Tibbiyotda qo’llanuvchi buyumlarga sterilizatsiyadan oldingi ishlov berish Bunday ishlov berishga sabab, buyumlar yuzasidagi oqsil, yog’ va boshqa
moddalarni
yo’qotishdir.
Sterilizatsiya
oldi
ishlovi
qo’lda
yoki
mexanizatsiyalashgan usulda olib boriladi. Qo’lda ishlov berish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi: a) oqib turgan suv ostida 0,5 daqiqa davomida chayish, yuvish;
b) anjomlarni 50°S haroratli yuvuvchi eritmada 15 daqiqa bo’ktirib qo’yish,
mexanik tozalash. Yuvish vositalari sifatida "Biolat" preparatining 0,5%li eritmasi
yoki "Progress", "Astra", "Lotos" yuvish vositalarining 0,5% eritmasi bilan 0,5%
vodorod peroksidi aralashmasi qo’llaniladi. 0,5% pergidrol eritmasini tayyorlash
uchun 975 ml suvga 20 g. standart (27,5-33%) pergidrol eritmasi solinadi.
Ekspozitsiya muddati tugagach tibbiy anjomlar qaytadan ishqor qoldig’idan
tozalash uchun oqar suvda chayiladi. "Biolat" preparati qo’llanilganda yuvish 3
daqiqa, "Progress", "Novost", "Lotos" 5 daqiqa, 'Astra" preparatida esa 10 daqiqa
davom ettiriladi; v) oqar suvdan so’ngra distillangan suvda 0,5-1 daqiqa davomida
chayish, yuvish, bo’ktirish; g) 80-85"S haroratli issiq havoli sterizatorlarda
quritish.
Mexanizatsiyalashgan usulda ninalar, shprislar, asbob-uskunalar uchun
mo’ljallangan mashinalarda sterilizatsiya tartibiga asosan olib boriladi. Yuvuvchi
eritma rangi o’zgarmasa 1 sutka davomida uni qayta qizdirib, 6 martagacha
foydalanish mumkin.