O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Infeksiya manbaiga nisbatan olib boriladigan chora-tadbirlar vabo bilan



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Infeksiya manbaiga nisbatan olib boriladigan chora-tadbirlar vabo bilan  
kasallanganlarni  aniqlash 
 
1.  Barcha  uyushgan  jamoalarda,  har  bir  korxona  va  muassasalarda  tibbiy 
yordam  ko’rsatishning  barcha  bosqichlarida  ichak  faoliyati  buzilgan  va  qayt 
qilayotganlar faol aniqlanadi. 
O’tkir  ichak  infeksiyalari  bilan  kasallanish  darajasi  yuqori  bo’lgan  va 
sanitariya-gigiyena  ta’minoti  qoniqarsiz  bo’lgan  hududlarda  esa  hovlima  -hovli 
aylanib chiqish yordamida aniqlanadi. 
2.  Epidemiologik  noxush  vaziyatlarda  hovlima-hovli  aylanib  chiqish, 
uchastka tibbiyot tarmog’i kuchlari sanitariya faollari, tibbiyot institutlari va bilim 
yurtlari talabalarini jalb qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun vrachlik 
uchastkalari (aholi soni 500 dan qishloq joylari va xususiy uylar qurilgan hududlar 
uchun)  1000  tagacha  bo’lgan  (ko’p  qavatli  uylar  qurilgan  hududlar  uchun) 
mikrouchastkalarga bo’linib har bir  uchastkaga bitta  tibbiyot  hamshirasi va to’rt-
besh sanitariya faollari yoki tibbiyot institutlari talabalaridan iborat bo’lgan brigada 
biriktirilib  qo’yiladi,  ular  bemorlarni  aniqlash  bilan  birgalikda  turar  joylar  va 
hojatxonalarning  sanitariya  holati  ustidan  nazorat  olib  borishadi,  Shu  vaqtning 
o’zida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi. 
3. 
Qabulxonalarga, 
maxsus 
tartibli 
muassasalarga, 
psixonevrologik 
shifoxonalar  va  dispanserlarga,  davolash  mehnat  profilaktoriyalarga  qabul 
qilinganlar  orasida  ichak  faoliyati  buzilgan  va  qusayotgan  bemorlarni  faol 
aniqlash. 
4.  Uyushgan  jamoalarda,  korxona  va  muassasalarda  tibbiyot  nazorati  va 
kundalik  so’rab-surishtirish  ishlari  tibbiyot  xodimlari  va  sanitariya  faollari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
5.  Aniqlangan  har  bir  ichak  faoliyati  buzilgan  va  qusayotgan  bemor  haqida 
gospitalizatsiya  qilish  uchun  belgilangan  tartib  bo’yicha  tibbiy  tez  yordam 
ko’rsatish  stansiyalariga  yoki  dezstansiyaga  xabar  qilinadi,  sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlariga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. 
6. Bemorlarni faol aniqlash to’g’risidagi ma’lumotlar har kuni Shu hududdagi 
poliklinikaga yuborilib turiladi, u yerda esa xizmat ko’rsatish uchastkalari bo’yicha 


 
152 
sutkalik  ma’lumotlar  DSENMga  yuboriladi,  DSENM  esa  uchastkalarda  bir  sutka 
davomida  olib  borilgan  chora-tadbirlar  to’g’risida  tibbiy  shtabga  ma’lumot 
yuboradi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin