Mashg’ulot maqsadi:
Vabo epidemik jarayonining rivojlanishi, respublikaga kirishining oldini
olishda ko’riladigan chora-tadbirlarni talabalarga o’rgatish.
Darsning davomiyligi: 4 soat.
O’tish joyi: epidemiologiya kafedrasi. Ushbu mavzu yuzasidan talabalar
quyidagilarni bilishi kerak.
1. Vabo epidemik jarayonining rivojlanish mexanizmi.
2. Vaboning respublika hududida tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar.
3. Chora-tadbirlarning samaradorligini aniqlash.
Talaba bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
- vabo epidemik jarayonining rivojlanishini tahlil qila bilish;
- vabo bilan kasallangan bemorlarni aniqlay olish va yuqori
tashkilotlarga axborot bera olish;
- SNP tuzilishida asosiy prinsiplarni bilish.
Mashg’ulot o’tkazish rejasi:
- kirish;
- vaboda epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, vaboning dunyoda
tarqalganligi;
- respublika hududini O’XYUK sanitariya muhofazasini tashkil etish;
- SNPlarni tashkil etish va ishlash prinsiplari.
Talabalarning mustaqil ishi:
- vabo aniqlanganda shoshilinch axborot yuborilishini o’rganish;
- ushbu mavzu bo’yicha buyruq, uslubiy qo’llanma va yo’riqnomalar bilan
tanishish.
Mashg’ulotning jihozlanishi:
- tegishli jadvallar, sxemalar, rasmlar.
Adabiyotlar:
1. Belyakov V.D. Epidemiologiya. 1989 y.
2. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02.
96-sonli buyrug’i.
3. O’zbekiston Respublikasida vabo kasalligining sanitariya-
epidemiologik nazorati haqidagi Nizom. Toshkent 1992 y.
4. Medinskiy G.M., Sergeev V.P. Epid.nadzor za xoleroy . 1989 y.
5. N.N.Jukov-Verejnikov, I.K.Musabaev va boshqalar. Vaboning klinikasi,
davosi va profilaktikasi. Toshkent 1966 y.
6. M.K.Usmanov. Epidemiologiya. 1995 y.