147
javob bersa, u holda bunday bemorlarning davolanishi davom ettiriladi. Kontrol
bakteriologik tekshiruvlari yana musbat natija bersa, u holda bunday bemorlar
dispanser nazorati ostiga olinadi hamda ular o’z kasbini o’zgartirishlari lozim
bo’ladi. Bundan tashqari, agar bemorlarda kasallik qo’zg’atuvchisi 3 oy davomida
aniqlansa, u holda infeksionist, terapevt, emidemiolog vrachlarining xulosalariga
asoslanib bemorlar o’z kasblarini o’zgartirishlari lozim.
11) Bolalar uyidagilar va maktab internatdagi bolalar sog’ayganlaridan so’ng
bolalar jamoasiga ruxsat etiladi. Lekin 2 oy mo-baynida ovqatlanish joylarida
navbatchilik qilishlariga yo’l qo’yilmaydi
12) Agar bolalar ichburug’ kasalligining surunkali shaklini o’tkazgan bo’lsa,
u holda najas 5 kundan so’ng normaga qaytganligiga, tana haroratini
normallashganligiga, klinik sog’ayishiga asoslangan holda bolalar jamoasiga
qo’shilishiga ruxsat etiladi.
13) Ichburug’ kasalligining surunkali shakli bilan og’rigan bemorlar 3 oy
davomida infeksionist vrach nazorati ostiga olinadi, har oyda bakteriologik
tekshiruvdan o’tishlari kerak.
14) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar 3 oy davomida infeksionist
nazorati ostida bo’lib, har oyda 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari lozim.
15) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar agar kasallikning surunkali
shakli bilan og’rigan bo’lsa, u holda 6 oy dispanser nazorati ostida bo’lib, har oyda
bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar. Klinik to’la-to’kis tuzalganlaridan
keyin yana o’z joylariga ruxsat beriladi.
16) DSENMga yuboriladigan hamma xabarlar 060 jurnaliga qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: