Gazli sterilizatsiya yuqori issiqlikka chidamaydigan ob’ektlarga qo’llaniladi.
Bular oynali jarrohlik asboblari, kesuvchi va sanchiluvchi asboblar, ketgut,
zondlar, plastmassali sintetik kateterlardir. Gazli sterilizatsiyada sporasid ta’sirga
ega etilen oksidi, metil bromid va uning aralashmasi, formaldegid va boshqalar
qo’llaniladi.
Kimyoviy
eritmalar
asosan
issiqlikka
chidamsiz
asboblarni
sterilizatsiyalashda qo’llaniladi. Ularni ko’pincha sun’iy polimer materiallardan
jarrohlik asboblari, rezina qo’lqoplarni sterillashda ishlatiladi.
Namli sterillashda turli aralashmalar ishlatiladi. Bular tarkibida xlor, yod,
oksidlovchilar, kislota, aldegidlar tutuvchi aralashmalar. Ulardan asosan vodorod
peroksidi bilan dezoksondan foydalaniladi. Vodorod peroksidining 6%li eritmasi
18°Sda 6 soat, 60°Sda 3 soat mobaynida saqlanadi. Vodorod peroksidi eritmalari
yopiq idishda saqlanib tayyorlanganda 7 kun mobaynida ishlatilishi mumkin.
Dezokson eritmasi esa faqat tayyorlangan kuni ishlatiladi. Buyumlarning
zararsizlantirilganligini tekshirish uchun ularni Xottingerning qandli 1%li
glyukoza, saburo, tioglikon oziq muhitlarida tekshirib ko’riladi. Agar asbob
uskunalarning yuzasi katta bo’lsa, ulardan salfetka bilan surtma olinadi.
Salfetkaning yuzasi 5x5 sm
2
bo’lib izotonik eritma yoki sterillangan suv, 1%li
tiosulfat eritmasi bilan namlanadi. Olingan surtmalarda mikroorganizmlar bor
yo’qligi tekshiriladi.
STERILIZATSIYANI
TASHKILLASHTIRISH.
Sterilizatsiyani
markazlashgan sterilizatsiya bo’limida (MSB) o’tkazish maqsadga muvofiq
bo’ladi. MSBga ishlatilgan va dastlabki tozalangan asboblar qabul qilinadi,
asboblar yuviladi, jamlanadi, sterilizatsiya qilinadi va sterillangan materiallar
davolash bo’limlariga qaytariladi. Sifatli sterilizatsiya qilish va uning
samaradorligini oshirish uchun markaziy sterilizatsiya bo’limi xonalarini bir-
biridan ajratilgan zararsizlantirilmagan va zararsizlantirilgan zonalarga ajratiladi.
Zararsizlantirilmagan zonada sterillanmagan mato, shpris, kateter, jarrohlik
asboblari va h.k. qabul qilish, yuvish va quritish xonalari, buyumlarni saqlash,
tozalash anjomlari saqlanadi.
Zararsizlantirilgan zonada sterillangan buyumlar, predmetlar xonasi,
taqsimlash, ekspeditsiya xonalari mavjud.
Markaziy sterilizatsiya bo’limlarining buyumlarni ro’yxatga olish daftarida
qabul qilinayotgan va berilayotgan buyumlar, asboblar nomi va soni qatiy
ro’yxatga olinishi shart. Markaziy sterilizatsiya bo’limining hamma ishlari
sterilizatsiya jarayonlarining qat’iy to’g’riligi asosida tashkil qilinadi. MSBda
sanitariya va epidemiyaga qarshi tartibga qat’iy rioya qilinishi shart. MSBda
ishlovchi xodimlar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib turilishlari lozim.
Bundan tashqari ular o’z malakalarini oshirib borishlari kerak.