1. Aholini navbatdagi tekshirish vaqtida, vibrion tashuvchilikka tekshirilishi
lozim bo’lgan aholi guruhlari sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan
aniqlanadi va tibbiy shtab tomonidan tasdiqlanadi.
2. Vabo o’choqlarida alohida joylashtirilganligi yoki tibbiy nazorat uchun
uyda qoldirilganligidan qat’iy nazar, vabo bilan kasallanganlar va vibrion
tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlar, Shuningdek ular bilan kasal yuqtirish
xavfi jihatidan bir xil sharoitda bo’lganlar albatta vibrion tashuvchilikka
tekshirilishi lozim.
3. Tibbiy shtab qaroriga binoan ma’lum bir kasbiy guruhlarga mansub
bo’lgan kishilar bir marotaba tekshiruvdan o’tkazilishi mumkin.
4. O’choq doirasida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan aholining vabo
qo’zg’atuvchisiga bakteriologik tekshirilishi lozim bo’lgan kasbiy guruhlari
aniqlanadi.
5. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kontingentlarni bakteriologik tekshirish va buni
tashkil qilish epidemiyaga qarshi kurashish hamda laboratoriya xizmati xodimlari
zimmasiga yuklatiladi.