belgilangan muddat bilan ishlash ma’lum muddatga ega, bu unga ajratilgan resurslar
soniga bogʻliq emas: masalan, ikki marta koʻp ijrochilarni tayinlash orqali ishlarning
bajarilishini tezlashtirish mumkin emas, chunki ishning davomiyligiga ta’sir qiluvchi
omillar mavjud, lekin ijrochilar soniga bogʻliq emas;
belgilangan hajm bilan ishlash tayinlangan ijrochilar (resurslar) soniga bogʻliq
boʻlgan muddatga ega. Shunday qilib, muddati mavjud resurslar miqdoriga bogʻliq
boʻlgan ish uchun talab qilinadigan ish hajmi (masalan, inson kunlarida) va mavjud
resurslar miqdori haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, vaqtni bevosita hisoblab chiqish
mumkin. Bunday holda ijrochilar sonining koʻpayishi ishning bajarilish vaqtini
pasayishiga olib keladi.