pyezometrik sath o‘lchagich deb ataladi.
Difmanometr bilan ochiq va yopiq idishlardagi suyuqliklar sathini, ya’ni bosim ostidagi,
atmosfera yoki siyraklanish sharoitidagi suyuqliklar sathini o‘lchash mumkin. Bunday asboblarning
ishlash prinsipi ikki suyuqlik ustunining gidrostatik bosimlar farqini o‘lchashga, ya’ni idishdagi
suyuqlik sathiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan suyuqlik ustuni bosimini va solishtirish o‘lchovi
vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo‘yicha bosimlar farqini o‘lchashga asoslangan. 6.6-rasmda ochiq
idishdagi suyuqlik sathni difmanometr bilan o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Difmanometrning ikkala
impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u agressiv bo‘lmasa) bilan to‘ldiriladi. Difmanometr sezgir
elementiga ta’sir etadigan Р
1
va Р
2
bosimlar farqini o‘lchaydi. Shu bosimlar uchun (6.10) tenglamaga
mos ravishda quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
Р
1
=(Р+h
1
)∙ρ
1
∙g
Р
2
=h
2
∙ρ
2
∙g.
(6.11)
Shunday qilib, difmanometr idish 2 dagi nazorat qilinadigan suyuqlik sath H orqali
ifodalanadigan bosimlar farqini o‘lchaydi:
∆P=P
1
-P
2
=(H+h
1
)∙ρ
1
∙g-h
2
∙ρ
2
∙g. (6.12)
Agar ikkala impulsli naychadagi suyuklik zichligi ρ
1
va ρ
2
bir xil va h
1
=h
2
bo‘lsa, u holda
∆П=Ҳ∙ρ∙г , (6.13)
bu yerda, ρ=ρ
1
=ρ
2.
(6.12) va (6.13) lardan ko‘rinadiki, difmanometrik sath o‘lchagichining ko‘rsatishi nazorat
qilinayotgan muhitning zichligi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Agar impulsli naychalarda
1
va
2
zichliklar ayirmasi mavjud bo‘lsa, kursatishlarda ham xatolik paydo bo‘ladi (shu xatolikni yo‘qotish
uchun impulsli naychalar yonma-yon yotqaziladi). Nihoyat, (6.13) ifoda «manfiy» impulsli naychada
(«–» belgi bilan belgilangan) suyuqlik sathi nazorat qilinayotgan sath H o‘zgarishi bilan o‘zgarmagan
holdagina o‘rinli.
Buni ta’minlash uchun shu impulsli naychada muvozanatlashtiruvchi idish 3 o‘rnatiladi. Idish va
impulsli naycha sath o‘lchagich shkalasining boshlang‘ich belgisi deb qabul qilingan 00 sathigacha
suyuqlik bilan to‘ldiriladi.
5.7-rasmda bosim ostida (berk idishlarda) suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi
ko‘rsatilgan. Muvozanatlashtiruvchi idish 4 idishning havoli (bug‘li) bo‘shlig‘i 3 ga ulanadi va
maksimal sathda o‘rnatiladi. Impulsli naycha 2 idishning suyuqlikli bo‘shlig‘iga bevosita ulanadi.
Difmanometr 1 bilan o‘lchanadigan bosimlar farqi ∆P uchun ifoda difmanometrning musbatli P1 va
manfiyli P
Dostları ilə paylaş: |