154
4. Evakuatsiya brigada xodimlari xirurgik xalat, pijama, boshiga shapkacha
yoki kosinka (uch burchak ro’mol) kiyib olgan bo’lishi kerak. Evakotransportda
xizmat qiluvchi xodim smena tugagandan so’ng sanitariya ishlov berishdan
(tozalash) o’tishi kerak.
5. Bemorlarni yoki vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilingach
muloqotda bo’lganlar alohida joylangandan so’ng davolash muassasalari yoki
evakobrigada kuchi bilan shifoxona hududidagi maxsus ajratilgan maydonchada
transport yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Transportga ishlov berish uchun jihozlar
(gidropult yoki avtomaks, qop, zambil, parvarish qilish buyumlarini alohida
tozalash uchun latta va idish) ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: