19
o‘limi ko‘payadi. Balog‘at yoshida bunday mahsulotlarni iste’mol
qilish esa bepushtlikka
olib keladi.
Qonunda chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat
joylari tarkibi aniqlashtirilgan bo‘lib, ular quyidagi obyektlardir:
– statsionar savdo obyektlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari bundan
chilim va elektron sigaretalar chekish uchun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
– kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy
dam olish uchun mo‘ljallangan
boshqa yopiq inshootlar;
– klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, internet jahon axborot tarmog‘idan
foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa
ko‘ngilochar (bo‘sh vaqt o‘tkaziladigan) joylar;
– muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;
– mahalliy hamda uzoqqa qatnaydigan poezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan
poezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlari), daryo kemalari, shahar, shaharlararo
va xalqaro qatnovdagi avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar va shahar elektr transporti,
havo kemalari;
– yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik
saqlash joylari;
– aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil va suv transporti bekatlarining binolari;
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari,
korxonalar, muassasalar hamda
tashkilotlarning binolari;
– sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari,
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;
– ish o‘rinlari bo‘lgan xonalar;
– ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari shuningdek, uylar oldi hududida joylashgan
bolalar va sport maydonchalari;
–
xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqalar jamoat joylari hisoblanadi.
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash bo‘yicha
profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, korxonalar
(muassasalar), ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki orqali yoshlar
tarbiyasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini ta’min-
lanlash ko‘zda tutiladi.
Shu bilan birga yoshlarni ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida chilim va elektron
sigaretalarni targ‘ib etish, ya’ni chekishni rag‘batlantiruvchi, shaxsda ularni iste’mol
qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g‘oyalar, qarashlar va badiiy
obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar qonun bilan
taqiqlanadi.
Mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida jamoat joylarida yoshlar o‘r-
ta sida chilim va elektron sigaretalar chekish keng tarqalishining, chekmaydigan fuqa-
rolarning huquqlari himoyasini ta’minlashga yoki tamaki
tutunidan zaharlanishning,
chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning, shuningdek, guruh bo‘lib chekish
oqibatida yuqish xavfi bo‘lgan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga
erishiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur qonun bilan belgilangan jamoat joylarida
chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash orqali ko‘zlangan natijaga erishish,
jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish uchun har bir fuqaro jamoat