1.3. Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada
bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib
borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining
xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo
choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi
bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu
fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu
Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy
– ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda
olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy
vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish,
uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning uchun:
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash;
- hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish;
- o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni
shakllantirish;
- o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi;
- ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar
va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan
tanishtirish;
- madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga
bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil
qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik
tushunchalarni shakllantirish;
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni
rivojlantirish kerak.
30
Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar
ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo
shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik
odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik,
irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib,
ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila
ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p
oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi
tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya
ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga
yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar,
komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda
izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik ,
aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni
Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning
«Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad
Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad
Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat
talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam
beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini
chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish
mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat
qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino
Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk
mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik,
iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng
tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
31
xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish,
do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab
oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror
toptirishga katta ahamiyat berganlar.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga
boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash
muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan
tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari
haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola
tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino:
«O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik
bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi.
Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash
kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va
pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga
harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb
yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning
to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etg an. Ibn
Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy
burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni
tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini
tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy
misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga
tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata
ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga
munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga
ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning
xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy
tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi,
32
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish,
vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari
bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan
edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy
tarbiya bermoq zarur»
3
. taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada
bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni
bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida
yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi
tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi
xulqqa
ega
bo‘lishiga,
uni
g‘ayriaxloqiy
xatti-harakatlardan
ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq
boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini
mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni
axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim.
«Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati».
Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiya si masalasini, ota-
onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil
qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning
fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi.
Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini
yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va
mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va
yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb
hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi
rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i,
ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni
3
33
tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari
bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota -
onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni
faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga
qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning
jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini
tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni
bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan
onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar
farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan.
Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va ota-
onalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z
farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi –
zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni
tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va
baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar».
Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir
alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri
bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z
asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati,
albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va
totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerd a oila
munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha
kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va
G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila
boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani
yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir.
Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga
munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola
tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida
34
bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq.
Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni
qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyid an to‘rtinchi
oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv,
kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi.
Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish,
iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar
beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim
fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi
kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli
tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin.
Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik,
insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha,
tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol
toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu
g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aql -
zakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi,
bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirish ga da’vat etadi.
Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini
hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik,
hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu
sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida
kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning
o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna,
o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga
hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan
mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha,
tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi
fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga
35
yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya -
natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi.
Navoiyning o‘qtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon
nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash,
muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z
xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga
tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab
tarbiyalamoq darkor. Bunda Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat,
jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy
inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sino ahloqiy
tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan, nafsiga, g‘ururiga tegmagan
holda, yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishni ma’qul usul
hisoblaydi. Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat Bilan
yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak.
Bir xil nasihatlarni qaytaraverish bolaga ta’sir qilmaydi. U deydi: «Sening
fikrlaring (bolaning)yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga
imkon berish. . . Agarda suhbatdoshning yoki do‘sting sening so‘zlaringga
va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga
ko‘chir». Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi – bu izchil va asta-sekin
amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir.
|