DSENM talablariga ko’ra kasallik o’chog’ida sanitar-profilaktik chora-
tadbirlar o’tkaziladi. Suv manbalari, suv havzalari, quduqlarni yaxshilash,
hojatxonalarni tozalash, pashshalarni yo’q qilish hamda sanitar oqartuv ishlarini
olib borish.
Muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayrim hollarda, aholining
ba’zi ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida fagoprofilaktika o’tkaziladi. Bunda avvalo
mazkur bakteriofagning ajratilayotgan shigellalarni lizis qilish xususiyati
o’rganilishi va inobatga olinishi zarur.
1. Profilaktika maqsadida maktabgacha bo’lgan bolalar, bog’chagacha
bo’lgan bolalar, maktabgacha bolalar ovqatlanish korxonalarida ishlovchi
xodimlar, oziq-ovqat do’konlaridagi sotuvchilar, suv inshootlarida ishlovchilarga
hamda somatik shifoxonalarda bemorlarga 5 kun mobaynida 1 tadan tabletka
bakteriofag beriladi.
2. O’choqda epidemiologik ko’rsatmaga qarab maktabgacha bo’lgan bolalar
muassasalarida profilaktika maqsadida 3 kun ketma-ket sistemali ravishda
fagoprofilaktika o’tkaziladi.
3. Yotoqxonalarda, ovqatlanish korxonalarida kasallikning oldini olish
maqsadida 3 kun fagoprofilaktika o’tkaziladi.
4. Ichak o’tkir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga 2 martadan davolash
maqsadida 5 kun bakteriofag beriladi. Sog’lom 6 oydan 3 yoshgacha bo’lgan
bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va katta yoshdagilarga 2 tabletka, 8
yoshdagilarga 2-4 tabletka.
Davolanib bo’lgan bolalar, bolalar muassasalarida va ovqatlanish
korxonalarida ishlovchi xodimlarga 5 kun davomida fagoprofilaktika o’tkaziladi.