www.ziyouz.com kutubxonasi
39
kuchlar tomonidan og‘ir azob-uqubatlar girdobiga uloqtirilgan tolei past va unutilgan qalb dardining
tug‘yoni ufurib turadi, bunday ayanchli va adolatsiz holat bilan aslo kelisha olmaslik borasidagi ruhiy
isyon yuzaga yaqqol chiqadi, norozilik ohangi baralla jaranglaydi.
Navoiy ana shunday jiddiy ijtimoiy mazmunni keskin va o‘ta ta’sirchan ifodalashda yuksak badiiy
mahorat namoyish etgan. Shoir qo‘llagan har bir istiora, tazod, sifatlash yoki tashbih, qiyoslash va
mubolag‘a mantiqiy bo‘lib, g‘azal-monologning umumiy shiddatli ruhi, shikoyat ohangi hamda
isyonkor yo‘nalishiga jiddiy hissa bo‘lib qo‘shiladi. G‘azal baytlari shiddat va ichki hayajon bilan
o‘qiladi.
Balo dashti aro Majnun meningdek ko‘rmamish davron,
Quyundek har zamon bir ko‘rmagan vodiyda sargardon.
Battol zamon va bevafo zamona ahli tomonidan ta’qib va tazyiq ostiga olingan shaxs tilidan
yozilgan g‘azaliing bu boshlanma baytidayoq butun asar uchun yetakchi bo‘lgan dardli mazmun,
isyonkor ruh hamda keskin norozilik o‘zining yorqin ifodasini topgan.
...Balo-qazolar dashtida judolikda yurgan Majnunning ne-ne og‘ir kunlarni boshidan kechirganligi
hammaga ma’lum. Ammo, uning ko‘rganlari, fig‘on chekadi lirik «men», tortayotgan mening azob-
uqubatlarim oldida hech narsa emas; meningdek bir nafas ham tynchlik-osoyishtalik bilmay, vodiydagi
sarson-sargardon kimsani hech kim ko‘rmagan. Baytdagi «davron» so‘zi bu o‘rinda o‘zining asl
mohiyatini o‘zgartirib, «boshga tushgan kulfatlar, og‘ir kunlar» ma’nosini, umuman, adolatsizlik va
zo‘ravonlikni o‘zida ifoda etadi.
G‘azalning keyingi barcha baytlari mazkur badiiy obraz— «davron»ni, quyundek qadrsizlik va
sarson-sargardonlikni muayyan qirralarini yoritib, unga o‘ziga xos aniqliklar kiritadi.
Ne anduhu malolimg‘a baliyat dashtidek g‘oyat,
Ne savdoyu jununimg‘a malomat bahridek poyon.
Zero, men chekayotgan g‘am-g‘ussayu qayg‘u-musibatning na ranju kulfat dashtidek chek-
chegarasi bor va na bular oqibatida yuzlangan shaydoligu telbaligimning malomat dengizidek haddu
hududi bor, deyilar ekan, bu ana shu besarhad ruhiy taloshlarning izohli talqinidek jaranglaydi.
Tunum dayjur, o‘zim raijur, ichim g‘amnoku bag‘rim chok.
Tilim lolu tanim behol, ishim afgon, sirishkim qon
Yanada g‘amgin va qayg‘uli yo‘nalishda bitilgan mazkur baytda, bizningcha, keskin va qat’iy
huqm ruhi huqmrondir.
...Kecham tim qorong‘u, beziyo («dayjur») deyiladi baytda. o‘zim ranju ozor, musibat ostidaman
(«ranjur»); ichim g‘am-g‘ussaga to‘la («gamnok»), bag‘rim esa tilka-pora («chok»); tilim tutilgan,
tanim zaif, holsiz, ishim ohu fig‘on chekishu ko‘zimdan qonli yosh oqizish...
Shoir lirik qahramonning nochor ahvolini yuragini tirnayotgan musibatni yorqin ifodalay oladig‘an
jo‘da kuchli va serma’no so‘z-obrazlarni «(«dayjur», «ranjur», «g‘amnok», «chok», «lol», «behol»,
«afg‘on», «qon») topa oladi. Bugina emas. Shoir xuddi shu so‘zlarga mantiqiy urg‘u yuklab, ulardan
qofiya sifatida foydalanadi, natijada, bayt misralari sakkiz teng bo‘laklarga bo‘linib, ularning har biri
hukmu mahkum ruhini egallaydi:
1) Tunum dayjur.
5) Tilim lol.
2) O‘zum ranjur.
6) Tanim behol.
3) Ichim g‘amnok.
7) Ishim afg‘on.
4) Va bag‘rim chok. 8) Sirishkim qon.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |