Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


  Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#43921
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

1.2.  Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik   

xususiyatlari. 

Tarbiya  har  qanday  jamiyatini  muhim  vazifasidir.Tarbiya  –  bu  shaxsning 

ijtimoiy  ma’naviy  va  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  tayyorlash  maqsadida  uning 

ma’naviy,  jismoniy  kamolotiga  muntazam  ravishda  ta’sir  ko‘rsatish  jarayonidir. 

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil 

fikrlovchi  erkin  shaxsning  shakllanishiga  olib  keladi.  O‘zining  qadr-qimmatini 

anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan 

insonlarni  tarbiyalash  imkoniga  ega  bo‘lamiz»  deb  ta’kidlaganlaridek,  “Ta’lim 

to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs 

tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga 

qurbi  yetadigan,  qonunlarni  yaxshi  o‘zlashtirgan  mutaxassis  -  ma’naviyatisiz, 

tarbiyasiz,  axloqsiz  bo‘lsa  nima  bo‘lishi  mumkin?  U  o‘z  manfa’atlarini  o‘ylaydi, 

Vatan  uchun  biror  narsa  qurbon  qila  olmaydi,  chunki  u  -xudbin.  Unda  mehr

g

 



oqibat,  fidoiylik,  vatanparvarlik,  milliy  g‘urur  yo‘q.  U  muxtojlarga  yordam 

bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini ўzgartiradigan, 

uning  shaxsini  tarkib  topishiga  ta’sir  qiladigan  kuch  ijtimoiy  omillar  yoki 

boshqacharoq  qilib  aytganda,  jamiyat  ishlab  chiqarish  kuchlari,  hamda  ishlab 

chiqarish  munosabatlarining  o‘sishi  va  o‘zgarishidir.  Bundan  tashqari  yana  inson 

shaxsining  tarkib  topishiga  ta’sir  qiluvchi  kuchli  omil  -  inson  orttirgan 

tajribalarning  tarbiya  vositasi  orqali  bolalarga  berilishidir.  Shunday  qilib,  inson 

shaxsi  juda  murakkab  psixologik  kategoriya  bo‘lib,  u  kishining  individual  hayoti 

davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy 

manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan 

birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi 

odamga  uzoq  muddat  davomida  sistemali  beriladigan  ijtimoiy  ta’lim-tarbiyaning 

ta’siridir  va  nihoyat,  uchinchisi  odamga  nasliy  yo‘l  bilan  beradigan  irsiy 

omillarning ta’siridir. 

Shunday  qilib,  insonning  psixik  taraqkiyotida  va  shaxsiy  sifatlarining  tarkib 

topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 




18 

 

Lekin,  inson  shaxsining  tarkib  topishi,  yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  faqat  shu 



ikkita  faktorga  emas,  balki  uchinchi  bir  faktorga  ham  bogliqdir.  Bu  faktor  nasliy 

yo‘l  bilan  ayrim  anatomik  va  biologik  xususiyatlarning  ta’siridir.  Odamga  nasliy 

yo‘l  bilan  ayrim  antomik  va  biologik  xususiyatlari  beriladi.  Masalan:  tanasining 

tuzilishi,  sochi  va  quzlarining  rangi

g

  ovozi,  gapirish  uslublari,  ayrim  harakatlari 



tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esadan chiqarmaslik 

kerakki


g

 odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari 

bilan  bogliq  bo‘lgan  sifatlari  nasliy  yo‘l  bilan  beriladi.  Nihoyat,  nodir  hollarda 

ayrim  qobiliyatlar,  masalan,  musiqa,  matematika  qobiliyatlarda  nasliy  yo‘l  bilan 

berilishi  mumkin.  Bunday  imkoniyatlarning  amalga  oshirilishi,  ya’ni  ro‘yobga 

chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit bo‘lishi kerak. 

Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muhandis-

ixtirochilar,  yozuvchi  va  shoirlar,  davlat  va  jamoat  arboblari,  iste’dodli  artistlar, 

rassomlar  va  boshqa  kishilarimizga  nasliy  yo‘l  bilan  berilgan  barcha 

imkoniyatlarning  ro‘yobga  chiqishi  uchun  harkanday  sharoit  maydonga 

kelganligini dalili bo‘la oladi. Insoniyatni  komil  inson  qilib,  ularni baxtli  etgan,  

yuksaklikka    yetaklagan    bu  -  yaxshi    tarbiyadir.    Tarbiyaning    bosh  maqsadi  –  

yosh avlodni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashda, xalqning   boy  milliy-ma’ na viy,  

tarixiy  an’analariga,    urf-odatlariga    іamda    unutilmas  qadriyatlariga    asoslanib  

tashkiliy    ijtimoiy  –  psixologik    shakldagi    vositalarni    ishlab    chiqish    va    uni  

amalda  joriy    etish    borasida    soha  mutahasisslsridan    yanada  mas’uliyat    talab  

etadi.    Inson    shaxsining    kamol  topishi    juda    murakkab    va    uzluksiz    jarayon  

davomida shakllanadi,  uning  tarbiyasiga  ota-onasi,  maktab, mahalla,  do‘stlari,  

jamoat  tashkilotlari,  atrof muhit,  ommaviy  axborot  vositalari,  san’at, adabiyot,  

tabiat    va    boshqalar    bevosita    ta’sir  ko‘rsatadi.  Yuqoridagi  barcha    hayotiy 

ehtiyojlarni    vujudga  keltirishda    o‘zaro    hamkorlikning    ta’sir    doirasi  orqali  

shaxsni  tarbiyalash  va  tarbiyaning  birligini ta’minlash  katta  ahamiyatga  ega. 

Tarbiya    kishilik    jamiyati  paydo    bo‘lishi    bilan  boshlandi    va    rivojlanib   

bordi.  Bola  tug’ilishi bilanoq  ota-onasining  parvarishi  orqali  atrof-muhit  bilan  

tanishadi. Insonning   shakllan ishiga  salbiy  ta’sir ko‘rsatadigan  muhitdan ya’ni  



19 

 

ichkilikbozlik,  giyohvandlik,    kashandalik    va    boshqa    illatlardan  himoya    qilish  



esa    nihoyatda    murakkab    jarayon.  O‘zbek    halqining    yosh    avlodni    hayotga  

tayyorlashda qo‘llagan  usul  va  vositalari,  tadbir  shakllari,  o‘ziga xos  urf-odati  

va    an’analari,    tarbiya    g’oyalari    va  hayotiy    tajribasi    yillar    davomida  

mukammallashib  keldi  .      Hali    tarbiya    muassasalari    bo‘lmagan  davrdayoq,   

qabila a’zolarining   bolalarda mehnatsevarlik,  jangovorlik,  axloq-odob,  nafosat, 

do‘stlik,    mehr    –    shafqatlilik,    insonparvarlik  xislatlarini    shakllantirish    va  

o‘stirish  sohasidagi aql  –  idroki  va  usullari  o‘sha  davrdagi  hayotiy tajribaning  

mevasi  sifatida  ijtimoiy  hayotga bog’liq  holda  shakllandi  va  rivojlandi. Bola,  

asosan,    oila    muhitida    tarbiyalanib,    inson  sifatida    shakllanadi.    Tarbiya    esa  

hayotning  eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani  shunday  

tarbiyalash    lozimki,    u,    avvalo,    yaxshi  o‘qishi    va    so‘ngra    esa,    yozishni  

o‘rganishi  bilan  eng yuksak  pog’onaga  ko‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyuk 

allomalari  ta’lim  va    tarbiya    masalalariga    alohida  e’tibor    berishgan.    Abu    Ali  

Ibn  Sino  ham  mazkur  ustuvor  masalalarga doir  bir qancha  asarlar, o‘zidan  boy 

ilmiy    meros  qoldirgan.    Ibn  Sino    bolani    maktabda    o‘qitish  oila  jamiyatning 

asosiy  instituti  hisoblanishi,  u  tarbiya  o‘chog‘i  sifatida  shaxsning  shakllanishida 

muttasil  ishtirok  etadi.  Oilaning  ijtimoiy  ahamiyatiga  molik  funksiyasini 

ta’minlanishida  undagi  ijtimoiy  psixologik  muhit,  shaxslararo  munosabatlar, 

sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o‘zaro hamjihatlik 

inqirozga  yuz  tutgan  holatda  oiladagi  psixologik  muhitni  tasavvur  qilishni  o‘zi 

murakkabdir.  Oilada  shaxslararo  munosabatlarning  o‘ziga  xos  tomonlari  uning 

barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni 

tadqiq  qilishda  quyidagicha  yo‘l  tutishni  lozim  topdik:  Hozirgi  zamon  oilalarida 

inqiroz  shakllanishining  ijtimoiy-psixologik  xususiyatlarini  yoritish.Oilada 

shaxslararo  munosabatlarda  tenglikni  ta’minlashning  ijtimoiy-psixologik 

mexanizmlari  (fenomenlari)ni  ochib  berish.  Zamonaviy  oilalardagi  ijtimoiy 

psixologik muhit, u bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi, sub’ektlarning maqsad va 

maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy 

muhitning  undagi  munosabatlarda  saqlanishi,  avlodlar  o‘rtasidagi  ziddiyatlarga 



20 

 

barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so‘zsiz inqirozlarni oldini olishga 



puxta  zamin  hozirlaydi. Bugungi  kunda oila  muammosiga  aloqador  masala  uning 

barqarorligini  ta’minlash,  undagi  inqirozli  holatlarni  bartaraf  etish  chora-

tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi.  

Oilada  bola  nutqni  egallashi  uchun  nutq  sharoitida,  mehnat  qilish 

uchun  mehnat  sharoitida,  aqliy  taraqqiy  etmog‘i  uchun  aqliy  faoliyat 

sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga 

layoqati  borligi  namoyon  bo‘ladi.  fiziologik  va  psixologiya  fanining 

ko‘rsatilishicha  inson  bolasi  tayyor  qobiliyat  bilan  emas,  balki  biror  xil 

qobiliyatni  ro‘yobga  chiqishi  va  rivojlanishiga  ta’sir  etadigan  potensial 

imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. 

Tug‘ma  layoqat  o‘z  holicha  rivojlana  olmaydi,  go‘yo  u  «mudroq»  holatda 

bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z 

layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta 

ko‘rinib,  rivojlanishi,  aksincha  bu  bo‘lmasa  yo‘q  bo‘lib,  ketishi 

mumkin.Sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish  muammosi  insoniyat  oldida 

turgan  eng  muhim  muammollardan  biridir.  U  o‘zida  jismonan  sog‘lom, 

aqlan  barkamol  yangi  avlodni  voyaga  yetkazishni,  kishilarning  mehnat 

qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, 

oqilona  hayot  kechirishi  mujassamlashtiradi.Shuning  uchun  sog‘lom 

turmush  tarzini  shakllantirishning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  tabiiy-gigienik, 

ma’naviy  jihatlarni  har  tomonlama  o‘rganish,  vujudga  kelgan  haqiqiy 

ahvolni  hisobga  olib  tadqiq  etish  davr  talabidir.  O‘zbekiston  aholisining 

hayot  tarzini  oiladan  tashqarida  tasavvur  qila  olmaymiz,  shuning  uchun 

sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, 

«oila-tabiat-jamiyat-inson»  tizimiga  bog‘liqdir.Zero,  sog‘lom  turmush  tarzi 

va  oilaning  farovonligi  iqtisodiyo  va  ma’naviy  omillar  bilan  belgilanganda 

edi,  u  vaqtda  aholining  moddiy  farovonligi  oshgan  sayin,  sog‘liqni  saqlash, 

uy-joy  bilan  ta’minlash  masalasi  to‘la  hal  etilganda  sog‘lom  turmush 

tarzining  barqarorligini  belgilovchi  barcha  o‘z-o‘zidan  hal  bo‘lgan  va 



21 

 

jamiyat  uchun  nomaqbul  bo‘lgan  hodisalar  ham  yo‘q  bo‘lib  ketgan  bo‘lar 



edi.Mustaqillik  sharoitida  oilada  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish 

oilalarning  ma’naviy-ruhiy  tiklanishi  va  poklanishi  muammolariga  ham 

alohida  ahamiyat  berishni  taqozo  etadi.  Chunki  ma’naviyatning  yuksakligi 

oilada  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirishda  umuminsoniy  va  milliy 

tajribalardan  foydalanib  madaniy  hayot  kechirishni,  bu  sohada  me’yorga 

rioya  etishni  talab  qiladi.Shuningdek,  sog‘lom  turmush  tarzining 

shakllanishiga  sho‘rolar  davridagi  oila-nikoh  munosabatlari,  ekologik, 

demografik,  ruhiy  oqibatlar  vash  u  kabilar  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatmasdan 

qolmaydi.  Jumladan,  sho‘rolar  davrida  o‘zga  mafkura  ta’sirida kirib kelgan 

giyohvandlik,  ichkilikbozlik,  ota-onalarning  ahloqiy-ma’naviy  buzuqligi 

natijasida  nosog‘lom  hayot  kechirayotgan  oilalar  hozir  ham  topiladi. 

Bunday  oilada  tarbiyalanayotgan  farzandlarning  kelajagi  qanday  bo‘ladi 

degan savol sog‘lom fikrli jamoani tashvishlantirmay qo‘ymaydi.  

Oilada  sog‘lom  muhit-turmush  tarzini  barqarorlashtirish,  farzandlarni 

barkamol  etib  tarbiyalash,  oilaning  tarbiyaviy  va  ijtimoiy  rolini  bajarishda 

fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza 

etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur.  

1  Oilada  sog‘lom  farzandlarni  voyaga  yetkazishda  oila  byudjetini 

to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 

qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i 

va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 

2.  Ovqatlanish  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirishning  muhim 

omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. 

Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni 

iste’mol  qilish,  ularning  miqdori  jihatidan  ham  nomunosibligi  aholi 

salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

3.  Jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘ullanish  kishilarni,  ayniqsa  yosh 

avlodni  sog‘lom  barkamol  bo‘lib  vochga  yetishiga,  salomatligini 

mustahkam,  ruhiyatini  yaxshilashga  olib  kelishidan  tashqari,  kishilarda 



22 

 

hayotda  to‘laroq  va  faolroq  ishtirok  etishga,  o‘zlarining  bo‘sh  vaqtidan 



unumli,  yaxshi  foylana  bilishiga  ham  imkon  beradi,  ijtimoiy  faollikning 

boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Oilaviy 

munosabatlar 

madaniyati 

takomillashgan 

oilalardagina 

sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirishga  imkoniyat  tug‘iladi.  Sog‘lom 

turmush  tarzi  jismonan  sog‘lom  aqlan  barkamol  yangi  avlodni 

shakllantirishni,  mehnat  qilish,  dam  olish  va  ijtimoiy  faoliyat  ko‘rsatishga 

yordam  beruvchi  oqilona  hayot  tarzini  tashkil  etishni  ifodalaydi.   Sog‘lom 

turmush  tarzi  aholining  farovonlik  darajasini  oshirish,  sog‘liqni  saqlash  va 

maishiy  xizmatni  yaxshilash,  demografik  jarayonlarni  maqbul  holatga 

keltirish,  ommaning  ma’naviy  madaniyati,  ongliligi,  axloqiy  jihatdan 

tarbiyalanganligini  o‘sib  bori  shva  ijtimoiy  mehnatdagi  faolligi  bilan 

belgiladi.  Sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish  uy-joy  sharoitini 

yaxshilash,  oila  byudjetini  to‘g‘ri  taqsimlashni,  to‘g‘ri  va  sifatli 

ovqatlanishni,  spirtli  ichimliklar,  giyohvandlik,  chekishni  qat’iyan  mann 

etishni,  muntazam  ravishgda  jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘ullanishni, 

sanitariya-gigiena  qoidalariga  to‘la  rioya  qilishni,  ma’naviy  boy,  sog‘lom 

intillektual  egasi  bo‘lishni  talab  qiladi.          Oilani  moddiy  imkoniyatlarini 

yaratish,  ota-onalarning  ongliligi,  ma’naviyatini  boyitish  sog‘lom  turmush 

tarzini  shakllantirish  imkoniyatini  tug‘diradi.  Sog‘lom  turmush  tarzi  esa 

farzandlarni  jismonan  sog‘lom,  ma’nan  boy  qilib  o‘stirishga  imkoniyat 

yaratadi. 

Boshqa  xalqlar  qatori  o‘zbek  oilalari  ham  milliy  tarbiya  an’analariga 

boy.  Ularni  tiklab,  boyitib,  zamonaviylashtirib,  maktab  tarbiyasi  bilan 

uyg‘unlashtirish  nafaqat  har  bir  oila,  balki  butun  O‘zbekiston  ijtimoiy-

ma’naviy  hayotini  boyitishga  xizmat  qiladi.  Mustaqil  O‘zbekiston 

Konstitutsiyasida  ota-onaning  bola  tarbiyasi  uchun  davlat  oldidagi 

javobgarliklarining  qayd  qilinishi,  Prezident  I.Karimov  tomonidan  1998 

yilning Oila yili deb e’lon qilinishi ota-onalar, mahallar oldiga qator yangi, 

milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda. 



23 

 

Oila  –  milliy  dunyoqarash  manbai  sifatida  o‘quvchilarda  milliy 



istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.  

Tarixda  o‘g‘il-qizlar  o‘z  ota-onalaridan  o‘zlashtirgan  dunyoqarashni 

sintez 

qilib, 


o‘z 

oilaviy 


dunyoqarashlariga 

aylantirganlar. 

Bu 

farzandlarining  milliy  dunyoqarashlariga  shakl,  mazmun  berib,  meros 



tarzida  o‘tib  keldi.  Dunyoqarashning  birligi  –  milliyligi  tufayli  avlodlar 

orasida  hamfikrlilik,  o‘zaro  ishonch,  izzat,  maqsad,  birligi,  samimiylik 

tantana qilar edi. 

Oila  o‘g‘il-qizlarda  milliy  fe’l-atvor,  husni  xulq  tarbiyasi  manbai 

bo‘lib  keldi.  Ota-onalar  har  kuni,  har  soatda  o‘zlari  bilib-bilmagan  holda 

tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsatib,  bolalariga  hatti-harakatlar,  yurish-turish, 

so‘zlash,  kulish,  ovqat  yeyish,  yuvinish,  muomala  qilish,  mezbon  va 

mehmon  munosabati  me’yorlarini  singdirib  kelmoqdalar.  Ayniqsa,  o‘g‘ilni-

otalikka,  qizni-onalikka,  uy  bekaligiga  tayyorlash  milliy  tarbiyadagi  ikki 

yo‘nalish-o‘g‘il  va  qiz  bolalar  tarbiyasi  mavjudligini  ko‘rsatadi.  Maktabda 

ham anna shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak.  

Ota-ona  obro‘si  milliy  tarbiyaning  asosidir.  Aynan  shu  omil  orqali 

ular  farzndlarining  ongiga,  xulq-atforiga  ma’naviy  ta’sir  qiladilar.  Ota-ona 

obro‘si  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘ladigan  ne’mat  emas.  U  ota-onaning  bola 

tarbiyasi 

bilan 


maxsus 

shug‘ullanayotganligi 

yoki 

shug‘ullanmayotganliklari bilan belgilanadi. 



Sobiq  sho‘ro  davrining  80  yillarida  otalar  tomonidan  ushbu 

yo‘nalishdagi  tarbiyachilik  vazifalari  qoniqarli  bajarilmas  edi.  O‘tkazilgan 

tadqiqotlar  sobiq  ittifoqda  har  bir  9-bolaning  otasizligi  va  umuman 

otalarning  farzand  tarbiyasiga  bir  kunda  8  daqiqagina  vaqt  ajratganligini 

ko‘rsatgan  edi.  Ota-ona  obro‘sini  ularning  farzandlari  shaxsi  bilan 

qiziqishlari  o‘quvchi  farzandlarining  rivojlana  borayotgan  ehtiyojlarini 

o‘rganib, boshqarib, qondirib borishlari oshiradi. 

Olib  borgan  kuzatuvlarimiz  hayotda  ota-onaning  tarbiyachilar 

sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablar mavjudligini ko‘rsatdi. Bular:  



24 

 

-  ota-onaning  o‘zlarining  bolalarining  boquvchilari  sifatida  anglab, 



tarbiyachi axloqsiz turmush tarzi; 

- oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi; 

-  ota-onaning  bolalarga  aytgan  so‘zlari,  pand-nasihat  qilaverishlari, 

farzandlar bilan asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari;  

ota-onaning 



o‘quvchi  farzandlarining  hayoti,  qiziqishlariga 

e’tiborsizliklari,  ularga  vaqt  va  diqqat  ajratmasliklari,  o‘quvchilarni  oila 

yumushlariga  jalb  qilmaslik  (ayniqsa  o‘smirlar  o‘zlariga  nisbatan 

beparvolikdan  qattiq  iztirob  chekadilar.  Natijada  ota -ona  va  o‘smir  orasida 

sovuq munosabatlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi); 

- o‘kuvchi-farzandlar bilan munosabatda ularning yosh xususiyatlarini 

bilmaslik  (boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  ota-onaning  qarashlariga,  fe’l-

atvorlariga  taqlid qilib keladilar.  Ana  shuning  uchun  ham  xalqimizda  ularni 

«shirin»  deyishadi.  O‘smirlik  davri  boshlangaya,  bolada  keskin  o‘zgarish-

o‘tmish  davri  boshlanadi.  Ota-onalar  va  bolalar  orasidagi  ziddiyatlarning 

asosiy  qismi  shu  davrga  to‘g‘ri  kelishining  boisi  ham  shundadir.  Ota -

onaning o‘z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati 

bolalarni  –  o‘smirlarning  ota-onadan  (ko‘pchilik  hollarda  otadan)  qalban 

uzoqlashuviga olib keladi); 

-  ota-onaning  o‘zlarining  farzandlari  uchun  har  kun,  har  soat,  har 

daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari;    

- o‘quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma’suliyatni maktabga tashlab, 

o‘zini soqit qilish; 

-  rag‘batlantirish  va  jazolashda  tarbiyaviy  maqsaddan  kelib  chiqa 

bilmaslik. 

-  milliy  qadriyatlarga  hurmat  hissini  shakllantira  bilmaslik, 

hafsalasizlik; 

- tan jazosi bilan qo‘rqitish; 

- ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida janjal qilib turishlari; 




25 

 

-  unda  oshkora  ichkilikbozlik  qilinishi,  behayo  so‘zlar,  qarg‘ishlar, 



so‘kinishlar; 

- o‘z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash; 

-  «biz  qiynalganmiz,  bolalarimiz  rohat  qilsin»  Deya  o‘quvchi 

farzandlarini  erkalatib  yuborish  yasantirishga  hirs  qo‘yish  yoki  buning  aksi 

–  «bola  qiynalib  kata  bo‘lsa,  ota-onaning,  mehnatning  hayotning  qadriga 

yetadi» deya ko‘r-ko‘rona qattiqqo‘llik, zarda qilaverish; 

- o‘quvchi farzandiga va’da berib, bajarmaslik; 

- maktab bilan ta’lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko‘p, vaqt yo‘q» 

degan bahona bilan o‘zini chetga olish; 

-  o‘quvchi  bolalarni  o‘z  ajdodlari,  shajaralari  bilan  tanishtirmaslik  va 

hokazo. 

Bu  kamchiliklarni  bartaraf  qilishda  otaning  roli  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  ega.  Zero  «Otaning  ochgan  yo‘li  bor,  onaning  bichgan  to‘ni 

bor».  «Otasi  borning  unumi  bor,  onasi borning  tikishi  bor».  «Ota-olamning 

fikri»,  «Erta  tur,  otangni  ko‘r,  otangdan  so‘ng  otingni  ko‘r»,  «Otangni 

ko‘rsang, otdan tush», «Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota  – bolaga 

sinchi», «O‘g‘lingni sevsang, qo‘lingdek ishlat», «Otalar so‘zi xitob bo‘lur, 

ani yig‘mang kitob bo‘lur». . .  

Onaning  o‘zbek  oilasidagi  o‘rni  alohida,  jipslashtiruvchi  ahamiyatga 

ega.  Chunki  «Onaga  bo‘lgan  muhabbat-Vatanga  bo‘lgan  muhabbatning 

kurmagi»,  «Onaning  ko‘ngli  bolada,  bolaning  ko‘ngli  dalada»,  «Onang 

o‘gay  bo‘lsa,  otang  o‘zingniki  emas»,  «Bola-loy,  ona  –kulol»,  «Bola  ham 

ona  deydi,  ona  ham  ona  deydi»,  «Onangning  yaxshiligini  bemor  bo‘lsang 

bilarsan» va hokazo. 

Ota-onaning  izchil  tarbiyachilik  mehnati  ularni  yaxshi  farzandlarning 

ota-onalari  bo‘lish  sharafiga  muyassar  qiladi.  «O‘g‘il -qizlarning  fe’l-xulqi 

yaxshi yoki yomon bo‘lsa, uning sababchisi otav a onadir». (Yu.X.Xojib).  

Hayotda ro‘y berayotgan ijobiy va salbiy holatlar, ko‘ngilsiz  voqealar, 

kishilar  o‘rtasidagi  mehr-oqibatning  susayishi,  shaxslararo  munosabatlarda 



26 

 

uchrab  turadigan  ruhiy  emotsional  zo‘riqishlar,  baxtsiz  oilalar  soning  ortib 



borishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payib borayotganligi oiladagi 

ruhiy  muhitga,  oila  a’zolarining  o‘rtasidagi  shaxslararo  munosabatlarga, 

oiladagi  murakkab  muammolarga  bevosita  bog‘liq  bo‘lib,  to‘g‘ri  yo‘lga 

quyilmaganligi  natijasida  yuzaga  keladi.  Hozirgi  davrning  taqazosi  ham 

oilaga  xos  Ushbu  muammolarni  to‘g‘ri  ham  qilmay  turib,  fozil  jamiyatga 

erisha olmaslikni e’tirof etganligidan iboratdir. 

Oila  muammolarini  o‘rganishda  bugungi  kunning  ahamiyatli 

masalalaridan  biri  bo‘lgan  oilaviy  munosabatlar  kata  o‘rin  egallydi.  Uning 

ahamiyatli  tomoni  shundaki,  kishining  insoniy  fazilati,  jismo niy  hamda 

ruhiy  kamoloti  oila  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  holda,  unda  kechayotgan  o‘zaro 

munosabatlarning  ta’siri  bilan  shakllanadi  va  mukammallikka  erishishga 

intiladi,  hayotning  har  bir  jabhasiga  xos  ham  nazariy,  ham  amaliy  yo‘l -

yo‘riqlarni «qo‘lga kiritish» imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Oilaviy  munosabatlar  odatda  oiladagi  ota-onaning  roli,  er-xotin 

munosabatlari,  farzandlarning  o‘zaro  munosabati  hamda  ularning  ota-

onalariga bo‘lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot 

qilish  xususiyatlari  nazarda  tutiladi.  Hamisha  uning  inson  tarbiyasiga 

bo‘lgan  ta’siri  borasidagi  turli  masalalari  doimo  har  bir  davrning  diqqat 

markazida  bo‘lib  kelgan.  Masalan,  Sharqda,  oilaning  e’zozlanishi,  oilaviy 

munosabatlar,  ayniqsa  har  bir  oila  a’zosining  o‘zaro  muloqotiga  jiddiy 

e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh berilgan. 

Oilada  ota-onalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatda  hamjihatlik,  mehr -

oqibat,  o‘zaro  hurmat,  shirinsuhanlik,  bir-biriga  g‘amxo‘rlik  kabi  sifatlar, 

yosh  avlodni  maqsadga  xos  tarzda  tarbiyalashda  samaradorlikni  oshiruvchi 

usullardan  biri  bo‘lib,  taqlid  qilish  borasida  yaxshi  namuna  hisoblanadi. 

Oiladagi  o‘zaro  munosabatlarni,  yuz  beradigan  voqea  ilg‘ab  oladi.  Shuning 

uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, 

bulardan: 

1. mehnatkash; 



27 

 

2. tartib intizom; 



3. mehr-muhabbatli; 

4. sabr toqatli; 

5.  savodxon  kabi  shunday  fazilatlarga  ega  bo‘lgan  har  bir  ota-ona 

obro‘li  farzandlarni  tarbiyalash  sohasidagi  ta’sir  kuchli  bo‘ladi.  Ota-ona 

obro‘sini    ta’minlaydigan  eng  muhim  omil  ularning  kundalik  hayotdagi 

ibratli 


insoniy 

munosabatlari, 

mehnatdagi 

yuksak 


muvaffaqiyatlar, 

shuningdek  ularning  bilim  doirasi,  dunyoqarashi  va  axloq -odob  bilan 

aloqador  bo‘lgan  xususiyatlari  belgilovchi  mezon  hisoblanadi.  Namunali 

munosabat  o‘rnatilgan  oilalarda  sharqona  tarbiyadagidek  farzandlar 

samimiylik va sabr-toqatni, hurmat va ehtiromni o‘rganadi. 

Oilaviy  munosabatlarda  ma’naviy  ehtiyojga  asoslangan  aloqalardan 

biri-muloqot qilish jarayoni muhim hisoblanib, shaxs shakllanishida kata rol 

o‘ynaydigan namuna va taqlid singari shu darajada hal qiluvchi vazifani ado 

etadi.  Chunki,  kishi  o‘zaro  shaxslararo  munosabatlar  jarayoniga  kirishishi 

bilangina  atrof-muhitda  sodir  bo‘layotgan  voqeiliklardan  xabardor  bo‘lib, 

ular  o‘rtasida  axborot  ayirboshlash  yuzaga  keladi.  Aslini  olganda  ham 

kishilar  o‘z  farzandlariga  muloqot  tarzida  o‘qtirib  o‘rgatadigan  har  qanday 

ilmiy,  ijtimoiy  tajribalari,  malaka  va  bilimlari  ham  ijtimoiy-taraqqiyotning 

mahsuli sifatida kishilik  

Oila – hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma’qullanadigan 

xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha 

asosiy  qirralari,  vazifalari  hamda  xususiyatlari,  sinkretik  tarzda  bo‘lsa-da, 

mujassamlashgan.  Inson  umri  mobaynida  oila  ta’sirini  sezib  turadi,  dastlab 

ota-onasining oilasida so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi.  

Har  ikki  holda  ham  oila  shakllanadi.  Inson  oilada  individual  va 

ijtimoiy  hayot  ko‘nikmalarini  hosil  qilibgina  qolmay,  balki  unda  o‘zaro 

munosabatlarni  yo‘lga  qo‘yish  bo‘yicha  ota-ona  maqomini  ham  oladi. 

Aksariyat  tadqiqotlarda  oilaning  ijtimoiy  institut  sifatidagi  to‘rtta  asosiy 

vazifasi ajratib ko‘rsatadi.  




28 

 

Birinchi vazifa - farzandlar tug‘ilishi bilan bog‘liq. 



Ikkinchi  vazifa  –  yangi  avlodni  Ushbu  jamiyat  madaniyatidan 

bahramand etish. 

Uchinchi  vazifa  –  shaxsning  o‘zini-o‘zi  kamol  toptirish,  uning 

qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish. 

To‘rtinchi vazifa – shaxsning muomala – muloqotga hissiy qo‘laylikka 

bo‘lgan psixologik ehtiyojni qondirishi. 

Shaxs  ijtimoiy  faoliyatni  shakllashdek  yaxlit  jarayonning  bu  qirrasiga 

ko‘plab  omillar,  jumladan  oilaning  moddiy  farovonligi,  ota-onaning 

saviyasi,  oilaviy  qadriyatlar  tizimi  bolaning  ta’lim  olish  jarayonida  ota -

onaning ishtiroki singari jihatlar ta’sir ko‘rsatadi. 

Oila  moddiy  farovonligining  shaxs  ijtimoiy  faolligiga  ta’siri 

baholashda  kishilar  ularning  faqat  daromaddagina  emas  balki  har  bir 

muayyan  oilada  mavjud  bo‘lgan  ma’naviy  madaniy  qadriyatlar  tizimiga 

bog‘liqligi  yo‘q.  Chunki  kata  daromad  moddiy  ne’matlar  sotib olish  hamda 

dabdabali  tantanalar  va  tadbirlar  o‘tkazish  yo‘li  bilan  badavlat  kishi 

maqomini  saqlab  turish  uchun  butkul  ishlatilib,  shaxsni  kamol  toptiruvchi 

ma’naviy iste’molga sarflanmasligi mumkin. 

Oila  murakkab  ijtimoiy  guruh  bo‘lib,  biologik,  ijtimoiy,  axloqiy, 

mafkuraviy  va  ruhiy  munosabatlarning  birlashuvi  natijasida  vujudga  keladi. 

Shu  sababdan  turmushdagi  va  oila  a’zolari  munosabatlaridagi  o‘zgarishlar 

uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishga bevosita bog‘liqdir.  

 



29 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin