1.2. Tohir Malik – qissanavis
YAratgan tomonidan ado etilgan iste’dod haddan tashqari kuzatuvchanlik,
jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan yaxshi tanishlik, jonli hayotga
yaqinlik uni badiiy ijod maydoniga etaklab keldi. T. Malik ilk qadamlaridanoq
adabiyotga o’ziga xos ovoz, o’zgacha tasvir usuli va alohida badiiy idrokka ega
yozuvchi sifatida kirib keldi. Vaqt o’tgani sayin adib ijodining ana shu jihatlari
teranlik va tiniqlik kasb etib bordi.
Tohir Malik, birinchi navbatda, qissanavis sifatida tan olingan yozuvchidir.
Adibning qissalari o’zbek qissachiligi taraqqiyotining o’ziga xos davrini tashkil
etadi deyish mumkin. YOzuvchi nasrning bu janrida inson tabiatiga xos turfa
jihatlarni, ruhiy iztiroblaru tuyg’ular tovlanishini butun murakkabligi bilan ko’rsata
oladi. Uning «Murdalar gapirmaydilar», «CHarxpalak», «So’nggi o’q»,
«Vasvasa», «Alvido, bolalik!», «SHaytanat» singari o’nlab badiiy barkamol
asarlari qissa janri imkoniyatlari nechog’lik katta ekanligi amalda ko’rsatdi.
Mazkur qissalar adibning shaxs va uning tuyg’ulari, taqdiri, qismati haqidagi
o’ylar, iztiroblari hamda mulohazalarining ko’rinishidir. Bir qarashda, T. Malik
qissalari soddagina: pardozlar, jimjimador badiiy bezaklardan xoli ko’rinadi:
6
Adibning «Savohil» va «So’nggi o’q» asarlari ma’lum ma’noda bir-birini
to’ldiradi. Ularda oktyabr to’ntarishidan keyin xalqimiz boshiga tushgan fojiali
qalamga olingan.
«… Turkiston Markaziy ijroqo’midagi majlislar Asadullani tabora qiynab
borardi, uni go’yo boshi berk ko’chaga haydayotgandek edi. Milliy uyg’onish,
yurt istiqloli orzusi mavhumlik pardasiga chulg’anardi. U jannat bog’larini
chorasiz kishi holida o’zini ko’rib, ruhi faryod cheka boshladi. «Qaysi nuqtada
xatoga yo’l qo’ydik? Nahot bo’layotgan gaplarning barchasi yolg’on, nahot biz
aldovga uchgan nodonlarmiz?» - Asadulla shu savollarga javob izlardi. Ichki bir
hayqiriq «Senlar aldandilarina, senlar tufayli xalq ham aldandi deb tursa, so’nib
ulgurmagan umid cho’g’i» «YAna ozgina kutaylikchi» deb sabrga undardi…
1
«Savohil» 1985 yilda yozilgan qissa bo’lib, lekin uning yozilishi ancha oldin
boshlangan. Aslida Tohir Malik 1978 yilda atoqli siyosiy arbob, ma’rifatparvar,
o’zbek teatrining asoschilaridan biri A. Avloniy tavalludining 100 yilligi arafasida
«Guliston» jurnalida ishlardi. O’sha vaqtdagi jurnalning bosh muharriri o’rin
bosari Vahob Ro’zimatov unga bir surat ko’rsatib: «Afg’onistonga borgan
birinchi elchilar delegatsiyasi. Bu odam Abdulla Avloniy degan taxmin bor.
SHuni aniqlash kerak deydi. T. Malik Abdulla Avloniyning uylariga borib,
Avloniyning qizi, o’g’li, shogirdi bilan uchrashadi. SHu masalaga oydinlik kiritish
maqsadida Moskvaga ketishidan oldin tog’asi M. Ismoiliy bilan suhbatlashadi.
O’sha suhbatda tog’asi o’zbek ziyolilarining taqdirini yozish kerak degan fikr
berib, yozuvchining yuragiga cho’g’ soladi. Kutubxonalardagi, arxivdagi noyob
hujjatlarni o’rganib chiqib bu qissani yozadi. Asar garchi Abdulla Avloniyga
bag’ishlangan, unga shoirning hayotidagi ko’p voqealar kirgan bo’lsada, U
Avloniy tarjimai holi sifatida berilmaydi. YOzuvchi Asadulla Mir’alam siymosida
o’zbek ziyolilarining eng yaxshi fazilatlarini jamlashga, shuningdek oktyabr
to’ntarishidan keyingi adashishlarni bayon etishga harakat qiladi. Bolsheviklar
o’zbek ziyolilari va shariat peshvolari orasidagi ixtiloflardan ustalik bilan
foydalanadilar. Ularni ayri-ayri sohillarga tashlab, so’ng birma-bir qirib
1
Т. Малик. Танланган асарлар. 3-жилд. Савоҳил. Қисса 8-том. «Шарқ» 2005 й. 10-б.
7
yuborganlar. Tarixning bu mash’um sahifalari bugungi avlod uchun ibrat bo’lishi
lozim.
Qissada XX asr boshidagi tuzum illatlari, o’zbek ziyolilarining murakkab
va fojiali taqdirlari haqqoniy tasvirlangan. Bol’sheviklarning vahshiyona xatti
harakatlari butun bir qishloq ahlini yosh, qarini, bola, aylni adirga haydab chiqib,
«bosmachilarga qarshi handaq qaziysizlar»doya o’ldirib, o’zlari qazigan
handaqlarga ko’mib ketishlari, o’z uylarini himoya etuvchilarni «bosmachi» deya
ariqlarda suv o’rniga ularni qonini oqizganlar banyo etishga so’z ojiz… YOzuvchi
odamlarning sho’rolarga qarshi qo’lga qurol olishlariga aynan shunday
vahshiyliklar sabab bo’lgan deya xulosa beradi.
Sovetlar tuzumi davridagi qamoq hayoti, jinoyatchilarning ruhiy olami
bunyo etilgan «Murdalar gapirmaydilar» va «Ov» qissalarida nafsning kelajagi –
zulm, zulmning kelajagi esa xorlik ekani haqida fikr yuritiladi. Bu oddiy hayot
haqiqati orqali badan pokligi badangan, ruh pokligi ruhga hayot bag’ishlaydi
degan g’oya ilgari suriladi. Qissaning «YAshash huquqi» deb nomlanuvchi
birinchi bayoni «Aralangan daraxt» degan bir rivoyat bilan boshlanadi.
«Emishki, bir o’rmonda bolta paydo bo’lib, daraxtlarga qirg’in keltiribdi.
YOg’ochlar unga qarshi chora topolmay, keksa donishmand emandan maslahat
so’rashibdi. «Bolta deganlaring nima o’zi? U nimadan ishlangan? Deb so’rabdi
eman. «Bolta- temirdan yasalgan bir matohdir» deb javob beribdilar. «O’zi-ku,
temir ekan, dastasichi? Dastasi ham temirdanmi?» deb so’rabdi eman. «YO’q, -
debdilar,-dastasi-yog’ochdan bo’lsa, unga chora yo’q», degan ekan eman.
2
Xuddi
mana shu eski rivoyatda aytib o’tilgan fikrlar asarning o’q tomiriga singdirilgan.
CHunki hayotda ham «daraxtzorda» «bolta» paydo bo’lishi bilan unga dasta
bo’lishga oshiquvchilar ko’payishi sir emas. Qissa qahramoni Tursunali ham
xuddi mana shu «o’zidan chiqqan «dastalar» sabab ildizi chopilib, uzoq sovuq
o’lkalarda darsxt kesuvchilar safiga tushib qoladi. Uyqusiz sabablarini bu balolarga
mubtalo bo’lish sabalarini ko’p o’ylaydi. Do’st libosidagi ilonlar boshini
yanchishni diliga tugadi.
2
T. Malik . Tanlangan asarlar. .2-jild.. Murdalar gapirmaydilar. Qissa. Т. 2004 y. 7-bet.
8
Dunyo bamisoli birdaniga ko’karib tezda qurigan dalaga o’xshashini,
ehtiyotsizlik qilinsa bu manzara kishini aldab qo’yajagini, aldangan esa, bir kuni
hayoti sarg’ayib so’la boshlagach, ma’yus va g’amgin bo’lajagini anglamaydi.
Dunyoning o’xshashini, o’ylamay tashlangan har bir qadam botqoqqa – botirish
mumkinligini fahm etmaydi. Tursunali shunday bandalardan biri. U marhamat
so’rab Xudoga ko’p yolboradi. Ammo iymon kalimasi bilan yumshamagan dildan
o’chgan bu yolborishlar qabul bo’larmikan? Insonlarni salomatga, saodatga
erishtiruvchi yagona narsa iymondir. Odamzod har qanday yomonlikni faqat
iymon bilan engishi mumkinligini anglab etmog’i mumkinmi? Dunyo to’plashga
etgan aql bu haqiqatni tushunishga kelganda kamlik qiladi. Tursunali avvallari
xudoni eslamas edi. Qo’lariga kishan tushishi bilan yodga oldi. Dam tavba, dam
munojot qiladi. «Gunohim bo’lsa kechir» deydi. «YO yaratgan egam, men
gunohkor bandangman, bilib-bilmay qilgan gunohlarimni kechir» demaydi.
Birovlarning haqqini eganida bu dunyoning hisob-kitobli ekanini unutgan edi.
«Nafs balolaridan qutqar» deb so’ramagan edi, «zindon azoblaridan qutqar» deb
faryodlar qildi. Bandaning holi shu: go’yo u yoki bu ishning gunoh ekanini
bilmagandak yuraveradi. Boshi devorga urilib, zarba tufayli ko’zlaridan
uchqunlar sachragandagina Tangrini eslaydi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, asarda ham jismonan, ham aqlan, ham
ruhan pokiza hayot kechirish g’oyasi ilgari surilgan.
SHaxs ruhiyatni tasvirlash Tohir Malik ijodiga xos muhim belgi deyish
mumkin. SHo’rolar davrida eng yaxshi adabiyot - muammolar adabiyoti edi:
o’sha sharoitda biror dolzarb hayotiy masalani ko’tarib chiqish, badiiy tadqiq
qilishga urinishning o’zi jasorat hisoblanar va adabiyot uchun ham ma’lum
ahamiyatga ega edi. Mafkura iskanjasiga kommunistik estetika badiiy adabiyotdan
odamga uning oddiy «vint-murvat» ekanligini eslatib turishni kishi bilmas
tarzda talab qilardi. Garchi, o’sha paytda ham og’izda insonni tasvirlash asosiy
maqsad deyilsada, amalda odamga emas, uning mehnatiga e’tibor qaratilardi.
Insonga asosan ishchi kuchi deb qaralar va u shu nuqtadan turib tasvir etilar edi.
Inson tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlarga madhiyalar aytilsada, uning
9
shaxsiga, ko’ngliga e’tibor qilinmas edi. Har bir odamning olam ichra olam
ekanini hisobga olish, uning ruhiyati va kechinmalarini tadqiq etish badiiy ijod
uchun muhim sanalmas. T. Malik sermahsul ijodi bilan adabiyotshunoslikdagi bu
kabi talablarni inkor etdi va istiqlol g’oyalarini millatdoshlar tafakkuri hamda
ruhiyatiga singdira oldi.
Tohir Malik zamonasozlik bilan qalam surmaydigan adib. U kitobxonlar
saviyasiga moslashishga emas, balki ularning didini ko’tarishga, o’quvchini davr
nafasini ilg’aydigan darajaga etkazishga urinadi. SHu bois o’quvchisidan oldinroq
yurishga harakat qiladi. Tohir Malik hayotni insoniy tuyg’ular tasviri orqali ifoda
etadi. U odam ruhiyati tovlanishlarini chuqur va tiniq tasvirlashga ishqiboz.
YOzuvchining qissalarida hamisha shaxs tasviri, uning katta-kichik dardlari,
iztiroblari, intilishlari, o’y-xayollari mavjud. Uning qahramonlari shu jamiyat, shu
hududda nafas olib, sizu bizning oramizda yashab kelayotgan, ezgu va buning aksi
bo’lgan ishlardagi shaxs va kimsalardir. Ularning hatti-harakati, fikr va dunyo
qarashi, atrofidagi kishilar bilan munosabatlari, ma’lum bir voqelikka aloqasi
qahramonning qanday ko’rinish (ijobiy yoki salbiy) zohir qilishni belgilab beradi.
«SHaytanat» dagi Asadbek, CHuvrindi, Kesakpolvon singari botil olamning
vakillari, «CHarxpalak»dagi ruhoniy olam kishilari, «So’nggi o’q» dagi
qasoskorlikni o’ziga kasb qilgan kimsalarning tanazzuli va boshqalar ana shu
xulosaga olib keladi.
Adib qahramonlar ruhiyatini har tomondlama chuqur ochib berishga harakat
qiladi. Buni biz adibning «Alvido, bolalik!» qissasi misolida ham ko’rinishimiz
mumkin.
O’zbek detektivining qiziqarli namunasi bo’lgan bu qissa har qanday yosh
va kasbdagi kitobxonni befarq qoldirmaydi. Adibning «Jinoyatning uzun yo’li»
turkum asarlarining birinchi kitobi bo’lishi mazkur qissa yomonlarning aybi bilan
jinoyat ko’chasiga kirib qolgan iste’dodli o’zbek bolasi, yaxshi oilaning qobil
farzandi boshidan kechirgan mushkul sarguzashtlari, fojiali taqdiri haqida hikoya
qiladi. Asar markazida hayotning chag’ir tikanakli yollarida o’zlarini yo’qotib,
adashib – tentirab yurgan bolalarning ruhiyati, ularning ichki tuyg’ulari,
10
adashganligini tan olmay, o’z fojiasida boshqalarni aybdor sanash kabi fikrlar
to’lqinlar goh ko’tarilib, goh tushib turadiki, kitobxon ushbu holatlarda aybdor
kim, sababchi kim, gunoh nima, savob nima, degan oddiy savollarga juda
murakkablik bilan javob topib boradi.
Biz bu o’rinda qissa markazida turgan Qamariddin fojiasining ildizlariga
nazar tashlashni istadik. Negaki, asarlardagi jamiki syujet chiziqlari aynan mana
shu qahramon atrofida aylanadi.
Qissadagi Asrorning ruhiy kechinmalari, ikkilanish –u istar istamas
aytgan yolg’onlari, ko’p bolali nochor oilaning otasiz etim farzandi Salimning
jismoniy qiynalishlari va hokozo voqealar ayni shu Qamariddinga kelib taqaladi.
YOzuvchi barcha voqealarning boshlanish nuqtasi shu obraz bo’lgani uchun
Qamariddining ichki va tashqi olamiga alohida e’tibor qaratgan. Qamariddin nima
sabablarga ko’ra jinoyat olamiga kirib qolgani, o’zi tengi bolalarni bu manfur
olamga tortish, o’smir yoshida jinoyat olamining tajribali shaxsiga aylanganini
ishonarli misollar yordamida ko’rsatib bergan.
T. Malik inson shaxsi, uning xarakter rivojiga islomiy nuqtai nazardan
yondashuvchi adib ekanligini isbotlagan. Qamariddin obrazini yaratishda ham
xuddi shu yo’ldan boradi. Uning fojeasiga faxsh, zino, oilaviy tanazzul tarbiya
sabab bo’lganligini ko’rsatishga intiladi va bunga to’la erisha oladi. (Bu haqida 2
bobda batafsil to’xtalamiz)
YUqorida tilga olingan asarlarning muvaffaqiyatini ta’minlagan xislat
muallifning dardmandligi, tasvirga olingan kishilar qismatiga sherikligidir. Adib
obrazlar xatti-harakatlarining tub sabablarini tadqiq qilishdan erinmaydi. U
oqibatni, ya’ni voqelikning tashqi tomonini ko’rsatib qo’ya qolishga shoshilmaydi.
Har oqibat muayyan bir sababning mahsuli ekanligini insoniy taqdirlar orqali
ko’rsatadi.
|