Investor (investor) - bu odatda foyda olish maqsadida har qanday resurslarni
loyihaga kiritadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Boshlash (initiation) - yangi loyihaning investitsion jozibadorligini oshirish
va loyihani amalga oshirish boshlanishiga koʻmaklashish ishlari.
Xaridor (mijoz) (customer) - loyihaning natijalarini iste’molchi boʻlgan, lekin
loyihaning bevosita buyurtmachisi boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Loyiha jamoasi (projectteam) - loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan,
turli loyiha ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalovchi va loyiha menejeriga hisobot
beradigan mutaxassislar guruhi. Shartnoma (contract) - manfaatdor tomonlar oʻrtasida rasmiy bitim, unda
tomonlarning bir qismi boshqa tomon taqdim etgan ish haqi evaziga muayyan turdagi
ishlarni bajarish majburiyatini oladi.