3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili
58
Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy masalalar hamda amalga oshirilgan amaliy tajribalar
uning natijasini aniqlashni taqozo etadi. Yakuniy tajriba-sinov ishlari 2012-2013 yillarda Qarshi
tumanidagi 25–o‘rta umumta’lim maktabida olib borilib, unda jami 8 nafar boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi va 63 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 32 nafari tajriba guruhi o‘quvchilari va
31 nafari nazorat sinfi o‘quvchilari edi. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida ham tajriba-sinov
ishlari ta’kidlovchi tajriba jarayonida foydalanilgan metodlar yordamida muallif tomonidan
ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib borildi. Amaliy ishlarda maktab tarbiyaviy ishlarini
texnologiyalashtirishning darajalari, ularning amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish holatlari
aniqlandi. Bu holat quyidagicha izohlanadi:
1. Mavjud nazariy-pedagogik bilimlarning o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining
pastligi. (Ayniqsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida nazariy bilimlarning
yetishmasligi)
2. Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligining yuqori darajada
emasligi.
3. O‘qituvchilarga tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga oid nazariy, amaliy va
metodik yordamning zaruriyati mavjudligi.
Tajriba-sinov ishlarining asosiy bosqichida, sinf rahbarlari bilan birgalikda (tajriba sinfida)
ko‘pgina texnologiyalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etdik.
Tadbirlar tahlilining ko‘rsatishicha, texnologiyalashtirilgan tadbir natijasida o‘quvchilarda
quyidagi sifat (xislat)larning barkamol shaxs qiyofasida aks etishi muhim ekanligi qayd etildi:
- vatanparvarlik va milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usiga egalik;
- davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ga nisbatan chuqur hurmat bildirish;
- millat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish hamda ularning taqdiri uchun
mas’uliyatli bo‘lish;
- ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat;
- ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy qadriyatlarning ahamiyatini chuqur anglash va ularni
asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazishga g‘amxo‘rlik qilish;
- halol, rostgo‘y, mehr-shafqatli bo‘lish;
- g‘ayratli, tashkilotchi va tashabbuskor bo‘lish;
- faoliyatda qat’iyatli, xushmuomala va tartibli bo‘lish;
- mustaqil va o‘z nuqtai nazarini erkin ifodalay olish;
- muomala madaniyatini egallay olish;
- vaqtdan unumli foydalana bilish.
Bundan tashqari o‘quvchilar bilan “Ona tabiat qo‘yniga” sayohat mashg‘ulotini ham tashkil
etdik. Bunda o‘quvchilar “Tabiatdagi bahoriy o‘zgarishlar”, “Tabiatning ham joni bormi?”,
59
“Qushlar nima deydi?”, “Gul go‘zallik ramzimi?”, “Tabitani asrash uchun nima qila olaman?”
kabi savollarga javob oldilar.
Sayohatdan so‘ng o‘quvchilarning tasurotlari davra suhbati asosida xulosalandi.
Sayohatdan o‘quvchilarning taasurotlari bir olam bo‘ldi. Ayniqsa, ularning ona tabiatga nisbatan
munosabatlari tubdan o‘zgardi, desak adashmaymiz. Bolalar o‘z javoblarida tabatning ham joni
bor ekanligi, unga ozor bermaslik lozimligini qayta-qayta takrorladilar. Tajriba-sinov ishlarining
asosiy qismi bahor oylariga to‘g‘ri kelganligi bois boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Navro‘zi
olam”, “Gullar bazmi”, “Qushlar bayrami” kabi tadbirlarni tashkil qildik. Ushbu tadbirlarni yil
boshida sinf rahbari bilan kelishgan holda uning ish rejasiga kiritdik. Har bir tadbirni
boshlanishdan bir oy oldin tadbir yuzasidan material to‘plashga kirishdik. Tadbir ishlanmasini
tuzishda albatta uni texnologiyalashtirishga alohida ahamiyat qaratdik. Bu borada
o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini ham inobatda oldik. Ayniqsa, tadbirni tashkil etishda
o‘quvchilarning yosh xususyaitlari va ularning imkoniyatlari darajasini alohida yodda tutdik.
O‘quvchilar bajara oldigan rollar, turli boshqotirma va boshqa o‘yinlarni ularning imkoniyatlari
darajasidan kelib chiqqan holda tanladik. Shuni alohida yodda tutish kerakki, tadbir jarayonida
ko‘plab pedagogik texnologiya shakllaridan foydalanish mumkin, ammo tadbirlar ommaviy
shaklda o‘tishini hisobga olganda ko‘proq guruhlarda ishlash metodlarini tanlash maqsadga
muvofiq. Biz yuqoridagi boblarda ta’kidlaganimizdek, tarbiyaviy tadbirlarda pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda faollik, ishchanlik, qiziquvchanlik, maqsad sari intilish,
o‘zgalar fikrini hurmat qilish, guruh sha’nini himoya qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Shubhasiz biz tashkil etgan tadbirlarda ham o‘quvchilarda ushbu ijobiy sifatlar shakllanganligi
kuzatdik.
Yuqorida qayd etilgan sifatlar tajriba-sinov ishlari davrida tajriba guruhiga biriktirilgan
respondent-o‘quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli tashkil etilishiga erishildi. Mazkur fikrni
tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi. Tajriba natijalarini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar respondent-o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovlar, testlar,
ertaliklar, sayohat natijalarilarni tahlil etish asosida hosil qilindi.
Test so‘rovi natijalarini tahlil etish chog‘ida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘lga kiritildi:
Tajriba boshidagi ko‘rsatkich
3.1- jadval
Sinflar
O‘quvchilar soni
Javoblar soni
Yuqori
O‘rta
Past
Tajriba
guruhi
32 nafar
6
16
10
60
% hisobida
100 %
21
49
30
Nazorat
guruhi
31nafar
5
14
12
% hisobida
100 %
16
45
39
Tajriba yakunidagi ko‘rsatkich
3.2-jadval
Sinflar
O‘quvchilar soni
Javoblar soni
Yuqori
O‘rta
Past
Tajriba
guruhi
32 nafar
20
9
3
% hisobida
100 %
60
30
10
Nazorat
guruhi
31 nafar
11
14
6
% hisobida
100 %
35
45
20
Mazkur paragrafda bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, tadqiqot ishiga tizimli va
maqsadga muvofiq yondashish tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan
pedagogik ta’lim jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi. Ushbu fikrni tajriba-sinov
ishlarining yakuniy natijalari ham tasdiqlaydi.
UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSA
O‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyidagilarni xulosa qilishga imkon
beradi:
61
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida barkamollik sifatlarini shakllantirish uchun
tarbiyaviy ishlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bu sohada kutilgan
samaradorlikka erishish imkonini berdi.
2. Pedagogik tadqiqotlarda psixologik nazariya va amaliy-ilmiy apparatni ko‘llanilishi
hamda muhitga muvofiqlantirilishiga erishildi;
3. O‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida ular orasida subyekt-subyekt
munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o‘zaro ishonchga
asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi.
4. Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari davomida boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy
ishlarni texnologiyalashtirish muayyan metodika yordamida izchil takomillashtirildi va ma’lum
darajada boyitildi. Bu esa taqdim etilgan metodikaning samaradorlik darajasini tasdiqladi va
tadqiqot farazi to‘g‘riligini ilmiy jihatdan asoslash imkonini berdi.
5. Tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish jarayonida tabiya maqsadlari, motivlar,
ko‘rsatmalar, nuqtai nazarlar, qadriyatlar, shaxs tarbiyasi bilan kuzatiladigan va boshqariladigan,
aniq shaklda tashkil qilingan psixomotor jarayon sifatida xizmatga oid funksiyalar ahamiyati
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’sir ko‘rsatishi pedagogik jihatdan dalillandi.
UMUMIY XULOSALAR
O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo‘yilgan farazlarni to‘la tasdiqladi hamda
quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratdi:
1.
Boshlang‘ich sinf tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning limiy asoslarini
yaratish dolzarb pedagogik muammolardan biri ekanligi ijtimoiy zarurat, ehtiyoj namoyon etdi.
62
Izlanish maqsadini tadqiqotda qaror toptirish uchun boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni
texnologiyalashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslanildi;
2.
Boshlang’ch sinflarda tarbiyaviy ishlarning texnologiyasi pedagoglar tomonidan
maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro‘yobga chiqarildi.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni to‘laqonli tarzda o‘quvchiga yo‘naltirilsa, uning ehtiyoj va
imkoniyatlari, qiziqishlari, iqtidorini hisobga olgan holda muayyan prinsiplar asosida tashkil
etilsa, bunday tarbiya natijalari, birinchi navbatda, o‘quvchi shaxsining o‘zini, shu bilan bir
qatorda, davlat, jamiyat hamda fan va ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi omil darajasiga
ko‘tariladi.
3.Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishda tarbiyaviy
xususiyatlar, pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklarni alohida hisobga olish talab etiladi.
4.
Tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy loyihalarni
ishlab chiqish va tarbiya jarayoniga tadbiq etish tarbiyaviy ishlarni samarali rivojlantirish
imkonini beradi.
5.
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish uchun uchun
o‘quv-biluv jarayonida ularni faol fikrlash va mustaqil faoliyat ko‘rsatishga undovchi
innovatsion texnologiyalardan foydalanish bu sohada kutilgan samaradorlikka erishish imkonini
berdi.
6.
O‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida tarbiyaviy ishlar jarayonida,
ular orasida subyekt-subyekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik,
hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi.
7.
Kichik guruhlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni
shakllantirishga yo‘naltirilgan holda tashkil etilgan pedagogik jarayon erkinlik, insonparvarlik
tamoyillari asosida tashkil etilgan tarbiya muhiti tarbiya oluvchilarni rivojlantirish imkoniyatiga
ega ekanligini ko‘rsatdi.
8.
Tajriba-sinov
natijalari
boshlang‘ich
sinflarda
tarbiyaviy
ishlarni
texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llanilgan metodikaning
samaradorlik darajasini asoslab berish orqali tadqiqot ilmiy farazining to‘g‘riligini ko‘rsatdi.
9. Ertaliklar mazmunin milliylashtirish va zamonaviylashtirishda, shuningdek, ularda
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanishda
o’quvchilarning
individual-psixologik
xususiyatlarini chuqur tahlil qilish va shu asosda didaktik topshiriqlardan optimal ravishda
foydalanish zaruriyati mavjud.
10. O‘quvchilar orasida qulay tashkil qilingan faoliyatgina ularning sinf, maktab jamoasi
va oila a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarini barqarorlashtiradi. Bu borada ko’rik-tanlov
va sayohatlarning ahamiyati nihoyatda kattadir.
63
TAVSIYALAR:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishda quyidagilarni amalga
oshirish zarur:
1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnoligiyalashtirishda o’qituvchilar asosiy
kuch bo’lib, ularni o‘qitiladigan o‘quv predmetlari mazmuniga Boshlang‘ich ta’lim Davlat
ta’lim standartlariga mos tarzda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
shaklantirishga yo‘naltirilgan o‘quv strategiyalari, ta’limiy topshiriqlar va innovatsion usullarni
singdirish zarur.
2. Xalq ta’limi vazirligiga: “O‘qish», «Ona tili» namunaviy o‘quv dasturlarini
takomillashtirish, kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan qomusiy lug‘atlar, tanqidiy
fikrlashni shakllantirishga qaratilgan bolalarbop diafilmlarni yaratish talablari Davlat ta’lim
grantlari loyihalarida o‘z aksini topishiga erishish lozim.
3. O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi bilimlarini oshirishda ma’lum omillar
va sharoitlar hamda rag‘batlantirish yo‘llari, metodlari, shart-sharoitlarini chuqur o‘rganish va
hisobga olish lozim.
4. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim markazlari tomonidan o‘quvchilarning ma’naviy-
ma’rifiy sohalardagi bilimlarini kengaytirish maqsadida turli qomusiy adabiyotlar,
ma’lumotnomalar, daydjest majmualarini yoshiga mos ravishda ishlab chiqish maqsadga
muvofiq.
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 1992. - 46 b.
2.
Karimov I.A. O‘zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo‘li. - T.: O‘zbekiston, 1992, 46 b.
3.
Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.O‘zbekiston, 1995.-278 b.
4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008. -176 b.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo‘llari va choralari. T., 2009.
6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T., 2010.
7. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. T.: “O'zbekiston”, 2011, 430.
8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori. – T.: 1997, 20-29-b.
9. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Barkamol avlod –
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1997, 30-61-betlar.
10. O‘zbekiston Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni . Ma’rifat, 2004 yil 22 may.
11. Ahmedov B. Ajdodlar o‘giti.- T.: Cho‘lpon, 1991.- 113 b.
12. Abu Abdullosh Al-Xorazmiy. Al jabr val mug‘obala vasiyatlar kitobi. /O‘zbek pedagogikasi
antologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1995. 62-76 b.
13. Aliyev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiyat: (Vatan fidoiylari).-T.: Akademiya, 2000.- 630 b.
14. Alisher Navoiy mukammal asarlar tiplami. 7 – tom. «Xamsa», «G‘ayrat ul-abror».- T.: Fan,
1991.-390 b.
15. Aminov B., Rasulov T. Vatan yurakdagi javohir.-T.: O‘qituvchi, 1996. -158 b.
16. Amir Temur o‘gitlari.- T.: Navro‘z, 1992.- 63 b. (Amir Temur vasiyati.-T.: G‘afur G‘ulom,
1991.-4 b.
17. Baratov Sh. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari.-T.:O‘qituvchi,1995.-52b 18. 18. Bobur
Z.M. Devon.-T.: Fan, 1994.-143 b.
65
19. Boytullayev R. Ajdodlar merosini o‘rganib // Muloqot.-2004.-№5.-B.29-30 b. . 20. Ergashev
F., Obidov D. Milliy ta’lim tarixidan.- T.: Akademiya, 1998.-77 b.
21. Erkayev A. Ma’naviyat - millat nishoni.- T.: Ma’naviyat, 1997.- 188 b.
22. Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri- T.: A.Qodiriy, 1993.- 222 b.
23. Hamidov X. Qirq besh alloma hikoyati. - T.: Fan, 1995.- 178 b.
24. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov X. Pedagogika tarixi. - T.: O‘qituvchi, 1997.-
248 b.
25. Hasanboyeva O. Guruhlarda tarbiyaviy ishlar. - T.: O‘qituvchi, 1994.- 119 b.
26. Hoshimov К., Nishonova S. Pedagogika tarixi // Darslik.-Т.: Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2005.-304 b.
27. Ibrohimov A. Bizkim o‘zbeklar. - T.: Sharq, 2001.- 395 b.
28. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo‘rayev N. Vatan tuyg‘usi.- T.: O‘zbekiston, 1996.- 443 b.
29. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab, al-mufrad.-T., O‘zbekiston. 1990, 198 b.
30. Jabborov A.M. O‘zbek maktabi o‘qituvchisining psixologik va etnik xususiyatlari. Psixol.
fanl. dokt. diss. T.: 1999 y. – 317 b.
31. Javliyev T. An’analar hayot sabog‘i.- T.: O‘qituvchi, 1992.- 87 b.
32. Jalolov A. O‘zbekiston mustaqillik, ma’naviyat va mafkura.-T.: Ma’naviyat, 2004.- 189 b.
33. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.- T.: O‘qituvchi, 1994.- 256 b.
34. Jo‘rayev A. Tarbiyaviy darslar o‘tish. –T.: O‘qituvchi, 1994, 87 b.
35. Mansur M. O‘zbegim. «Zvezda vostoka» jurnali kutubxonasi.- Vatan seriyasi, T.: 1992.- 48
b.
36. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari.- T.: Fan, 1994.- 133 b.
37. Mahmudov S. O‘zbek udumlari.-T.: Fan, 1993.- 218 b.
38. Mahmudov T. Avesto haqida.- T.: Guliston, 2000.- 63 bet.
39. Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat.- T.: Sharq, 2001.-160 b.
40. Ma’naviyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar).- T.:
A.Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1999.- 395 b.
41. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. T.: Yangi asr avlodi. -
2002, -192 b.
42. Ming bir hadis.- T.: Movarounnahr, 1998.- 144 b.
43. Munavvarov A. Pedagogika. Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.- T.: O‘qituvchi,
1996.- 200 b.
44. Murodov M. O‘zbekning shoir bo‘lmagani kam // Muloqot.- 1991.-№7. - 5-,6-b.
45. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 190 b.
46. Navoiy A. Hayrat ul-abror.- T.: G‘.G‘ulom, 2006.- 389 b.
66
47. Nazarov Q. Aksiologiya. Qadriyatlar falsafasi. - T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati,
2004.- 196 b.
48. Otaxonova Z. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. -Fag‘ona.: 2009, 126 b.
49. Ochilov M.O., Ochilova N.M. O‘qituvchi odobi.-T.: 1997.-136 b.
50. Ochilov M. Muallim-qalb me’mori. Saylanma.-T.:O‘qituvchi,2001.-430b. 44.
51. Petrovskiy A.V. “Umumiy psixologiya”.T: “O‘qituvchi” 1992-512 b.
52. Qoraboyev U. O‘zbekiston bayramlari. - T.: O‘qituvchi, 1991.- 186 b.
53. Qurbonov T. Milliy g‘urur va madaniy meros dialektikasi.-T.: Zarqalam, 2006.- 98 b.
56. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari.- T.: O‘qituvchi, 1995.- 207 b.
57. Sodiqova T. Mehr qolur.- T.: Mehnat, 1998.- 51 b.
58. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.- T.: 1997.- 230 b.
59. To‘rayeva O. Yosh qalblar murabbiysi.- T.: O‘qituvchi, 1989.- 162 b.
60. Vatanni sevmoq iymondandur.- T.: Adabiyot va san’at, 1995.- 64 b.
61. Yusupov E., Ismoilov F. Inson barkamolligi.- T.: O‘zbekiston, 1990.- 240 b. 62.Yo‘ldosheva
R. O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati.-T.: O‘qituvchi, 1994.- 119 b.
63. Ziyoyev X. Istiqlol ma’naviyat negizi.- T.: Ma’naviyat, 1999.- 189 b.
64. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.- T.: Davlat ilmiy nashriyoti, Tom 2, 2001.- 703 b.
65. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild. T.: O‘qituvchi, 1995.- 478 b.
66. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. 2-jild. T.: O‘qituvchi, 1999.- 478 b.
67. O‘zbek xalq maqollari. - T.: Sharq, 2003.- 510b.
68. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: “Nasaf”,
2009, 162 b.
69. G‘ofurov Z.,Toshev M. Ma’naviyat saboqlari.- Qarshi. 1999.-158 b.
70. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya I kitob, T.: 2004 y,-210 b.
71. G‘ofurov Z.,Toshev M. Ma’naviyat saboqlari.- Qarshi. 1999.-158 b.
72. Sharipov E. Oila, an’ana, odob.- T.: O‘zbekiston, 1991.
73. Sharqning ulug‘ mutafakkirlari merosida ta’lim-tarbiya masalalari: Ilmiy anjuman
materiallari. T.Nizomiy nomidagi TDPU.-1993.- 658 b.
Internet saytlari
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz
www.kutubxona.uz
67
I L O V A L A R
Dostları ilə paylaş: |