O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Falsafa tushunchasining mohiyati va falsafaning rivojlanish bosqichlar



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#46740
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
O`zbekiston re spublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat p

1. Falsafa tushunchasining mohiyati va falsafaning rivojlanish bosqichlar. 

Har  qanday  noma’lum  so’z  mazmunini  uning  etimologiyasidan,  ya’ni  u  qachon,  qanday  va  nima 

uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – 

sevaman  va  sophia  –  donolik  so’zlaridan  kelib  chiqqan  bo’lib,  mazkur  atamaning  dastlabki  ma’nosini 



donolikka  muhabbat  deb  talqin  qilish  mumkin.  Falsafa  so’zini  ilk  bor  qadimgi  yunon  mutafakkiri 

Pifagor  miloddan  avvalgi  VI  asrda  tayyor  holda  (afsonalar,  rivoyatlar,  an’analar  orqali)  avloddan 

avlodga  o’tuvchi  bilim  va  insonning  o’z  aqliga  tayanib,  mushohada  yuritish  va  borliqni  tanqidiy 

tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.  

SHuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» 

tushunchasiga  uning  keyinchalik  paydo  bo’lgan  va  mohiyat  e’tibori  bilan,  falsafani  «barcha  fanlar 

podshosi»  darajasiga  ko’targan  ma’nosidan  boshqacharoq  ma’no  yuklaganlar.  Ammo  ilk  faylasuflar 

o’zlarini  donishmand  deb  hisoblamaganlar  va  donolikka  da’vo  qilmaganlar,  zero,  o’sha  davrda  keng 

tarqalgan  tasavvurga  ko’ra,  haqiqiy  donishmandlik  ajdodlardan  meros  qolgan,  asrdan  asrga  o’tib 

kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan o’tgan, 

eng  so’nggi  bilimlarga  ega  bo’lgan  bashoratgo’ylar,  kohinlar  va  oqsoqollar  e’tirof  etilgan.  Ularning 

so’zlari  shak-shubhasiz  va  birdan-bir  to’g’ri  deb  qabul  qilingan.  Faylasuf  esa,  donishmandlik  muxlisi 

bo’lishi,  e’tiqod  sifatida  qabul  qilingan  tayyor  haqiqatlarga  emas,  balki  o’z  aqliga  tayanib,  boshqa 

faylasuflar  tomonidan  olingan  bilimlar  va  tajribadan  ijodiy  yo’l  bilan  foydalangan  holda  maqsadga 

intilishi lozim bo’lgan.  

Darhaqiqat,  insonning  dunyo  va  o’ziga  bunday  munosabat  darhol  yuzaga  kelgani  yo’q.  Insonning 

tabiatga qarshilik ko’rsatish, mavjudlik vositalarini  yaratish va ko’paytirish qobiliyatlari rivojlangunga 

va  o’sgunga,  buning  natijasida  yetarli  tajriba  va  bilimlar  to’plangunga,  odamlar  aqli  ko’p  sonli 

savollarga javob izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo’lni 

bosib o’tgan. SHu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo’lish sabablari va sharoitlarini 

tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim.  Nima uchun? SHuning uchunki, falsafa 

dunyoqarashning  asosiy  tarixiy  shakllaridan  biri  hisoblanadi.  Falsafa  haqida  gapirish  –  inson 

dunyoqarashi,  uning  oqilona  fikrlash  qobiliyati  haqida,  binobarin,  uning  mohiyati  va  yerda  paydo 

bo’lish  tarixi  haqida  gapirish  demakdir.  Bu  yerda  biz  hali  kam  o’rganilgan  murakkab  muammolarga 

duch  kelamiz,  zero  insonning  kelib  chiqishi  odamlar  doim  javobini  topishga  harakat  qilgan  buyuk 

jumboqlardan biri  hisoblanadi.  Ammo  bilimning bu sohasida  yechilmagan muammolar bugungi  kunda 

ham  bisyor.  Xususan,  inson  nima  uchun,  qayerdan,  qaysi  sabablarga  ko’ra  paydo  bo’lgan,  degan 

savolga  aniq,  umumiy  e’tirof  etilgan  javob  hanuzgacha  mavjud  emas.  Xuddi  shuningdek,  aql  faqat 



insonga  xosmi  yoki  uning  inson  borlig’ida  mavjudligi  ob’ektiv  borliqning  ayrim  hodisasimi?,  degan 

savol ham hali o’z javobini topganicha yo’q.  




SHu  bois,  insoniyat  tarixi  haqidagi  hozirgi  ilmiy  tasavvurlar  nuqtai  nazaridan  ayrim  masalalar 

mavjud  bo’lib,  ular  xususida  olimlar  va  mutaxassislar  ma’lum  bir  to’xtamga  kelganlar.  Xususan,  boy 

tarixiy  material,  arxeologiya  fanining  daliliy  ma’lumotlari,  shuningdek  boshqa  fanlarning  metodlari 

bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan 

holda,  ishonch  bilan  inson  sayyoramizda  hayotning  tadrijiy  (evolyutsion)  rivojlanishi  mahsulidir,  deb 

qayd  etish  mumkin.  Hozirgacha  mavjud  bilimlar  oddiy  mehnat  qurollarini  yasagan  insonsimon 

mavjudotlarning  (lot.  homo  habilis  –  uquvli  odam)  qadimgi  manzilgohlari  taxminan  3-5  mln  yil  oldin 

paydo bo’lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.  

Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln 

yilni  tashkil  etadi.  Homo  sapiens,  ya’ni  aqlli  odamlar  tipi  atigi  40-60  ming  yil  oldin  vujudga  keldi. 

Insonda  ong  paydo  bo’lib,  u  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  uzil-kesil  shakllanganidan  beri,  mutaxassislar 

fikricha, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o’zgarishlar  yuz bergani  yo’q, ya’ni u hozirgi odamlardan 

deyarli farq qilmaydi.  

Ong  paydo  bo’lishi  esa,  ilmiy  tasavvurlarga  muvofiq,  inson  tarixiy  rivojlanishining  odam  miyasi 

o’sib  borayotgan  mehnat  faolligi  va  verbal  (nutq  orqali)  muloqot  ta’sirida  o’ta  rivojlanib,  murakkab 

mavhumliklarni  tushunadigan  darajaga  yetgan  davri  bilan  bog’lanadi.  SHunday  qilib,  inson 



tushunchalarga  ta’rif  berish,  mulohazalar  bildirish  va  mushohadalar  yuritish  yo’li  bilan  sodda,  lekin 

aqliy ish olib bora boshladi.  

Falsafa fanining rivojlanish bosqichlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

• Qadimgi dunyo falsafasi  

• O’rta asrlar falsafasi  

• Uyg’onish davri falsafasi  

• YAngi davr falsafasi  

• Eng yangi davr falsafasi.  


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin