Yetakchilik (leadership) - jamoada oʻz oʻrnida bir guruh a’zosining boshqalarga
ta’sir oʻtkazish jarayoni.
Megaloyihalar (megaprojects) - umumiy maqsadga birlashtirilgan koʻplab
oʻzaro bogʻliq loyihalarni oʻz ichiga olgan maqsadli dasturlar, ajratilgan resurslar va
ularni amalga oshirish uchun ajratilgan vaqt.
Multiloyihalar (koʻp loyihalar) (multiprojects) - yirik korxonalar doirasida
amalga oshiriladigan keng qamrovli dasturlar yoki loyihalar.
Kerakli loyiha maqsadlari (requiredprojectgoals) - loyihalarni boshqarishning
turli bosqichlari oraliq maqsadlari.
139
Loyiha muhiti (loyiha atrofi) (projectenvironment) - loyihani amalga
oshiradigan muhit, loyiha maqsadlariga erishishga koʻmaklashadigan yoki toʻsqinlik
qiladigan ichki va tashqi kuchlarning kombinatsiyasini yaratadi.