www.ziyouz.com kutubxonasi
345
ichida Muhlim ibn Jusoma degan bir kishi eskidan qolgan dushmanligi uchun Rasululloh
qo‘ygan askar boshlig‘ini kechasi uyquda yotganida o‘ldirib qochdi.
Rasululloh buni anglab qattiq qayg‘urib, o‘ldirguvchini qarg‘adilar ersa, yetti kunga
yetmay u ham o‘ldi. Qabrga qo‘ysalar, go‘r qabul qilmadi. Necha qayta qo‘ydilar,
tashqari chiqarib tashlayverdi. Buni Rasululloh anglab:
— Undan yomonlarni ham go‘r qabul qilur erdi. Sizlarga ibrat uchun Alloh buni ko‘rsatdi,
— dedilar-da, so‘ngra uni bir chuqurga tashlab, ustiga tosh uyib qo‘ydilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir odam otini sotib edi, so‘ngra sotganim yo‘q,
deb so‘zidan tondi.
— Rasululloh bu otni sotib oldilar, — deb sahobalardan hazrati Huzayma guvohlik berdi.
Lekin o‘zi ko‘rmagan edi.
Anda Rasululloh:
— Ey Huzayma, ko‘rmagan ishga qandoq guvohlik berursan? — dedilar.
— Arsh ustidan keltirgan har bir so‘zingizga ishonurmiz. Endi yer ustida aytgan
so‘zingizga nechun ishonmaymiz? — dedi Huzayma.
Bu so‘zi ersa Allohga xush kelib uning guvohligini ikki guvoh o‘rniga oldilar. Shunday
bo‘lsa ham, ul otni olmay, egasiga qaytarib berdilar:
— So‘zi yolg‘on bo‘lsa, undan barakot topmas, — dedilar.
Ertalab qarasalar, ot oyog‘ini yerga qo‘yolmay cho‘loq bo‘lib qolmish edi. Rasululloh
aytganlaridek, yolg‘onning shumligidan o‘ziga ham ot asqotmadi.
Payg‘ambarik davri yigirma uch yil ichida shunga o‘xshash ishlar hisobsiz ko‘pdir. Bular
ham Rasulullohning mo’jizalaridan sanalg‘usidir. Sallallohu alayhi vasallam.