Pedagogik texnologiyalarning mezonlari. Pedagogik texnologiya tushunchasi uch jixati bilan kursatilishi mumkin.
- ilmiy: Pedagogik texnologiya- ta’lim jarayonini loyixlashtiriuvchi, uning maksadlari, mazmuni va ukitish usullarini
urganuvchi xamda ishlab chikuvchi pedagogika fanining tarkibiy kismidir.
- jarayonli-tavsifiy: jarayonlar tavsifi (algoritmi), loyixalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish uchun ukuv maksadlari,
mazmuni, usuli va vositalar majmuasi
- jarayonli amaliy: Pedagogik texnologiya jarayonini amalga oshirish. Butun shaxsiy, uskuna va uslubiyat
vositalarning faoliyat kursatishidir.
Ukuv amaliyotida pedagogik texnologiya tushunchasi kuyidagi uch darajaga bulinadi;
1. umum pedagogik texnologiya- ta’lim tizimining anik kismi, ukuv yurti ta’lim boskichining ma’lum davri uchun
ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
2. Xususiy predmetli (uslubiy) daraja- bir fan . sinf ukituvchi doirasida ukitish mazmuni va ta’lim tarbiyani amalga
oshirishga xizmat kiladigan usul va vositalar majmuasidir.
1.
Lokal (modulli) daraja- ukuv tarbiya jarayonini kismlarining texnologiyasi (faoliyat turlari texnologiyasi, dars
texnologiyasi, yangi tushunchalarni xosil kilish, takrorlash. Nazorat kilish texnologiyasi, tarbiya turlari texnologiyasi va
xakoza).
Pedagogik texnologiyalar tasnifi
Ukuv yurtlari faoliyatida pedagogika fanida xozirgi paytda pedagogik texnologiyalarning xilma-xil vositalari
mavjud.Xar bir ukituvchi pedagogik jarayonga uzining tajribasi. Maxorati. Bilimiga yarasha kandaydir innovatsiyalarni
olib kiradi.Shunday bulishiga karamay pedagogik texnologiyalarni ayrim jixatlari ( belgilari) buyicha kuyidagi
sinflarga bulish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning turlari.
№
Belgilari
Pedagogik texnologiyalar
1
Kullash darajasiga kura
Umum
pedagogik,
xususiy
(fan),
cheklangan(modul)texnologiya
2
Falsafiy asosga kura
Materialistik va idealistik, dialetik va metafizik. Ilmiy
va diniy. Gumanistik va antigumanistik, antroposofik
va teasofik, progmatik va ekzistentsialistik, erkin va
majburiy tarbiya texnologiyasi
3
Ruxiy rivojlanishning etakchi faktoriga
kura
Biogen. Sotsiogen. Psixogen va idealistik texnologiyasi
4.
Ilmiy konseptsiyaga kura
Assosiativ- reflektor. Bixoviorestik, geshtalt, sugistiv,
neyrolengvistik va rivojlantiriuvchi texnologiyasi
26
5
Shaxsga yunalganligi buyicha
Informatsion(bilim
malaka
kunikmalarni
shakllantirish), uzini—uzi rivojlantirish (shaxni uzini
uzi
boshkarish
mexanizmlarini
shakllantirish),evristik(ijodiy)kobiliyatlarini
rivojlantirish
va
amaliy
malaka,
kunikmalarini
shakllantirish texnologiyasi
6.
Mazmun va tuzilishiga kura
Ta’lim va tarbiya beruvchi dunyoviy va diniy.
Umumta’lim va xususiy fanlar texnologiyasi.
Gumanitar va texnoratik, mono va kompleks
texnologiyasi
7
Akliy faoliyatni tashkil etish va
boshkarishga kura
Ochik
(nazoratsiz
va
zarur
uzgartirishlar
kiritilmaydigan
),
tsiklik,
tarkok(frontal)
yoki
ynaltirilgan
(individual).
Oddiy
yoki
avtamatlashtirilgan texnologiyasi
8
Ukituvchining ukuvchiga munosabatiga
kura
Avttoritar.
Shaxsga
yunaltirilgan(antropotsentrik),
insonparvarlik. Xamkorlik. Erkin tarbiya texnologiyasi
9
Ukuvchilar kategoriyasiga kura
Umummaktab . chukurlashtirilgan ta’lim (gimnaziya.
Letsiy,
kollej),
turli
buzilishlarni
tugrilovchi
texnologiyasi
10
Tashkiliy shakllari buyicha
Individual. Guruxli akademik(letsiy kollej. Bakalavr,
magistr), sinf dars texnologiyasi mukobillashtirilgan
(differentsial) an’anaviy va noan’anaviy ta’lim
texnologiyasi
11
Ustuvor usullarga kura
Reproduktiv
ukitish,
dasturli
ukitish.
Tushuntirish(kurgazmalilik asosida ). Rivojlantiruvchi
muammoli, axborotli(kompyuterlashgan) ukitish . uz-
uzini
rivojlantiruvchi.
Uyinlar
ijodiy
izlanish
texnologiyasi
Pedagogik texnologiyalar uz moxiyatiga kura pedagogik sistemalarning tarkibiy kismi bulib xisoblanadi.Shuning
uchun, edagogik texnologiyalarni pedagogik sistemalar masalasi bilan birgalikda taxlil kilish mumkin.
Pedagogik sistema tarkibiga kuyidagi bir-biri bilan boglik kismlar kiradi.
1.Ta’lim va tarbiya maksadlari.
2.Ukuvchilar. ularning shaxsiy xususiyatlari.
3. Ukituvchilar yoki ta’limni olib boruvchi kompyuterlashgan texnik vositalar.
4.Ta’lim va tarbiya mazmuni.
5.Pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari.
6.Kuyilgan maksadlarni amalga oshiruvchi didaktik jarayonlar.
Ijtimoiy (davlat) buyurtma
abiturentlar
1.ta’lim va tarbiya maksadlari 6 didaktik
jarayonlar
2.ukuvchilar 3.ukituvchilar
4.ta’lim va tarbiya mazmuni 5.tashkiliy shakllar
bitiruvchilar
1-rasm Pedagogik sistemadagi funktsional bog’lanishlar
3.Pedagogik muloqotning asosiy shakllari. Pedagogika o’z usullarini yo’q joydan yaratmaydi. U hayotdan kishilar
xulq-atvorining real omillarini, bolalar hayotini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga
javob beradiganlarni tanlab oladi, ulardan tarbiyaviy ishda muloqot orqali ta’sir ko’rsatish usullari sifatida
foydalaniladi. Muloqot orqali ta’sir etish bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatining pedagogik jihatdan maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etishga xizmat qiladigan vositalar tizimidan iborat. Bu vazifalar tarbiyalanuvchi shaxsiga
qaratilgan bo’lib, bolalarning xulq-atvorini rag’batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni quvonch, ijodiy zavq-shavq
manbaiga har bir talabaning shaxsiy muddaosiga aylantiradi.
Muloqot – pedagogik faoliyatning muhim kasbiy quroli bo’lib, olimlar A.A.Kobolev, H.B.Kuzanina, U.A.Kan-Kalik,
A.A.Montev, A.N. Mudrik, A.U.Sherbakovlar muomalaning o’qituvchi faoliyatidagi muhim rol o’ynashini
isbotlashgan.
Pedagogik muloqot – bu o’qituvchining talaba(talaba)lar bilan dars va darsdan tashqari paytdagi qulay psixologik xolat
yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy mahorati.
27
Pedagogik muomala ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalarga ega: shaxsni anglash, axborot
almashuv, faoliyatni tashkil etish, rol almashtirish, hamdartlik, o’z qadrini bilish, ishtirokchilarni almashtirish,
kechinmalar hosil qilish, o’zida ishonchni shakllantirish va h.k.
Ahborotlarning almashinish funksiyasi materiallarning va ma’naviy sifatlarini almashtirish ta’lim-tarbiyaviy jarayonni
rivojlantirish, ichki ijobiy o’zgarishlarni hosil qilish hamkollikda bilishga oid qidiruv hamda ongli fikrlashga zarur
sharoit yaratadi.
Pedagogik muomala tuzilishi – 1) pedagog tomonidan guruh bilan bo’ladigan muomalani modellashtirishni
«Prognostik bosqich». 2) dastlabki o’zaro faoliyatga kirishuvchidanoq bevosita muomalaga kirishuv (kommunikativlik
hukm). 3) pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv. 4) kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo’llanilgan
muomala sistemasi va modellashtirishni tashkil qilish.
Noto’g’ri pedagogik muomala talabalar qo’rquvini, ishonchsizligini diqqati xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini
pasaytiradi, mustaqil fikrlashni susaytiradi va salbiy xulq-atvorni shakllantiradi. Natijada talabada o’qituvchi va
predmetga nisbatan munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda o’qituvchi va talabalar hamkorligidagi uning
samaradorligini ta’minlaydi. A.S.Makarenko o’qituvchi va talaba(talaba)larning munosabatlarida asosiy narsa
talabchanlik va hurmat bo’lishi kerakligini alohida ta’kidlagan. Suxomlinskiy quyidagi mahoratni o’qituvchi «maktab
partalaridan aytilgan har bir so’z o’yinlaridan donishmanddono, maqsadga yo’naltirilgan, to’la ma’noli bo’lmog’i
kerak».
2. O’qituvchi muomalasining usullari.
Muloqotni 2 qismga bo’lish mumkin: ya’ni muomala va hamkorlikdagi harakatdan tashkil topadi. Ilmiy tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar doimo talabalar bilan emotsional – turg’un munosabatlarda bo’lganlari o’qishda, xulq-
atvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan teng va ishonch asosida hal etadi.
Talabalar bilan qo’pol muomalada bo’lgan o’qituvchilar esa talabalar ishonchini yo’qotadi. Tilyog’lamalik, o’zini
ko’rsatish, ayditoriyadada masxaratomuz qiliqlarni shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o’quv-tarbiyaviy jarayonga
ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilar o’qituvchining gurux jamoasi bilan munosabatlarida 3 ta uslub mavjudligini
ta’kidlaydi: 1. barqaror ijobiy (turg’un); 2. faolsiz – ijobiy; 3. barqaror (turg’un bo’lmagan) uslub. O’qituvchilarning
talabalar bilan bo’ladigan usullarini A.A.Leontev xulosalab, beqaror o’ta salbiy uslubda bo’lganligi o’zlariga salbiy
munosabatni yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Bunday o’qituvchi ta’lim tizimiga va jamiyatga ziyon keltiradi.
Muomalada o’qituvchilarning ish usullari 3 xil bo’ladi:
So’zsiz bo’ysunishga asoslangan uslub;
Demokratik uslub;
Ko’ngilchanlik uslubi.
V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi:
hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi;
o’zlikni hush ko’rish asosida aloqa uslub;
masofa asosida aloqa o’rnatish uslubi;
do’qlash, qo’rqitish asosida aloqa o’rnatish usuli;
hazil yoki o’yin asosida aloqa o’rnatish usuli.
Sh.A.Amanashvili do’stlik asosida aloqa usuli haqida shunday g’oyani ifodalaydi («Agar bola bizdan uzoqlashsa,
qanday qilib uni tarbiyalaymiz?»). «Faqat ma’naviyat birlik – bundan boshqa hech narsa bu birlikni buzishi mumkin
emas». «Baqirish – insoniy munosabatlar madaniyati yo’qligini yaqqol ko’rinib turgan belgisidir. O’qituvchining
baqirishi bolani dovdiratib garang qilib qo’yadi» - degan edi Suxomlinskiy.
O’zaro hamkorlikda pedagogik ta’sir ko’rsatishning usullaridan biri ishontirishdir. Ishontirish – shaxsning bilimlar
tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o’zgartirish tushuniladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. haqiqiy ishonch, e’tikod shaxsning hayot tarziga, uning ruhiy qiyofasiga,
iroda va vijdoniga ta’sir etgani uchun ham inson uz ishonchini, e’tiqodini himoya qilib, ba’zan o’limga ham tayyor
bo’ladi. Masalan: tarixdan bilamizki, xalq qahramoni oddiy cho’pon Shiroq, o’z elini bosqinchilardan saqlab qolish
uchun jonini fido qilgan.
Soxta ishonch esa o’zi yashayotgan muhitdan atrofdagi kishilarning ta’sirida to’plangan salbiy xulq-atvor, tajribalar
natijasida shakllanadi. Soxta ishonch va e’tiqod talabaning atrofidagi shaxslarning noto’g’ri, nopok hayoti natijasida
quyidagi shakllardagi soxta ishonch paydo bo’ladi: halol mehnat bilan yashash ma’lumi qiyin kechadi. Shu bois ma’lum
toifa shaxslar turli xil nopok yo’llar bilan turmush kechirishga harakat qiladilar.
Ishonch va ishontirish 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo’lib, bular talabaning bilimlari, his-tuygusi va xulq-atvorida
namoyon bo’ladi:
1.
Bilimlar. Talabaning ota-onasidan, tarbiyachi va pedagoglar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalardan
odob-axloq, hatti-harakat, xulq-atvor haqida bilimlar to’plamidan iborat.
Talabalarga Sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy haqida, xalqimizning
ozodligi uchun kurashgan qahramonlarimizning ijobiy xislatlari haqida hikoya o’qib berishning ta’siri katta.
Ishonch, e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik, burch, vijdon va boshqa axloqiy tushunchalar haqidagi
bilimlarni ma’naviyat va ma’rifat darslarida o’kuvchilarga singdiriladi.
2.
His-tuyg’u. Ishonch, ishontirish, e’tiqod haqida bilimlar ishonarli, hayotiy misollar yordamida berilishi
bilan birga bu bilmlar o’qituvchi tomonidan his-hayajonli tarzda berilganda talabalarga yaxshi ta’sir etadi.
28
3.
Xulq-atvor. Ishonch va e’tiqod haqidagi bilimlarni hayotda qullash uchun, shu bilimlarni amalda –
hayotda (ota-onasi, o’qituvchilari va boshqalarda) ko’rgan bo’lishi kerak. Shunday sharoitda, nazariy bilimlar,
talabaning malaka va ko’nikmasiga, shaxsiy sifatlariga aylanadi.
Haqiqiy ishonch va e’tiqodni shakllantirish yo’llari quyidagilar:
1.
Talabalar o’zlarini boshqa kishilar bilan taqqoslashga o’rgatiladi. Talabalarni mahalla, tumandagi
hurmatli, obro’li kishilar bilan uchrashtirish.
2.
Salbiy, soxta ishonch, xulq-atvor, e’tiqod kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
ko’rsatish.
3.
Talabaning soxta ishonchini mantiqiy fikrlash bilan ma’lum darajagacha davom ettirish. Masalan: agar,
bordiyu hech kim ishlamasa nima bo’ladi? Hech kim o’qimasa nima bo’ladi? Deb savol beriladi va talabadan bu
savolga javob berish talab qilinadi.
4.
Talabaning fikrini, e’tiroz va savollarini oxirigacha, diqqat bilan eshitish (uni darhol rad etmaslik), faqat
ishonchli dalillar bilan uning fikrini o’zlashtirishga harakat qilish.
5.
Talabaga ishonch bildirish. Unga yordam ko’rsatish uchun tayyor ekanligini, xayrxoh ekanligini
ko’rsatish.
6.
O’qituvchi (tarbiyachi) o’zining jiddiyligi, mardligi, ma’naviy yuksakligi bilan talabalarga o’rnak bo’lishi.
Talabalarni ishontirish va ularning e’tiqodini mustahkamlash uchun quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi:
1.
Talabalarni ishontirish va ularga ta’sir etishda qo’llanilayotgan uslub (hikoya, suhbat va boshqalar)
mazmunan va shaklan talabalarning yosh xususiyatlarini etiborga olishi kerak.
2.
Talabalar bilan alohida yoki kichik guruhchalarga bo’lib suhbatlashganda talabalarning individual
xususiyatlari, hayotga munosabatlarini o’qituvchi bilishi zarur.
3.
Suhbat yoki hikoya jarayonida keltirilgan misollarni iloji boricha, real hayotidan olib ko’rsatish.
4.
O’qituvchining o’zi talabalarga berayotgan bilim, tushuncha va g’oyalariga ishonish muhimdir. O’zini
ishonmagan narsaga boshqani ishontirish qiyindir.
Talabalar bilan tarbiyaviy soatlarda, ularni nimagadir ishontirishi, qandaydir mavzuda munozara o’tkazish uchun
talabalarning aynan hozirgi vaqtidagi kayfiyatini asab va ruhiy holatini etarli bilishi kerak. Agar bolalar betoqat,
hayajonlangan, qo’zg’lagn bo’lsa, ularni yanada ko’proq hayajonlantiradigan mavzuni gapirmagan ma’qulroq.
Shuningdek, talabalarni nimagadir ishontirish uchun o’qituvchining so’zi bilan hatti-harakatlari to’g’ri kelishi kerak.
O’qituvchi o’kuvchilarni odob-axloqqa, tartib-intizomga chaqirsa-yu, o’zi amal qilmasa, bunday tarbiyadan samara kam
bo’ladi. Talabalarda ishonch, e’tiqodni quruq gap bilan shakllantirish qiyin. Auditoriyada har xil suhbatlar,
uchrashuvlar, sayohatlar tashkil etish yaxshi samara beradi. Shuni unutmaslik kerakki, harakat bilan, aniq ish bilan
mustahkamlanmagan tushuncha va bilimlar oddiy so’zligicha qoladi. Mehnatsevarlik mehnat bilan mustahamlanadi.
Insoniy xislatlar: mehmondo’stlik, kamtarlik, jasurlik, botirlik, sadoqat, burch bularning barchasi ijobiy namuna bilan,
shu his-tuyg’uni boshidan kechirish bilan shakllanadi.
Pedagogik jarayonda talabalarga psixologik ta’sir etish muammosi bilan psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa
mutaxassislari faol shug’ullanmoqdalar, chunki ta’lim va tarbiya jarayoning o’zi o’qituvchining talaba ruhiyatiga,
ongiga, dunyoqarashiga doimiy ta’siri deb qarasa bo’ladi. Keyingi yillarda zamonaviy psixologiyaning psixoanaliz,
gumanistik psixologiya, neyrolingvistik dasturlash, bixevorizm va kognitiv psixologiya kabi yo’nalishlari paydo bo’ldi
va bu oqimlarning ba’zi bir metodlari kollejlarga kirib kelmoqda.
Kollejlarda «psixologik xizmat»ning paydo bo’lishi, talabalarning psixologik bilimlarining oshishi natijasida
o’qituvchi-o’kuvchi orasidagi o’zaro psixologik ta’sirda ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba orasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik katta ahamiyatga egaligini AQShda
psixologi olimlar tomonidan o’tkazilgan bir tajriba misolida ko’rsak bo’ladi. Kollejda talabalarning intellekt darajalari
testlar yordamida aniqlab, uning natijalari haqida talabalarga ma’lumot berilar ekan. Psixologlar har bir auditoriyadan
bir nechta o’rtacha yoki past o’zlashtiruvchi talabalarning familiyasini «yashirincha» tarzda bildirib, o’qituvchilarga:
«Bu talabalar yomonroq o’kiyapti, ammo aslida ular fidoyi talabalar» - deb tushuntiriladi. Psixologlar bir yildan so’ng
shu auditoriyalarga kelib test o’tkazganlarida, o’kuvchilarga «iqtidorli» deb bildirilgan talabalar auditoriyadoshlaridan
hamma sohada ilg’orlab ketganliklari aniqlangan.
Xo’sh, bu psixologik «hodisa»ning sababi nima? Birinchidan: talabalar olimlarning fikriga asoslanib, bu o’qvchilarga
nisbatan o’z munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirganlar. Ikkinchidan: talabalar o’zlariga nisbatan o’qituvchining
munosabati yaxshi tomonga o’z ustlarida jiddiy ishlaganlar va bu darajaga erishganlar.
Talabalarga dars va darsdan tashqari jarayonda ta’sir etishning juda ko’p turlari mavjud: bular quyidagicha farqlanadi:
1.
Ta’sir obekti va subektiga qarab;
a) bir kishiga yoki ko’pchilikka ta’sir;
b) shaxsning o’z-o’ziga ta’sir etish.
2.
Shaxsning faoliyatiga qarab ta’sir etish;
a) shaxs uyg’oq vaqtida unga psixologik ta’sir etish;
b) tabiiy uyqu vaqtida pixologik ta’sir etish;
gipnoz uyqusi jarayonida psixologik ta’sir etish.
Zamonaviy didaktika psixologik ta’sirning ba’zi bir turlaridan faol foydalaniladi. Masalana: gipnoz uyqusi davrida
o’kuvchilarga (talabalarga) chet tilini o’rgatish yoki talabalarda kam bo’lsa ham uchraydigan duduqlanish nuqsonini
gipnopediya usullari bilan davolash mumkin.
3.
Psixologik ta’sirning oldindan rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan turlari.
29
a) oldindan rejalashtirilgan holda talabaga psixologik ta’sir dars yoki darsdan tashqari jarayonda yakka yoki guruh
holida o’tkaziladi. Buni suhbat, hikoyava boshqa an’anaviy metodlar bilan birgalikda, psixotrening, autotrening kabi
metodlar bilan ham o’tkazish mumkin.
b) oldindan ko’zda tutilmagan rejalashtirilmagan holda talabalarga psixologik ta’sir ko’rsatish.
Bunday ta’sir etish metodlari odatda, tasodifan yuzaga kelgan vaziyatlarda, nizoli holatlarda qo’llaniladi. O’qituvchi
shunday vaziyatlardan chiqib ketish uchun oldindan bir nechta psixologik usullarini yaxshi o’zlashtirmagan bo’lishi
shart. Zarur vaziyatda ushbu usullarni qo’llaydi. Masalan: nizoli vaziyatdan hazil bilan chiqib ketish,
nizolashayotganlarga alohida-alohida «muhim» topshiriq beri.
4.
Psixologik-pedagogik ta’sir mazmuniga qarab: ochiq va yopiq tarzda bo’ladi.
a) Ochiq. Bunday shakldagi ta’sir talabaning ma’lum hatti-hrakatini yoki xulk-atvorini korreksiyalashga, to’g’rilashga
yo’naltirishgan bo’lib, o’qituvchi o’z fikrini ochiq bayon qiladi. Masalan: «Men bilaman, sen irodasi kuchli yigitsan,
ishonamanki, bundan keyin bunday ishni qilmaysan».
b) Yopiq. Psixologik ta’sirda asosiy maqsad pardalangan holda, yoki «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» tarzida
beriladi. Masalan, bir tajribali o’qituvch hikoya qiladi; «kollej talabasi K. ismli qizningkeyingi vaqtlarda o’g’il bolalar
bilan juda yaqinlashib, hatto sigareta chekayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Qiz juda ham tez xafa bo’ladigan, kek
saqlovchi bo’lgani uchun qizlarning hammasi bilan birgalikda, «sigaretning qizi – ayol organizmiga zarari», - «erta
jinsiy uyg’onish va uning salbiy oqibatlari» » - degan mavzuda suhbatlar tashkil etdik va gap orasida qizning nomini
tilga olmasdan unga psixologik ta’sir etdik. Natijasi, kutganimizdan ham yaxshi bo’lib chiqdi.
O’kuvchilarga psixologik ta’sir etish qadimdan ma’lum bo’lib, bu metodlardan; oilada, mahallada, qadimda tarbiyaviy
o’gitlardan madrasalarda unumli foydalanganlar. Auditoriyada va auditoriyadan tashqarida psixologik va pedagogik
ta’sirning samarador kechishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak:
1.
Berilayotgan axborot (material-matnning)ning ta’sirchanligi.
2.
Auditoriyadagi (guruhdagi) psixologik vaziyatning turg’unligi.
3.
O’qituvchining o’z kuchiga (hissiy ta’siriga) ishonishi.
4.
Talabalarning o’qituvchiga hissiy munosabati (o’qituvchining o’kuvchilar o’rtasidagi xurmati).
5.
Pisxologik ta’sir jarayonida talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olish.
6.
O’qtuvchining talabalarga ta’sir etish texnikasining qanchalik egallanganligi.
7.
Talabalarga etarli darajada hissiy ta’sir etish uchun zarur (moslashtirilgan) joy, vaqt va boshqa sharoit,
omillarning mavjudligi (shovqin va begona kishilarning yo’qligi, xonada talabalar soni 10-15 tadan oshmaslig va
boshqalar).
Shaxsning kamol topishida o’z-o’ziga ta’sir etishning ahamiyati juda katta. o’smir va yoshlar ko’pincha o’zlaridagi
yomon odatlarni (chekish va boshqalar), o’z salbiy shaxsiyxususiyatlarini bilgan holda uni tuzatish yo’llarini bilmasdan
qiynaladilar yoki irodasi sustlik qiladi. O’qituvchi talabalar orasida o’z-o’ziga ta’sir etishning yaxshi tomonlarini
mashhur kishilar hayoti misolida targ’ibot qilishi zarur.jismonan va ruhan kuchsiz, nogiron shaxslarning turli mashqlar
yordamida sport, ilmu-fan, ijod va boshqa sohalarda buyuk muvofaqqiyatlarga erishganliklarini hikoya qilib berish
talabalarga ijobiy ta’sir etadi. talabalar o’zlaridagi qo’rqoqlik, o’ta uyatchanlik, ishyoqmaslik, o’ziga ishonchsizlik kabi
yomon shaxsiy xususiyatlarini yo’qotishga intiladilar. O’qituvchi va kollej psixologlarining vazifasi ularga yaqindan
yordam berishdir.
Ko’pincha, o’z-o’ziga ta’sir etish bilan yaxshi o’qiydigan, tartib-intizomli, odob-axloqli lekin, shaxsidagi ba’zi bir
yomon odat va kamchiliklarni tuzatishga intilgan yoshlar jalb qilinadi. Aslida, bunday ishga auditoriyadagi «tarbiyasi
og’ir», o’zlashtirishi yomon talabalarni ko’proq jalb etish va ularni o’z-o’ziga ijobiy ta’sir etishga qiziqtirish va
o’rganish zarur.
Buning uchun o’qituvchining o’z-o’ziga ta’sir etish metodlari – «Autogen trenirovka» - (auto – «o’ziga» degan ma’noni
bildiradi) – o’z-o’ziga ta’sir etish mashqlarining qadimiy ildizlar, qadimiy xind jo’g’ilari (yodlari) tomonidan yaratilgan
o’z-o’zini jismonan va ruhan kamol topshirish uchun yaratgan metodlarning AQSh va Evropada zamonamiz kishilarga
moslashtirilgan shaklidir.
O’qituvchi talabalarga autogen mashqni o’rganish uchun o’zi quyidagilarni yaxshi bilishi zarur:
1. Talabalar autogen mashqni o’tkaziladigan joyni tanlashda uning tinchligi, boshqa kishilarning yo’qligiga e’tibor
berish.
1.
Stul, kreslo yoki erda qulay o’tirish.
2.
Badanni qisib turadigan narsalar bo’lmasligi.
Bu talablar asosan autogen mashqlarni yakka tarzda o’tkazish uchun mo’ljallangan ammo, autogen mashqlarni guruh
tarzida ham o’tkazish mumkin. bunday mashqlarni o’tkazishdan maqsad talabalarga autogen mashqlar bilan mustaqil
shug’ullanish malaka va ko’nikmalarini shakllantirishdir.
3.
Talabaga psixologik ta’sir etishni boshlash yoki o’z-o’ziga ta’sirning samarador kechishi uchun avvalom bor
jismonan va ruhan bo’shashish – ya’ni relaksasiya holatiga – butunlay osoyishtalik holatiga tushishni o’rgatish kerak.
Relaksasiya asosan auditoriyada yuz bergan murakkab pedagogik vaziyatlarda, pedagogik qarovsiz, tarbiyasi og’ir,
infantal va psixopatsimon xarakterli bolalar bilan ishlashga to’g’ri kelganda qo’llash yuqori samara beradi.
Chunki, bu bolalarning ko’pchilig betoqat, tinimsiz, urushqoq, bezori bo’lib ularga tinchlanish, osoyishtalik ijobiy ta’sir
etadi.
Ammo, shu narsani unutmaslik kerakki, talabalar bilan psixotrening va autotrening mashqlarini o’tkazish uchun
o’qituvchi shu metodlarini yaxshi egallagan bo’lishi kerak. Shu auditoriyada aynan shu metodlarini qo’llash mumkinligi
30
haqida psixolog va bolalar shifokoridan rasmiy ruxsat olishi zarur, negaki, bosh miyasi jarohat olgan yoki tutqanoqli
talabalar bunday mashqlar o’tkazish jarayonida o’zlarini yomon sezadilar.
Relaksasiyaning bosh miyaga psixofiziologik ta’sir mexanizmi juda sodda bo’lib, relaksasiya davomida talabaning
ongiga tashqi va ichki asab tolalaridan (kanallaridan) kelayotgan ma’lumotlar keskin kamayib, faqat o’qituvchining
ovozi – uning talabaga psixologik ta’siri bosh miya tomonidan axborot (yoki ma’lumot) talaba tomonidan to’siqlarsiz
qabul qilinadi va uning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Yuqorida aytilganlarga qo’shimcha qilib shuni ko’rsatish kerakki, bu mashqlarni o’tkazuvchi shaxs ruhan pok, jismonan
sog’lom va shu mashqlarni o’tkazishga rasmiy haq-huquqli bo’lishi shart. Autotrening mashqlarini o’smirlar va yoshlar
kechqurun uyquga yotishdan oldin yoki ertalab o’rindan turishdan oldin ishlatish yaxshi samara beradi.
Yakka tarzda yoki guruh bilan talabalarda relaksasiya mashqlarini o’tkazib, so’ng o’z-o’ziga ta’sir etishda o’rgatish
mashqlarini boshlasa bo’ladi. Buni taxminan shunday boshlash mumkin:
-
ko’zingizni yuming, siz hozir xotirjamsiz va tinchsiz, siz dam olayapsiz (qo’l, oyoq, bel, bo’yin, yuz, kalla
muskullari bo’shashtiriladi).
-
Siz erkin nafas olayapsiz. Keyin talabalarga, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan (masalan, irodani
mustahkamlash, kuchli bo’lish, xotira va diqqatni rivojlantirish uchun alohida so’zlar – «formulalar» ishlab chiqiladi).
Topshiriq, buyruqlar takrorlanadi. Masalan: ona tili va adabiyot darslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan «formulaning»
namunasi: «Men ona tili va adabiyot darslarini yoqtiraman, chunki bu fanlar juda qiziqarli va menga bu fanlar kelajakda
juda ham zurur bo’ladi» va hokazolar aytiladi. Juda muhim va zarur jumlalar ikki martadan va undan ortiq takrorlanadi.
Psixologik va pedagogik ta’sir etish o’qituvchi tomonidan doimo o’tkazilishi talabalarni tashabbussiz, sust qo’yishi
mumkin. Asosiy maqsad talabalarning o’z-o’zlariga psixologik ta’sir etishni o’rganishdir. Bunga erishish esa har
tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdagi asosiy qadamdir.
Dostları ilə paylaş: |