AMALIY TAVSIYaLAR
Farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlarni o‘rni va ijtimoiy xarakteri
masalalarini biz yuqorida nazariy va amaliy taxlillarimiz asosidagi xulosa
qiladigan bo‘lsapk, demak farzand tarbiyasi bu o‘ta muxim va dlzarb
masalal.uning shakllanishida birinchi o‘rinda ota-ona munosabatlari va
tarbiyalanganlik darajalari yotadi.
Ma’lumki, bolaning shakllanishi, tarbiyasi, dunyoqarashi, muomalasi avvalo
oilada boshlanadi. Oiladagi bobo, buvi, ota-ona , aka-opalar bilan birgalikdagi
munosabatlarida tarbiyalanib boradiTarbiyaning axloqiy jihatlarii shakllanadi.
1.
Ota-onalar o‘rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilish, ayniqsa, oilaviy
tarbiyada qiyinchilikka uchrayotgan ota-onalarga jamoatchilik yordamini
kuchaytirish lozim. Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan ota-
onalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan
yig‘ilishlariga, ota-onalar qo‘mitalarining majlislariga taklif etish va o‘z tajribalari
bilan o‘rtoqlashishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir. Ulardan unumli
foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur.
2.
Ta’lim muassalarida psixolog va pedagoglarga tashxis vositasi sifatida
farzandlar bilan “Ota-ona va farzand munosabatlari” , “Burch va uning oilaviy
munosabatlardagi o‘rni”mavzusida suhbat, yozma ishlar, Dj.Moreno tomonidan
tavsiya etilgan sotsiometriya metodi, M.Rokichning “Qadriyatlar orientatsiyasi”
metodlaridan foydalanish, Feldsning “Psixologik yaqinlik” testi yordamida ota-
ona, oila-a’zolari, tengdoshlariga munosabatlarining emotsional, kognitiv,
shuningdek, ijtimoiylashuv xususiyatlari ta’sirini o‘rganish uchun M.Saks va
S.Levining “Tugallanmagan jumlalar”, mutaxassislarga havola qilingan “Suratlar
albomi” metodikalari tavsiya etiladi.
3.
Ta’lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda yoshlarni
oilaga tayyorlashga yo‘naltirishda burch fenomeni va uni shakllantiruvchi
psixologik mexanizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning tegishli
yo‘nalishda va samarali kechishi uchun, oila va maktab hamkorligini kuchaytirish
talab etiladi.
72
4.
Ommaviy axborot vositalari orqali farzandlarga burch xissi va uning ijtimoiy
psixologik
mexanizmlarining
shakllanishi,
ota-ona
va
farzandalar
munosabatlaridagi ma’suliyat, burch tushunchalarining axamiyati xakida maxsus
ko‘rsatuvlar, ruqnlar turkumini tayyorlash, ularni farzandlarning bo‘sh vaqtiga
moslab namoyish etish, ular o‘qiydigan nashrlarda chop etish, maktabda turli xil
kasb ustalari, urush va mehnat faxriylari, bilan uchrashuvlar tashkil qilish
maqsadga muvofiqdir.
5.
Ta’lim muassasalarida ayniqsa, o‘qituvchilar ijtimoiy- psixologik bilimlarini
oshirish bo‘yicha psixotrening mashg‘ulotlari tashkil qilish, zarurligini
tushuntirish va uqtirish yaxshi samara beradi.
6. Tarbiya va korreksion ishlar samaradorligini oshirishni oila instituti bilan uzviy
aloqador maktab, mahalla, qarindoshlar va boshqa ijtimoiy sub’ektlarning rolini
oila ilmi markazlarida tashxislashdan boshlash maqsadga muvofiq.
7.
|