1-bobga xulosa
Bitiruv malakaviy ishining avvalida o‘zbek kompyuter lingvistikasining
shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlariga to‘xtab o‘tilgan. Asosan,
kompyuter lingvistikasi sohasida faoliyat olib borgan mutaxassislar va
ularning ilmiy izlanishlari tilga olindi.
Komputer lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni
yechishning kompyuter dasturlarini yaratishdir. U tilshunoslik bo‘limi sifatida
yuzaga kelib, so‘ng fan sifatida shakllandi. Demak, aytish mumkinki,
kompyuter lingvistikasi matnga kompyuter yordamida ishlov berish bilan
bog‘liq vazifalarni bajaradi.
Bitiruv malakaviy ishining ushbu bobida kompyuter lingvistikasining
asosiy yo‘nalishlariga ham alohida to‘xtab o‘tilgan, ma’lumotlar berilgan.
Matnni avtomatik tahrir qilishning lingvistik bosqichlari haqida mulohaza
yuritilgan bo‘lib, bu bosqichlarni amalga oshirishda tilshunosdan katta kuch
va aqliy salohiyat talab etilishi bayon qilingan. Shuningdek, avtomatik tahrir
bilan bog‘liq ravishda avtomatik tahlil dasturiga to‘xtab o‘tilgan. Zamonaviy
texnologiyalarning kundalik turmushimizda muhim o‘rin egallashi va ilm-
fanning rivojlanishi avtomatik tahrir va tahlilning ahamiyatini oshirmoqda.
34
Avtomatik tahlil faqat matnlardagi mexanik xatolarni bartaraf etibgina
qolmay, matnning savodli yozilishini ham ta’minlaydi, matn kirituvchiga
jumlada xato so‘z borligi haqida xabar berib, uni xatoni bartaraf etishga
undaydi, natijada to‘liq lingvistik me’yorlar darajasidagi matnni yuzaga
keltirishda vaqt tejaladi.
Vazifalar ko‘lami bo‘yicha kompyuter lingvistikasida asosiy yo‘nalishlar
belgilab olingan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda mutaxassislar
samarali izlanishlar olib borishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |