II bob. Tohir Malik qissalarida davr illatlarining fosh etilishi.
2.1. Tohir Malikning “SHaytanat” qissasida davr va shaxs muammosining
badiiy falsafiy talqini.
Mustaqillik yillarida yozilgan «SHaytanat» asari yozuvchiga chinakam shuhrat
keltirdi. Adib ijodining nechog’li baquvvat va ko’lamli, jozibador ekanidan dalolat
beruvchi bu asarni keng kitobxonlar iliq kutib oldi. Sababi asarda ko’tarilgan
mummolar o’ta dolzarb va muhim edi. YOzuvchi «SHaytanat» asarida «inson
dunyodan lazzatlanish, bu dunyo sinovlaridan o’tish uchun keladi. Imoni butun
odamlargina bu sinovlarga dosh bera oladi» degan g’oyani ifodalashni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yadi.
Odam erda yuradi. SHoir Asqar Qosim aytmoqchi:
Samodagi tuzoq nima bilmagay,
U hech kimga itoat ham qilmagay.
Afsuski, shoir ta’riflagandek, oyoqlar ostida tuzoqlar ham ko’p. Bu tuzoq
odam bolasining yonlida hal qiluvchi vosita ham bo’lishi mumkin. SHuning uchun
12
har bir inson o’zining hayot yo’lidagi tuzoqqa qarshi kurasha olish quvvatiga ega
bo’lishi kerak.
«SHaytanat»da shayton haqida ko’p fikr yuritiladi. YOzuvchi o’zining
shayton haqidagi har bir fikrini «Qur’on» suralari va Hadislaridan misollar
keltirish bilan isbotlashga harakat qiladi.
SHayton ham kishi bilmas ulug’ qudrat egasi. U –hasad, riyo, jaholat,
razolat, g’azab, shahvat, zulm saltanatlarining sultoni. Uning saltanati
qurg’oqchilikni bilmaydi. U ekkan urug’larga siz va biz suv berib, o’zimiz
anglamagan holda xolis xizmat qilamiz. SHuning uchun saltanatida qadalgan har
bir urug’ nish berib, unib chiqaveradi, meva tugadi.
Tohir Malik yomonlik daraxtining ildizini izlab topishga harakat qildi.
Biroq uni topmoqqa bir odamning imkoniyati etmaydi. SHu tufayli yozuvchi
to’g’ri xulosa chiqarish uchun ko’pchilikka, ommaga murojaat qildi.
«SHaytanat»ni o’qib shu o’ylarga bordim: «Qani edi, hammamizning
YUsufbek hojidek otamizu O’zbek oyimdek onalarimiz bo’lsa, o’shalarning
qanotida etishsak! Asadbeklar shu kuylarga tushmas edi?!» Va shunda butun fojia
tag zamiri ila qurib ketgandek bo’lardi! Bekorga otalarimizdan ayirmagan ekanlar
bizni!...
Buvalari, omon qolgan bolakaylar baxtli ekanlar! Issiq bag’rilaridan
chiqarmadilar. Nima yaxshi, nima yomon, nima harom, nima halol, harqalay
ajratadigan qildilar.
Ammo mulla buvalari, opoqdodalari sovuq o’lkalarga surgun etilib, otalari
urushda, qamoqlarda qolib ketganlar-chi? Ularning yozug’i ne edi? Murg’ak
yuragiga yovuzlik tuxum qo’yib ulgurgan bolakaylar, etimxonalarni to’ldirgan
«zumrasha»larning gunohini kim elkasiga olgay? Qaysi jamiyatning sud kitobiga
yozgaymiz? Asadbeklar shu imonsiz jamiyatning mevalari, uning qasos o’ti
ko’zini ko’r qilgan «o’g’lon»lari emasmi?
«SHaytanat» muallifining eng birinchi yutug’i shundaki, u zulmning o’q
ildizini topib, asarga qo’l uribdi. Tohir Malik ba’zilar o’ylagandek oldi-qochdi,
shunchaki sarguzasht asar yozish uchun qo’liga alam olmagan. U ko’p yillar
13
yashab qoladigan va qancha kishilarni sergak tortirib, shaytanat olamiga kirib
qolishdan qaytaradigan chinakam badiiy asar yaratdi.
«SHaytanat» Tohir Malikning baland asari. Qoladigan asari. Har satri,
sahifasidan iste’dod nafasi (chuqur badiiy tadqiq ruhi) ufurib turibdi. Kimdir
ilgarigi asarlariga o’xshata olmayotgan bo’lsa, uni oxiriga qadar o’qishga sabri
etmabdi. Yo’nalishini anglamabdi., mag’zini chaqolmabdi.
Holisanilloh ayting: «CHuvrindining taqdiri, boshiga tushgan achchiq
qismati Asadbeknikidan kammi?! YOki bo’lmasa, Anvarning fojiasi-chi, boshiga
tushgan ko’rgiliklar-chi? Kimni, qaysi yurakni titratmaydi? Qolaversa,
Asadbekning qizi Zaynabning boshiga tushgan jafo toshi, balolar-chi? U ko’rgan
zulm, yovuzliklar qiz bolani muhabbat ko’chasidan chiqarib, qasos ko’chasiga
boshlasa, qaysi jamiyat, tuzumni ayblash kerak? SHariat mann etib qo’ygan
hadlarni lang «ochib qo’ygan» tuzumnimi va yo uni qaytaraolmagan, o’zi qaysi
boshi berk ko’chalarda shayton etovida ketayotgan Asadbekdek otalarnimi, qasos
o’tida yonib, yo’lini yo’qotgan va ustma-ust gunohga botayotgan eri elchinnimi?
YOlg’iz onaizor Manzura boshini qaysi toshlarga ursin?!»
3
Qirq to’qqizinchi yilning so’nggi kuni, Sovuq uy, sovuq tancha. Otasi chana,
ayajonisi ukacha olib keladigan bir kunda bu uyga kulfat bulutlari bostirib kirdi.
Va bu abri balo bu xonadonni bir umrga ota mehridan judo qilib ketdi. Bola
«Dadamga tegmang?! Tegmang dadamga!» deb hayqiradi-yu… Ota bag’riga olib,
yuzini yuziga bosganda tekkan ko’z yoshgina qoldi. SHu kecha murg’ak qalbga
o’rmalab kirgan shayton uning o’ksik, alamzada qalbiga o’zining yovuzlik
tuxumini qo’yib ulgurdi va u qasos istab, o’ch hukmini o’qidi:
- Ularni o’ldiraman!
Va bolagina bilmasdiki, bizning dinda o’ch olmoq harom qilingan edi; qasos
yolg’iz Ollohga tegishli edi.
SHaytonsaroyga birinchi g’isht o’sha kuni qo’yildi! Keyin shayton lain bu
saroyga boshqa alamzada va validi zinolarni etaklab kelib, Asadbek xizmatiga
topshirdi. SHu tariqa saltanat ichida norasmiy saltanat tup qo’yib palak yoydi. Va
3
Т. Малик «Шайтанат» «Шарқ» Т. 1997 й. 369-б.
14
bu saltanat «gullab», og’izga tushgan kezda uning odamlaridan biri qimorda
xonumonini yutqizib qo’ygan hofizning uyiga bostirib kirib, (kirganda ham
nomahram oyoq bosishi mann etilgan joyga qadar kirib borib) ayolinining
nomusini toptagan, ko’ksiga pichoq urib ketgan.
Asar har qanday er kishining g’ururini bukib-da tashlaydigan ana shunday
voqeadan, u alamlarini ichiga yutib, sudda gunohni bo’yniga olib qamalib
ketishidan va o’n yil qasos kunini kutishidan… boshlanadi.
Asar ilk satrlari, sahifalaridanoq u «oldi-qochdi», «quvdi-yitdi», «otdi-
ketdi»lar asosiga emas, chinakam ma’naviyatga dahldor masalalar, hayot-mamot
masalalari, azaliy or-nomus, adolat, ezgulik va yovuzlik kurashlariga qurilgani
ko’rinib-anglanib turibdi. Barcha kurashlarning markazida o’ziga xos shaxslar,
betakror xarakterlar turibdi. Va qadam-baqadam, sahifama-sahifa o’zligini
namoyon etib bormoqda.
Asadbekning o’zi betakror xarakteri, hislat va fazilatlari bilan, chigal taqdiri
va bukilmas irodasi bilan alohida olam bo’lsa, CHuvrindi eng qiyin – ekstremal
sharoitlarda ham topqirligi, uzoqni ko’ra olishi bilan, tegirmonga tushsa butun
chiqa olishi bilan bizni hayratga soladi. Taqdiri-chi? Uning boshiga tushgan
ko’rgiliklar-chi? Tag’inam u metin ekan, uning o’rnida boshqa har qanday inson
yovuzga aylanib ketar edi! Lekin CHuvrindi adolat hissini, do’stga sadoqat hissini
yo’qotmaydi. SHu jihatlari bilan Kesakpovondan o’n kara baland turadi. Va shu
baland turgani uchun ham raqibi tomonidan yo’q qilinadi.
Asardagi elchin, Zaynab obrazlari-ichki olami eng yorqin va ishonarli, butun
ziddiyatlari ila chizib berilgan pokiza bir muhabbatni ilhaklik ila, beg’uborlik ila
kutgan bir qalb qasos qurboniga aylansa va sharmandalik chodiridan qutilishi
uchun o’sha ishni qilgan odamga uzatilsa, u qaysi dil, qanday yurak bilan yashab
o’tadi bu dunyodan?! Zaynab fojiasiga bag’ishlangan bob va sahifalar asarni
chindan baland mavqega ko’tarib, badiiyatga daxldor etib turibdi. U chinakam
iste’dod mevasi ekanidan hech-hech tonib bo’lmaydi. SHu
qizining
fojiasi
tufayli Asadbek ne kuylarga tushib, ne o’tlarga qovrilmayapti! SHu bahonada
yozuvchi SHayton saltanatining eng chirkin go’shalarigacha kirib borib
15
tasvirlashga muvaffaq bo’ladi. Bu saltanatda bir to’da boshqa to’dani yiqish,
sindirish uchun har qanday qabihliklardan qaytmasligini ko’ramiz. Elchin
Asadbekdan o’ch olish uchun uning qizini o’g’irlab, nomusini bukmoqni va bir
umr ezilib o’tishini istaydi. Zaynab shu maqsadda o’g’irlanadi. Boshqa bir raqib –
Hoslboyvachcha esa, Mardonani ishga solib, Zaynabni ne ko’chalarga etaklatadi.
Igna ila sarxush ettirib, giyohvandlar qavmiga qo’shadi va sarxushlik holatida
suratga olingan kassetani otasiga «taqdim» etadi. O’zbek qizlarining bu ko’chaga
kirib kelishi avvalo dahshat! Hech bir ota bu isnod oldida chidab turolmas!
Ayniqsa, Asadbek qudratli odam! Nima bu? Qaytar dunyomi? Asadbek o’z
qilmishlarining jazosi, qaytimini shu dunyodayoq, tirikligidayoq topayaptimi?
Adib qahramonlarini shunday chigal va eksremal holatlarga, ko’rigiliklarga
solib sinaydi, qovuradiki, har biri nimalaga qodirligini tabiiy ravishda, o’z-o’zidan
namoyon etib boraveradi. Tan olish kerak, Tohir Malik o’zbek adabiyotida
sarguzasht unsurlari amalda isbot etgan yozuvchidir. Biz shu vaqtga qadar bu
unsurlarni mensimay, unga past nazar bilan qarab keldik va adashganimizni endi
ko’rib turibmiz. U chuqur badiiy mushohadaga xizmat etishini endi inkor qilib
bo’lmaydi. «SHaytanat» bunga yorqin dalil.
Tohir Malik asarga bo’y rostlab borayotibdi. Ayniqsa, shu «SHaytanat»ida
chevarligini namoyon etibdi. CHokini chokiga keltirib, voqealarni ulash,
taqdirlarni chog’ishtirib bori but kitobdan iborat yaxlit asar yaratish har qanday
adibning qo’lidan kelavermaydi. Buni chinakam iste’dod egasi, Xudo yuqtirgan
talantgina uddalashi mumkin. Asadbekdek murakkab qahramonning shusiz ham
chigal hayoti, havas qilmagulik taqdiri atrofida undan kam ko’rgiliklar ko’chasidan
o’tmagan, o’sha beshafqat hayotda shafqatsizlarcha yashashdan bo’lak yo’l
topmagan CHuvrindidek, Kesakpovondek bir guruh boshqa olam farzandlarining
qismatlarini shunday ishonarli chizadiki, hayratga tushmay ilojingiz yo’q. Birgina
Zelixon taqdiri, Xongirey qismati, ular bosib o’tgan yo’l va etishgan cho’qqi,
nihoyat biridan ikkinchisiga meros qolayotgan bu hufiya saltanat bilan bog’liq
voqealar nimaga teng?! Ular chinakam topildiq: SHaytanat saltanatining
hududlaridan, qudratidan dalolat berguvchi! Ildizlari qaerga borib tutashuvidan,
16
yovuzlikning urug’i qaerlargacha sochilib, qanday zaharolud mevalar
berayotganidan hikoya etguvchi! Va bular barchasi qo’shilib, SHaytanat olami
haqida shunday yaxlit bir tasavvur uyg’otadiki, bu olam kishisi bo’lib qolishdan
Ollohning o’zi asrasin! Asrasin bobma-bob, kitobma-kitob o’qiganigiz sari,
Ollohga qaytishdan o’zga to’g’ri yo’l yo’q! – degan bir nido yangrab kelaveradi!
Asar ichidan jaranglab chiqaveradi!
YOzuvchining eng katta yutug’i ham ana shunda! Iymonga chorlashida!
SHaytanat olami girdobiga tushgan elchinning majruh holati, o’z jonini saqlab
qolish uchun sadoqatdan yuz o’girgan SHomilning oxir-oqibatda kallasi olinib
sovg’a tariqasida qutiga joylashishi tasviri; orzu-armonlari abadiy ko’milgan
Zaynabning achchiq qismati – barcha-barchasi biz uchun, hayot atalmish umr
yo’lining o’nqir-cho’nqirlaridanmi, jin ko’chalariyu ravon yo’llaridanmi
ketayotgan har bir inson uchun hayotiy saboqlardir.
Avvalo taqdirlarni qarang, biri biriga o’xshamasligini ko’ring. Zelixonni
Xongreyga
chalkashtirmaysiz,
Hosilboyvachchani
SHilimshiqqa
tenglashtirmaysiz. Asadbek bilan CHuvrindi, Kesakpolvonlar-chi? Har biri o’ziga
xos olam vakillari. O’z qahri-zahri, alami, armonlari bilan betakror shaxslar.
SHaytanat olamining ustunlari. Qiyofalari, fe’lu ta’bu dunyoqarashlari bilan ham
bir-biriga sira o’xshamaydi. Ular o’rtasida goh oshkora, goh zimdan borayotgan
kurash butun shafqatsizligi bilan qalamga olinishi, ko’lami bilan hayiqmay
tasvirlanishi chiroyli. Asadbekning o’z otasi qabrini ziyorat etgani borishi, Kozlov
bilan aloqalari, Xongreyning dasti uzunligi, u yuborgan tergovchilarning ashaddiy
siquvlari va nihoyat Zelixonning qurboni berilishi sahifalari asarni baland
pog’onaga ko’tarib turibdiki, uncha-muncha yozuvchi SHaytanat olamining bu
o’rdalarga kirib borishga jur’at ham etolmaydi, iqtidori ham etmaydi. Ayniqsa,
Asadbek og’ir xastalikka chalingandan keyin shaytanat olamida uning kurashlari
asarga yangitdan «jon va ruh» bag’ishlab yuborganki, bu Tohir Malikning
mahoratidan dalolat berib turibdi.
Mana shu xastalik ayniqsa, Asadbek safdoshlari uchun zo’r sinov bo’lib,
shu bahonada CHuvrindining sadoqati, Kesakpolvonning hojasi o’rni uchun
17
«o’lib-qutilish»lari yana ham yorqinroq ochila boradi. U yolg’iz da’vogarlik uchun
kurashib, o’zidan necha bosh baland turgan CHuvrindini ustalik-la yo’qotishi faqat
SHaytonsaroylarga xos yovuzlikning bir ko’rinishidir.
Asadbek CHuvrindining qabri tepasida yolg’iz qolgandagi manzarani
eslang: «Ikki bir xildagi marmar tosh. Birida onasi, ikkinchisida Samandar ukasi.
Ularning yoniga aziz bo’lib qolgan CHuvrindi qo’yiladi.
Asadbek osmonning ko’z yoshlari ostida picha turdi. Paltosi ivib ketdi. YUzlarini,
ko’z yoshlarini qor aralash yomg’ir yuvdi.
«Bu er mening joyim edi, Mahmud ukam. Sen kelding. YOningda yana bir
joy bor… «Mastlikda bo’lgan» deyishyapti. Men bunga ishonmayman. Senga
qasd qilganni xor qilmasam, otimni boshqa qo’yaman. Qasos olmagunimcha
yoningga kelmayman…»
Kimdir uning qo’lidan ushlab tortdi.
O’giril qaradi: Kesakpolvon.
---Sen mening yuragimga tupurding, - dedi Asadbek.
---Unday dema, Asad, agar bu mening ishim bo’lsa, Xudo ursin!
--- Yo’qol…
---Asad…
---Yo’qol, dedim!...»
Ha, Xudo urib qo’ygan Kesakpolvonning ishi edi bu. Asadbek uni ichki bir
tuyg’u ila his etib, sezib turibdi.
Qolaversa, u Asadbekning yuziga birinchi tupurishi emas. Boshda
topishgandayoq, bolalikdayoq tupurib ulgurgan edi. eslang, o’g’ri to’g’rining
yuziga, valadi zino alamdiydaning yuziga tupurgan edi.
Asadbek kechaga beshafqat tuzumning alamzada farzandi. Achchiqma-
achchiq beshafqatli ko’chasiga kirgan, qasdma-qasdiga jamiyat qonunlarini oyoq
osti qilib, qasosda qalbiga malham topib yurgan va hech kimga bo’y bermay
kelayotgan odam. Agar u vaqti-vaqti bilan eng to’g’riso’z do’sti Jalilni ko’rgisi
kelib qolmaganida, yolg’iz xotirani qo’msab bormaganda, bilmadim, uni shu
ko’chada yurgan boshqa yovuzlardan farqi qolmasmi edi! Lekin u ham tirik inson,
18
ojiz banda ekanini biz og’ir xastalikka chalinib, mungli bir qiyofaga kirganida,
qo’li qisqaligini sezib qolganida yaqqol ko’ramiz. Ayniqsa, Asadbekning o’sha
xastalik boshlanganda ko’rgan tushi, ruhi shodlar va qabr azobini tortayotganlar
diyorida kezib, onaizorining «oh» ini eshitib, xasta Samandarni, otasini uchratishi,
ular bilan muloqotlarni shunaqa jonli, ishonarli tasvirlanganki, o’qib lazzatlanasiz.
Muallif bizni Asadbek qalbining qahrdan xoli, armon to’la puchmoqlarigacha
etaklab kiradi. Keyin Asadbekning atay Krasnoyardga – otasi tutqunda yotgan
joylarni izlab borib, ovloq o’rmon chetidagi sozoristondan qabrini topib, ziyorat
etishi – uncha-muncha dunyo ko’rgan, dunyo kezgan farzandlarning ham xayoliga
kelmagan ish. U shu jihatlari bilan ham o’z zamondoshlaridan bir pog’ona yuqori
turadi. Qalbi ham ayrim paytlari yumshab ketadi, olijanob ishlarga qoldirday
ko’rinadi-yu, qalbiga bir vaqtlar tuxum qo’yib ulgurgan yovuzlik uyg’onib
ketganda tamomila sitamkor va qasoskor aylanadi. Uning Muhiddin otaga aytgan
gaplarini eslang: «Men namoz o’qimasam ham Xudodan qo’rqadigan insonman.
O’lganimdan so’ng do’zaxda kuyishimni bilaman. Sizni bilmayman-u, ammo men
sho’ro hukumatidan butunlay noroziman. Do’zaxda avval shu hukumat kuyishi
kerak!» deydi u. Asadbek qanaqa murakkab shaxs ekani xuddi mana shunday
nozik pallalarda butun bo’y-basti bilan ko’rinib ketadi. Uning tabibdan shifo istab
borganida (xuddi Zelixon singari) qariyalarga qo’shilib, namozga o’tgisi
kelishi… o’tishi qanchalik tabiiy bo’lsa, shaytanat olamiga sho’ng’ib ketishi
shunchalik ishonarlidir. Qalblarini yovuzlik zardobi bosib ketgan bunday kishilar
osonlikcha iymonga kela qolmaydilar. Asadbek fojiasining butun dahshati ham
shunda, sabog’i ham shunda.
«SHaytanat» asarida nurga yo’g’rilib, san’atkorona chizilgan bir talay
obrazlar ham borki, ular asarga o’ziga xos ohang taratib turibdi. Bu eng avvalo
Anvar, Zaynab, elchin obrazlaridir. Anvarning zauraliklar bilan muloqotlari, ruhlar
olamiga sayohatlari va nihoyat uning yozib qoldirgan xatlar asarga bir oydinlik
bag’ishla, haqiqat nurini sochib turibdi.
«Hurlik nimaning evaziga berildi? – deb yozadi u. – Qonlar evazigami?
Jonlar evazigami? Jon berishga tayyor azamatlar bormi ulug’ Turkistonda?
19
Xumoyun Mirzo xastaligida tabibga Bobur Mirzo «Eng qadrli narsa – jonim,
jonimni berayin», degan ekan. Xasta ona Turkistonga kim jonini fido qiladi?
O’limdan qo’qmas, botir o’g’lonlar nahot butunlay qirilib bitgan? Bu qanday
hayot o’zi? Kun bor – quyosh yo’q. Osmon bor – yulduzlar yo’q. Vatan bor –
vatanparvar yo’q…
Alixonto’ra domla aytgan ekanlar: «Agar o’zbeklar oshning atrofiga
birlashganday birlashganlarida edi, allaqachon erkka erishgan bo’lar edilar». Men
bu aqlli satrlarga ozgina tahrir kiritmoqqa jazm etdim:
«Agar o’zbeklar to’planib, to’y-ma’raka oshiga oshiqqanlari kabi iymonga
oshiqqanlarida edi, mustaqillikka shubhasiz erishadilar».
Ulug’ Turkistonni faqat iymon birlashtiradi…»
O’sha kechagi sho’rolar jamiyatida shunday odam jinni deb e’lon etilishi
va o’zini osibgina ruhiga erk berishi tabiiy edi. U shunday fojiali qazo topdi.
Zamonga sig’magan Anvarni ozod ruhlar chaqirib oldilar»
Asarda haqiqatan oydinlashtirib kelaturgan ruhiy holatlar, parvozlar, o’tgan
yaqinlarning ruhlari bilan uchrashuv-muloqotlar nozik, muxtasar tasvirlarda
aylanib-aylanib keladiki, ular asarda yangi fazo va yangi havoday tushgan.
Inson ruhiy olamining behudud sarhadlarigacha kirib borishga urinish, ruhlar
olamiga sayohatlar keyinchalik Anvar, elchin obrazlarini ochishda, taqdirlarini
chizishda, fojialarining ildizlarini ko’rsatib berishda juda ham qo’l kelgan.
Romandagi bu bob va sahifalar simirib o’qilsa-da, hech yoddan ko’tarilmay,
chuqur o’ylarga toldiraveradi. Hayotning nihoyati imtihon dunyosi ekani, har kim
ekkanini o’rishi, hech bir jinoyat jazosiz, yaxshilik mukofotsiz qolmasligi teranroq
anglatib borilaveradi.
20
2.2. T. Malikning “Alvido, bolalik!” qissasida ma’naviy xastalikka qarshi
Dostları ilə paylaş: |