yetadi. 1804 yilgi Napoleon Fuqarolik Kodeksidan boshlab, 1900 yilgi Germaniya
Fuqarolik tuzuklari majmuasi (ulojeniyelari)va boshqa Yevropa, Osiyo va
Afrika
mamlakatlarining fuqarolik va savdo kodekslari Rim fuqarolik xususiy huquqining
normalariga asoslanib qabul qilingan, chunki ularning eng asosiy maqsadi, xususiy
mulkni «muqaddaslashtirish»dir. Shu bilan birga iqtisodda hukmron bo'lgan sinf
vakillarining erki, irodasi va manfaatlarini qonun darajasiga ko'tarib, uni
mustahkamlashdan iboratdir.
Rim huquqshunoslari xususiy mulk asosiga ega bo'lgan eng mukammal
huquq shaklini ishlab chiqqanlar va uni jamiyatning birinchi jahonshumul huquqi
asosida e'tirof etganlar.
Rim huquqshunoslari sivilistika(fuqarolik huquq)ga oid bo'lgan tushunchalarni,
ya'ni shaxslar tushunchasi, fuqarolik huquqiy va
muomala layoqati, da'vo
muddatlari, ashyolar, mulk huquqi, boshqa shaxslarning mulkiga bo'lgan huquq,
uning turlari va elementlari,mulkka bo'lgan egalik tushunchasi, foydalanish va
tasarruf etishlik, shartnomalar, majburiyat huquqi, oila-nikoh munosabatlari,
vorislik va boshqa fuqarolik huquqida qo'llaniladigan ko'pchilik terminlarni,
so'zlarni ishlab chiqqanlar
va bu ifodalarning barchasi, O'zbekiston Fuqarolik
huquqida va boshqa huquqiy sohalarda kuchli ijtimoiy siyosatni qo'llashlikdan,
ya'ni kam ta'minlangan shaxslarning moddiy huquqlarini va shaxsiy huquqlarini
himoya qilishlikdan kelib chiqib, to'liq qo'llanilib kelinmoqda.
Rim huquqining yuqori darajada ishlab chiqilganligi, hamda uning o'z
mohiyatini to'liq saqlab qolganligi, shundan dalolat beradi-ki, XX asr
muqaddam ishlab chiqilgan majburiyat tushunchasi ya'ni «majburiyat fuqarolik
huquqiy munosabati bo'lib, unga asosan bir yoki bir necha shaxslar boshqa shaxs
(yoki bir necha shaxslar) foydasiga muayyan harakatlarni amalga
oshirish yoki
ushbu harakatlarni amalga oshirishdan o'zini saqlashga majburdir», degan
tushuncha hali ham o'zgargani yoki unga muhim bo'lgan birorta o'zgartirishlar,
qo'shimchalar yoki to'ldirishlar kiritilgani yo'q[1].
Albatta, bu tushunchalar XX asr muqaddam vujudga kelgan va ba'zi birlari
o'z mohiyatini yo'qotgan bo'lishligi mumkin, lekin ko'pchilik tushunchalar
Fuqarolik huquqida to'liq asosda qo'llanilib kelinmoqda.
Ayniqsa, Rim yuristlarini «huquq ijodkorlari» deb atashganlar. Ular har bir
vujudga kelgan voqelikni harakatdagi bo'lgan qonunlar asosida hal qilar ekan,
uning kelajagini ham o'ylaganlar, natijada yangi-yangi tafakkurlarni vujudga
keltirib, qonunlarni o'ylab chiqarganlar.
Burjua huquqi Rim huquqining sharbati bilan sug'orilgan. Rim huquqini
bilmasdan turib, burjua
huquqining mohiyatini, mazmunini tushunib yetish ancha
murakkab.
O'zbekiston yuristlarining barcha jahon davlatlari bilan yuridik
munosabatlarda qatnashishligi, ularning huquqlarini bilishlikni taqozo etadi.
Buning uchun, burjua huquqi asl manbasini o'rganishda, Rim xususiy huquqini
o'rganishlik talab etiladi.
Rim huquqini «yuridik terminlar laboratoriyasi» deb ham ataganlar. Bu
terminlarni, ya'ni yuridik texnikani o'rganish, yuristlar tomonidan qonunlarni qabul
qilishlikda, ularni takomillashtirishda, puxta va lo'nda asosda, juda aniq va
tushunarli bo'lgan so'zlarni ishlatishda ham katta yordam berishligi mumkin.
Bulardan tashqari, Rim huquqi har bir qonunni yoki normativ hujjatlarni
qabul qilishda har tomonlama fikrlashib, yuridik tafakkurning kuchli ta'siri ostida
vujudga kelgan normalardan iboratdir. Uni o'rganish yuristlar
tomonidan yuridik
tafakkurlash qobiliyatining kuchayishiga olib kelib, qisqa va aynan halqqa
tushunarli qonunlarni, qarorlarni va boshqa hujjatlarni qabul qilishlik uchun
nazariy imkoniyat yaratishi mumkin.
I bo'lim yuzasidan nazorat savollari
1.
Rim fuqarolik xuquqining tushunchasi, predmeti va turlarga bo'linishini
qanday tushunish mumkin?
2.
Ius civile, ius privatum, ius gentium tushunchalarining farqlari va o'zaro
bog'liqligi nimalardan iborat?
3.
Rim xususiy xuquqining huquqni rivojlantirishdagi rolini izohlab bering?
4.
Rim fuqarolik huquqi asoslarini o'rganish O'zbekiston yuristlari uchun
qanday ahamiyatga ega?
5.
Rim xususiy huquqining boshqalarning mehnatiga
asoslangan davlatlar
huquqining rivojlanishidagi rolini isbotlab bering ?
6.
Rim xususiy huquqining davrlarga bo'linishi nimalar bilan bog'liq ?
[1]
Rim huquqi deganda, Rim fuqarolik huquqi asoslari, Rim fuqarolik huquqi va Rim hususiy
huquqi tushunilsin. (Izoh bizniki-O.E)
Dostları ilə paylaş: