Issiq quruq havo bilan sterilizatsiya usuli namlanishi, zanglashi va boshqa
sabablarga asosan bug’ bilan sterilizatsiya qilinmaydigan buyumlarga qo’llaniladi.
Havo bilan sterilizatsiya bug’ sterilizatorlari qo’llaniladigan muassasalarda
o’rnatilgan havo sterilizatorlarida o’tkaziladi. Havo uslubi shishali ashyolar
(shpris, idishlar), metall (jarrohlik, ginekologiya va stomatologiya) asboblari,
kauchukli va boshqa buyumlarda qo’llaniladi.
Tibbiyot muassasalarida har xil tuzilishli havo sterilizatorlari yumaloq va
to’g’ri burchakli hamda sterilizatsiya quritish shkaflari ishlatiladi. Havo bilan
sterilizatsiya quruq issiq havoda 180°S haroratda 60 daqiqa, 160°S da esa 2,5
soatda amalga oshiriladi,
Havo yordamida sterilizatsiyalashni tekshirishda bakteriologik usullar
qo’llaniladi. Biotestlar sifatida 1-1,5 soat mobaynida 160°S haroratni ko’tara
oladigan kartoshka va beda qalamchalari mikrob sporasi yuqtirilgan probirkalar
ishlatiladi.
Issiq havoli sterilizatorlarni haroratini nazorat qilish uchun tiomochevina (180
°Sda eriydi), yantar kislotasi (180-192°S), barital (190-191°S), pilokarpin
gidroxlorid (200°S) va boshqalar qo’llaniladi.