gapirmoq bog‘lanmasida tez ravish hol bo‘lib keladi, bu – ravish uchun
birlamchi sintaktik vazifa; tez odam bog‘lamasida tez ravishi sifatlovchi
bo‘lib keladi, bu ravish uchun ikkilamchi sintaktik vazifa. Demak, biror so‘zni
ma’lum bir turkumga mansub deyishda har qanday sintaktik vazifani emas,
20
Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг
лингвистик таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011, 56-бет.
47
balki so‘zning semantik- grammatik tabiatiga mos sintaktik vazifani asosga
olish zarur.
Ingliz tilida ot ham, sifat ham (hatto ba’zi boshqa turkum so‘zlari
ham) turlanadi, lekin bu umumiylikka qaramay, ot bilan sifat o‘z-o‘zidan
farqlanadi, chunki har ikki turkumning o‘ziga xos turlanish paradigmasi bor.
Ot bilan sifat o‘zbek tilida morfologik ko‘rsatkichlar asosida ajralib turadi.
Ba’zi turkumlarni ajratishda asosiy mezon bo‘lib semantik belgi xizmat
qiladi. Masalan, olmoshlarning turlari shakl ko‘rsatkichlari va sintaktik vazifa
jihatidan o‘zaro keskin farqlanadi, lekin ularning barchasi semantik belgi –
leksik ma’no anglatmasligi, balki leksik ma’no anglatadigan birliklarning
o‘rniga almashinib kelishi asosida bir turkumga ajratiladi. Ba’zi tadqiqotlarda
semantik, morfologik, sintaktik mezonlar orasida eng qamrovlisi, hal etuvchisi
semantik mezon ekani ayon bo‘ladi. Bu holat morfologik mezon ish
bermagan o‘rinlarda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Semantik mezon deganda, leksik
ma’no emas, balki shu leksik ma’no asosida mavjud bo‘ladigan turkumlar
semasi nazarda tutiladi (turkumlik semasi kategorial ma’no deb yuritilishi
ham mavjud).
Yuqorida so‘zlarni turkumlarga ajratish bo‘yicha ba’zi umumiy
mulohazalar bayon etildi. Bu mulohazalar har bir turkum doirasida yana
to‘ldiriladi.
Tadqiqot ishida
21
ot so‘z turkumi va fe’l so‘z turkumini
formallashtirish bilan bog‘liq fikrlar bayon etilgan. O‘zbek kompyuter
linvistikasi oldida ulkan vazifalar turibdi. Jumladan, 6 ta mustaqil so‘z
turkumi (ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l), 3 ta yordamchi so‘z turkumi
(bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama), alohida olingan so‘zlar turkumi (modal,
taqlid, undov so‘zlar) so‘z-gaplar va aniq turkumga kiritilmaygan so‘zlar
guruhi ajratiladi. Bunda so‘zlarning unli yoki undosh bilan tugaganligi
21
Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг
лингвистик таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011.
48
e’tiborga olinadi. Chunki qo‘shimchalarning so‘zlarga qay holda birikib
kelishi so‘z oxiridagi tovushga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, uy va aka so‘zlariga
egalik qo‘shimchalarini qo‘shilishi bilan bog‘liq holatni olishimiz mumkin.
Matn tahririni amalga oshiruvchi lingvistik bazani yaratishda har bir so‘zning
qo‘shimchalar kiritilsa, katta yutuqlarga erishilgan bo‘lardi.Ammo bunga ko‘p
vaqt, fizik mehnat talab qilinishini hisobga olgan holda ishning optimal
varianti ishlab chiqiladi. Bunda har bir turkum doirasidagi so‘zlar, ya’ni
turkum tarkibi ma’no guruhlariga ajratilgan. Shuni nazarda tutib, ot
turkumidagi so‘zlarning semantikasi va affikslar kombinatsiyasini o‘ziga
biriktirishdagi yaqinliklari hisobga olinib, ot turkumidagi so‘zlarning 23 ta
ma’no guruhi keltiriladi. Namuna tariqasidaabsess so‘ziga affikslarning
biriktirilgan holati keltiriladi. Dastlab so‘zning so‘zlar qatoridan tanlab
olinishi, ikkinchi bo‘limda tanlab olingan so‘zning amalda o‘ziga biriktirishi
mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar kombinatsiyasi va uchinchi bo‘limda tanlab
olingan so‘zga birikkan holati beriladi. Natija quyidagicha bo‘lgani kuzatilgan:
Tanlab olingan so‘z: absess
Qo‘shimchalar kombinatsiyasi: 129 ta
Dasturga kiritilish holati: 130 ta (129+1 (o‘zak so‘z)).
Ot turkumini modellashtirishda o‘zak so‘zlarga qo‘shilishi mumkin
bo‘lgan qo‘shimchalar beriladi.
Fe’l turkumi boshqa so‘z turkumlariga nisbatan boy va murakkab
grammatik kategoriyalarga, formalar tizimiga ega. Ma’lumki, adabiyotlarda
fe’llar kategorial va funksional formalarga ajratiladi. Kategorial formalar
fe’lning ma’lum bir grammatik kategoriyasiga xos grammatik ma’nolarni
ifodalaydi. Masalan, nisbat, zamon, mayl, shaxs-son kategoriyalariga xos
formalar kategorial formalar hisoblanadi. Avtomatik tahrir bo‘yicha qilingan
tadqiqotda nisbat kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi, mayl kategoriyasining
formallashtirilgan varianti keltirilgan. Fe’l turkumiga oid so‘zlarni
formallashtirish algoritmi bilan tanishib chiqar ekanmiz, birgina uchra asosli
fe’lga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan affikslar algoritmi keltiriladi. Fe’lga xos
49
kategorial ma’no hosil qilishda qo‘shiladigan affislar natijasida uchramoq
fe’lining 60 ta shakli ishlab chiqiladi. Bu o‘zbek tilidagi birgina so‘zning
fe’l shakllarini olgan algoritmidir. Vaholanki, bunday so‘zlar miqdoran juda
ko‘p. Natijalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki,o‘zbek tilida matnni morfologik
darajada tahrir qilishning lingvistik modulini yaratishda murakkab jihat so‘z
shakllarining ko‘pligi. Bu esa so‘z shakllarini tildagi mavjud so‘zlarga
biriktirishning optimal variantini ishlab chiqishni taqazo qiladi.
Shuningdek, omonimlar masalasini hal to‘g‘ri hal qilish shu bosqichda
amalga oshiriladi. Omonimiya hodisasini o‘rganishda har qanday tilda
ko‘pgina muammolar yuzaga keladi. Ana shunday muammolardan biri
omonimlarning manbasi bo‘lgan polisemiya hisoblanadi. Polisemiyani
omonimlarning manbasi deb olish mumkinmi, polisemiya va omonimiya
orasidagi chegarani qanday belgilash mumkin? Ba’zi tilshunoslarning qayd
qilishicha, omonimlar tilning u yoki bu rivojlanish bosqichida kelib chiqishiga
ko‘ra bir-biriga aloqador bo‘lmagan turli so‘zlarning talaffuzidagi tasodifiy
o‘xshashliklardir.
Aksariyat tilshunoslarning fikricha, etimologik, geterogen, ya’ni kelib
chiqishi jihatidan turlicha bo‘lgan va tilning muayyan rivojlanish bosqichida faqat
talaffuz jihatidan tasodifan mos bo‘lgan omonimlar bilan bir qatorda, gomogen,
tarixiy yoki semantik omonimlar ham mavjud. Mazkur omonimlarning ma’nolari
leksemalarning tarixiy rivojlanishi natijasida bir-biridan shunchalik uzoqlashib
ketganki, tilning hozirgi davrida ularga bir-biri bilan bog‘lanmagan alohida leksik
birliklar sifatida qaraladi. Bunday holatlarda omonimiyaning manbasi polisemiya
sanaladi. Kompyuter intellectual sistemasidagi omonimiya masalasini tadqiq etish
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
o‘zbek tilidagi badiiy asarlarda, izohli lug‘atlarda va omonimlar
lug‘atidagi omonim so‘zlarni ajratib olish;
omonimlarning tarqalish darajasini aniqlash;
omonimiyaning sistem xarakterini ochib berish;
50
omonimlarning simmetriya/asimmetriya (disimmetriya) jihatlarini
ko‘rsatib berish;
omonimlarni so‘z turkumlariga ko‘ra tasniflash;
matnlarni qayta ishlashda omonimlarni saralash;
omonimlar matritsasini tuzish;
omonimlarni modellashtirish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish orqali, birinchidan, o‘zbek
tilshunosligidagi omonimiyaning ilmiy-nazariy masalasiga aniqlik kiritiladi,
ikkinchidan, o‘zbek tilining kompyuter sistemasidagi omonimiya bazasi
yaratiladi. Uchinchidan, o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish, lug‘atlar
tuzishda metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Avval barcha omonim so‘zlar, keyin ularning izohi ro‘yxatga kiritiladi.
Anglatayotgan ma’nolari bo‘yicha so‘zlar tartiblab chiqiladi.
Masalan: ot
1) ot (hayvon) –tulpor – horse;
2) ot (kishining nomi) – ism – name;
3) ot (ish-harakat) – uloqtirmoq – throw;
4) ot (so‘z turkumi) – so‘z turkumi – noun
22
.
A.Po‘latov ko‘p ma’noli so‘zlar va omonimlarga nisbatan rim hamda
arab raqamlari bilan belgilab chiqishni taklif qildi. Bu yo‘l ham o‘zini
oqlaydi. Ammo bu masalani yechishda boshqa yo‘lni ham taklif qilish
mumkin
23
. Ya’ni omonimlarni ular anglatgan ma’nolariga teng keladigan
boshqa so‘zlarga almashtirish. Albatta, bunda barcha omonim so‘zlarga
muqobil topilmaydi. Bu o‘rindao‘zbek shevalariga murojaat qilish ham
mumkin. Agar muammo shu tartibda hal qilinadigan bo‘lsa, kompyuter
lingvistikasi oldida ikkinchi bir masala ko‘ndalang qo‘yiladi. Ya’ni mashina
bilan aloqa qiladigan iste’molchiga “Mashina tarjimasiga asoslangan o‘zbek
22
Po‘latov A.Q. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.21 –22.
23
Rasulov N. Mashina tarjimasida omonim so‘zlarni muqobil so‘zlarga almashtirish masalasi (Lingvist V ).
Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.154 –155.
51
tilining izohli lug‘ati” zarur. Bu ish, o‘z navbatida, leksik sath islohidan so‘ng
umumlashtirishni talab qiladigan hodisadir.
Umuman olganda, leksik omonimlar muammosini bartaraf etishning
barcha choralari to‘liq ko‘rilgan va bu ancha qiyin kechmaydigan jarayon
desa ham bo‘ladi. Masalaning boshqa bir tomoni bizni qiziqtiradi. Matnlar
bilan ishlaganda omonimlar izohli lug‘atida qayd etilmagan ba’zi omonimlik
hodisasi tadqiqotchilarni o‘ylantirib qo‘ydi. So‘zlarga morfemalarning
qo‘shiluvi bilan yuzaga chiqadigan omonimlik bu jihatdan fikrimizga isbot
bo‘ladi. Masalan, qor + tushum kelishigi = qorni // qorin + egalik qo‘shimchasi =
qorni; yaralmoq + sifatdosh = yaralar// yara + ko‘plik qo‘shimchasi = yaralar.
Bu kabi omonimlarni bartaraf etish kompyuter tilshunoslari oldida
turgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Sintaktikoldi tahrir jarayoni matnni sintaktik tahrir bosqichiga tayyorlab
berish vazifasini bajaradi. Ushbu jarayonda murakkab tarkibli birliklar
bo‘laklarga ajratilib tahlil qilinadi, sodda birliklar esa ma’no jihatdan
guruhlashtiriladi. Bu jarayonni inson miyasida soniya ichida turli fikrlarning
aylanishiga o‘xshatish mumkin, zotan, sintaktikoldi tahrir jarayonining borishi
ko‘zga tashlanmaydi, u faqat dastur tizimida lingvistik ma’lumotlar asosida
olib boriladi.
Sintaktik oldi tahrir jarayoni, birinchi navbatda, matndagi birliklarni:
gap, alohida kelgan so‘zlar va tinish belgilarini aniqlab oladi. Mashina
tarjimasi tizimidan farqli o‘laroq, ushbu jarayonda dialogik havolalar, kirish
gaplar va birikmalar e’tiborga olinmaydi. Har bir punktuatsion va raqamli
birliklarni, turli belgilarni tekshirish, grafematik so‘zshakllarini tahrir qilish
morfologik tahrir bosqichining vazifasi hisoblanadi. Sintaktikoldi tahrir
jarayonida shunday muammolar yuzaga keladiki, ularni lingvistik yondashuv
orqali yechish mumkin.
Odatda, gap nuqta, undov belgilari bilan, ayrim hollarda ko‘p nuqta bilan
tugaydi. Ammo aynan shu belgilar gap o‘rtasida ham qo‘llaniladi. Nuqta ko‘p
hollarda qisqartmalarda ishlatiladi: h.k., va boshq., K.R.Rahimov., Toshkent sh.,
|