56
MAVZU 4. YUQUMLI KASALLIKLAR TARQALISHIDA
HAYVONLARNING VA KEMIRUVCHILARNING EPIDEMIOLOGIK
AHAMIYATI. RODENTICIDLAR VA ULARNI QO’LLASH USULLARI.
DERATIZATSIYA VA SANITARIYA-VETERINARIYA TADBIRLARINI
TASHKIL QILISH
1. Mashg’ulotning maqsadi:
1.1. Epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan hayvonlar ekologiyasi va
biologiyasini o’rganish.
a) kemiruvchilar kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbaidir;
b) kasallik qo’zg’atuvchilarining (quturish, salmonellyozlar va ornitozlar) tabiatda
tarqalishida yovvoyi, uy hayvonlari va parrandalarning ahamiyati.
1.2. Deratizatsiya va sanitariya-veterinariya choralarini tashkil etishda
kimyoviy usullar va texnik vositalarni qo’llanishini o’zlashtirish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Kirish so’zi. O’tiladigan mazkur mavzuning mohiyatini va uning
mazmunini tuShuntirish.
3.2. Talabalarning boshlang’ich bilim darajalarini aniqlash.
3.3. Mashg’ulot savollarini muqokama qilish.
3.3.1. Kemiruvchilarning - kasallik qo’zg’atuvchi manbai sifatida umumiy
tavsifi.
3.3.2.Kemiruvchilarning kalamush, sichqon, dalasichqon, qumsichqon,
yumronqoziq va sug’ur kabi turlari haqida ma’lumot.
3.3.3. Ornitoz va salmonellyozlarda kasallik tarqalishi tizmasini o’zlashtirish.
3.3.4. Kemiruvchilarga qarshi kurashda qo’llaniladigan ikki usulning
muhokamasi.
a) profilaktik deratizatsiya.
b) kasallik o’choqlarida deratizatsiya.
3.3.5. Kemiruvchilarga qirg’in keltiruvchi mexanik, kimyoviy va biologik
usullar bilan tanishtirish.
3.3.6. Asta-sekin kumulyativ ta’sirli rodentitsidlar tavsifi. Zookumarin. Uy
kalamushi va sichqonlarga qarshi qo’llash usullari, qo’llashdagi ehtiyot choralari.
3.3.7. Keskin ta’sir qiluvchi rodentitsidlarning tavsifi va qo’llash ehtiyoji.
Rux fosfidi. Uy sichqonlari va kalamushlarga qarshi dala sharoitida o’tkaziladigan
deratizatsiyada ishlatish imkoniyatlari. Krisid. Kul rang kalamushlarni qirishda
ishlatish imkoniyatlari va qo’llash usullari. Qo’llashdagi cheklanishlar tafsiloti.
3.3.8. Kemiruvchilarning har xil guruhlariga qo’llaniladigan deratizatsiya.
a) Sinantrop kemiruvchilar-uy sichqoni, kulrang va qora kalamushlar. Profilaktik
choralarning muhim ahamiyati. Qo’llash usullari va tadbirlari.
b) Yarim sinantrop kemiruvchilar (oddiy dalasichqon). Agrotexnik choralar,
ularning mazmuni va profilaktik ahamiyati. Kemiruvchilarga qirg’in keltirish
usullari:
kemiruvchilarda
kasallik
qo’zg’atuvchi
bakteriyalarni qo’llash
imkoniyatlari. Deratizatsiya o’tkazishda kemiruvchilarning yashash tarzini
57
mavsumiyligini hisobga olish.
v) Yovvoyi kemiruvchilar (qumsichqon, yumronqoziq, sug’ur). Qirg’in
keltirish choralarini o’tkazish shartlari. Kemiruvchilar inlariga gazsimon
rodenticidlar bilan ishlov berish. Boshqa rodenticidlarning qo’llanilishi.
3.3.9. Deratizatsiyaning texnik vositalari. Kemiruvchilarni tutish vositalari.
4. Muhokama uchun savollar:
4.1. Epizootik jarayon.
4.2. Epizootik o’choq tuShunchasi.
4.3. Infeksiyalarning asosiy maibai hisoblangan kemiruvchilar (katta
qumsichqon) ning qisqacha ta’rifi.
4.4. Hayvonlar va parrandalarning yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarining
maibai sifatidaga ahamiyati. Ularning quturish, salmonellyozlar hamda ornitoz
kasalliklari epidemiologayasidagi ahamiyati.
4.5. Kumulyativ (sekin) ta’sirli rodentitsidlarning va keskin ta’sirli
rodentitsidlarning qo’llanilish imkoni va shartlari.
4.6. Kemiruvchilarning ekologik va biologik xususiyatlari asosida
deratizatsiya o’tkazish usullari:
a) sinantrop kemiruvchilar
b) yarim-sinantrop kemiruvchilar
v) yovvoyi kemiruvchilar.
4.7. Tanlab va yoppasiga o’tkaziladigan deratizatsiya (muntazam va bir
marotaba o’tkaziladigan).
4.8. Deratizatsiya moddalarining zaharli ta’siri.
4.9. Deratizatsiyaning texnik vositalari. Kemiruvchilarni tutish qurollari.
4.10. Deratizatsiya choralarining samaradorligini aniqlash usullari va
ko’rsatkichlari.
4.11. Veterinariya-sanitariya choralari (quturish, o’latda, tuyalar manba
hisoblanganda, salmonellyozda, ornitozlarda).
4.12. Epidemiologik nazorat tuShunchasi (ikki asosiy qismi).
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
5.1. Epidemiologik xavfli va zoonoz infeksiya o’chog’ining hududini tashkil
qiluvchi epizootik jarayonning umumiy tavsifi.
5.2. Odamlarga yuqish mexanizmi, shart-sharoitlari va epidemik jarayon
tavsifi.
5.3. Deratizatsiya usullari.
5.4. Deratizatsiya moddalarining asosiy xususiyatlari, ta’siri va qo’llanish
usullari.
5.5. Deratizatsiya preparatlarining insonlarga, issiq-qonli hayvonlarga zararli
ta’siri.
5.6. Deratizatsiyaning texnik vositalari.
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
6.1. Muayyan epidemik vaziyat hamda infeksiyalarning epidemiologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan deratizatsiya choralarini asoslash.
6.2. Deratizatsiya o’tkazish uchun preparatlarni va texnik vositalarni tanlash
58
6.3: Deratizatsiya samaradorligini aniqlash.
7. Mustaqil ish.
7.1. Dars oxirida quyidagi jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldiring.
Kemiruvchining
turi
Yashas
h joyi
Tarqalish yo’llari
va yuqish omillari
Ushbu kemiruvchi
asosiy manba
hisoblanadigan
kasalliklar
1
Kalamush
2
Sichqon
3
Dalasichqon
4
Qumsichqon
5
Yumronqoziq
6
Sug’ur
Dostları ilə paylaş: |