www.ziyouz.com kutubxonasi
221
kishiga g‘alaba qilganliklari tarix kitoblarida ko‘p yozilmishdir. Shuni ham bilish
kerakkim, yuqorigi oyatlarda berilgan va’dalar mo’minlarga qarata aytilgan. Agar
mo’minlik, musulmonlik yo‘llaridan chetga chiqmasalar, uning sharoitini buzmasdan
zafar jamalg‘alarini mumkin qadar to‘liqlagandan so‘ngra Allohdan nusrat so‘rasalar,
yuqori oyatlardagi Allohning va’dasiga albatta ega bo‘lgaylar.
Sahobalar esa haqiqiy iymonga ega bo‘lgan kishilardur. Shuning uchun Allohning
va’dasiga ishonib, ko‘ngillari unga qanoat qilganlikdan, O‘ziga tavakkal qilib, dushman
ko‘pligini ko‘zlariga ilmadilar.
Shunday qilib, Islom askari Shom tuprog‘ida Mu’ta degan joyga kelganlarida u tomondan
qalin dushman askari chiqib, shu yerda ikki qo‘shin askari to‘qnashdilar. Saflar tuzilib,
bir-biriga ko‘zlar tikilib, urush boshlandi. Rasululloh bergan oq tug‘ni tutib askar boshlig‘i
Zayd ibn Horisa oldinga intilib, Islom askari bilan hujumga o‘tdilar.
Islom askari ersa, kuffor qo‘shini oldida ko‘kdagi qalin yulduzlar ichida qolgan hulkardek
ko‘rinur edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam topshirg‘on oq bayroqni tutganicha
olg‘a intilib, nayza-qilichlarning shig‘irlagan qaynam joyiga yetib bordilar. Dushman
ko‘pchilik qilib, uni saqlagudek askarlari bo‘lmaganidan to‘rt yoqlama dushman hujumi
ostida qolib, shu yerda Zayd ibn Horis shahid bo‘ldi, raziyallohu anhu.
Bu kishi yiqilgudek bo‘lganida uning qo‘lidagi tug‘ini yerga tushirmasdan, ikkinchi amir
Ja’far ibn Abu Tolib kelib tutdilar. Askar oldiga tushib, ot ustidan turib, qo‘lida tug‘ bo‘la
turib, dushmanga hamla qildilar. Nayza-nayzaga, qilich-qilichga kirishib, bahodirlarning
takbir sadosi bilan solgan suronlari ostida ko‘klar ingrashar edi. Qarasalar borgan sari
ish og‘irlasha boshladi. Hazrati Ja’far buni ko‘rib, darhol otdan tushib piyoda bo‘ldi. Agar
shahodat topar bo‘lsam, dushmanlar otimdan foydalanmasinlar, deb uni payini kesdi,
so‘ngra takbir aytib butun askari bilan dushmanning qalin joyiga hamla qildilar.
Dushman tarafidan urilib, tug‘ ko‘targan o‘ng qo‘li kesilib ketdi. Tug‘ni so‘l qo‘liga olib
edi, buni ham kesdilar. Shunday bo‘lsa ham tug‘ni tashlamasdan qo‘ltig‘iga qisib turgan
holda shahid bo‘ldi. Hazrati Ja’farning yoshi o‘ttiz uchda bo‘lib, u Hazrati Alining og‘alari
edi. So‘ngra Islom tug‘ini uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha ko‘tardi. Bu kishi ham otliq
edi, oldiga yurish, orqaga chekinish to‘g‘risida bir oz o‘ylanib turgach, ikki yo‘ldoshimdan
ibrat olgudek bir ish qilur ersam, shunda najot topgayman, deb kofirlar to‘piga qarab
arslondek otildi.
Bir qancha urush-surishdan so‘ngra bu kishi ham shahid bo‘ldi. Shu bilan Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam askarboshi qilib belgilangan kishilarning uchovi ham urushning
birinchi kunidayoq shahodat topdilar.
Amirlikka tayinlangan kishilardan qolmadi. Buni ko‘rib sahobalardan Sobit ibn Arqam
degani kishi: «Rasulullohning tug‘lari yerda yotmagay», deb darhol qo‘liga oldi. Bu kishi
ersa, Badr urushida ish ko‘rsatgan ulug‘ sahobalardan edi. Tug‘ni ko‘targach: «Ey
mo’minlar, askar amirsiz qoldi, tug‘ni kimga topshiramiz?» deb qattiq qichqirdi.
«O‘zingga topshirdik», deb urush qilayotgan askarlar atrofdan javob berdilar ersa, u:
«Yo‘q, buning egasi men emasdurman. Tug‘ni Xolid ibn Validga topshirgaymiz, bul ishga
u mendan yaramliroqdir, urush ilmini yaxshiroq biladi», dedi. U shunday degach,
barchalari rozilik bildirib, tug‘ni Xolid ibn Validga topshirdilar.
Uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha shahodat topgandan keyin Islom askarining saflari
buzilishga boshlagan edi. Hazrati Xolid tug‘ tutgandan keyin bularni tartibga soldi. Askar
qurilishi tuzatilgach, bir oz orqaga chekinib, dushmanga qarshi mudofaa usulini
qo‘lladilar. Bunday dahshatli urush ustida ketma-ket uch amirning o‘ldirilganiga ruhi
tushmay, o‘zlari buzilayotgan, sochilgan askarni qilich-nayzalar ostidan chiqarib
dushmandan mudofaa qilgudek bir kuchga keltirmoq bek qiyin ishdir. Bu ersa hazrati
Xolidning dunYo qo‘mondonlarini hayron qoldirurlik darajada bu ishda mahorat