39
Har qaysi makromodul ichida, o’rganiladigan fanlarning maqbul ketma-
ketligi va ularni o’rganish muddatlari o’rnatiladi. Yahni o’qitishning
uzluksizligini ta’minlab, fanlarning o’rganilish muddatlarini va shu orqali
makromodulni o’rganilish muddatlarini qisqartirishga erishish zarur. O’quv
soatlari hajmi katta bo’lmagan (haftada 1-2, ayrim hollarda 3 soatli auditoriya
mashg’ulotlari) fanlar, blok fanlar ro’yxatiga kiritilishi, maqsadga muvofiq
bo’ladi va ular o’quv semestrning birinchi yeki ikkinchi yarmida o’tilishi
mumkin.
Makromodullar vertikal yakin o’zaro bog’liqliklarni hisobga olish
asosida tuziladi, ammo ularni o’rganilish muddatlarini o’rnatishda mak-
romodullar orasidagi gorizontal bog’lanishlar hisobga olinishi lozim.
o
o’quv
materialining
takrorlanishini
oldini
olish
maqsadida,
makromodulga kiruvchi fanlarning, o’quv dasturlarini o’zaro bog’liqligi
ta’minlanadi.
Fanning ishchi o’quv dasturi, alohida mavzularini modulda guruhlanishi
hisobidan qaytadan ko’rib chiqiladi. Har qaysi modul uchun nazariy va amaliy
ahamiyati ko’rsatilgan maqsadlar tuzilishi zarur.
Modul o’z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog’liq amaliy
darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin. Har qaysi modul
bo’yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:
• o’quvchilar bilimini nazorat qilish uchun testlar;
• individual ishlar uchun topshiriqlar;
• mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;
• o’quv-uslubiy tarqatma materiallar;
• o’quv-ilmiy adabiyotlar ro’yxati;
• ishchi o’quv dastur.
Har bir modul test-sinovlari bilan tugallanishi lozim: joriy modul uchun bu
o’tilgan materialni nazorati bo’lsa, keyingi modul uchun esa bu kirish
(boshlang’ich) nazorati bo’ladi. Har qaysi modul uchun tarqatma va tasvirli
40
materiallar to’plami tuziladi va ular o’quvchiga mashg’ulotdan oldin beriladi.
Modul, tavsiya qilinadigan ko’rgazma materiallar va adabiyotlar to’plami bilan
ta’minlanadi, har bir materiallarni o’zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi
modulga o’tadi. Iqtidorli o’quvchilar boshqalarga bog’liq bo’lmasdan test
sinovlaridan o’tishlari mumkin. Pedagogning vazifasi axborotchi-nazoratchidan
boshlab, maslahatchi-muvofiqlashtiruvchigacha o’zgarishi mumkin. Oxirgisi,
yahni pedagogning maslahatchi-muvofiqlashtiruvchi vazifasi, o’qitish
o’rgatuvchi modullar asosida amalga oshirilganida, namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: