Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

Geografiya  fanining  imkoniyatlari  katta.  Ulardan  to’la  foydalanish 

umuminsoniy ahamiyatga molik. Zero, bu fanning tarbiyaviy, milliy mafkurani  

shakllantirshda roli beqiyosdir. Ushbu fanning serqirraligi, bir qarashda butun bir 

hududiy mavjudotni to’la va uni ichki xususiyatlari bilan qamrab olishi barcha 

«qo’shni» fanlar bilan aloqada bo’lishini taqozo etadi.Hozirgi paytda geografiyaning 

tarix, siyosat,  tashqiot, psixologiya, sotsiologiya, demografiya siyosatshunoslik va 

boshqalar qirrasida o’rganilishi uning yangi-yangi yo’nalishlarini ochib beradi.

[14] 

Geografik o’rganishning asosiy maqsadlaridan biri har bir joyning u yoki bu 

sohaga qulay yoki noqulayligini aniqlashdan iboratdir.  Shu bois, aytish mumkinki, 

tabiatda umuman, mutlaq yomon joy yo’q, balki yomon yoki nodon geograf bordir.  

 

Axir, tog’ ham yahshi, tekislik ham, quruqlik ham, suv ham,  shaharu-qishloq ham 



yahshi. Bunday geopara (geojuftlik) ayniqsa, birgalikda, o’zgacha yahshi va ular 

olamning borligi va butligi, yaxlitligi va harakatchanligini ta’minlaydi. Iqtisodiy 

geografiya ham tabiiy geografiyadek hududiy notekisliklar, nobarobarlik bilan  

shug’ullanadi. Chunki, hamma joy bir hil bo’lganda, geografiyaning o’zi ham 

bo’lmasdi.   

 Har qanday fanning o’qitilishi avvalambor o’quv dasturlari  Mavzular matni va 

qo’llanmalarisiz bo’lmaydi. Bu borada iqtisodiy va sotsial   geografiya oldida  

talaygina muammolar mavjud. Gap  shundaki, hozirgi  kunda davlat tili o’zbek tilida 

umumta’lim maktablarida ham, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ham uhbu  

o’quv predmeti  bo’yicha darsliklar juda oz.  Sakkizinchi sinf uchun faqat 

Z.Akromov va P.Musaevlarning «O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy jug’rofiyasi» va 

oliy o’quv yurtlari talablariga mo’ljallangan G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarovlar 

hamkorligida yozilgan «O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi» bor, 

xolos. Yaqinda  tashkil qilingan kollej va akademik litseylarda esa ahvol yanada 

murakkabroq-hozircha ularda geografiya va  shu jumladan iqtisodiy geografiya qay 

darajada va yo’nalishda o’qitilishi uncha aniq va ravshan emas. 

Aytish lozimki, iqtisodiy geografiyadan darslik yozish o’ta ma’sulyatli va mushkull 

ish; ushbu fanning o’ziga xos xususiyatlari-harakatchanligi (dinamikligi), siyosat va 

statistika, ekologiya bilan aloqadorligi har qanday darslik oldidagi qiyinchiliklarga 

sababchi bo’ladi. Uning ustiga, o’tish davrida rivojlanishing uncha barqaror emasligi, 

pulning biroz qadrsizlanishi  oqibatida mahsulot qiymatining turli yillardagi  real 

holatini  o’zgaruvchanligi, gorizontal aloqalar (ishlab chiqarish kooperatsiyasi)ning 

vaqtincha buzilganligi oqibatida ba’zi sohalarda  o’sishning deyarli to’xtab qolganligi 

kabi masalalar darslik mualliflarini nihoyatda qiyin vaziyatga tushiradi, qolaversa, 

avvalgi bandlarda ta’kidlaganimizdek, ishlab chiqarishni  tashqi etishning ijtimoiy va 

hududiy   shakllari: mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya (hamkorlik), 

kombinatlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari, sanoat parki va tugunlari, 

o’sish qutb va markazlari, texnopolis, yagona makon, agrosanoat majmualari, 

infrastruktura tuzilmasiga o’xshash an’anaviy va zamonaviy tushunchalar yangicha 

talqin qilishni talab qiladi 

 

 Hozirga qadar ayrim hududlar Samarqand, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, 



Qashqadaryo, Buxoro va boshqa viloyatlar geografiyasi to’g’risida har hil hajmdagi 


 

53 


qo’llanmalar tayyorlangan. Hatto qibray tumanining iqtisodiy va ijtimoiy haritasi 

ham nashr ettirilgan. Bu, albatta, tahsinga loyiq ishlardir va ular Vatan geografiyasini 

chuqurroq o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. 

 Respublikamizda 1997 yilda qabul qilingan Ta’lim to’g’risidagi qonun va  

____________________________________________________________________ 

14

 Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001. 



 

 

 



kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dasturni amalga oshirish olinadigan bilimlarning 

ancha «yosharishi» va zamonaviylashuvini nazarda tutadi. Mamnunlik bilan qayd 

etishjoizki, hozir ham mamlakatimiz vakillari turli fanlar bo’yicha o’tkazilayotgan 

xalqaro o’quv olimpiadalarida yuqori ko’rsatkich va natijalarga erishmoqdalar. Bu, 

albatta, o’qituvchilarimizning o’z kasbiga fidoiyligi, sidqi dildan xizmat qilishlari 

mahsulidir. 

 Shubhasiz,  erishilgan  yutuqlar o’zimizniki,  ular kelajagi buyuk  bo’lgan 

O’zbekiston uchun xizmat qiladi.  Shu bilan birga umumta’lim maktablarda, kollej, 

akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida bilim va ilm, ta’limu fan mushtarakligini 

ta’minlash, ularni o’zaro uyg’unlashtirilgan holda olib borish kerak.  

Bilim olish uzluksiz jarayon, uning doirasi kishi hayoti davomida kengayib 

boraveradi. Ayni vaqtda tobora kattalashgan bilim doirasi  shunga muvofiq, yanadi 

kattaroq noaniqlikka, mavhumlikka taqalaveradi. Demak, qancha ko’p bilsak, yana 

undan ham ko’proq bilmasligimiz, bila olmasligimiz ayon bo’laveradi. 

 Muayyan yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlar, nazariy-uslubiy  va metodik 

asoslar majmuasi alohida fanlarning   shakllanishiga olib keladi.  Bu o’rinda fan 

ilmning hosilasidir. Biroq bilimni  kishi faqat kitobdan emas, balki hayotdan olishi 

ham zarur, zero hayot maktabi, kundalik  jonli mushohada  ba’zan barcha 

manbalardan  ham muhimroq va boyroq. qolaversa, kitob ham qachondir ob’ektiv 

borliq, hayotdan olingan.  Bilimdon  kishilarning hamalari ham ilm cho’qqilariga  

erishavermaydi, olim bo’lish darajasiga yetishmaydi.

[15]

   Iqtisodiy geografiyaning  

O’zbekistonda rivojlantirish, uning eng yangi tarixi yakunlangan asrning 20 yillaridan 

boshlangan  shu davrda nashr etilgan iqtisodiy geografiya va xududiy  hususiyatlarga 

doir ilmiy.ishlar ko’proq O’zbekiston va O’rta Osiyoning  umumiy  ta’rifiga 

bagishlangan edi. Bu yunalishdagi tadqiqotlarda eng avvalo G.N.Cherdantsev va 

V.M.Chetirkinlarning xizmati katta bo’lgan. Chunonchi, G.N.Cherdantsevning 1922 yilda 

yozgan O’rta Osiyo xaqidagi monografiyasida ulka iqtisodi to’g’risidagi ma’lumotlar 

keltirilgan.U1928yilda O’rta Osiyo respublikalariga bagishlangan kitobini ham chop 

ettirgan. 

Taxminan ana  shu yillarda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi va uni rivojlantirishga 

bagishlangan tadqiqotlar boshlangan. Bu ishlar V.M.Chetirkin va Yu.I.Poslavskiy 

tomonlaridan olib borilgan. V.M.Chetirkin (u 1892 yilda Samarkdndda tugilgan) 

1926 yilda O’zbekiston xalq xujaliganing ahvoli va rivojlantirish borasida kitobini 

yozgan. Keyinchalik u TOShDU iqgisodiy geografiya kafedrasi mudiri sifatida 

(1944-1948 yy.) qishloq xujaligini rayonlashitarish, turli viloyatlar tabiati va 

xujaligini urganish, yosh geograf olimlarni tayyorlashga alohida e’tibor  bergan. 

  Geografiyaning rivojlantirish o’ttizinchi yillarda tabiiy boyliklarni urganish bo’yicha olib 

borilgan ekspeditsiyalar (saxro tadqiqotlari) va ilmiy anjumanlar bilan bogliq bo’lgan. 



 

54 


Jumladan. bunday tadqiqotlar Qoraqalpogistonda hamda uning Ustyurt qismida amalga 

oshirilgan, respublikamiz ishlab chiqarish ko’chlarini joylashtirish mavzusida 1933 

yilda dastlabki  ilmiy   anjuman   o’tkazilgan. 

 

-




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin