[12]
.
Tog’- kon sanoati natijasida texnogen landshaftlar vujudga keladi,
<< bedlentlar>> ( yomon yerlar) paydo bo’ladi, joy relyefi, geomorfologiyasi
buziladi. Bunday sanoat rayonlarida shakillangan hududiy majmualar yaxlid
birlikka ega emas, ularda transport va boshqa aholiga xizmat ko’rsatish
sohalarini tashqi qilish murakkablashadi. Shu bilan birga tog’- kon sanoati
45
rayonlarida yer osti boyliklari vujudga keladi, ayniqsa temir rudasi , qong’ir
ko’mir, turli tuz konlari va boshqalarni ochiq usulda( karherlarda) qazibolishda
__________________________________
12
Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004.
landshaftning tabiiy<> buzuladi, qimmatbaho va serhosil tuproq ,
unumdor ekin maydonlari qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib ketadi.
Elektr-energetikaning ekologik xususiyatlari o’ziga xos .Masalan, suv
elektr stansiyalari, umuman olganda, ekologik jihatdan toza, bezarar korxona
hissoblanadi. Ular faqat katta yer maydonlarini suv omborlari uchun talab
qiladi, xolos. Qolgan masalalarda esa bunday elektr stansiyalarining ekologik
oqibatlari ancha salbiy. Xususan shahar ichidagi IEMlar, yirik shaharlarning
yaqinida joylashgan IESlar atrofga yomon ta’sir qiladi- zaharli gazsimon
tutunlar atmosfera havosini ifloslantiradi, yoqig’i yondiriigandan qolgan
chiqindi kullar esa suniy tepaliklarni hosil qiladi. Shuning uchun katta
quvvatga ega bo’lgan issiqlik elektr stansiyalari joining relefi shamol
yo’nalishi va boshqa meteorologik omillarni hisobga olgan holda qurilishi kerak.
Tadqiqotlarga ko’ra, respublikamizdagi yirik Sirdaryo, Yangi Angiren kabi
IES asosida vujudga kelgan sanoat majmualarining havosi va suv tarkibi
o’zgargan, tuproq qatlami, ekin maydonlar va hatvonot
dunyosi ancha zarar ko’rgan.Qora va rangli metallurgiya ham ekalogik nuqtai
nazardan <>emas. Yirik qora metallurgiya korhonalari atrofida katta
miqdorda shakillar hosil bo’ladi (domna pechining chiqindisi), shahar havosi
va suvi ifloslanadi.
Ayniqsa rangli metellurgiyaning tabiatga tasiri kuchli. Jumladan, yirik tog’-
metallurgiya kambinatlari yaqinida radiaktiv ifloslanish xavfli vujdga kelishi
ham mumkin.
Sanoat tarmoqlari ichida kimyo sanoatining suv, havo va tuproqqa,
inson salomatligiga ta’siri kuchli . Xususan sintetik tola, kauchik, ammiak,
qishloq xo’jaligi zararkunandalari uchun turli gerbitsid va zaharli moddalar,
mineral o’g’itlar ishlab chiqarish ekalogik tomondan xavflidir. Shuning uchun
bo’lsa kerak, O’zbekistondagi yirik kimyo sanoati markazlarida Chirchiq,
Navoiy, Farg’onada ekalogik vaziyat uncha sog’lom emas. Bundan tashqari,
Qashqadaryo viloyatidagi Sho’rtan, Muborak gaz kimyosi sanoat markazlarida
ham bu vaziyatning yaxshilaniShi talab etiladi.
Sanoat tarmoqlarining ekologik xavfini 10-balli shkalada taxminan
quyidagicha baholashimiz mumkin: kimyo sanoati -10, rangdor metallurgiya -
9, issiqlik elektro stansiyalar -8, qora metallurgiya -7, sement sanoati -6,
sellyuloza –qg’oz sanoati -5, charm sanoati va jun yuvish -4, oziq-ovqat -3,
pahta tozalash zavodiari -2, mashinasozlik va metalni qayta ishlash -1. Bu
bolalar , albatta, juda qatiy emas va ular tegishli mutahasis - ekspertlar
tomonidan yanada aniqlashtirilishi mumkin.
46
Chiqindisiz tehnologiyani joriy qilish, energiya ishlab chiqarish sikillari
bo’yicha sanoat va qishloq xo’jalik tarmoqlarining tashqi etish katta
ahamiyatga ega. Odatda, hom ashyoni ko’p talab qiluvchi sanoat
korxonalarida chiqindi (xuddi shunday <> korxonalarida ham)
Ko’p hosil bo’ladi. Binobarin, birinchi navbatda ana shunday korxonalarni
kombinat shaklida uyushtirish, xom ashyodan atroflicha foydalanish, ishlab
chiqarish chiqindilarni qayta ishlash zarur.
Ekologik omil. Yuqoridagi barcha omillar ushbu omil hisoblashlari shart .
Hozirgi ekologik sharoit shuni taqozo etadi. Shu tufayli ayrim sanoat
korxonalarning faoliyati to’xtatilgan. Suv ko’p talab qiladigan hamda kimyo ,
yog’och- sellyuloza , go’sh va boshqa tarmoqlar IES ekologik jihatdan noqulay.
Esse hajmi taklif qilgan mavzudagi 1000 so’zdan 5000 so’zgacha do’lgan asardir.
Esse bu muallifning alohida individual pozisiyasiga ega erkin shakldagi
bayoni bo’lib , qanday buyum yoki qandaydir sabab bo’yicha umumiy yoki oldindan
bildirilgan fikr – mulohazadan iborat bo’ladi.
Dalillangan esse bu qo’yilgan savolga dalillanga javob mavjud bo’lgan yozma ishdir.
Muallif muayyan pozisiyaga ega va uni himoy qiladi, o’z pozisiyasini quvvatlash
uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad –muallifni o’zi qo’llaydigan nuqtai –
nazarga boshqalarni ham ishontirishni hohlaydi.
Xozirgi vaqtda tirik organizimlar - o’simlik, xayvonat dunyosi va odamning
atrof muxit bilan munosabatlari fan va tehnika taraqqiyotining jadallashuvi
tufayli brogan sari keng miqyosda sodiq bo’lib, avvalgi tabiiy barqaror
muvozanat ayrim joylarda buzulish arafasida, bazi o’lkalarda esa u
butunlay buzulib, xavfli, xatto harakatli ekalogik vaziyat tarkib topmoqda.
Binobarin, inson tabiatga, o’z navbatida tabiat insonga aks tasir
qilmoqdaki, buning oqibatida murakkab, ko’p qirrali va turli hususiyatli
muammolar yuzaga kelib, o’zaro tasir kuchaygan sari ular tezlik bilan
shakillanib bormoqda.
O’zaro tasir kelib chiqishi jixatida aslida ekologik muammo hisoblanadi,
lekin u ma’lum makonda (tabiiy koplekslarda ), turli miqyosda va tabiiy
hamda ijtimoiy tashqi geografik qonuniyatlar asosida ro’y bergani sababli
geografik muamo ham hissoblanadi.
Boshqacha aytganda, ekologik muammo ma’lum geografik hududda
tarkib topib, shakillanib rivojlanish bosqichlarini bosi o’tadi. Shu jihatda
qaraganda ekalogik muamoni qisqacha qilib <>
deb qarash mumkin. Geoekologik - ekologiyaning yuqori bosqichdagi
ekosistemalarni (geosistemalarni). Shu jumladan biosferani ham tadqiq
etuvchi bo’limi, geoekologiya landshaft ekalogiyasi, biogeseanologiya
deb yuritiladi. Geoekologiyani haqiqiy tabiiy, ijtimoiy iqtisodiiy geografik
va ekologik muammo deb tushunmoq kerak, chunki hozirgi vaqtda
geografiya fani ekologiyalaShib, ekologiya fani esa o’z navbatida
gegrafiyalashib, bir –biriga yaqinlashib bormoqda.
Geoekologik muammolar tabiiy geografiya (uning <
bilimi sohasi) ni o’ganadigan yerning qobiqlari, yani atmosfera,
gidrosfera, litosfera va biosferaning o’zaro munosabatlari (ya’ni o’zaro
47
bog’liqlik hamjihatlik, bir birini taqozo qilish va b.) qonuniyatlari asosida
tadqiq qilinadi. Geoekologik tadqiqotlar ya’ni tabiiy majmualarni
o’zgaruvchanligi, barqarorligi, tadrijiy o’zgarishlari, rivojlanish bosqichlari
haqidagi omillarga ham tayanadi. Chunki tabiat komponentlari va
majmualarning inson tasirida o’zgarishlari tabiat taraqqiyotining yuqorida
qayd qilingan qonuniyatlari va xususiyatlar (hislatlar)ning buzulishi
natijasida yuz beradi. Binobarin, geoekologik muammoni qaysi hududda
va qanday sharoitda tarkib topmsin uning hususiyatlari tabiiy geografik
qonuniyatlar asosida shakinlanib boradi. Geoekologik muammoni ilmiy
o’rganish ekalogiya va geografiya fanlari tadqiqot usullari va
tamoilarini birga qo’lagan holda amalga oshirishi zarur.
Geoekologik muomoni ekotizim va biosenoz doirasida o’rganish ham
mumkin.Lekin bu holda tadqiqot qilayotgan muamoning xududiy
chegaralari geneti geotizim chegaralariga har doim ham mos tushunch
bermaydi. Inson tabiat boyliklaridan foydalanganda uning ijtimoiy
faoliyat ma’lum geografik hudud (geosistema) da sodir bo’ladiki, bu
hudud (aytaylik , landshaftning u yoki bu morfologik birligi) hamma
jihatdan ham tabiiy geneti chegaralarga ega bo’ladi. Binobarin, shu
joyining tabiiy boyliklari xalq ho’jaligiga lalb qilinganligi tufayli avvalo
tabiiy sharoit o’zgara boshlaydi , uning asosiy harakatlantiruvchi
omillar tadrijiy o’zgarishda bo’ladi, geotizimlarning ma’lum
yo’nalishidagi o’zgarishlari tarkib topadi. Lekin geotizimlar holatining
inson faoliyati tasirida o’zgarishi har doim ham ko’zlangan
maqsadga olib kela vermaydi. Insonning tabiatga bo’lgan ta’siri
miqyosi ma’lum meyorgacha bo’lishi kerak, tasir muayan meyordan
oshib ketishi bilan ekologik muvozanat buzuldi. Buning oqibatida
tabiatning aks tasirida unga bo’lgan tasir jihatdan bir necha barobar
oshib ketishi mumkin. Bunga orol bo’yida sodir bo’layotgan ekologik
va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni misol qilib keltirish mumkin. Aslini
olganda Orol dengizi va Orol bo’yi xududini ma’lum miqyosdagi
qo’shaloq, bir biri bilan bog’liq ikki geotizim deb qaralsa, inson
bilan tabiat o’rtasidagi o’aro munosabat va tasirini to’lig’I bilan
Makrogeoekologik muamo deb qarash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Geoekologik muammo qotib qolgan ozgarmas xolat bo’lmay, balki
muntazam ravishda tadrijiy o’zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko’p
tizimli, ko’p sonli oddiy muamolarning majmuasidir. OROL bo’yida
geoekologik muamolarning majmuasidir. Orol bo’yida geoekologik
muamo 60 yillarning boshidan vujudga kelsa boshlagan bo’lsa, 70
yillarning o’rtalarida (1974 yilda Taxiatosh gidroulezi qurulib ishga
tuShurilishi va buning natijasida Amudaryo deltasida daryo suvining
tabiiy holda toshishiga chek qo’yilishi tufayli ) shakillanish
bosqichiga o’tadi. Agar bu bosqichda grunt suvlari sathining
ko’tariliShi bilan bug’laniSh kuchayib, tuproqda tuz toplaniShi hodisasi
hamda gurunt suvlarining menerallashish darajasi ortgani kuzatilgan
bo’lsa, 1978-yildan etiboran yangi bosqich , ya’ni elyuvial
48
tekisliklarda zol (shamol tasirida ro’y beradigan ) xodisalari zamini
shamol bo’lishi hamda mayda tuproq, tuz , qum, qumoqlari bir
joydan o’chirib , boshqa joylarda to’planishi jarayonlari,
o’simliklarning esa gidrofitlardan (suv o’simliklaridan ) psammofitga
(qumda o’suvchi o’simlik ) tomon o’zgarishlari boshlandi . Binobarin,
intrazanal xususiyatli tabiiy majmualar tadrijiy o’zgarish va rivojlanish
borasida zonal xislatlariga ega bo’lib bormoqda. Bunday o’zgarishning
xaqqoniyligini tarkib topayotgan tuproq turlari va kichik turlari
tasdiqlamoqda. Qayirlarning alyuvial o’tloq tuproqlari o’tloq va botqoq
o’tloq, sho’rhoklar va taqirli -qum, cho’l tuproqlari, taqirlar
yo’nalishida o’zgarib bormoqda.
Geoekologik vaziyatni tezlatuvchi , tadrijiy o’zgartiruvchi kuch
qurg’oqchil iqlim sharoitida asosan yo’nalish xodisasidir. Geoekologik
muammo tabiiy jihatlardan tashqari ijtimoiy tashqi jihatni o’z
ichiga oladi.
Geoekologik muamolarning qanday ko’lamda vujudga kelishi
Dostları ilə paylaş: |