O’quv axboroti bir vaqtning o’zida to’rt xil - rasmli, sonli, simvolli va
og’zaki ko’rinishda uzatilganida eng mustahkam o’zlashtirishga erishiladi.
Modulli ta’lim uslubiyotida, bu holat asos bo’lib xizmat qiladi. Har qaysi
modul bo’yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni (savollar qo’yilishi
tarzida) joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar,
grafiklar va uslubiy ko’rsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Umuman olganda, rasmlar bloki, blok-sxemalar va boshqa kurgazmali
materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini o’tashi mumkin. SHu
bilan birga har bir fan, jumladan, modul bo’yicha atamalarning izohli lug’ati
tuzilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Modulli o’qitish samaradorligini oshirish
maqsadida o’qitishninng quyidagi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi: aqliy
hujum, muammoli munozara, evristik (savol-javobli) suhbat, o’quv
ishbilarmonlik o’yinlari va hokazo.
Shunday qilib, modulli o’qitishga o’tish quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
I bosqich:
O’quv rejadagi fanlarni makromodullarga ajratish.
II bosqich:
O’qitish davri siqilganida, fanlarni o’rganishning eng
maqbul ketma-ketligini o’rnatish.
III bosqich: Makromodul fanlari o’quv dasturlarining o’zaro
bog’liqligini ta’minlash.
IV bosqich: Fanlarning modullarini shakllantirish.
V bosqich:
Modulning o’quv-ko’rgazmali materialini ishlab chiqish
42
VI bosqich: Modulli o’qitish tamoyillari asosida o’qitish texnologiyasini
loyihalash.
VII bosqich: Bir vaqtning o’zida o’rganiladigan fanlarning maqbul sonini
e’tiborga olib, mashg’ulotlar jadvalini tuzish.
O’qitishning modulli tizimi xususiyatlaridan biri o’quv jarayonini
jadallashtirish h
isoblanadi, ushbuni ikki aspеktda talqin etish mumkin.
o’qitish jarayonida modulli o’qitish tamoyillari asosida o’quv axborotini
«siqish»;
o’qitish davrini «siqish» yo’li bilan o’quv grafigini va uning asosida
mash?ulotlar jadvalini maqbullashtirish.
O’quv jarayonini samarali tashkil etish shakli bu mash?ulotlarni haftalik
modulli rеjalashtirish va talabalar bilimini rеyting baholash hisoblanadi. Ya'ni,
bitta modul (2-
3 ma'ruza va ularga tеgishli amaliy va laboratoriya ishlari) bir
haftaga rеjalashtirilishi va u talabalar bilimining tеstlar yoki boshqa nazorat turi
yordamida baholanishi bilan tugallanishi zarur.
O’qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon
bo’ladi:
- fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o’qitish uzluksizligi
ta'minlanishi;
- har bir modul ichida va ular orasida o’quv jarayoni barcha turlarining
uslubiy jihatdan asoslangan muvofiqligi o’rnatilishi;
- fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
- o’quvchilar bilimini muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan
so’ng) qilinishi;
- o’quvchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko’ra, tabaqalanishi (dastlabki
modullardan so’ng, o’qituvchi ayrim o’quvchilarga fanni individual
o’zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);
Informatsiyani «siqib» b
еrish natijasida, o’qishni jadallashtirish,
auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o’quv vaqti tarkibini ma'ruzaviy,
amaliy (tajribaviy) mashg’ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan
soatlarni - optimallashtirish. Buning natijasida, o’quvchi
еtarli bilimlarga ham,
ko’nikmaga ham, malakaga ham ega bo’ladi.
43
Fan bo’yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o’qitish t
еxnologiyasi
har qaysi modul uchun ishlab chiqilgan p
еdagogik-tеxnologik xaritalar orqali
ro’yobga chiqariladi (4.2-jadval).
Shunday qilib modulni o’qitishdan foydalanib yuqori malakali
mutaxassisni tayyorlash, quyidagilar asosida ta'minlanadi:
- o’qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o’zlashtirish samaradorligi
oshadi);
- o’qitishni jadallashtirish buning natijasida axborotning ko’p qismi,
individual va mustaqil ishlash paytida, kompyut
еr tarmoqlari orqali
o’zlashtiriladi;
- o’qishni individuallashtirish (o’quvchi o’z qobiliyatiga ko’ra bilim
olish imkoniyatiga ega bo’ladi).
Mutaxassisni faoliyatini inobatga olgan holda muayyan o’quv fani
bo’yicha tuzilgan modullarni k
еtma-kеt o’zlashtirishni ta'minlash fan bo’yicha
faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o’qitish t
еxnologiyasining mohiyatini
tashkil etadi. Ushbu o’quv jarayonini maqbullashtirish o’qitishni moslashtirish
va individuallashtirishga imkon b
еradi.
|