Mirobod tum., Fayzobod ko‘ch., 2013-y kabi. Undov va so‘roq belgilaridan
ko‘chirma gaplarda his-hayajonni anglatishda va savol berishda foydalaniladi:
O qanday baxt! – deb yuborasan kishi. U nima ham qilsin? Nimayam desin?
Nimani tushuntirsin?. Misollardan ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan tinish
belgilari hamma vaqt ham gapni tugallovchi belgi vazifasini bajarmaydi.
Matnni bosh harflar masalasi ham muayyan muammoni yuzaga
keltiradi. Sen bilmaysan, Asal judayam ajoyib(1). Biznikiga karimalar kelishdi
(2). Bizga ma’lumki, Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Uyga kelib qarasam,
dadam yerga bosh qo‘yib yotgan ekan (3).
Pragmatika yoki kontekstning ishtirokisiz yuqorida keltirilgan
misollardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday ma’noda kelayotganini anglash
qiyin: 1-misolda asal so‘zi ismni anglatyaptimi yoki shirinliknimi? 2-misoldagi
karimalar so‘zi Karima ismli qiz bilan birgalikdagi shaxslarni anglatyapti,
ammo avtomatik tahrir dasturi ism kichik harf bilan yozilgan deya so‘zni
xato hisoblaydi. 3-misolning 1-gapida Yer sayyorasi, 2-gapda esa ona zamin
haqida fikr yuritilgan. Lekin sintaktikoldi tahrir jarayonida 1-gapdagi Yer
so‘zi Yer sayyorasi tarzida yozilmagani uchun ushbu so‘zni ona zamin
haqida fikr yuritilayotganini inobatga olib, xato sifatida ko‘rsatadi. Bu holda
dasturning ma’lumotlar bazasiga quyidagi qoidalarni kiritish talab etiladi:
1. Turdosh otlar atoqli otlar vazifasida ham keladi yoki aksincha: turdosh
ot atoqli ot. Ushbu qoidani muqim bo‘lishi uchun morfologik tahrir
modullarida o‘zbek adabiy tilidagi turdosh va atoqli otlar guruhlari
to‘liq va aniq ko‘rsatilishi lozim.
2. Atoqli otlarda shakl yasovchi qo‘shimchasi -lar qo‘shilganda atoqli
otlar bosh harf bilan emas, kichik harf bilan yoziladi. Atoqli ot+lar=
turdosh ot.
3. Har bir uslubning o‘ziga xos xususiyatlari dastur ta’minotiga kiritiladi.
Kiritilayotgan ma’lumotlar asosida yozilayotgan gap qaysi uslubga
xosligi avtomatik tarzda aniqlanadi, natijada gapda qatnashayotgan
so‘zlar imlosi tekshiriladi. Masalan, yuqorida keltirilgan (3) misoldagi
53
1-gap ilmiy uslubga xos bo‘lib, unda ishtirok etayotgan Yer termini
bosh harf bilan yoziladi. 2-gap badiiy uslubga oidligi uchun yer so‘zi
kichik harfda yoziladi.
O‘zbek tili agglyutinativ tabiatli til. Shu bois so‘zshakllar asos so‘zga
affikslarning ketma-ket (asos + so‘z yasovchi affiks + so‘z shaklini hosil
qiluvchi affiks + so‘z o‘zgartiruvchi affiks) birikishi natijasida yuzaga keladi.
Masalan, bil + im + don + lar + ga, stol + lar +dagi, xola + lar + im + niki + da
kabi. Bir so‘zga affikslar va ularning kombinatsiyalari birikib kelishi natijasida
minglab so‘zshakllar paydo bo‘ladi. Bunday ulkan hajmli so‘zshakllarni
morfologik lug‘atda saqlash qiyin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun
tahrir dasturining morfologik lug‘atiga asos so‘zlar va fonetik o‘zgarishga
uchragan so‘zlar grammatik va semantik ma’lumotlari bilan biriktiriladi,
affikslar esa parametrlari bilan biriktiriladi, ya’ni so‘zga qo‘shilib qanday
ma’no ifodalashi, qanday turkumdagi so‘zlarga birikishi, qanday tur affikslari
bilan birga kelishi ifodalanadi. Ushbu vazifa bajarilmasa, uy + dagi + lar + im
+ dagi + lar + ningso‘zshakllarini mashina to‘g‘ri yozilgan deb hisoblaydi.
Yana bir muhim muammo tire va chiziqchani farqlashda ko‘zga
tashlanadi. Ma’lumki, tire (–) tinish belgisi, chiziqcha esa (-) diakritik belgi
hisoblanadi. Ikkisi hamo‘z vazifalariga ega. Ammo ba’zi matnlarda ikki
belgining o‘rni almashtirib qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz. Bu kamchilikni
bartaraf etish uchun lingvistik ma’lumotlar bazasiga chiziqcha va tirening
bajaradigan vazifalari algoritmi kiritiladi, shuningdek, chiziqcha bilan
birikadigan qo‘shimchalar, juft va takror so‘zlar tayyor so‘zshakllar sifatida
o‘rnatiladi.
Matnda keltiriladigan raqamlar borasida ham muammolar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagi” qarori bilan qabul
qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 56-bandida shunday
yozilgan: tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga
chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinf, 3-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari, 80-yillar,
54
1991-yilning 1-sentabri kabi
24
. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlarida
keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi. Demak, yangi o‘zbek
alifbosi asosida yozilgan matnlarda yil va oy raqamlaridan so‘ng -(i)nchi
ma’nosini ifodalash maqsadida chiziqcha (-) qo‘yiladi. Masalan: 2012-yil 18-
aprel. Ammo bu qoida hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan,
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 55 yilligi. O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishganiga 25 yil to‘ldi. Xayrullaning sportda erishgan bu
yutug‘iga 3 oy bo‘ldi. Misollardan ko‘rinib turibdiki, dasturning lingvistik
ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda yuqoridagi kabi istisnoli holatlar hisobga
olinishi zarur. Buning uchun mavjud qoidaga biroz o‘zgartirish kiritish
maqsadga muvofiq: yil so‘zidan so‘ng bo‘ldi, to‘ldi so‘zlari kelganda yil
so‘zidan oldin kelgan raqamdan so‘ng chiziqcha (-) qo‘yilmaydi.
Har qanday dastur algoritm asosida ishlaydi, algoritmlar esa
ma’lumotlar bazasiga tayanadi. Matnlarni qayta ishlovchi lingvistik dasturlar
ham milliy tilning lingvistik qoidalariga suyanib tuzilgan algoritmlar asosida
o‘z vazifasini bajaradi. Shuning uchun dastur tuzuvchilar tomonidan uning
lingvistik ta’minoti mukammal qilinishi, har bir lingvistik tahrir bosqichining
modullari ham lingvistik, ham pragmatik jihatdan aniq qoidalar bilan
boyitilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |