Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari


Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

13

Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 

 

     


 Mavzu-10:O’rta va oliy ta’lim  tizimlarida iqtisodiy geografiyaning o’qitish  

muammolari 

 

Reja:

 

 

10.1. Iqtisodiy

 

geografiyani o’quv predmeti va fan sohasi. 



10.2.Yangi  sharoitda iqtisodiy

 

geografiyaning o’qitilishi. 



10.3.Oliy maktablarda iqtisodiy

 

geografiya. 



10.4.O’rta maktab, kollej va akademik litseylarda iqtisodiy geografiya. 

           

Tayanch so’z va iboralar: Iqtisodiy

 

geografiya geografiyaning o’qitilishi, siyosiy 



mustaqillik, Bozor iqtisodiyoti, Oliy maktablarda iqtisodiy

 

geografiya, O’rta maktab, 



kollej va akademik litsey iqtisodiy

 

geografiyasi,    fanning ob’ekti , predmeti, 



o’rganish metodlari, tarixiy  shakllanish, ilmiy-nazariy asoslari. 

         

Yuzaga kelgan siyosiy va  iqtisodiy vaziyat  barcha  fanlar qatori iqtisodiy va 

sotsial geografiyaning o’qitilishi, uning nazariy va amaliy rivojlantirish borasida 

qator dolzarb masalalarni oldinga surdi. Ushbu muammolarning yechimi eng avvalo 

ikki asosiy nuqtai nazardan kelib chiqishi kerak. Bu ham bo’lsa mustaqillik  

va bozor munosabatlariga o’tishdir. 

 

O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatiga alohida siyosiy birlik 



sifatida qo’shilishi uning bu siyosiy mustaqillikni ta’minlovchi iqtisodiy 

imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish va ulardan to’la foydalanishni nazarda 

tutadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari esa ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 

va joylashtirishga bo’lgan an’anaviy («sotsialistik») qarashlarni, bu yo’sindagi omil 

va qonuniyatlarni tubdan va qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etadi. Aynan  shu ikki 

masala iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlantirish va o’qitilishidagi asosiy 

vazifalarni belgilab beradi. 

 

Albatta, mazkur fanning ob’ekti sifatida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy 



tarqalishi yoki tarkibi saqlanib qolaveradi. Uning predmeti ham deyarli o’z holicha, 

ya’ni turli rayon yoki  mamalkatlarda ishlab chiqarish kuchlarining hududiy iqtisodiy   

omil   va  xususiyatlari,  hududiy  sotsial-  iqtisodiy  tizim  (sistema)larning  

shakllanishidagi qonuniyatlarini o’rganishdan iboratligi o’zgarmaydi.  shu bois uning 

asosiy nazariy tushunchalari (hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rivojlantirish, 

hududiy ishlab chiqarish majmualari, iqtisodiy geografik o’rin va   boshqalar) o’z 

ahamiyatini yo’qotmaydi. 

 

Bunday  fanlar  turkumiga  o’ta  siyosiylashgan,  ilgarigi  sotsialistik 



(kommunistik) g’oyalarni o’qtiradigan KPSS tarixi, ilmiy kommunizm, ilmiy ateizm 

kabilar kiradi. Iqtisodiy va sotsial geografiyada esa mazkur fanning ayni paytda tabiiy 

va ijtimoiy xususiyati tufayli bunday qiyinchilik biroz yengil ko’chadi. Ammo  

shunday bo’lsada, uning yashovchanligi va hayotiyligini saqlab qolish uchun fanning 

mavjud nazariy masalalarini yangicha, zamonaviy talablarni hisobga olib tadqiq 

qilish va o’rganish kerak.  




 

50 


 

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda barcha asosiy (fundamental)  

tushunchalarning hududiyligi, aniqligini oshirishi lozim. Chunonchi, hududiy yoki 

geografik mehnat taqsimoti ilgarigidek katta ko’lamda, «Butunittifoq» miqyosda 

emas, O’zbekiston Respublikasi, qolaversa, viloyat va tumanlar doirasida to’g’ri 

amalga oshirishi nazarda tutiladi. Xuddi  shunday, aslida, mohiyatan to’g’ri bo’lgan 

hududiy ishlab chiqarish majmuasi g’oyasi juda katta, ulkan (quyi Amudaryo, 

Qashqadaryo va hokazo) makonda emas, balki uni nisbatan kichik va ixcham 

joylarda, infrastruktura tizimi bilan ta’minlangan ishlab chiqarish bug’inlarini to’la 

vujudga keltirilgan  sharoitda  shakllantirish zarur. Darvoqe, ilg’or xorijiy 

mamlakatlarda aynan  shunday kichik va mahalliy ishlab chiqarish majmualarini 

rivojlantirishga ko’proq e’tibor beriladi. 

 

Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchasi «hududiy mehnat taqsimoti» 



bo’lsa, uning va umuman geografiyaning bosh tushunchasi rayon, rivojlantirishdir. 

Binobarin, iqtisodiy rivojlantirish ham o’z ko’lamini, aniqlik darajasini o’zgartirgan 

holda saqlanib qoladi. 

 

 Ittifoq yo’qolishi bilan o’z elimizga e’tibor kuchaydi. Xuddi tarix darsida o’z 



xalqimizning o’tmishini o’rganishdan, adabiyotda  o’z  milliy allomalarimiz 

asarlaridan boshlaganimizdek iqtisodiy va sotsial geografiyani ham o’z ona 

yurtimizni chuqur bilishdan boshlamog’imiz zarur.  Shuning uchun ham o’rta va oliy 

maktablarda O’zbekiston Respublikasini o’rganish horijiy yoki jahon mamlakatlari 

sotsial-iqtisodiy va siyosiy geografiyadan oldin boshlanishi to’g’ridir. O’zbekistoning 

iqtisodiy va sotsial geografiyasi kursi ikki asosiy qismdan iborat bo’lmog’i lozim. 

Birinchi qismda fanning ob’ekti va predmeti, o’rganish metodlari, tarixiy  shakllanish 

jarayoni, uning ilmiy-nazariy asoslari (hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy 

rivojlantirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va xokazo) o’qitiladi. 

Ikkinchi blok bevosita O’zbekiston Respublikasi  iqtisodiy va sotsial 

geografiyasiga bag’ishlangan bo’lib, u ham o’z navbatida ikki qismdan tuzilishi 

maqsadga muvofiq. Bu yerda avval respublika iqtisodiy geografk o’rni, uning tabiiy  

sharoiti va foydali qazilmalari, iqlim va yer suv zaxiralari, aholisi va mehnat 

resurslari, xalq xo’jaligining tarmoqlar tarkibi va asosiy tarmoqlarining iqtisodiy 

geografik tavsifi berilishi kerak. Mazkur qism O’zbekiston Respublikasining 

iqtisodiy rivojlantirishi bilan  nihoyasiga yetsa, unda tom ma’nodagi geografik 

qismga «ko’prik» yasalgan bo’ladi.  

Demak,  respublika  iqtisodiy  va  sotsial  geografiyasining o’qitilishida 

umumnazariy, mamlakat xalq xo’jaligi tarmoqlaridan keyin uning iqtisodiy 

rayonlariga o’tiladi. O’zbekiston hududi bu borada, eng avvalo, 4 ta asosiy iqtisodiy 

mintaqa yoki zonaga ajratiladi: Markaziy (Toshkent),  sharqiy (Farg’ona), Janubiy-

G’arbiy va quyi Amudaryo yoki  Shimoli-G’arbiy mintaqalari. Bu mintaqalar 

iqtisodiy rayonlardan, ular esa viloyat ko’lamidagi rayonlardan  tashqi topadi.   Shu 

bilan birga hududi katta va ichki xo’jalik tuzilishi murakkab bo’lgan viloyatlarda 

(masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo 

kabilarda) yanada kichikroq sotsial- iqtisodiy rayonlar ajratilishi maqsadga muvofiq. 

Eng quyi bosqichda esa 160 dan ortiq qishloq ma’muriy rayonlari (tumanlari) turadi 

va ularning sotsial- iqtisodiy geografiyasini o’rganish ham katta vazifa hisoblanadi. 




 

51 


Bu borada maktab o’quvchilari xususan o’zlari yashab turgan tuman geografiyasini 

yahshi bilmoqlari zarur. 

Hozirgi zamon talablariga ko’ra iqtisodiy va sotsial geografiyaning o’qitilishida 

bir qator asosiy yo’nalishlar borki, ular siyosiy, sotsial, ekologiya, iqtisodiy, tarix va 

geografiyalashtirishdan iboratdir. Har bir dars mazmuni xuddi  shu masalalar bilan 

boyitilishi kerak. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning o’qtilishida hozirgi kunning 

siyosiy masalalari, ekologik vaziyati, aholining yashash tarzi va darajasi, unga xizmat 

ko’rsatuvchi tarmoqlar, milliy urf-odatlarning (mentalitetning) hududiy xususiyatlari,  

shuningdek, bozor iqtisodiyotiga  molik asosiy tushunchalar o’quvchilarga yoritilib 

berishi zarur.  Shu o’rinda o’lkamizning tarixiga ham e’tibor kuchaytirilishi 

maqsadga muvofiqdir. Tarix va geografiyaning (zamon va makonning) bir-biri bilan 

bog’liqligiga qaramay, geografiyaning biroz bo’lsada tarixi bor, tariximizning 

geografiyasi yoki tarixiy geografiya yo’q va u yaratilishi kerak. Darhaqiqat, arablar 

yoki mo’g’ullar istilosi davridagi, sohibqiron Amir Temur yoki xonliklar vaqtida 

yurtimizda xo’jalik tarmoqlarining ahvoli va ularning hududiy tuzilishini biz hali 

deyarli bilmaymiz. 

  Mavjud tajriba  shuni ko’rsatadiki, geografik bilimning to’liq bo’lishi uchun 

faqat raqamlar yoki geografik elementlarni (nomenklatur geografiya) yodlab olish 

yetarli emas. Aksincha, bunday yondashish zararlidir. Xuddi  shunday yoki bu joy 

geografiyasini o’rganishda ma’muriy chegarani «Xitoy devori» sifatida qarash ham 

xatodir. Chunki,  shu ma’muriy chegara ortida ham tabiat, aholi joylashuvi, 

xo’jalikning ixtisoslashuvi deyarli  shunday (masalan, Farg’ona vodiysini yoki qaysi 

bir qishloq tumanini o’rganishda). Demak, geografiyada ham sistema – struktura yoki 

tizim–tarkib uslubi yahshi va to’g’ri qo’llanilishi lozim. Aytmoqchimizki, 

o’rganilayotgan ob’ekt-tuman, viloyat yoki xo’jalik tarmog’i aynan bir paytda ham 

«yopiq», ham «ochiq» tizim sifatida uning yaxlit bir butunligi va, o’z navbatida, turli 

qismlardan iboratligi, tashqi va ichki, tik va yotiq (gorizontal) aloqalar mavjudligi 

o’quvchilarga singdirilishi zarur. 

Geografik bilimdonlik mezoni behisob raqamlarni yodlab olish bilan emas, 

balkim hududiy qonuniyatlarni aniqlash bilan belgilanadi.  Shu o’rinda, masalan, 

mazkur fanning bosh masalasi geografiyami yoki jo’g’rofiya, okeanmi yoki ummon 

kabi bemahsul bahslardan voz kechish kerak. Aksincha, ishlab chiqarish kuchlarining 

hududiy tuzilishi va tarkibi, tabiiy boyliklar, aholi va xo’jalik tarmoqlarining 

joylashuvi, ular o’rtasidagi qonuniy alohqdorliklarni o’rganish muhimroqdir. 

Albatta, davlat tili maqomiga ega bo’lgan o’zbek tilining sofligi, nafis va 

jozibaligini tiklashimiz va saqlab qolishimiz zarur. Ammo tilimizni eng avvalo 

xorijiy (ajnabiy) so’zlardan tozalash kerak, xalqaro mazmunga ega bo’lgan ilmiy 

tushuncha yoki atamalardan emas,  shu bilan birga  shahar va qishloqlar, daryo va 

ko’llarni ilk tarixiy nomlariga qaytarish lozim. Lekin Soldatskiy,Askarlik, 

Krasnogorskiyni Qiziltog’ Jilgorodokni «yashash  shaharchasi»ga to’g’ridan-to’g’ri 

o’girish ham kulgili holdir. Agar ularning eski nomi bo’lmasa, o’z holicha 

qolavergani ma’qul, chunki bu ham tarixdir. Xuddi  shuningdek, iqtisodiy rayonlarni 

iqtisodiy nohiya yoki tuman  shaklida ham ishlatish ham o’ta noto’g’ridir. Agar juda 

zarur bo’lsa nohiya yoki tuman atamalarini faqat quyi ma’muriy birliklarga - qishloq 




 

52 


rayonlariga nisbatan qo’llash mumkin, xolos. qolgan barcha hollarda ma’lum 

umumiylikka ega bo’lgan real hududiy borliqlar rayondir. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin