Mundarija



Yüklə 270,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.01.2022
ölçüsü270,69 Kb.
#44529
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
tohir malik qissalarida davr illatlarining fosh qilinishi

Xulosa. 

             BMI  ning  xulosa  qismida  boblar  yuzasidan  fikrlar  umumlashtirilib, 

quyidagi  ilmiy  yakunga  kelindi. 

1.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  sodir  bo’lgan  ijtimoiy-siyosiy,  adabiy 

va  madaniy  sohadagi  tub  o’zgarishlar  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonun  va 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  qabul  qilinishi  ta’lim  va  tarbiya 

ishlarini  yangicha  usulda  tashkil      qilishni  talab  etadi.  Ta’limning  ham 

mazmunan,  ham  shaklan  milliy  tus  olishiga  erishish  shu  kunning  dolzarb 

masalalaridan  biri.  Har    bir  yangilikni  kundalik  hayot  voqealari  mazmuniga 

singdirish  va yosh avlodni  kelajak  sari yo’naltira  olish zarur. 

2.  Mustaqil  respublika  sharoitida  xalq  ta’limi  o’ziga  xos  rivojlanish  davrini 

boshidan  kechirmoqda.  Bu  o’ziga  xos  rivojlanish  davrini  boshidan 

kechirmoqda.  Bu  o’ziga  xoslik,  eng  avvalo  ta’lim-tarbiya  mazmunini 

milliylashtirish,  ya’ni  o’zimizning  juda  boy  adabiyotimiz,  madaniyatimiz, 

tilimiz  o’z  mohiyati  bilan  juda    chiroyli,  yuksak  insoniy  ahloqiy  mazmunga  ega 

bo’lgan  milliy  urf  odatlarimiz  asosida  jamiyatimiz  kelajagi  bo’lgan  yosh 

avlodni  o’qitish  baxtiga  ega  bo’lishni  ta’minlamoqda.  endi  eski  uslub  bilan 

                                                 

10

 У. Норматов. Умидбахш  тамойиллар.  – Тошкент:  «Маънавият», 2000,  51-бет. 




 

26 


yangi  vazifani  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  SHuning  uchun  bu  masalani  yangi 

pedagogik texnologiyani  asosida amalga oshirish zarur. 

3.  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonunning  qabul  qilinishi  o’rta  maktablarda, 

akademik  lisey  va  kasb-hunar  kollejlarida  dars  jarayonini  qayta  qurishni, 

adabiyotni  o’qitishda  qo’llandigan    metod  va  usullarni  ko’rib  chiqishni  talab 

etdi.  CHunki  bugungi  kun  talabi  dars  o’tishning  shakl  va  usullarini    muttasil 

yangilab  borishni  taqozo  etadi.  SHuning  uchun  dars  aniq  maqsad  asosida 

o’tkazilishi  shart. 

4.  Dars  boshlash  jarayonida  o’qituvchi  eng  avvalo,  fikrni    badiiy  asarni  idrok 

qilishga  qaratmog’i  lozim.  Darsning  an’anaviymi  yoki  noan’anaviyligidan 

qat’iy  nazar  o’qituvchi  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadiga  erishishga  harakat  qilib, 

o’qituvchining  ilg’or  metod  va    usullaridan  unumli  foydalanib,  o’quvchilarni 

o’z ustida ishlashga, tirishqoqlikka har bir  narsaga tanqidiy ko’z bilan qarashga 

badiiy asardan zavqlanishga  o’rgatmog’i kerak. 

5. 

Noan’anaviy  darslardan  bilim  va  ko’nikmalarni  mustahkamlash, 



umumlashtirish  va  hisobga  olishda  foydalanish.  O’qitishning  bu  shaklini 

muntazam  qo’llash  ijobiy  natija  bermaydi.  Balki  unga  nisbatan  o’quvchilarning 

qiziqishlarini  susaytiradi.  SHuning  uchun  noan’anaviy  darslarni  har  doim  emas, 

balki  o’rni  bilan  qo’llash  foydalidir.  Noan’anaviy  darslarda  puxta  tayyorgarlik 

ko’rish  lozim.  Birinchi    galda  uning  maqsad  va  vazifalarini  aniqlab  olish  zarur. 

Noan’anaviy    darslarni  o’tkazishda  «o’quvchilar  bilan  birgalikda»  degan 

qoidaga  amal    qilish  kerak.  Noan’anaviy  mashg’ulotlarda  dars  ko’proq 

o’qituvchining  faolligiga  emas, balki  o’quvchining faoligiga  o’tishi lozim. 

6.  BMI  ga  tadqiqot  ob’ekti  sifatida  olingan. Tohir Malikning «Alvido, bolalik!» 

qissasini boshqa asarlardan bir necha tomonlari  bilan  farqlanadi. 

a) asar chuqur ilmiy-falsafiy  tahlilga  asoslangan. 

b)  muallif  o’zgalarga  aql  o’rgatmaydi,  barchani  jinoyat  ildizlariga  nazar 

tashlashga, uning   tub sabalarini  aniqlashga  undaydi. 

v)  asarni  o’qigan  beixtiyor  yozuvchi  bilan  birga  mazkur  muammo  bo’yicha 

chuqurroq va kengroq  fikrlay  boshlaydi. 



 

27 


7.  Asarning  tarbiyaviy    ahamiyati  kuchli.  Hayotning  turli  mazmundagi 

inqirozlariga  uchragan  yoshlar  o’zlariga  ushbu  asar  orqali  to’g’ri  yo’l  topa 

olishi  mumkin. 

8. Bu asar yoshlar uchun o’zgalar xatosidan o’rganib, o’z  hayotida bu xatolarni 

takrorlamaslik  bo’yicha  qo’llanma  sifatida  katta    ahamiyatga  ega.  YA’ni,  bu 

qissa  ko’pchilik  yoshlar  uchun  ma’naviy  mash’ala  vazifasini  bajarish 

imkoniyatiga  ega. 

9. Matn ustida ishlash  orqali o’quvchilarni  adabiy-estetik  tahlilga  o’rgatish. 

      O’quvchilarni  badiiy  matn  ustida  ishlashga  o’rgatish ularda adabiy  – estetik 

tahlil  masalasini  shakllantirish  va  o’stirish  orqali  ta’lim-tarbiya  berishni  nazarda 

tutadi.  Badiiy    asar  orqali  yozuvchining  o’sha  asarni  yaratish  jarayonidagi 

ijodiy  yo’lini  qayta  bosib  o’tish,  muallif  fikrlari,  hissiyoti  va  xulosalariga  sherik 

bo’lish,  ayni  paytda  uning    yutuqlaridan  ruhlanish  kamchiliklariga  tanqidiy 

munosabat  bildirishdi?  Adabiy  tahlil  o’qituvchidan  o’quvchilar  faoliyatini 

uyushtirish  bilimlarini  boyitish  va  ma’lum  maqsadga  yo’naltirishda    ijodkorlik, 

pedagogik mahorat, fidoyilik  talab etadi. 

10.  Badiiy  matn  ustida  ishlash  orqali  o’quvchining  adabiy-estetik  tahlil 

malakasini  shakllantirish  shunchaki  bilim  berish  vositasi  emas,    balki  adabiy-

ta’lim  oldidagi   ta’lim  va tarbiya  uyg’unligiga  qaratilgan  dolzarb masalalardir. 

                SHunga  erishish    kerakki,  adabiy-estetik  tahlil  o’quvchining  bilimini 

boyitish, hissiyotiga   cheksiz ta’sir ko’rsatsin, aqlini  charxlab, nutqini  o’stirsin. 

             Xulosa  o’rnida  shuni  ta’kidlash  joizki,  ta’lim  tizimimizdagi  eng    asosiy 

o’zgarish  va  yangiliklarning  tub  mohiyatini  barkamol  avlodni  har  tomonlama 

rivojlangan  va  kamol  topgan  shaxs  sifatida  tayyorlash  tashkil  etadi.  SHuning 

uchun  ham    butun  ta’lim    tizimi  ana  shu  barkamol  shaxsning  rivojlanishi  uchun 

sharoit  va  imkon  yaratib  berishi  lozim.  Bugungi  kunga  kelib  «o’qituvchi 

o’qitadi,  o’quvchi  o’qiydi»  degan  aqidaning eskirib qolganligi ochiq  haqiqatga 

aylanib  qoldi. 




 

28 


          Agar  o’quvchining  iste’dodi  va  qobilyatlari  e’tiborga  olinmas  ekan, 

ta’lim-tarbiya  jarayonidagi    ulkan  yutuqlar  haqida  gap  bo’lishi  mumkin 

emasligi  hayotiy  tasdig’ini  tabora ko’proq darajada topmoqda. 

           Demak,  bugun  har  qanday  yangi  axborot  texnologiyalari,  yoki  har 

qanday  pedagogik  texnologiyalar    mohiyat  e’tibori  bilan  bolaning  intellektual 

jihatdan  rivojlanishiga  imkon  bermog’i  kerak.  Ana  shunday  pedagogik 

texnologiyagina  e’tirof  etilishi,  qadrlanishi,  amaliyotga  tatbiq  etish  uchun 

tavsiya  qilinishi  mumkin.  SHunday  ekan,  adabiyot  darsining  mazmuni  qanday 

bo’lishi  kerak,  u  qanday  tipologik  xususiyatlarga  ega,  adabiyot  darsining 

samaradorligi  nimalarga  bog’liq.  Bunda  o’qituvchining  o’rni  va  mavqei  qanday 

belgilanadi,  o’quvchining  adabiy  jihatdan  rivoji  uchun  qanday  yo’l-yo’riqlar 

tutiladi,  adabiyot  darslarining  tashkiliy  jihatlarida  qandyn  o’ziga  xosliklar  bor? 

kabi    bir  qator  savollar  paydo  bo’ladi.  Garchi  adabiyot  o’qitish  metodikasiga 

oid  ko’plab  tadqiqotlarga  bu  savollarga  xilma-xil  javoblar  berilgan  bo’lsa-da, 

amaliyotda  hali  ham  o’qituvchilar  yaxlit  holdagi  aniq  javob  va  ko’rsatmalarga 

muhtoj  bo’lib  turibdi.  Adabiyot  darslarining  nazariy    jihatlari  haqida  M.I. 

Maxmudov,  A.  Zunnunov,  M.  Mirqosimova,  Q.  YO’ldoshev,  S.  Matjonov  va 

boshqalar  metodist  olimlarning  tadqiqotlari  mavjud.  Ularda  adabiyot  darslarini 

tashkil  etishning  o’ziga    xos  xususityalari,  ularga  quyiladigan  zamonaviy 

talablar,  adabiyot  darslarida  o’quvchilar    faoliyatini  yo’lga  qo’yish  va  uni 

faollashtirish,  zamonaviy  axborot  va  pedagogik  texnologiyalardan    foydalanish, 

dars  samaradorligini  oshirish,  adabiyot  darslarining  ma’rifiy,  tarbiyaviy  estetik 

jihatlari,  badiiy  asarni    tahlil  qilishda  adabiyot  darslarining  o’rni  va  ahamiyati, 

kunda  o’quvchilarning    mustaqil,  ijodiy  ishlarni  tashkil  etishning  yo’l  va 

usullari  haqida  batafsil  ma’lumotlar  berilgan.  Mazkur  tadqiqotlardan  ijodiy 

foydalana bilishimiz  zarur. 

       Adabiyot  darslarida  o’quvchilar  bilan  ishlashning  turli  shakllaridan 

foydalanish  imkonlari  mavjud.  Xususan,  guruh  bilan  har  bir    o’quvchi  bilan 

alohida  ishlashning  qo’shib  olib  borilishi  yaxshi  samara  berishni  biz  yuqorida 

ko’rsatgan dars ishlanmalarida  ham ko’rdik. 




 

29 


     Adabiyot  darslarida  o’quvchilar  olgan  bilimlarini,  egallagan  ko’nikma  va 

malakalarini  nao’orat  qilish  ham  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega.  Keyingi 

paytlarda  bu  sohada  ayniqsa,  test  savollariga javob olish yo’li bilan o’quvchilar     

bilimini  baholash  keng  yoyildi.  Ayrim    tarixiy  sanalarni  bilishda,  yozuvchining 

hayotiga,  adabiy  asarning  yaratilishiga  bog’liq  fakt  va  hodisalarni  o’rganish 

bilan  aloqador  holda  bu  usuldan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  Ammo 

o’quvchining  adabiy  asarni  idrok  etish  darajasini,  uning  adabiy  qobiliyat  va 

iste’dodini  to’la  bilish  va  baholash  uchun  faqat    test  savolarining  o’zi  kamlik 

qiladi.  U  og’zaki  suhbat,  o’quvchilarning  yozma  nutq  malakalarini  kuzatish 

bilan  qo’shib  olib  borilsagina  baholash  to’laqonli  va  mukammal  bo’ladi  degan 

yakuniy  hulosaga keldik. 

  

 



 

 


Yüklə 270,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin