O’rgatuvchi modul - o’qitishning muayyan modul birligi bo’yicha
mazmuni, o’quvchining o’quv harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan
mazmun bo’yicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy ishlanmalar
mazmunidan iboratdir.
O’rgatuvchi modullarni ishlab chiqish juda murakkab jarayondir, u ko’p
vaqt sarfini va juda ko’p sonli uslubiy tajribalarni umumlashtirishni talab etadi.
Ammo ularni amaliyotda qo’llash, o’qitishni juda yuqori samaradorligini
ta’minlaydi.
Modulli o’qitish, fanning asosiy masalalari bo’yicha umumlashtirilgan
axborotlar beruvchi muammoli va yo’riqli ma’ruzalar o’qilishini taqozo etadi.
Ma’ruzalar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog’i
lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga
tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan
to’ldiradi. O’quvchilar amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini
qo’llab, materiallari blok-sxema, rasmlar bloki ko’rinishida taqdim etilishi
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda materialning o’zlashtirish samaradorligi
oshadi, chunki:
• modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi;
• o’quv materialining elementlari orasidagi bog’lanishlar va o’tishlar
yaqqol ko’rsatiladi;
• asosiy jihatlari ajratib ko’rsatiladi;
41
• o’quv materialining (modulning) butun hajmi, o’quvchining ko’z
oldida yaqqol gavdalanadi.
Modul, tizimida o’quv materialining mazmunini strukturalashda eng
avvalo axborotni «siqish» vazifasi ko’zlanadi. Bilimlarni to’la, foydalanish
uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: |