi  jarayonini  o'zgartirib 

boradi. 

O'qituvchi  boshlang'ich  sinflardayoq  ahil  bolalar  jamoasini  yaratish  asosida  sog'lom 

jamoatchilik fikrini yaratadi. 

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamosini yaratish sohasidagi ishini 

yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar. 

Boshlang'ich  sinf  o'qituvchisi  o'quvchilarni  ta'lim  va  tarbiyaning  tabiiy  sharoitida, 

ularning jamoa faoliyati jarayonida o'rganadilar. 

Sinfdan  tashqari  ish  o'quvchilarga  biror  maqsadga  qaratilgan  pedagogik  ta'sir  vaqtini 

uzaytiradi, 

o'qituvchining 



darslarda 

egallagan 

bilimlarini 

kengaytirish 

va 

chuqurlashtirish,bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, 



madaniy  dam  olishlarini  uyushtirish  imkonini  beradi.  Sinfdan  tashqari  ish  bolalarni  jamiyat 

hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega. 

Bu  borada  tashkilotlar  faolligini  uchta  asosiy  tomonini  ko'rish  mumkin:  tashkilotchilik, 

usuliy va ma'muriy. 

Tashkilotchi  o'quvchilarda  sog'lom  e'tiqodni  shakllantirishda  ma'naviyat  va  ma'rifat 

xonalarini jihozlashga ham  alohida e'tibor berishi  kerak bo'ladi. Asosan, bunda u quyidagilarga 

e'tibor berish lozim: 

-  O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  ramzlari  (Bayroq,  Gerb,  Madhiya)  va  ularning 

to'liq tasnifi; 

- siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz (mamlakatimiz xaritasi, Konstitusiyamiz hamda milliy 

valyutamizni ifodalovchi lavhalar); 

- ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari hamda ularning 

qisqacha annotasiyasi; 

-  milliy  ma'naviyatimizning  zabardast  vakillari  siymolari  aks  ettirilgan  suratlar  hamda 

ularning ta'sirchan fikrlaridan namunalar; 

- xalqimizning madaniy merosi, an'analari, udumlarini aks ettiruvchi ko'rgazmalar; 

- Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi nashrlari

- «Ma'naviyat» nashriyotida chop etilgan asosiy kitoblar; 



 

 

42 



 

 

-  «Milliy  istiqlol  g'oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  risolasi,  shu  fan  hamda 



«Ma'naviyat  asoslari»,  «Odobnoma»ga  doir  darslik  va  qo'llanmalar,  asosiy  gazeta  va  jurnallar 

taxlamlari» 

- diniy-axloqiy kitoblar, ulardagi ma'naviy kamolotga undovchi fikrlardan namunalar. 

Shuningdek,  bu  ishda  o'ta  muhim  bo'lgan  ikkita  yangilikni  joriy  etishni  tavsiya  qilish 

mumkin: 

Birinchisi,  elshunos  olim,  tarix  fanlari  nomzodi  Bilol  Aminov  tomonidan  yozilgan 

«Hikmat  -  ibrat»  risolasida  keltirilgan  «Tillo  qushchalar  parvozi»  nomli  hikmatlar 

yo'riqnomasiga  binoan  ma'naviyat  va  ma'rifat  xonasining  bir  qismida  devorning  kata  va  kichik 

sathi loyiha asosida ishlanib,  «Dono bo'lay desangiz»  yoki  «olim  bo'lay  desangiz» kabi  so'zlar 

zaruriyatga  ko'ra  turli  tillarda  yozib  qo'yiladi.  Bu  kata  yozuvlar  ostiga  naqshli  hoshiyalarda 

hikmatli  so'zlardan  15-20  tasi  yozib  qo'yiladi.  Hoshiyalar  atrofida  chiroyli  qushlar  parvozi, 

daraxtlarda o'tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi. 

Ostiga  8-10  quticha  o'rnatiladi.  Ularga  haftada  ikki  yoki  uch  marta  «vizitka»  shaklidagi 

turli  hikmatlar  yozilgan  «tillo  qushchalar»  maketi  solib  qo'yiladi,  ularning  soni  o'quvchilar 

soniga  qarab  ko'paytirilishi  mumkin.  Chiroyli  naqshli  qog'ozchalarda  2  tadan  hikmat  yozilgan 

bo'ladi.  «Tillo  qushchalar»  nomini    olgan  bu  qog'ozchalarni  o'quvchilar  o'z  ixtiyorlari  bilan 

olishlari va kelgusida davomini sabrsizlik bilan kutishlari kerak. Mаtnlar maktab ma'naviyot va 

ma'rifat xonalarida tayyorlanadi va ko'paytiriladi. 

Dastlab  haftada  bir  marta,  keyinchalik  ikki-uch  marta  seanslar  tashkil  etish  mumkin. 

Seanslarni  katta  tanaffus  vaqtida  yoki  mashg'ulotlardan  so'ng  o'tkazsa  bo'ladi.  Seanslarda 

beriladigan  ma'naviy  oziq  tabiiy  ravishda  ehtyojga  aylanib  ketishi  va  o'quvchilar  e'tiborini 

tortishi uchun «chaqiruvchi xabar signallari»dan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun'iy 

daraxt  yoki  katta tuvakdagi manzarali daraxt  va  gullarga, ma'lum vaqtlarda ular orasiga ustalik 

bilan joylashtirishgan tovush chiqaruvchi karnaycha orqali magnitofondan sayroqi qushlar ovozi 

berib  boriladi.  Buni  shunday  tashkil  etish  kerakki,  qush  sayrashi  o'rniga  tanburda  ijro  etilgan 

mumtoz  kuylardan  berib  borish  ham  mumkin.  Bu  lahzalarda  o'quvchilar  ham  madaniy,  ham 

ma'naviy oziq oladilar. 

Ikkinchi  yangilik  –  bu  juda  sodda,  lekin  g'oyatda  mas'uliyatli  ish,  milliy 

ma'rifattizimidagi muhim o'zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf-odatlari, an'analari va 

qadriyatlari  tushirilgan  videojamlanma  tashkil  etiladi.  «Ming  bor  eshitgandan,  bir  bor  ko'rgan 

afzal», - deydi dono xalqimiz. 

«Odobnoma»  hamda  «Milliy  istiqlol  g'oyasi  va  ma'naviyat  asoslari»  darslarida  faqat 

og'zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish 

juda katta samara beradi.  



 

 

43 



 

 

Ma'naviyat  va  ma'rifat  xonalarini  jihozlashda  Davlat  ramzlari  va  ular  haqidagi 



ma'lumotlarni  joylashtirishga  alohida  e'tibor  qaratish  lozim.  Chunki,  davlatchiligimiz  tarixining 

qaysi  bir  davrini  olib  qaramaylik,  Vatan  timsollari  aziz  va  muqaddas  sanalgan.  Har  bir  davrda 

ham  davlat  ramzlari,  timsollari  shunchaki  siyosatni  amalga  oshirish  vositasi  bo'libgina  qolmay, 

balki  juda  kata  ijtimoiy-ma'naviy  ahamiyat  ham  kasb  etgan.  Xalqimizning  mustaqil  va 

mustahkam  davlat  barpo  etish  g'oyasi,  salohiyati  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqligi,  eng 

avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o'z ifodasini topgan. 

Shuning  uchun  ajdodlarimiz  ham  ijtimoiy-siyosiy,  ma'naviy  hayotida  ramzlar  va 

timsollarni  juda  e'zozlagan.  Xalqimiz  vakillari  davlat  timsollari  uchun,  hatto,  o'z  jonlarini  ham 

fido  etgan.  Jangu  jadallarda  bayroqning  qulashi  yoki  dushman  qo'liga  o'tishi  mag'lubiyat  bilan 

barobar  turgan.  Bu  borada  tariximizdan  juda  ko'p  misollari  keltirish  mumkin.  Masalan,  1221 

yilning  kuzida  mo'g'ul  bosqinchilari  olti  oylik  qamaldan  so'ng  Xorazm  poytaxti  Gurganjga 

yopirilib kirganida, millatimizning buyuk qahramonlaridan biri Shayx Najmiddin Kubro shahar 

mudofaasiga  rahnamolik  qilib,  tengsiz  kurashda  o'z  ko'ksini  dushman  nayzasiga  qalqon  qiladi, 

yurt ozodligi yo'lida shahid bo'ladi. Aytishlaricha, Shayx o'limi oldidan mo'g'ul yalovbardoridan 

dushman  bayrog'ini  tortib  olib,  u  bilan  erga            qadar  kuchli  ediki,  mo'g'ullar  keyinchalik 

Shayxning  jonsiz  qo'lidan  bayroqlarini  tortib  ololmagan  va  uning  panjalarini  kesib,  o'z 

bayroqlarini olgan. Shayx Najmiddin Kubroning yurt ozodligi yo'lidagi bu jasorati qariyb sakkiz 

yuz yildirki, barcha avlodlarga ibrat bo'lib kelmoqda. 

Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayog'i juda kata ahamiyat kasb etgan. Shu 

sababli  jangu-jadallarda  davlat  bayrog'ini  Amir  Temurning  eng  ishongan  bahodir  sipohiylari 

qo'riqlagan.  Amir  Temur  «Tuzuklar»ida  ta'kidlanishicha,  dushman  ustidan  shijoat  va  mardlik 

ko'rsatib  g'alaba  qozongan  amirlar  va  sipohiylar  Temur  davlatining  timsollari  –  tug',  nog'ora 

bilan  mukofatlagan.  Bu  ham  Sohibqiron  saltanatida  davlat  ramzlari  nechog'li  baland 

turganligidan dalolatdir. 

Shonli tariximizdan bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Kelajagi buyuk 

davlat  barpo  etish  g'oyasi  mustaqilligimizning  ilk  kunlaridayoq  qabul  qilingan  davlatimiz 

ramzlari ham o'z ifodasini topgan. 1991 yilning 18 noyabrida qabul qilingan bayrog'imizda ham 

xalqimizning  xohish-irodasi,  aql-salohiyati,  asrlar  davomida  so'nmagan  g'ururi,  kayfiyati  aks 

etgan. 

Davlatimiz bayrog'ida ifoda etilgan yangi chiqib kelayotgan yarim oy, yulduzlar, moviy, 



oq,  yashil  ranglar  hamda  qizil  hoshiya  chiziqlar  xalqimiz  g'ururi  va  kelajakka  bo'lgan 

ishonchining  ifodasidir.  Respublikamiz  miqyosida  o'tkaziladigan  ijtimoiy-siyosiy,  ma'naviy-

ma'rifiy  tadbirlar  Davlat  bayrog'ini  tantanali  suratda  ko'tarish,  madhiyamizni  kuylash  iblan 

boshlanadi. Xalqimizning mustaqillik tufayli qaddini tiklagan ma'naviyati, g'ururi 1992 yilning 2 



 

 

44 



 

 

martida  BMTga  a'zo  maalakatlar  safida  O'zbekiston  bayrog'ining  hilpirashi  bilan  bir  necha  bor 



o'sganligi hech kimga sir emas. 

Davlat  bayroqining  huquqiy  asosi  1991  yil  18  noyabrida  qabul  iqilingan  «O'zbekiston 

Respublikasining  Davlat  bayrog'i  to'g'risida»gi  Qonun  bilan  mustahkamlanib,  bu  hujjatda 

bayrog'imizning  shakl-shamoyili,  undan  foydalanishining  yo'l-yo'riqlari  puxta  va  aniq  ko'rsatib 

berildi.  


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin