85
2
-S - toʻliqlik(completeness). Xabar asl gʻoyani toʻliq aks ettirishi kerak. Buni
joʻnatuvchi va qabul qiluvchini ham hisobga olish kerak. Soʻnggi xabarning
mohiyatini tushunish uchun yetarli darajada unga e’tibor berish kerak;
3-S – qisqalik (conciseness). Xabarning mazmuni batafsil taqdimot bilan loyqa
boʻlmasligi kerak. Agar fikrni qisqacha ifoda qilish mumkin boʻlsa, uni albatta bajarish
kerak;
4-S – aniqlik (concreteness). Xabarda maksimal xususiyatlar boʻlishi kerak.
Xulosa natijalari yoki natija haqida noaniqlik boʻlsa ham, abstrakt soʻzlardan
chetlanish kerak;
5-S - toʻgʻrilik (correctness). Xabarni uzatiladigan til qoidalariga muvofiq
tuzilishi kerak. Bu ayniqsa xalqaro loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi, bu yerda atamalardagi oddiy xatolar loyiha ishtirokchilari uchun juda koʻp
muammoga sabab boʻlishi mumkin.
Amalga oshirilayotgan loyihalarning tabiati boshlangʻich darajada xilma-xil
boʻlgani sababli, loyihani amalga oshirish jarayonida muloqotga ta’sir qiluvchi
omillarning ijobiy ta’sirini ta’minlashga harakat qilish kerak. Ushbu omillar
quyidagilardir:
- kommunikatorning tashkiliy tuzilishi va
lavozimi;
- loyihani boshqarish uslubi;
- mehnatni taqsimlash darajasi, loyiha ishtirokchilari soni va ularning kasbiy darajasi.
Loyiha boshlanishidan oldin bu omillarga rahbariyatning e’tiborini jalb qilish
asosiy ish vaqtida aloqa muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Ushbu jarayonning muhimligini tushunmaslik, loyihani boshqarishda va
odamlar bilan ishlashda eng koʻp uchraydigan xato manbalaridan biridir. Koʻpincha
odamlar kelgan ma’lumotni notoʻgʻri talqin qiladilar.
Odatda aloqa
(communications) ostida quyidagilar tushuniladi:
- har qanday axborotni topshirish haqidagi ish
yoki haqiqat;
- ogʻzaki yoki yozma xabar;
- oddiy ramzlar tizimidan foydalanadigan odamlar oʻrtasida semantik tuzilmalarni
almashish jarayoni.
86
Loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro tushunish kerak, chunki ularning har biri
loyihaning qanday amalga oshirilishi toʻgʻrisida oʻz nuqtai nazariga ega. Aloqa
tizimidagi buzilishlar eng kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin (8-rasm).
Loyiha menejeri jamoa a’zolari va boshqa loyiha ishtirokchilari oʻrtasida
doimiy, ishonchli va keng qamrovli axborot oqimlari uchun mas’uldir. Loyihani
muvaffaqiyatli amalga oshirishga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan axborotga alohida
e’tibor qaratish lozim. Bu xabarlar norasmiy suhbatlar, uchrashuvlar, yigʻilishlar,
biznes yozishmalar, ma’ruzalar va prezentatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Kundalik ishlarning koʻpchiligi loyiha a’zolari oʻrtasida informal ma’lumot
almashish orqali amalga oshiriladi (suhbatlar, telefon soʻzlashuvlari, elektron pochta
xabarlari va hk). Bunday aloqalarning soddaligiga qaramay, ularning yordami bilan
jamoa a’zolari hamkasblarining ishiga, muayyan topshiriqlar boʻyicha oʻzlari olgan
qarorlar, pul taqsimotiga, ish tartibiga ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Norasmiy muloqotning natijalari loyiha jamoasining keyingi uchrashuvida
hujjatlashtirilishi kerak. Aloqa jarayonida loyiha ishtirokchilari oʻrtasida axborot
oqimlarining toza boʻlishi oʻzaro tushunish uchun zarur shart (8-rasm).
Dostları ilə paylaş: