Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


 Ota-ona – bola” munosabatlarining psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#43921
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

2.2 Ota-ona – bola” munosabatlarining psixologik xususiyatlari. 

Jamiyatning  jadal  rivojlanishi,  faoliyat  turlarining  tobora  murakkablashib  

borishi  shaxs  ongiga  ko‘rsatayotgan  ko‘rinmas  ta’sirlarning  kuchayishiga  olib 

kelmoqda.  Bu  sharoit  takozo  etayotgan  bilim  ko‘nikma  va  malakalar  shaxslarda 

to‘la  shakllanganligini  talab  etadi.  Shaxsning  mavjud  bilimi,  kasb-hunari, 

malakalari esa bu o‘rinda kamlik qilib qolmoqda.   Avvalo, insonlarda oilada tarkib 

topgan  insoniy  fazilatlarning  o‘ziga  xos  jihatlari  ya’ni  did,  farosat,  aql,  odob, 

emotsional  madaniyatga  muhtojlik  sezilishi,  bu  jarayonni  ijtimoiy  xarakterini  ega 

ekanligitni ko‘rsatadi.   Tarbiyaning  sifatlari  shaxsning kundalik hayot ehtiyojiga  

aylangandagina  u  samarali  bo‘ladi.  Tabiiyki,  bunday  sifatlarga  oilaviy  tarbiya 

natijasida  erishish  mumkin.    Avvalo  bunda  ijtimoiy  tarbiyaning  o‘rnini    alohida 

ta’kidlash  joizki, bu shaxsning  jamiyatdagi  ijtimoiylashuvini  ta’minlash imkonini 

beradi. 


Ma’lumki  bu  jarayonda  oilaning  ijtimoiy  xarakteri  katta  bo‘ladi.  Oilada 

oila a’zolarining, shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o‘zaro hamkorliklariga 

asoslansak,  barkamol    inson  tarbiyasida  muvaffaqiyatlarga  erishish  mumkin. 

Oilaviy    tarbiya  bugungi  kunning  murakkab    muammolardan  biri  xisoblanadi. 

Uning  murakkabligi  shundaki,  har  bir  oila  o‘ziga  xos  ibtidoiy  guruh  bo‘lib, 

tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.  

Ta’kidlaganimizdek,  oilaviy  tarbiyani  ijtimoiy  tarbiya  bilan  almashtirish 

bolalar  kamolotiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  yasli,  bog‘chalarga 

bormay,  faqat  oilada  o‘sgan  va  voyaga  yetgan  bolalar  maktabga  borganlarida 

o‘z  tengqurlari  ichida  ko‘p  jihatlari  bilan  ajralib  qoladi.  Oilaning  bolalarga 

moddiy  va    ma’naviy  g‘amxo‘rligini,  ko‘rsatayotgan  tarbiyani  yasli,  bog‘cha 

tarbiyasi  bilan  yoki,  aksincha,  yasli  bog‘cha  tarbiyasini  oilaviy  tarbiya  bilan 

almashtirib  bo‘lmaydi.  Faqat  o‘zaro  hamkorlik  masalani  ijobiy  hal  etish 

imkoniyatini  beradi.  Lekin  o‘zining  xususiyatlari  va  takrorlanmas  ta’siri  bilan 

oila  bola  tarbiyasida  muhim  omilligicha  qoladi.  Amaliyotda  kuzatganimizdek, 

bolada  ota-onasining  mehri,  erkalashlari  asosida  ota-onalariga,  qarindosh-

urug‘lariga  bo‘lgan  hissiyotlari  shakllanib  boradi.  Bolaning  otasiga  bo‘lgan 



43 

 

hurmati onaning hurmatini joyiga qo‘yishda asos bo‘ladi. Onaga bo‘lgan mehr-



muhabbat      natijasida  o‘z  oilasiga,    yaqinlariga,  voyaga  yetganda  boshqalarga 

bo‘lgan munosabatlarda o‘z aksini topadi.  

Ikkinchi  tomondan  bolalar  ham  o‘z  ota-onalariga  ta’sir  ko‘rsatadilar. 

Oilaviy  aloqalarni  oilaviy  qiziqish,  ma’naviy  qoniqish  hislatlarini 

takomillashiga sabab bo‘ladilar. 

Ota-onalarning  o‘ziga  va  bolalariga  bo‘lgan  talabchanligi,  katta  va 

kichiklarning  o‘zaro  munosabatlari,  do‘stona  muhit,  ishonch  va  o‘zaro  bir-

birlarini tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan 

olib  boriladigan  muhim  omillaridan  biri  ekanligini  e’tirof  etish  maksadga 

muvofiqdir. Bunday birlikning amalga oshishida, avvalo, ota-onalarning siyosiy 

ongliligi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Chunki  ota-onalarning  faolligi  oilaviy  hayotda 

o‘z  ifodasini  topadi.  Shu  ma’noda  bolalar  o‘z  ota-onalarining  siyosiy  va 

fuqarolik  qiyofalariga qarab o‘z xulq-atvorlarini tartibga soladilar, hurmatlarini 

joyiga  qo‘yishga  o‘rganadilar.  Bolalar  ulg‘aya  boshlashi  bilanoq    o‘z  ota-

onalarining  qaerda  ishlashlari,  jamiyatda  tutgan  o‘rinlari,  ularning  bilimiga 

qiziqa 


boshlaydilar. 

Shuning 


uchun 

ham 


ota-onalarning 

nimalarga 

qiziqishlarini, kimlar  bilan safdosh  ekanliklarini  bolalar  mumkin qadar ertaroq 

bilishlari kerak. Ota-ona qanday ishda bo‘lmasin uni jiddiy, el hurmatiga loyiq 

bir ish deb biladigan bo‘lishi kerak. Bu borada oiladagi  tarbiyaning maqsadga 

muvofiq  tashkil  etilishi  yuzasidan  javobgarlik  ayrim  holatlarda  ma’lum 

darajada maktabga yuklatiladi.  

Oiladagi hukmronlikning  tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlash 

maktabning  muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli  tashkil 

etilishiga  dastlabki  ta’sirni  maktab  belgilaydi.  Maktabgina  oilaviy  tarbiya 

samaradorligini  oshirish  yuzasidan  rahbarlik  qila  oladi.  Bu  vazifalarning 

muvaffaqiyatli  bajarilishida,  ijobiy  hal    etilishida    ota-onalar  o‘rtasida  olib 

boriladigan    tarbiyaga  oid  targ‘ibotning  roli  benihoyadir.    Chunki  ota-onalarni 

hozirgi  zamon  ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy  bilimlar  bilan  qurollantirmay    turib, 

oilaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy  targ‘ibotda eng 



44 

 

yaxshi  oilalar  namunasida  ta’sir  ko‘rsatish  eng  maqbul  yo‘ldir.  Bola  tarbiyasi 



yuzasidan  oila,  maktab  va  jamoatchilik  hamkorligi  hozirgi      kunimizning 

dolzarb masalaligi ham mana shundadir.  Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida 

oila,  maktab  va  jamoatchilik  hamkorligining  o‘zi  murakkab  jarayon  bo‘lib, 

bunda  muallimlardan  tashqari  ishlab  chiqarish  jamoalari  vakillari,  yoshlar, 

kasaba  uyushmalari  ishtirok  etadilar.  Ikkinchidan,  ota-onalar  va  qarindosh-

urug‘lar  turli  mehnat  jamoalarining  vakillari  bo‘lib,  ishlab  chiqarish  va  yoru  

do‘stlarining  ma’naviy  xayotlaridagi  omillarni  muhokama  qiladilar,  ularning 

hayotga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu 

sababli  ham  mana  shunday  toifa  oilalarida  tarbiya  topayotgan  bolalar  boshqa 

ota-onalarning  ko‘chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o‘z ota-

onalariga  baho    beradilar.    To‘plangan  tajriba  bolalarni  yasli,  bog‘cha, 

maktabdagi  o‘rtoqlari bilan muhokama  qilish orkali ba’zan taqlid qilish xollari 

kuzatiladi.  

Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha  keng bo‘lib, 

ko‘plab  oilalarimiz  moddiy  jihatdan  yaxshi  ta’minlangan.  Ota-onaning  ko‘pi 

eng  kamida  o‘rta  ma’lumotli.  Bunday  holatlar  ota-onalarning  pedagogika, 

psixologiya  sohasidagi  bilimlar  bilan  qurollanishiga    va  maktab  bilan 

hamkorlikda  bolalar  tarbiyasini  yaxshilash  imkoniyatlarini  yaratadi.  Ota-

onalarning  bilim  saviyasi,  umumiy  tarbiyaga  oid  madaniyati,  ijtimoiy  

intilishlari  va  talablari,  bolalar  tarbiyasiga  nisbatan  turlicha  munosabatlari, 

shakllangan  hayo  tiy  tajribalari,  tarbiya  va  ijtimoiy  taraqqiyot    natijasida  hosil 

qilgan ishonch va e’tiqodlari, oiladagi o‘ziga xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli 

ta’sir ko‘rsatadi. 

Ko‘plab  qishloq  oilalarida  ma’lum  darajada  bolalar  tarbiyasi  yuzasidan 

jamoatchilik  yordami  mavjudligiga  qaramasdan  tarbiyaviy  kuchlarning  bir 

butunligiga  erishilmagan,  o‘zaro  hamkorlikni  qanday  tashkil  etish  mumkinligi 

haqida  ma’lumot  yetarli  emas.  O‘qituvchilar  ham  sinf  ota-onalar    majlisining  

o‘tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta’minlaydi, deb  o‘ylashadi. To‘g‘ri, 

ota-onalar  majlisi  ham  hamkorlikni  ta’minlashning  eng  muhim  omillaridan 



45 

 

hisoblanadi,  lekin  oila,  maktab,  jamoatchilik  hamkorligi  uchun,  ularni 



birlashtirish uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo‘lishi lozim. 

Demak,  maktab  mukammal  tashkilot  sifatida  barcha  tarbiyaviy  ishlarni 

maqsadga  muvofiq  tashkil  etishi  lozim.  O‘z  o‘qituvchilar  jamoasini  uyushtira 

olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo‘naltira olgan, ularning ota-onalarini 

yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina  tarbiyaviy yutuqlarni qo‘lga kirita oladi. 

Bunday  maktablar  esa  o‘z  atrofidagi  zavod,  fabrika,  jamoa  va  davlat 

xo‘jaliklari,  otaliqqa  olgan  korxonalar  bilan  aloqani  mustahkamlab, 

o‘quvchilarning  maktabdan  bo‘sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etmoqdalar, 

qarovsiz, tarbiyasi og‘ir bolalarni o‘z nazoratlariga olmoqdalar. Bunday xayrli 

ishlarda  ko‘plab  ota-onalar  maktab  bilan  yaqindan  aloqada  bo‘lib  o‘quvchilar 

tarbiyasi  yuzasidan  o‘qituvchilar  jamoasi  bilan  bamaslahat  ish  olib 

borishmoqda. 

Lekin, ko‘plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayer emasliklari, ularga ta’sir 

etuvchi  turli  omillardan  bexabarliklari,  bola  kamolotining  murakkab 

tomonlarini  bilmasliklari  natijasida  oilaviy  tarbiyada    ko‘plab  ko‘ngilsiz 

voqealar  ham  sodir  bo‘lmoqda.  Bunday  salbiy  omillar  o‘g‘il  yoki  qizlarning 

maktabdagi  ta’lim-tarbiyasiga  yomon  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Bu  esa  o‘z  o‘rnida 

voyaga  yetmagan  yoshlar  orasida  qonunbuzarliklarning  kelib  chiqishiga  sabab 

bo‘lmoqda.  Kuzatishlar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  hali  ham  ayrim  ota-onalar 

bolalar  tarbiyasi  va  ularning  kelajaklari  haqida  zamon  talabi  darajasida 

tarbiyaviy  mas’uliyatni  his  qilmayaptilar.  Ota-onalar  bilan  suhbatlashish 

natijasida  shu  narsa  aniqlandiki,  ular  farzandlari  15-16  yoshga  yetganidagina  

o‘g‘lim  yoki  qizim  yuqori  sinfda o‘qiyotganligi  esga  tushib  koladi.  Kelajakda 

qaerga  yuborsam  ekan,  qaerga  o‘qitsam  ekan  degan  fikrga  boradilar.  Imkoni 

boricha, tanish-bilish orqali o‘zlari uchun ma’qul dargohga o‘qishga yoki ishga 

joylashtirmoqchi  bo‘ladilar.  Ular  bolalarining  qobiliyatiga  ham,  qiziqishiga 

ham,  xohishiga  ham  e’tibor  bermaydilar.  Bunday  holat  ota-onalarning  tarbiya 

masalasida  aniq  maqsad  va  dasturlari  yo‘qligi  oqibatida  sodir  bo‘ladi.O‘rni 

kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayrim maktab o‘qituvchilari orasida 



46 

 

o‘z  ishiga  mas’uliyatsizlik  bilan  munosabatda  bo‘luvchi  shaxslar  ham  yo‘q 



emas. Ularning eng yomon xatolaridan biri tarbiyaga oid barcha kamchiliklarni 

ota-onalar zimmasiga yuklab qo‘yib, o‘zlari esa kuzatuvchi bo‘lib qolishlaridir.

 

O‘qituvchi  ota-onalarning  faol  yordamisiz  bolalarning  barkamolligini 



ta’minlay olmaydi. Bu o‘rinda tarbiyachining o‘zini tarbiyalash lozimligini ham 

esdan  chiqarmaslik  kerak.  O‘ziga nisbatan  talabchan  muallim  ota-onalar bilan 

hamkorlikda  o‘quvchilarda    mustaqil  fikrlash  va  harakat  qilish,  yangilikni 

sezish,  tashabbuskorlik  hamda  ijodkorlik    qobiliyatlarini    shakllantirish 

maqsadida ularga qat’iy talablar qo‘yish uchun ma’naviy  huquqqa ega  bo‘ladi. 

Hozirgi  kunda  jamoatchilikn  quyidagi  dolzarb  muammolar  tashvishga 

solmoqda.  Oilada  o‘g‘il-qizlar    kimlar  tomonidan  tarbiyalanayaptilar  va  ular 

qanday  ruhda,  maromda  tarbiya  olmoqdalar?  –  Oilaning  tarbiya  ishi  rejasi  va 

tartibli  olib  boriladimi?  o‘quvchilar  ko‘z  o‘ngida  ota-ona,  katta  yoshdagi 

qarindosh–urug‘lar,  tug‘ishganlar  qanday  darajadagi  obro‘ga  egalar?  Oila 

tarbiyasi  va  ota-ona  o‘rtasida  birlik,  umumiylik  mavjudmi?  Maktabda 

qo‘llanayotgan ahloqiy tarbiya vositalari va shakllari qanday tadbiq etilmoqda? 

Oilada  rag‘batlantirish  va  jazolash  metodlaridan  qay  yo‘sinda  foydalanmoqda 

va shu kabilar. Shuningdek, shaxslararo munosabatlarda oila a’zolarining asab 

sistemasi  (uning  kuchi,  muvozanati,  ildamlig‘i,  beqarorligi),  temperamenti 

(uning  xolerik,  sangvinik,  flegmatik  toifalari),  g‘oyaviy  maslagi,  uning 

qiziqishi,  xis-tuyg‘usi,  ideali,  e’tiqodi,  dunyoqarashi,  shaxsiy  pozitsiyasi) 

ahloqiy  xislati,  diqqati,  uning  kuchi,  tarqoqligi,  parishonxotirligi,  tiyrakligi) 

xotirasi,  irodasi  (mustaqilligi,  qat’iyligi,  dadilligi,  mard-qo‘rqmasligi),  nutq 

(mazmunli,  mantiqli,  oxangli,  sur’ati,  dag‘al  va  yumshoqligi),  emmotsional 

ichki  kechinmlari  (kayfiyati,  extirosi,  zo‘riqishi,  jo‘shqinligi,  qo‘rsligi, 

achchiqlanishi, xursandligi) kabi ruhiyat va ma’naviyat jihatlarini xisobga olgan 

xolda joriy qilish muammolari ham kishilarni juda qiziqtiradi.  

Oila  a’zolari  o‘rtasidagi  munosabatlar  tuzilishining  taxminiy  sxemasi 

quyidagicha: 



47 

 



 

buva va buvi hamda oilaning qolgan barcha a’zolari aloqasi: 

 ota-onaning o‘zaro munosabatlari: 



 ota-ona va farzandlar orasidagi muloqot: 

 

farzandlarining o‘zaro munosabatlari tartibi: 



 

kelinning barcha oila a’zolari bilan munosabatlari: 



 kelinlarning (ovsinlar) o‘zaro muloqot qilishlari kabilar. 

Inson  omilini  har  tomonlama  kamol  toptirish,  o‘zaro  yerdam,  o‘rtoqlik 

munosabatlarini  yanada  yaxshilash,  shaxsiy  oilaviy  va  ijtimoiy  hayotda  

oddiylik  va  halollik,  hushmuomalalik  va  rostgo‘ylik  kabi  ma’naviy-axloqiy 

insonlarga  xos  bo‘lgan  sifatlarni  yanada  takomillashtirish  asosida 

jumxuriyatimizning 

ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotini 

jadallashtirish  

davrimizning eng muhim istiqbulli rejalaridan xioblanadi. 

Kishilik  jamiyati 

taraqqiyoti  tarixidan  ma’lumki,  bola  shaxsining  kamoloti  oilada  shakllanadi.

 

Oila  jamiyat  hayotini  olg‘a  suruvchi,  uni  yanada  yuksak  bosqichlarga 



ko‘tarib ravnaq toptiruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab yetishtiruvchi, kamol 

toptirish uchun mas’ul bo‘lgan g‘oyat muhim o‘chog‘dir. 

 

Jamiyatimiz  taraqqiyoti  o‘zining  rivojlanish  qonuniyatlariga  asoslangan 



holda  shaxs  yetukligini    taxminlovchi  va  tarbiya  samaradorligini  oshiruvchi 

omillarni vujudga keltirish talabini qo‘ymoqda.  Shu bilan birga jumhuriyatimiz 

taraqqiyoti  bilan  oila,  uning  barcha  hayotiy  bosqichlari  jiddiy  o‘zgarishlarga 

uchraetganligini  ham  esdan  chiqarmaslik  kerak.  Bizning  yangi  oila  vujudga 

keltirish  borasidagi  muvaffaqiyatlarimiz  shak-shubhasizdir.  Oila  erkaklar  va 

aellarning    to‘la  teng  huquqligi,  oila  uchun  bab-baravar  javobgarligi  asosida 

quriladi.  Biroq,  yangi  oilani  vujudga  keltirish  oddiy  ish  emas.  Bu  murakkab 

jaraen bo‘lib, uning o‘z muammolari mavjud.  Mustaqil oila - uning eng muhim 

negizlaridan biridir. 

Respublikamiz moddiy-texnika bazasining rivojlanishi 

o‘z navbatida oilaning moddiy va ma’naviy kamolotiga, bu esa, o‘z navbatida 

oiladagi  Bolalar  tarbiyasiga  u  yoki  bu  darajada  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Mehnatkashlarning 

turmush 


sharoitlarining 

muttasil 

yaxshilanishiga, 



48 

 

farovonlashishiga olib keladi.  Oiladagi daromadlarning oshishi, bir tomondan, 



ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy hayotlarining yaxshilanishiga sabab 

bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  oila  a’zolarining  yuqori  ma’naviy  ehtiejlarining 

ijobiy  shakllanishiga,  oilaviy  munosabatlarning  takomillashuviga,  boyishiga, 

kattalar  va kichiklar orasidagi muloqot mazmuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Shu  sababdan  bo‘lsa    kerak,  respublikamizning,  jamoatchilikning  diqqat-

e’tibori  oilalarni  mustahkamlash,  yangi  oilalarning  qaror  topishi  va 

shakllanishiga qaratilmoqda. Chunki yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash davr 

talabiga aylanib bormoqda. 

Oila va oilaviy  tarbiya muammolari ichida ota-

onalarning tarbiyachilik madaniyatini oshirish va ularga umumiy tarbiyaga oid 

bilim  berish  davrimizning  dolzarb  masalalaridan  biridir.  Oilalarni  pedagogika 

yutuqlari  bilan  tanishtirish  ularning  mustahkamligini  ta’minlash  vositalaridan 

biridir.  Ikkinchi  tomondan  esa,  bu  o‘z  navbatida,  Bolalarning    tarbiyasida 

tegishli shakl va uslublarni takomillashtirish yo‘llaridan biridir. Shuning uchun 

ham  ota-onalarni,  oilalarni  tarbiyaga  oid  bilimlar  bilan,  tarbiya  uslublari  bilan  

qurollantirish nihoyatda  zarur. 




49 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin