O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Argaz kanalarining biologiyasi va ekologiyasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Argaz kanalarining biologiyasi va ekologiyasi 
 
Argaz kanalari pana joy kanalari hisoblanadi. Ular asosan yog’och va loydan 
qurilgan  imoratlarda,  hayvonlar  uyasida,  g’or  va  o’ralarda  kun  kechiradilar. 
Hayotiy  davriyligi  -  tuxum,  qurtcha  (lichinka),  3  yoki  5  ta  nimfalik  davri  va  25 
yilgacha davom etishi mumkin bo’lgan imago davri tartibida o’tadi. Ochlikka 10-
11 yilgacha chidaydilar. 
O’rta  Osiyo,  Kavkazorti  mamlakatlarida,  Qrimda  va  Ukrainada  keng 
tarqalgan.  Odamga  va  hayvonlarga  asosan  tunda  tashlanadilar.  Bunda  bir  necha 
daqiqadan  yarim  soatgacha  sezdirmasdan  yopishib  so’rish  xususiyatiga  egadirlar. 
Qishda juda kam oziqlanadilar. So’rgan joylarida bir necha haftagacha vaqti-vaqti 
bilan  qattiq  qichiydigan  o’ziga  xos  qontalash  papula  qoladi.  Argaz  kanalaridan 
infeksiya  yuqishi  so’rishning  dastlabki  davrlaridayoq  yuz  berishi  tufayli  bu 
kanalardan tanani ozod qilish payti kasallanish darajasiga ta’sir qilmaydi. 
Argaz kanalarining epidemiologik ahamiyati: 
Kana  qaytalama  tifi, Ku-isitmasining  va  boshqa  kasalliklarning  tarqatuvchisi 
bo’lib xizmat qiladi. Ma’lum biotiplarga bog’liq, embrional taraqqiyoti va imago 
bosqichining  uzoq  davom  etishi  hamda  qo’zg’atuvchilarning  transovarial  (2 
naslga) berilishi tufayli argazidlar uzoq vaqt davomida kana qaytalama tifi va Ku-
isitmasining tabiiy o’choqlarining saqlanib turishiga sabab bo’ladilar. 
Tabiiy  biotiplar  sharoitida  odamlarga  katta  xavf  tug’dirmaydi.  Ammo 
odamlarning  kanalab  ketgan  imoratlarga  ommaviy  ko’chib  kirishi  kasalliklarni 
keng tarqalishiga olib keladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin