Bitiruv malakaviy ishining 2-bobida matnlarni morfologik, sintaktik
jihatdan tahrir qilishning lingvistik modullarini yaratish mezonlari haqida fikr
bildirildi. Bundan maqsad esa matnlarni tahrirlovchi dasturning algoritmini
tuzishda lingvistik ta’minotni yaratuvchi tilshunosdan ishning qaysi jihatlariga
ahamiyat berish, ishni optimal ko‘rinishlarini ishlab chiqishda istisno holatlar
bilan ishlash tamoyillari haqida tavsiyalar berishdir. O‘zbek tili agglyutinativ
til bo‘lgani bois unda bir so‘zning juda ko‘p so‘z shakllari mavjud.
Shuningdek, kompyuterda mukammal sintaktik tahrir jarayoni amalga oshishi
uchun o‘zbek tili lug‘atidagi mavjud so‘zlar qanday qo‘shimchalarni qabul
55
qilishiga ko‘ra turkumlarga ajratib chiqilishi, so‘ngra dasturga joylab chiqilishi
lozim. Ikkinchi bobda aynan shu jarayon bilan bog‘liq mulohazalar o‘z
ifodasini topadi.
Shuningdek, matn transliteratsiyasi bilan bog‘liq masalaga ham to‘xtab
o‘tilgan. Matnni lotin alifosiga o‘tkazish bilan bog‘liq ishda ta’minotchi
zimmasiga yuklanadigan vazifalar, istisno holatlarni qay tarzda dasturda aks
ettirish mumkin degan masalalar o‘rtaga qo‘yiladi. Shuningdek, mutaxassislar
tomonidan yaratilgan o‘zbek matnlari uchun xos bo‘lgan avtomatik ro‘yxat
tartiboti bilan bog‘liq ish topib o‘rganilgan, tahlil qilingan.
Yuqorida qayd etilgan masalalardan tashqari tilshunoslik sohasida
kompyuterdan to‘liq hamda samarali foydalanish, ba’zi ishlarni
avtomatlashtirish orqali mehnat unumdorligiga erishish borasida olib
boriladigan tadqiqotlar talaygina. Jumladan, mashina tarjimasi, avtomatik til
o‘rgatish, mukammal ko‘rinishdagi elektron lug‘atlar, bilimlarni baholashga
doir intellektual dasturiy ta’minotlarni o‘zbek tilida yaratish masalalari shular
jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: