Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


 Ma’naviy barkamol , sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#43921
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

2.3. Ma’naviy barkamol , sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning 

o‘rni. 

Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etishda  ma’naviy 

barkamol,  komil  insonni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  biz  uchun  umummilliy 

miqyosidagi  kechiktirib  bo‘lmaydigan  vazifa  bo‘lib  qolmoqda.  O‘z  istiqboli, 

kelajagini  o‘ylagan  har  qaysi  inson,  xalq,  millat,  mamlakat  o‘z  farzandlarining 

ma’naviy  –  ma’rifiy  tarbiyasi  haqida  o‘ylashi  va  qayg‘urishi  kerak.  Zero,  buyuk 

ma’rifatparvar  bobomiz  Abdulla  Avloniy  ta’kidlaganidek:  «Tarbiya  bizlar  uchun 

yo  hayot-yo  mamot,  yo  najot  –  yo  halokat,  yo  saodat  –  yo  falokat  masalasidur». 

Bolalarni  tarbiyalashda  ota-ona,  oila,  maktab,  jamiyat  a’zolarining  ta’siri  hal 

qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, ma’naviy barkamol avlodni 

tarbiyalashda ota-onaning, oilaning o‘rni haqida so‘z yuritamiz.Bolaning xarakteri, 

tabiati,  tarbiyasi,  dunyoqarashi,  atrofdagilarga  munosabati  oila  sharoitida  qaror 

topadi.  Shuningdek,  bola  ma’naviyatini  shakllantirish  ta’lim-tarbiya  tizimi  bilan 

ham  uzviy  bog‘liqdir.  Bola  tarbiyasini  qachon  boshlash  lozim,  uning  tarbiyasida 

nimalarga  ko‘proq  e’tibor  berilish  kerak,  bu  jarayonda  oila  va  o‘quv  dargohining 

roli qanday? kabi savollar ko‘p ming yillik tarix davomida insoniyatni o‘ylantirib 

kelmoqda.  Ota-ona  bolaning  birinchi  ustozlaridir.  Bola  ota-onasining  hatti-

harakatlarini  ko‘rib,  ularni  o‘rganib  ulg‘ayadi.  Bir  olimning  yoniga  uch  oylik 

chaqaloq  bilan  kelib,  undan  “bola  tarbiyasini  qachon  boshlash  kerak?”,  -  deb 

so‘raganlarida,  olim:  “o‘n  ikki  oy  kechikdingiz”,  deb  javob  bergan  ekan.  Ya’ni, 

tarbiyani  bola  tug‘ilganidan  keyin  emas,  balki  homiladorlik  davridanoq  boshlash 

kerak.  Bunda  onaning  o‘rni  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ingliz  shoiri  va 

dramaturgi  O.  Goldsmit  aytganidek,  ayollar  insoniyatning  ilk  murabbiylaridir. 

Zero, tug‘ilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolaga 

onadan  kelib  tushuvchi  ma’lumotlar  asosida  shakllanadi.  Onaning  his-tuyg‘ulari 

bola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Tug‘ilajak  bola  jismoniy  rivojiga  onaning  hayot  tarzi,  ovqatlanish  madaniyati, 

zararli odatlari bor yoki yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, agar ota yoki onada salbiy 




50 

 

odatlar bo‘lsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniy 



holatigagina  emas,  balki  uning  ruhiy-ma’naviy  holatiga  ham  ta’sir  qiladi,  albatta. 

Ota-onaning  bolaga  go‘daklik  chog‘idan  sevgi,  mehr  berishi,  to‘g‘ri  parvarish  va 

tarbiya qilishi unda ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand 

o‘rtasida  iliq,  yoqimli  taassurot  uyg‘onadi.  Bola  boshqalar  bilan  ham  shunday 

munosabatga  kirishadi.  Bolaning  o‘ziga  ishonishi,  o‘zini  hurmat  qilishi  muhim 

bo‘lib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag‘batlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat, 

sabr-qanoat  va  ishonch  tuyg‘ularini  uyg‘otishi  lozim.  Olimlar  jamiyatda  tez 

tushkunlikka  tushadigan  insonlarni  o‘rganib  tahlil  qilganlarida,  ularning 

ko‘pchiligi bolalik davrida yaqinlari tomonidan kam e’tibor berilgan yoki umuman 

e’tiborsiz o‘sganliklari aniqlangan. 

Oilada  yetarli  mehr  va  samimiylikni  ko‘rgan  bola  axloqiy  qadriyatlarni 

o‘zida  mujassamlashtirishga  intiladi.  Valid  ibn  Numayr  ibn  Avsdan  rivoyat 

qilinadi:  “U  otasining  “Solihlik  Allohdan,  odob  otalardan”,  -  deganini  eshitgan 

ekan.  Bundan  ma’lum  bo‘ladiki,  bolaning  kim  bo‘lib  yetishishi  Alloh  taoloning 

qadari  bilan  bo‘lsa  ham,  uning  odobli  bo‘lishida  ota-onaning  o‘rni  katta.  Zero, 

Allohning  O‘zi  bolaning  kim  bo‘lib  yetishishiga  ota-ona  tomonidan  beriladigan 

tarbiyani  sabab  qilib  qo‘ygan.  Agar  uyda  kattalar  baqirib  chaqirishsa,  bunday 

oilada  ulg‘ayayotgan  bolaga  sokin  va  sabrli  bo‘lishni  o‘rgatish  qiyin.  Zero,  qush 

uyasida  ko‘rganini  qiladi.  Bola  jamiyat  qadriyatlari  va  madaniyatini  oiladan 

o‘rganishni  boshlaydi.  U,  eng  avvalo,  ota  va  onasidan  ibrat  oladi.  Bola  uyda 

hamma  narsani  kuzatishi,  eshitishi,  ko‘rishi,  taqlid  qilishini  unutmagan  holda 

harakat qilish lozim. Ota-ona qanchalar yaxshi tarbiya bermasin, o‘z xulq-atvorini 

tuzatmasa,  bolasining  boshqalarga  ibrat  bo‘ladigan  farzandga  aylanishini 

kutmagani ma’qul. Bolani qattiq nazorat qilish, unga baqirish, yonida janjallashish, 

vaqtida  ovqatlantirmaslik,  atayin  yig‘latish  –  endigina  ishonch  tuyg‘usi 

uyg‘onayogan  bolaga  katta  yomonlik  qilish  bilan  teng.  Natijada  bola  qo‘rqoq, 

ichimdagini  top,  deydigan  bo‘lib  qoladi.  Kattalar  buni  sezmasliklari  mumkin. 

Biroq,  mutaxassislar  fikricha,  ota-onaning  tez-tez  janjallashishlari  bolaning 

kasalliklarga  oson  chalinishi,  yolg‘on  gapirishi  va  tartibsiz  bo‘lishining  bosh 



51 

 

sababidir.  Farzand  maktabga  ilk  qadamini  qo‘yganidan  boshlab,  qiyinchiliklarni 



yengishga  ishonishi  lozim.  Savollariga  u  tushunadigan  tarzda  javob  berish  kerak. 

Unga  dalda  bo‘lish,  qoqilganida  o‘rnidan  turib,  oldinga  intilishni  o‘rgatish  lozim. 

Shuningdek,  ularga  imkoniyat  darajasini  inobatga  olgan  holda  topshiriqlar  berish 

kerak. Bu haqda amaliy psixologiyada quyidagi fikr keltiriladi: “Odamning bironta 

faoliyatining muvaffaqiyat bilan bajarilishi, avvalo odamda bo‘lgan bilim saviyasi 

va  malakasiga  bog‘liqdir”.  Insondagi  malaka  esa  yillar  davomida  shakllanib 

boradi.  Bugungi  kunda  ta’lim  tizimini  takomillashtirish,  raqobatbardosh  kadrlarni 

tayyorlash  mustaqil  O‘zbekistonning  asosiy  maqsadlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu 

maqsad yo‘lida katta ishlar olib borilayotgani ham sir emas. Yoshlar bilim olishga 

undalmoqda  va  ularga  zarur  shart-sharoitlar  yaratilmoqda.  Bolalarga  yuragidagi 

tuyg‘ularni  so‘z  bilan  ifodalashlari  uchun  ko‘maklashish  darkor.  Tuyg‘ularini 

ifodalay  olmagan  bola  o‘zini  chorasiz  his  qiladi.  Bolaning  aytgan  gaplari, 

so‘zlayotgan  voqealari  ota-ona  uchun  shunchaki  oddiy  gapdek  tuyulsada,  bola 

uchun  e’tiborli  va  muhim  bo‘lib  ko‘rinadi.  Farzandni  vaqtida  va  e’tibor  bilan 

tinglamaslik, vaqt o‘tishi bilan bola va ota-ona orasida jarlikni paydo qiladi. Hatto, 

begonalardek  uzoqlashuvga  sabab  bo‘lib,  bunday  vaziyatda  bolalarda  jinoyat 

ko‘chasiga  kirish  yoki  o‘z  joniga  qasd  qilish  kabi  holatlar  kuzatilishini  ta’kidlash 

mihimdir.  Olimlar  o‘z  joniga  qasd  qilishni  ko‘pincha  psixologik  inqiroz  bilan 

bog‘laydilar.  Bu  avvalo  shaxsning  ichki  shaxsiy  aloqalarini  uzilishi,  o‘zi  taalluqli 

bo‘lgan  ijtimoiy  guruhdan  begonalashuvi  oqibatida  paydo  bo‘ladi.  Har  bir  inson 

necha  yoshda  bo‘lishidan  qat’i  nazar  “meni  sevadilar”  degan  tuyg‘u  bilan 

yashashni  istaydi.  Bolani  tushunishda  va  qiynayotgan  muammolarini  hal  qilishda 

uning  gapirishiga  qulay  vaziyat  yaratish,  eshitish  muhimdir.  Bola  so‘zini 

tamomlamasdan  biron  fikrni  bildirish  yoki  qarshi  fikr  aytish  noo‘rin.  Bola  o‘zini 

bezovta  qilayotgan  narsani  tushuntirishda,  tuyg‘ularini  ifodalashda  ba’zan 

qiynaladi.  Shuning  uchun  suhbat  chog‘ida  unga  dalda  berishlarini  xohlaydi. 

Bunday  vaqtlarda  bolaga  zarda  qilmasdan,  muloyimlik  bilan  so‘zlashish,  gap 

orasida  “shundaymi?”,  “Ha,  barakalla”,  “shunday  degin”,  “qiziq,  keyin  nima 




52 

 

bo‘ldi” singari dalda beruvchi so‘zlardan foydalanish zarur. Bu bilan bola o‘zining 



ishonchli suyanchi, ko‘makchisi, mehriboni borligini his qiladi. 

Hozirgi  davrda  komil  insonni  shakllanishi  va  jamiyatda  o’z  o’rnini  topishi 

o’ziga xos xususiyat va imkoniyat, qonuniyatlarga egadir. Bularni shakllanishi esa 

oiladan boshlanadi. Oila ta’lim-tarbiyaning boshlang’ich mexanizmi bo’lib xizmat 

qiladi: unda ta’lim-tarbiya, shaxslararo munosabatlar, milliy an’ana va qadriyatlar, 

urf-odatlar hamda ijtimoiy muammolarning kelib chiqishi ham ularni bataraf etish 

chora-tadbirlari  oilada  o’rganiladi.    Oila  -  ijtimoiy,  tabiiy  omillar  asosida 

shakllangan kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo’lgan shaxslar o’rtasidagi 

munosabatlarning  birga  hayot  qurib  nasl  qoldirish,  faqat  farzandni  dunyoga 

keltirish  emas,  balki  ularni  ma’naviy  va  jismoniy  barkamol  topdirib,  hayotga 

mustaqil qadam qo’yishiga sharoit yaratishdir.  

Professor  O.Musulmonova  ta’kidlaganidek:  “Oilaning  asosi  er-xotin  yoxud 

ota-onadir.  Modomiki,  er-xotin  oilaning  tamal  toshlarini  mustahkam  bunyod 

etishga  mas’ul  ekanlar,  ular  unda  uchraydigan  turmush  qiyinchiliklari,  hayot 

quvonchlari-yu,  tashvishlarini  boshdan  kechirishda,  oilani  idora  etishda,  farzand 

tarbiyasida mas’uldirlar”

4



Farzandni  dunyoga keltirish otalik, erkaklik burchining  faqat bir  tomonidir. 



Uning  eng  asosiy  vazifasi  esa  farzandini  yaxshi  tarbiyalab,  jamiyatda  o’zining 

munosib  o’rnini  egallashini  ta’minlashdir.  Oila  jamiyat  bag’rida  tashkil  topadi, 

taraqqiyo  etib  borar  ekan,  o’zi  ana  shu  jamiyatning  kichik  bir  bo’lagi  sifatida 

namoyon bo’ladi. Oila taraqqiyotini uch yo’nalishda tanlash maqsadga muvofiqdir: 

1. 

Oilaning demografik taraqqiyoti 



2. 

Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti. 

3. 

Oilaning iqtisodiy taraqqiyoti. 



Oilaning  demografik  taraqqiyoti  deganda  oilaning  miqdori,  shaklanishi  va 

demografik  tarkibi  ma’lum  davrlarda  o’zgarib  borishi  tushuniladi.  Oilaning 

ijtimoiy  taraqqiyoti  esa  oila  a’zolarining  ma’lumotliligi  darajasi,  ijtimoiy  mavqei 

salomatligi  borasida  o’zgarish  hamda  ularning  ta’lim-tarbiya,  urf-odat,  fan  va 

                                                           

4

  




53 

 

madaniyat tabiatda va jamiyatda bo’lgan munosabatlarini takomillashib borishidir. 



Oilaning  oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  uy-joy  va  boshqa  yashash  uchun  bo’lgan 

narsalar  bilan  ta’minlanishi  darajasining  o’zgarib  borishi  uning  iqtisodiy 

taraqqiyotini  belgilaydi.  Ko’rinib  turibdiki,  oila  o’z  mohiyatin  bilan  jamiyat 

hayotida  turli  qirralarni  aks  ettiradi.  Oila  paydo  bo’lganidan  to  hozirgi  davrlarga 

qadar  uning  turlari  va  ijtimoiy-demografik  tarkibi  muntazam  o’zgarib  bormoqda. 

Oila turlari va tarkibida sodir bo’lgan o’zgarishlar va ularga ta’sir etuvchi omillarni 

jamiyat  taraqqiyotinng  har  bir  bosqichlari  uchun  alohida  o’rganish  ham  oila 

sotsiologiyasini  asosiy  yo’nalishlaridan  biri  oilaning  mohiyati  va  faoliyatini 

o’rganishdir.  Oilaning  eng  muhim  vazifasi  -  bu  farzandlarning  tug’ilishi,  ya’ni 

jamiyat davomiyligini ta’minlovchi yangi avlod yaratishdir.Oila bugungi shaklida 

oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma’naviy-mulkiy, 

psixologik  munosabatlar,  o’zaro  javobgarlik  his-tuyg’ulari  bilan  bog’lanib 

turadilar.  Oilada  har  bir  oila  a’zolarining  o’z  ijtimoiy  o’rni  bordir.    Oila  paydo 

bo’lib  to  tugagunga  qadar  bir  qancha  bosqichlarda  o’tadi.Ular  oilaning  tashkil 

topishi, birinchi farzandi tug’ilishi, oxirgi farzand tug’ilishi, oilasini tashkil etgan 

er  yoki  xotinning  dunyodan  ko’z  yumushi.Yuqorida  keltiradigan  jarayonlar 

oilaning  hayoti  davrlari  bo’lib,  oila  davomiyligiga  muntazam  qaytarilib  turadi. 

Ko’p  yillik  ilmiy  kuzatish  va  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki,  inson  o’z  umri 

davomida  oladigan  barcha  informatsiyaning  70  foizini  5  yoshgacha  bo’lgan 

davrida  olar  ekan.Bolaning  ongi  asosan  5-7  yoshda  shakllanishini  inobatga 

oladigan  bo’lsak,  aynan  ana  shu  davrda  uning  qalbida  oiladagi  muhit  ta’sirida 

ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi. Yosh avlodni jismoniy va 

ma’naviy jihatdan kamol toptirish eng muhim va ustuvor hamda doimiy ravishda 

bajarishimiz lozim bo’lgan vazifamiz ekan, oilada farzandlar tarbiyasi va kamoloti 

bobida  avvalambor,  oilada  ruhiy  muhit  sog’lomligi  va  farzandlar  nazoratiga 

muhim e’tibor qaratish lozim bo’ladi.   

Ma’lumki,  sog‘lom  bola  –    deganda  jismoniy,  aqliy,  ahloqiy  va  ma’nan 

yetuk shaxsni nazarda tutamiz yoki yurtboshimiz I.A.Karimovning fikrlariga ko‘ra 

“Ham  jismoniy,  ham  ma’naviy  jihatdan  sog‘lom,  hech  kimdan  kam  bo‘lmasdan 



54 

 

boshini  baland  ko‘tarib  yashaydigan,  Vatanimizning  taqdiri  va  kelajagi  uchun 



ma’sulyatni o‘z zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni 

barpo  etishga  qodir  bo‘lgan  barkamol  avlod”

5

  ,.    Shunday  ekan,  sog‘lom  bolani 



tarbiyalashda 

har 


qanday 

sinalgan, 

hayotiy 

tajribadan 

o‘tgan,  milliy 

qadriyatlarimiz,  urf-odatlarimiz  va  an’analarimizga  tayangan  holda  jahon 

pedagogikasida  muvaffaqiyatli  tajribadan  o‘tgan  ta’lim  usullarini  tanlagan  holda 

bolani    tarbiyalashga  yondoshsak  hech  mubolag‘asiz  yuqoridagi  vazifalarni  hal 

etgan  bo‘lamiz.  Hozirgi  kunda  7  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar    (maktabgacha 

yoshdagi  bolalar)    tarbiyalashda  «Bolaga  yo‘naltirilgan  muhit    metodikasi»  keng 

qo‘llanilmoqda.    «Bolaga  yo‘naltirilgan  muhit    metodikasi»    bu  bola  shaxsiga 

yo‘naltirilgan  ta’limda  maktabgacha    ta’lim  muassasasining  mazmunida 

bolalarning  kognetiv  (aqliy)  ,  muloqatga  kirishishi  va  nutqining  rivojlanganligi, 

ijtimoiy  –  xissiy  va  jismoniy  motor  rivojlanishiga  sharoit  yaratilishini  ta’minlash 

juda  muhimdir.  Bolaning  rivojlanishiga  sharoit  nafaqat  guruh  xonalarida  ,  balki 

muassasa  hovlida,  yo‘laklarida  ,  o‘yin  maydonchalarida  ham  yaratilgan  bo‘lishi 

shart.  Bu  yerda  bolani  sog‘lom  etib  tarbiyalashda  muhit  haqida  gap  ketar  ekan, 

avvalo  bolaga  yo‘naltilgan  muxitning  quyidagi  talablarini  e’tiborga  olish  juda 

muhimdir.  

 



Bolaning sog‘ligini qo‘llab – quvvatlashga mos: yorug‘likning yetarli 

bo‘lishi, toza havo, toza joy, issiq xona. 

 

Bolani noo‘rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy bo‘lishi. 



 

Bolani turli kashfiyotlar qilishi, ijodkorligini oshirishi, tajriba – sinov 



o‘tkazishga qulay bo‘lishi. 

 



Bolaning  aqliy  qobilyati,  mantiqiy  tafakkuri,  ruxiy  jarayonlarini 

taraqqiy ettirishga xizmat qilishi. 

 

Bolada  erkinlikni  o‘stirishi,  mustaqillikni  tarbiyalashi,  tanlash 



imkonini berishni rivojlantirishi. 

                                                           

5

  



55 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin