153
shuningdek o’choqni tugatishga qaratilgan boshqa xizmatlar faoliyatini
ta’minlashning aniq chora-tadbirlarini ko’zda tutadi. Shu jumladan:
- maslahatchilar (konsultant) guruhini aniqlash;
- zaruriy asbob-uskuna (jihoz) bilan ta’minlash tartibi va hisobi;
- epidemiologik vaziyat to’g’risida ma’lumot berish tartibi;
- yakka-yakka yoki ommaviy kasallanish yuz bergan holatlarda gospital va
laboratoriya bazalari imkoniyatini aniqlash hamda ularni tashkil qilishning tartibi
va ta’minoti;
- qo’shimcha transport ajratish va aloqa vositalari bilan ta’minlash;
- bemorlarni aniqlash va gospitalizatsiya qilish;
- muloqotda bo’lganlarni alohidalash;
- o’choqda dezinfeksiya ishlarini bajarish;
- FEKK (favqulotda epidemiyaga qarshi komissiya) ishini takomillashtirish;
- o’choqni epidemiologik tekshirish;
- o’lganlarni qidirib topish va ularni ko’mish;
- karantin chora-tadbirlar;
- bemorlarni davolash;
- muloqotda bo’lganlarga nisbatan shoshilinch profilaktika o’tkazish;
- yakuniy dezinfeksiya;
- sanitariya maorifi ishlari;
- dispanser nazorati;
- maxsus laboratoriyalar tashkil qilish;
- harakatdagi (ko’chma) epidemiologik guruhlar tuzish;
Dostları ilə paylaş: