2-BOB. Oliy ta’limda umum kasbiy fanlarni o’qitishda modulli
texnologiyalarni tashkil etish usul, vosita va shakllari
2.1. Pedagogik faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o’qitish
texnologiyasining usul va shakllari.
Fan bo’yicha faoliyat yondashuvi ta’limning fanli tizimida modul
metodologiyasini qo’llashni anglatadi. Bunday modulli o’qitish texnologiyasini
oliy ta’lim tizimida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida, pedagog va
muhandis-pedagoglar malakasini oshirish tizimlarida qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
Fan bo’yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o’qitish texnologiyasida
modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
• o’quv fanining fundamental tushunchalari - muayyan hodisa, yoki qonun
yoki bo’lim, yoki yirik bir mavzu, yoki o’zaro bog’liq tushunchalar guruhi
• o’quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o’rganishga
(o’zlashtirishga) qaratilgan.
Odatda modul - 3-6 soatli ma’ruzaviy mashg’ulotlar va shu bilan bog’liq bo’lgan
amaliy (seminar), laboratoriya mashg’ulotlaridan iborat bo’ladi.
Fanning tushuntiruv apparatini qatg’iy tizimli (ko’p qirrali) tahlili asosida,
eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish,
materialni mantiqan va kompakt guruhlash imkoniyatini beradi. Modul - mustaqil
tarkibiy birlik bo’lgani uchun, bahzi hollarda, alohida o’quvchilarga fanni
to’laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini
beradi. Bu esa iqtidorli o’quvchilarning individual va mustaqil ishlarini optimal
rejalash imkoniyatini tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: |