Kafolat majburiyatlari (warranty) - agar ishlab chiqarish kamchiliklarini
aniqlasa, mahsulotni ta’mirlash yoki almashtirish uchun buyurtmachi (iste’molchilar)
talablarini qondirish uchun loyihani amalga oshirgan korxonaning rasmiy tarzda
berilgan va’dasi.
Loyihaning bosh maqsadi (mainobjective) yoki missiya (mission) -
loyihaning natijalarini kelgusida ishlatish uchun uni amalga oshirishning asosiy, eng
keng tarqalgan sababi.
Ishning parchalanishi - umumiy natijaning birligini saqlab, turli darajadagi
ishlarni batafsil yoritib berish.
Loyihaning istalgan maqsadlari (desiredprojectgoals) - uni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun zarur boʻlmagan maqsadlar, ammo muayyan sharoitlarda
erishish mumkin.
Loyiha muddati (projectlifecycle) - loyihaning paydo boʻlishi va uni tugatish
paytidagi vaqt oraligʻi.