Er-xotinning oiladagi bir-biriga munosabati, yurish-turishlari komil farzand tarbiyalashning
amaliyotidir
Oilada farzandlarimiz ota-onalarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga karab izzat-xurmatni, muomalani o‘rganib
boradi. Ota-onalarimiz bir-birlariga mexrli bo‘lsalar, shirin muomala kilsalar, bolalar ham shunga ko‘nikma hosil kilib,
shunday muomalaga o‘rganadilar. Agar turmush o‘rtogimizni ishga kuzatayotganda “yaxshi borib keling, adasi” yoki
ishdan kaytganlarida “ishga yaxshi borib keldingizmi, adasi” deb tabassum bilan kuzatib ko‘ysak va kutib olsak,
oiladagi o‘gil-kiz farzandlarimiz ham onaning bu harakatini ko‘rib, otasiga xurmati oshadi. Ota-onani xurmat kilish
kerakligini tushunib boradi.
Afsuski, hamma oilalarda ham shunday o‘zaro xurmat va mexr-okibat mavjud emas. Ba’zi oilalarda erni xurmat kilish
o‘rniga ularga xukmron bo‘lish, ularni “o‘z izmiga solish” ga bo‘lgan intilish xolatlari ham uchraydi. Xatto
“bo‘ysunmaydigan” erlarni o‘z ayollik mavkeidan “foydalanib” o‘n besh sutkaga kamatgan “onalar”ni ham uchratamiz.
Bu bilan “topkir” ayollarimiz go‘yoki o‘z erlarining ta’zirini berib ko‘ymokchi bo‘ladilar. Bunday oilada erning xotinga
bo‘lgan xurmati, mexri susayib boradi, bora-bora esa yo‘koladi. Endi er o‘z xotinidan topmagan mexrni, xurmatni
boshkalardan kidira boshlaydi va natijada oila mustaxkamligiga putur yetadi. Bolalar oldida turli ortikcha gaplar bilan
eringizning obro‘yini to‘kmang. Ertasiga o‘ziga kelganda yotigi bilan, bakirmay-chakirmay bafurja gaplashish mumkin.
Masalan, “kechagi xolatingizdan bolalarni oldida juda uyaldim. Sizga bunday xolatda yurish yarashmas ekan. Axir
bolalar bizga karab xayotni o‘rganishadi, xayotda o‘zlariga yo‘l tanlaydilar. Biz ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Bolalar
katta bo‘lishayapti”, deyish mumkin. Suxbatdan so‘ng bolalaringiz otasining faxm-farosati bo‘lsa, axvolni tuzatish
kerak ekanligini tushunadi.
Ba’zi bir ayollarimiz borki, ular eridan ozgina ko‘prok topganlari uchun minnat kiladilar. “Endi kosang okarib koldimi,
cho‘ntagingga pul tushib semirib koldingmi, pulli boyvachcha bo‘lib, ichadigan bo‘lib koldingmi?” kabi so‘zlar bilan
bolalari oldida erini haqorat kiladi, uning obro‘sini to‘kadi. Natijada bolalar otani xurmat kilmaydigan, aytganini
kilmaydigan, gapini ikki kiladigan bo‘lib koladilar. Onalari otasini yomonlayverishi evaziga bolalarda otaga nisbatan
nafrat paydo bo‘ladi. Endi axyon-axyonda, to‘y-tomoshada yoki biron-bir sabab bilan ichadigan er har kuni alamidan
ichadigan bo‘ladi va kelib xotinini uradigan, so‘kadigan, haqorat kiladigan odat chikaradi.
Faraz kilaylik, er do‘stlarini uyga taklif kildi. Ammo bu tasodifiy taklif ayolga yokmadi. Chunki bir kancha ishlarni
mo‘ljallab ko‘ygan yoki mexmon kutishga imkoniyati yo‘k. Natijada mexmonlar xursandlik bilan kutib olinmaydi. Bu
xoldan erning asabi ko‘zgaydi. Mexmonlar kuzatilgandan keyin esa xotinining “ta’zirini” beradi.
Bu xol boshkacha, yaxshi natija bilan tugashi ham mumkin edi. Faxm-farosatli ayol bunday xollarda oilaning borini
oshirib, yo‘gini yashirib, mexmonlarni ochik chexra bilan, erining xurmatini joyiga ko‘yib kutib oladi va kuzatadi.
Mexmonlar ketgandan keyin, vaziyatga karab, er-xotin bir-birlarini tushungan xolda kanday ish tutish kerakligi haqida
kelishib olishlari mumkin. Masalan, uy bekasi bunday deyishi mumkin: ”Adasi, mexmonlarni olib kelishdan oldin uyda
u-bu narsa bormidi, deb o‘ylab ko‘rsangiz yaxshi bo‘larmidi? Uyda mexmon kutishga ozik-ovkat yetarli emas ekan,
ko‘shnidan olib chikishga majbur bo‘ldim. Bundan buyon do‘stlaringizni uyga taklif kiladigan bo‘lsangiz ogoxlantiring.
Ikkovlashib mexmonni kutishga tayyorlanaylik. Bo‘lmasam uyalib kolamiz”. Bunday suxbatdan so‘ng er xotinning haq
ekanligini tushunadi va bundan buyon xotini bilan bamaslaxat ish tutishga harakat kiladi. Do‘stlari bilan suxbatda
ularning: «Xotining juda ajoyib ayol-da, uyingga kay mahal borsak ham ochik chexra bilan kutib oladi. Tasodifan borib
kolsak ham xotiningga xech malol kelmaganmiz”,-degan gaplarni eshitib, xotiniga bo‘lgan mexri yanada ortadi, uni
yana ham xurmat kiladigan bo‘ladi. Oradagi sevgi, muxabbat, oila rishtalari mustaxkamlanadi.
Xayotda uchraydigan yana bir xolatni olaylik. Aytaylik, turmush o‘rtogingiz oyogi ogrib, issigi chikib ishdan vaktli
keldi. “Buni karang, Xilolaxon”, deb oyogiga chikkan yarani sizga ko‘rsatdi. Siz yarani ko‘rib ijirgandingiz:”Voy-bo‘y,
shu arzimagan yarani menga ko‘rsatasiz? Do‘xtirga borsangiz bo‘lmaydimi?” Sizning bunday munosabatingiz,
gaplaringiz turmush o‘rtogingizning kalbini shunday yaraladiki, lol bo‘lganidan sizga so‘zsiz bokib koldi. Naxotki, jufti
xalolim deb bir yostikka bosh ko‘ygan xotinim mendan shunchalik jirkansa. Ogirrok kasal bo‘lib kolsam-chi, unda nima
bo‘ladi deb sizdan mexri soviy boshlaydi. Keyinchalik siz o‘ylamay aytgan bir ogiz so‘z bilan paydo kilgan kalb
yarasini davolash uchun butun umringizni sarf kilishga to‘gri kelishi mumkin. Shunda ham agar bu ijobiy natija bersa.
Aksincha, mana bunday xolatni tasavvur kilaylik.
«Voy, Anvar aka! Issigingiz chikib shuncha kiynalsangiz ham yuraverdingizmi? Kani keling-chi» deb mexribonlik bilan
birinchi yordam ko‘rsatsangiz va do‘xtirga albatta chikishlarini aytsangiz, bundan buyon bu masalaga har kuni kizikib
borsangiz, olam guliston. Turmush o‘rtogingiz endi har kuni ishdan keyin uyga shoshiladigan, sizni kumsab turadigan
bo‘ladi. Siz uchun esa bundan ortik baxt bo‘lmasa kerak!
40
Oila kurgan har bir yigit-kiz, er-xotin bir-birini “Mexr” deb atalmish malham bilan oziklantirib tursa, unga suyansa, uni
e’zozlasa, ulardan baxtli odamning o‘zi bo‘lmaydi.
Xilolaxon ismli kelinimiz yukori harorat bilan yotib koldi. Ishdan kelgan Anvarjonning oldiga zo‘rga chikib salom
berdi. Alik olgan Anvarjon: “Ovkat bormi?”, - deb so‘radi. Kelin tobi bo‘lmagani, shuning uchun ovkat kilolmaganini
tushuntirdi. Anvarjon: “Mana yuribsiz-ku, ovkat kilib ko‘ysangiz bo‘lmaydimi”,-deb jaxl aralash guldiradi. O‘zi
oshxonaga kirib, ikkita tuxumni kovurdi-da, o‘tirib tamaddi kildi. Anvarjonning bundagi har bir xatti-harakati, gapida
zarda, kinoya, vikor, mensimaslik alomatlari sezilib turar edi. Ovkatlanib bo‘lgan Anvarjon Xilolaning oldiga kirib:
“Dasturxonni yigishtirib ko‘yishga yararsiz?”,- desa, bu Xilolaning kalbiga sanchilgan xanjar emasmi?
Buning o‘rniga Anvarjon har kuni xursand xolda tabassum bilan kutib oladigan turmush o‘rtogining axvolini ko‘rib:
”Iye, Xilola, nima bo‘ldi? Yoting, bezovta bo‘lmang. Dori ichdingizmi? Ovkatlandingizmi?” - deb batafsil xol-axvol
so‘rab, sochlarini silab, erkalab ko‘ysa, Xilola kasalini ham unutadi. Turmush o‘rtogining kelishiga ovkat kilib
ko‘yolmaganidan xijolat bo‘ladi. Bu bilan Anvarjon o‘z turmush o‘rtogini shirin so‘z, kalb mexri bilan davolaydi. Endi
Xilola erining kelishiga bir emas, ikki xil ovkat tayyorlaydi. Siz bergan mana shu ma’naviy ozukangiz tufayli u kanot
chikarib uchadi. Barcha ishlarni bitmas-tuganmas kuch-gayrat bilan kiladi, haqikiy mexribon turmush o‘rtogi
borligidan, toleidan xursand bo‘ladi, xayotidan mamnun bo‘lib yashaydi. Endi uning suyanadigan togi bor.
Suxbatlashish uchun dilkash yori bor. Kiynalgan paytlarida yelkadoshi bor. Dunyoda undan baxtli ayol yo‘k.
Shu o‘rinda Beruniyning ayollar haqida bundan 11 asr ilgari aytgan kuyidagi fikrlarini keltirish maksadga muvofikdir.
Ayollar olmosga o‘xshaydi. Olmos olmos bo‘lguncha, necha-necha charxlardan o‘tadi, kanchadan-kancha
mashakkatlarga chidaydi. Natijada kirralari shunday ishlov topadiki, yaraklaganida ko‘zni oladi. Olmos shu tarika
kimmatbaxo toshga aylanadi. Ayollar ham tortgan mashakkatlari, sabr-kanoati evaziga shunday baxoga sazovor
bo‘ladilar. Kizlarimiz ham borgan xonadonlarida akllilik, zukkolik va kamtarlik bilan ish ko‘rsalar, ulardan baxtli ayol
bo‘lmaydi.
Beruniy o‘zining “Xindiston” asarida“ xech bir xalk oila-nikox munosabatlaridan xoli emas”,-deydi. Oila kurishdan
avval kiz va yigit bir-birlarini ko‘rishlari, yoktirishlari, bir-birlariga kalban mexr ko‘yib, so‘ng oila kurishga rozilik
bildirganlari ma’kul. Chunki bu kalban yoktirish, ya’ni boshkacha aytganda ikki yurakning bir-biriga nisbatan “jiz”
etishi keyingi oilaviy tashvish va mojarolarning sillik o‘tishiga yordam beradi, xayotda uchraydigan turli to‘siklarni
yengishda kuch-kuvvat bagishlaydi.
Xatto bu haqda Islomda kuyidagi goya bayon kilinadi:
Nikoxdan oldin kelinga maxr berish shartligi, kuyov bo‘lmishning ijtimoiy axvoli yaxshi bo‘lmasa, u xolda maxrni
kisman bo‘lsa ham berish kerakligi nazarda tutiladi.
Shariatda maxr - nikox oldidan ayolning ko‘nglini olish, uning kalbida kuyovga nisbatan mexr uygotish maksadida
shaxsan kelin bo‘lmishning o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan sovga (shirinlik, takinchok, mato) dan iborat. Bu sovganing
ichida shirinlikning bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan.
Maxr berish islomda sunnat hisoblangan. Janobi Rasulullox sallolloxu alayxi vasallam kizlari xazrati Fotimani kuyovi
Aliga berganlarida, xazrati Alining maxr bermasdan Fotimaga ko‘shilishlariga rozi bo‘lmaganlar.
Yana ma’naviy merosimizga murojaat kiladigan bo‘lsak, Abu Rayxon Beruniy o‘zining “Xindiston” asarida shunday
yozadi: «Ey kizim. Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmokdasan, sen bo‘lajak kuyovingning
hamma hislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘lsang, u osmon bo‘ladi. Demak, sen u bilan shunday yo‘l tut, uning oldida yer
kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifoli yomgiri bilan yerni ko‘kartirgani kabi u ham o‘z
mexri bilan seni xushnud etadi. Ering sendan fakat yumshok va shirin so‘zlar eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda,
sochlaring tartibga solinmagan xolda uning oldida o‘tirma... Yaxshisi sen u bilan xush muomalada, shirin so‘zli
bo‘lgin... bu ishing har kanday sexr-jodudan yaxshidir. Suvdan tez-tez foydalangin. O‘zingga xushbo‘y narsalar bilan
oro ber. Pokizalik hamisha yo‘ldoshing bo‘lsin...»
Beruniyning bu pandu nasixatlari o‘ninchi asrga tegishli bo‘lishiga karamay, ular xozirgi kunda ham oila kurish oldida
turgan har bir kiz uchun baxtli turmush kurish kaliti bo‘lib xizmat kilishi shubxasizdir.
Ota-ona farzandlari nigoxida eng buyuk kishilardir. Shuning uchun ular farzandlari oldida eng yaxshi sifatlari bilangina
obro‘ kozonishlari mumkin. Insoniy fazilatlar soxibi bo‘lgan ota-ona o‘z farzandlari tomonidan bir umr e’zozlanadi.
Bolalarni barkamol inson kilib yetishtirishda maktabni oila bilan boglamasdan, muvaffakiyatga erishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun maktab ota-onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid ishlarni kengaytirishi lozim. Ota-onalarning
o‘kituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvida aytgan fikrlari ayniksa, ota-onalar uchun kimmatlidir, chunki ular o‘z
farzandlari to‘grisida ko‘prok narsalarni bilib oladilar. Shunday ekan, bola tarbiyasining tub moxiyatini unutgan har bir
ota-ona oila bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustaxkamlashga intiladilar.
Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chikkunga kadar ota-ona maktab bilan yakin aloka o‘rnatishi, farzandining
o‘zlashtirishi, xulk-atvoridan hamisha xabardor bo‘lishi tarbiya masalalari bo‘yicha o‘kituvchi, sinf raxbari bilan
maslaxatlashib, uni darsdan so‘ng bolani nima bilan mashgulligidan xabardor kilishi lozim. U o‘z navbatida o‘kituvchi
ham bolaning o‘kishi, odobi, xulki, maktabda o‘zini tuta bilishi haqidagi ma’lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zaruriyat
tugilganda hosil bo‘lgan muammolarni birgalikda xal kilishi zarur. Shundagina o‘kuvchi oldiga bir xil talab ko‘yilishiga
erishiladi. Bolasi maktabga borgan ota-ona shu jamoaning a’zosiga aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning
ijtimoiy xayotida faol katnashishlari shart. O‘kituvchi ham o‘z o‘kuvchisining oilasi bilan mustaxkam hamkorlikni
yo‘lga ko‘ymogi lozim.
Ota-onalarning mahalla faollari, mexnat faxriylari bilan tarbiya soxasida hamkorlik kilishlari juda muximdir. Bu ishlar
oila tarbiyasiga salmokli hissa ko‘shadi. Komil farzand tarbiyalash uchun oila, maktab va jamoatchilik, (mahalla)ning
hamkorligi talab kilinadi.
41
Xulosa kilib aytish mumkinki, xozirgi iktisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor
yanada kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmokda.
3.O’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik asoslari. O’z-o’zini
baholash - o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O’z-o’zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa,
quyidagilar kiradi:
n o’z-o’zi bilan muloqot (o’zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok etish va o’zi bilan muloqotni tashkil etish
sifatida);
n o’z-o’zini ishontirish ( o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish);
n o’z-o’ziga buyruq berish (tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini qo’lga olish va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish
sifati);
n o’z-o’ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda o’zida ma’qul ustanovkalarni
shakllantirish);
n ichki intizom - o’z-o’zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har erda o’zining barcha harakatlarini muntazam
ravishda korrektsiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.
Yuqoridagi o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o’z- o’zi bilan amalga
oshiriladigan
ichki dialog alohida o’rin tutadi. O’z-o’zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o’zi bilan o’zi
gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi,
lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o’ynaydi. E. Klimov bunday dialogning uch bosqichini ko’rsatib o’tadi.
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning ob’ektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan
muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar
uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga xolis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi,
shunday odamlar ham borki, arzimagan hatolik uchun o’z «ich-etini eb tashlaydi». Bu o’sha ichki dialogning har kimda
har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
Savol va topshiriqlar
1.Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo’nalishlari.
2.Oilaviy hayot sohasi tarbiya muhiti sifatida.
3.O’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik asoslari