www.ziyouz.com kutubxonasi
369
— Qonni nima qilding? — deb so‘radilar.
— Ko‘mib tashlashga ko‘nglim bo‘lmay uni ichdim, yo Rasulalloh, — dedi.
— Ey Abdulloh, o‘zingga ham qiyin bo‘ldi, kishilarga ham qiyin bo‘ldi, — deb unga ko‘p
achindilar.
Rasululloh aytganlaridek, shu qonni ichgandan so‘ngra himmati ko‘tarilib, shijoat-
bahodirligi ko‘paydi. Hazrati Muoviya o‘lgandan keyin Yazidga va boshqalarga itoat
qilishga himmatlari qo‘ymay o‘zlari xalifa bo‘ldilar: Hijoz, yaman, Iroq, Xuroson
mamlakatlari bu kishiga bay’at berishib, sakkiz yil xalifalikda turdilar. Ul chog‘da
Abdulmalik ibn Marvon Shomda podsho edi. Hajjoj qo‘mondasida bu kishiga qarshi askar
yuborib, har ikki xalifa o‘rtasida urush boshlandi. Shom askari Makkaga kelib, shaharni
qamal qildilar. Urush uzoqqa cho‘zilib, Makka xalqi olti oy qamal ostida qoldi. Har
yoqlama qiyinchiliklar bo‘lib, oxiri bu kishining tarafdorlari tarqalib ketdilar. O‘zi yolg‘iz
qolguncha dushmanga qarshi urushib, eng so‘ngi kungacha chidamlik bilan turib
shahodat topdi. Raziyallohu anhu. Onasi Asmo Abu Bakr Siddiq qizi, hazrat Oishaning
opasi edi.
Shahid bo‘lganida yoshi yetmish ikkida edi. Yetmish uchinchi hijriy tarixida bu voqea
bo‘ldi.